12
1. Dickey, E. (2022). Learning Foreign Languages in Antiquity: How Did They Do It?
Antigone. Retrieved from https://antigonejournal.com.
2. Hock, H. H., & Joseph, B. D. (1996). Language History, Language Change, and Language
Relationship: An Introduction to Historical and Comparative Linguistics. Berlin: Mouton de
Gruyter.
3. Tulyaganova, N. A. R. G. I. Z. A., & Yusupova, S. (2022). The interdependence of culture
and language.
Студенческий вестник
,
13
(205 часть 8), 17.
4. Warschauer, M. (1996). "Computer-assisted language learning: An analysis of
technology’s role in second language acquisition." Language Learning & Technology, 1(1), 3-8.
5. Klimova, B. (2017). "Evaluating the role of technology in the development of English
language skills." Procedia Computer Science, 116, 364-368.
6. Garrett, N. (2009). "Computer-assisted language learning trends and issues revisited:
Integrating innovation." The Modern Language Journal, 93(s1), 719-740.
7. Tulyaganova, N. (2024). Interactive games for enhanced English language
teaching.
Builders Of The Future
,
4
(04), 305-309.
8. Tulaganova, N. F. Q., & Yusupova, S. B. (2022). Madaniyat, san'at va adabiyotning tilga
ta'siri: uzbek va ingliz tillarining óziga xos xususuyatlari.
Academic research in educational
sciences
,
3
(4), 794-797.
9. Batirovna, Y. S. (2023). Сomparison of speech forms in Uzbek and English
novels.
International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630
Impact factor: 8.036
,
12
, 65-66.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA CHET TILINI O‘RGATISH
JARAYONIDA ZAMONAVIY METODLARNING TUTGAN O‘RNI
Abduraxmonova Feruza Ibodulla qizi
Zoyirova Sevinchxon Zokir qizi
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabalari,
Ilmiy rahbar: Berdiyeva Sadoqat Eshonqul qizi
Annotatsiya
. Hozirgi dunyo globallashuvi jarayoni insonlardan o‘z ona tilidan tashqari yana bir
necha xorijiy tillarni o‘rganishni taqozo qilmoqda. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun chet tili o‘qitishning
samarali,zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to‘xtalib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar
: chet tillari, qiziqarli o‘yinlar, lingvistik kapital, boshlang‘ich sinflar, zamonaviy
innovatsion metodlar.
Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi ikki yoki undan ortiq tillarda so‘zlasha
olishi barchaga ma’lum. Jahonda globallashuv jarayonlarini tezlashtirish, erkin bozor
munosabatlariga o‘tish va ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etishning
rag‘batlantirilishi «lingvistik kapital»ga, ya’ni chet tillarni (ayniqsa, ingliz tilini) mukammal
egallagan mutaxassislarga ehtiyojni kuchaytirmoqda.
Tadqiqotlar hozirgi kunda ushbu jarayonni erta yoshda, asosan boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida boshlash yaxshi samara berishini ko‘rsatmoqda va amalda qo‘llashmoqda.
13
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri
o‘quvchilarga ona tilini o‘rgatish bilan bir qatorda xorijiy tillarni o‘rgatish, shu nuqtayi nazardan
ingliz tilini o‘rgatishdir. O‘quvchini ingliz tiliga qiziqtira olish, ingliz tilida nutqni rivojlantirish,
nutqiy munosabatga muomalaga o‘rgatishdir.
Hozirgi kunda yurtimizda ham ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratilib, xorijiy tillarni
o‘qitishda dunyoning yetakchi tashkilot va oliygohlari bilan hamkorlikda yangicha yondashuv
asosida dasturlar ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy boshlang‘ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy
o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan qarorlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining
2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan, ingliz tilini
boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘rgatish, ularni chet tillarini o‘rgatishga bo‘lgan qiziqishini yanada
oshirish uchun barcha umumta’lim maktablarda 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil
qiziqarli o‘yinlar tarzida o‘qitish va shu bilan birga o‘quvchilarning og‘zaki nutqini ham
rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘qitishni zamonaviy,
innovatsion usullar orqali o‘tish bosqichma-bosqich boshlandi. So‘nggi paytlarda ingliz tilini
o‘rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko‘paymoqda. Buning sababi, hayot
jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til o‘rganish ham yosh
davrlariga bog‘liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtirishni
isbotlashgan. Bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati
kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko‘pligi va o‘rgangan ma’lumotlarni tez
xotirada saqlashi buning asosiy sabablaridandir. Yana shunga e’tibor qaratish kerakki, 6-7
yoshdagi bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning
unchun ham ingliz tilini o‘rganayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tilni o‘rgatishni
grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o‘rgatishning dastlabki
qadamidanoq bolani charchatishi va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini susaytirib qo‘yishi
mumkin.
