O‘rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardanoq ishlab chiqaruvchi xo‘jalikdan foydalana boshlagan. Bu yo‘lda ularga Oy, Quyosh kabi osmon jismlarining harakatini kuzatish orqali to‘plangan ko‘nikmalar yordam berdi. Ularning aylanma harakatini muntazam ravishda kuzatib borish ajdodlarimizga yerga urug‘ qadash, sug‘orish mavsumi, hosilni yig‘ib olish vaqtini aniq bilishga imkon berdi. Bunday ko‘nikmalar mingyillar davomida to‘planib vaqt hisobi haqidagi fan – Xronologiyani vujudga keltirdi. Mazkur maqolada xronologiyaning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ayrim o‘rta osiyolik olimlarning ayni fanga bag‘ishlangan tadqiqotlari xususida so‘z boradi