Respublikamizda hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan mijozlarni kreditlashda kredit tarixi va ish haqi daromadlarini hisobga olgan holda kreditlar ajratilmoqda. Biroq xorij tajribasidan ma’lumki bu usulda kreditlashning bir qator kamchiliklari mavjud. Maqolada kredit skoring tizimini xulq-atvor iqtisodiyotini xorij tajribasi asosida joriy etishning ahamiyati va istiqbollari yoritilgan.