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish
uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin :
Ko‘rish orqali eslab qolish;
Qo‘shiq va she’rlar orqali tushunish;
Multfilmlar orqali o‘rgatish;
Qiziqarli o‘yinlar orqali o‘rganish;
Sezgi a’zolar orqali o‘rganish.
Bolalar maktab ostonasiga ijobiy (jismonan chiniqqan, tirishqoq va shijoatli, kirishimli) va
salbiy (tortinchoq, injiq, o‘jar, qaysar, kamgap) individual xususiyatlari bilan qadam qo‘yishadi.
Shuningdek tashqi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ta’sirlanishlari bilan ham bir-birlaridan ajralib
turishadi. Masalan, ba’zi o‘quvchilar musiqadan zavqlanishadi, ba’zilari ranglardan, ayrimlari esa
hamon tasavvurlaridagi ertaklar olamida yashaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
mashg‘ulot davomida metodlarni qo‘llashda bolalarning xarakteriga ham alohida e’tibor qaratishi
lozim.
Bilamizki, bolalar qiziquvchan ular bir xillikdan tez zerikadi. Shuning uchun o‘qituvchi
doimo bir xil usullardan foydalangan holda dars o‘tishi emas,balki bunday usullarni o‘zgartirib,
yangilab dars o‘tishi lozim. Aks holda bolalar o‘qituvchining qanday dars o‘tishini fahmlab
14
olishadi va bunga tayyorgarlik ko‘rishadi. Usullarni yangilab dars o‘tish bolalarning intilishlarini
oshiradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quv foliyati davomidagi muvafaqqiyatlari bilan
atrofdagilarda ijobiy taassurot qoldirishga moyil bo‘lishadi. Bunday moyillik muvafaqqiyatga
erishish ishtiyoqini kuchaytiradi. Muvaffaqiyat boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining predmetga
nisbatan qiziqish va uni o‘rganishga motivatsiyasini oshirishda muhim omil sanaladi. Ma’lumki
chet tildan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallanganligini aniqlashning me’yorlarga va
mezonlarga asoslanadigan yondashuvlari mavjud. Me’yoriy yondashuvda o‘quvchi bilimi dasturiy
talablar asosida yoki sinfning o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan baholanadi. Lekin boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari baholashda ularningning individual ko‘rsatkichlarini inobatga oladigan, raqobatchilik
kayfiyatidan xoli va motivatsiyasini oshiradigan bolaparvar baholash maqsadga muvofiq. Kichik
maktab yoshidagi o‘quvchi baholarga nisbatan o‘ta ta’sirchan bo‘ladi va “sen buni yomon
bajarding” mazmunidagi tanbehni “sen yomonsan” deya qabul qilishadi. Shuning uchun
o‘quvchilar bilimini baholashda dastlabki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bilan qayd etilgan natija
orasidagi farq inobatga olinishi lozim. O‘quvchining eng kichik yutug‘i ham “Balli, sen bugun
avvalgidan tezroq o‘qiyapsan”, “Sen chiroyli gapiryapsan, muvaffaqqiyatingdan xursandman”
tarzida e’tirof etilishi kerak. Bunday rag‘bat o‘quvchini ilhomlantiradi va o‘quv predmetiga
nisbatan qiziqishini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o‘rgatish majburiyat sifatida emas,
qiziqarli mashg‘ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o‘tish
ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o‘rganish
tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875-sonli qarori.
2.
Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”
mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil
3.
Turdaliyeva G.N "Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va
innovatsiyalar"// 2020
4.
Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to‘g‘risida (PQ-1875-
son)‖Xalq so‘zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr.
ЛИНГВОДИДАКТИЧЕСКИЕ СТРАТЕГИИ ФОРМИРОВАНИЯ ВТОРОГО ЯЗЫКА
У ДОШКОЛЬНИКОВ
Абдухамидова Озода Шухрат кизи,
Студентка Джизакского педагогического университета имени А.Кадыри
Научный консультант: Пак Диана Александровна
Аннотация:
В данной работе рассматриваются лингводидактические стратегии
формирования второго языка у дошкольников. Особое внимание уделяется игровой
методике как эффективному способу развития языковых навыков у детей младшего
возраста. Анализируются ключевые аспекты внедрения данной методики, включая
