Hozirgi kunda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi ko‘plab qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolarni o‘rtaga qo‘ymoqda. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida va telekommunikatsiya tizimlarida aylanayotgan axborotlar hamda ularning xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlarning soni bugunga kelib keskin darajada oshib ketdi. Ushbu muammoli xolatlar hozirda nafaqat Respublikamizda balki butun dunyoda axborot texnologiyalari sohasining texnik va dasturiy majmualari kirib borgan xar bir tashkilot va korxonaning asosiy bo‘ginlaridan biriga aylangan.