Emotsional intellekt va sun’iy intellekt: ta’lim jarayonida integratsiya

Annotasiya

Ushbu maqolada emotsional intellekt va sun ’iy intellektning ta ’Um sohasida integratsiyasi qanday amalga oshirilayotgani va bu jarayonning samaradorligi haqida so'z yuritamiz. Maqola mazmuni emotsional intellekt va sun ’iy intellektning alohida afzalliklarini ham muhokama qilishga qaratilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
doi
Chiqarish:
CC BY f
78-80
368

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mardiyeva, Z. (2025). Emotsional intellekt va sun’iy intellekt: ta’lim jarayonida integratsiya. Zamonaviy Tilshunoslik Va ta’limda Chet Tillarini o’qitishda Innovaciyallar, 1(1), 78–80. https://doi.org/10.47689/ZTTCTOI-vol1-iss1-pp78-80
Zarifa Mardiyeva, Abdulla qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti
talaba
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada emotsional intellekt va sun ’iy intellektning ta ’Um sohasida integratsiyasi qanday amalga oshirilayotgani va bu jarayonning samaradorligi haqida so'z yuritamiz. Maqola mazmuni emotsional intellekt va sun ’iy intellektning alohida afzalliklarini ham muhokama qilishga qaratilgan.


background image

78

Extending these activities outside the classroom further enriches the learning experience,
connecting it to real-life contexts and broader cultural understanding. By incorporating these
engaging strategies, teachers can create an interactive and memorable learning environment that
inspires students to actively participate and excel in their English language journey.

References

1. Even, S. (2008). Drama grammar: Towards a performative postmethod pedagogy. TESL-

EJ, 11(4), 1–13.

2. Heathcote, D., & Bolton, G. (1995). Drama for learning: Dorothy Heathcote's mantle of

the expert approach to education. Heinemann.

3. Horwitz, E. K., Horwitz, M. B., & Cope, J. (1986). Foreign language classroom anxiety.

The Modern Language Journal, 70(2), 125–132.

4. Kao, S.-M., & O’Neill, C. (1998). Words into worlds: Learning a second language through

process drama. Ablex Publishing Corporation.

5. Miccoli, L. (2003). English through drama for oral skills development. ELT Journal,

57(2), 122–129.

6. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological

processes. Harvard University Press.

7. Wagner, B. J. (1998). Educational drama and language arts: What research shows.

Heinemann.

EMOTSIONAL INTELLEKT VA SUN’IY INTELLEKT: TA’LIM JARAYONIDA

INTEGRATSIYA

Mardiyeva Zarifa Mirza qizi,

Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada emotsional intellekt va sunʼiy intellektning taʼlim sohasida

integratsiyasi qanday amalga oshirilayotgani va bu jarayonning samaradorligi haqida so‘z
yuritamiz. Maqola mazmuni emotsional intellekt va sun’iy intellektning alohida afzalliklarini ham
muhokama qilishga qaratilgan.

Kalit so’zlar:

emotsional va sun’iy intellekt, emotsiya, raqamli texnologiyalar, robotlar, virtual

o’qituvchilar, ta’limda integratsiya, mobil qurilma,

Tilshunoslik va til o’qitish sohasida so’nggi yillarda katta o’zgarishlar yuz berdi. Raqamli

texnologiyalar, sun’iy intellekt va yangi pedagogik yondashuvlar til o’rganish jarayonini sezilarli
darajada osonlashtirmoqda va samarali qilmoqda. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi
taʼlim tizimini tubdan o‘zgartirayotgan bo‘lsa, emotsional intellekt esa o‘qitish va o‘rganish
jarayonida insoniy omillarni hisobga olish zarurligini ko‘rsatmoqda.

“Intellekt” lotin tilidan olingan bo‘lib, aql, idrok, zehn ma’nolarini anglatadi. Emotsional

intellekt insonning bilish qobiliyati, fikrlash, anglash, tafakkur qilish salohiyatini belgilaydi. U
ma’naviyatga yaqin bo‘lib, insonning ruhiy-hissiy tuyg‘usi, bilish qobiliyati va aql-zakovati, aqliy
yetukligi va yuksaklikka intilishi bilan uyg‘unlashadi.

Emotsional intellekt insonning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va boshqalarning

his-tuyg‘ulariga moslashish qobiliyatidir va bu hozirgi zamon uchun yangi tushuncha emas. 1930-


background image

79

yillardayoq psixolog Edvard Torndayk “ijtimoiy intellekt” tushunchasini boshqa odamlar bilan til
topisha olish qobiliyati deb ta’riflagan edi. Taʼlim jarayonida bu muhim ahamiyatga ega, chunki
o‘quvchilarning ruhiy holati va motivatsiyasi ularning bilim olish jarayoniga bevosita taʼsir qiladi.
Yuksak emotsional intellektga ega o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan samarali muloqot qila oladi.
Bundan tashqari, ularning qiyinchiliklarini tushunib, shaxsiy yondashuvni qo’llay oladi,
o’quvchilarni ruhlantirish va stressini kamaytirishga yordam beradi.

Qolaversa, emotsional intellekt tabiatini ochish, boshqalarni tushunish madaniyatining

oshishiga xizmat qilishi tabiiydir.Chunki aqliy qobiliyat va emotsional qobiliyatlar bir-biri bilan
chambarchas bog‘liqdir. Shaxsdagi emotsional kechinmalarning o‘zgarishi, albatta, intellektual
qobiliyatlarni ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pchilik olimlar tomonidan ma’lum bir
emotsiyalar insonlarning aqliy qobiliyatlarini oshishiga yoki kamayishi ta’sir ko‘rsatishi
isbotlangan. Inson o‘z emotsiyalarini boshqara olishi uni jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim
ahamiyat kasb etishi aniqlangan. Ayni vaqtda jahon standartlarida keng qo’llanib kelayotgan usul,
rahbarlarni tayyorlash davomida zamonaviy rahbar modellarini inobatga olish, ham emotsional
intellekt orqali amalga oshirilib kelinmoqda, shu sababli ham rahbar xodimlarini tushunishi va
ularni rag‘batlantirishi qanchalik muhim ekanligini e’tiborga olish lozim.

Ayni vaqtda, emotsional intellektga taqlid sifatida yaratilgan sun’iy intellekt haqida

so’z yuritsak.

Sun’iy intellekt – tezkor hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo’llash orqali insonning

aql-idrok jarayonlariga taqlid qilishga asoslanadi. Sodda qilib aytganda, sun’iy intellekt
kompyuterlarni odam kabi o’ylash va ulardek yechim topishga yo’naltirilgan texnologiyadir.

Bugungi kunga kelib

sun’iy intellekt

tushunchasi juda keng qamrovli tushunchaga

aylanib bormoqda. Masalan, mobil qurilmangizdagi dasturlar: Google, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar
va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Zamonaviy sun’iy intellekt bu o‘z
atrof-muhitini idrok eta oladigan va o‘z maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkoniyatlarini
maksimal darajada oshirish uchun harakat qila oladigan, ma’lumotlarni o‘rganadigan va tahlil
qiladigan tizimdir. Faqat hozirda ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina
sizga yordam bera oladi. Ya’ni bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan
foydalanasiz.

Sun’iy intellekt foydali bo‘lishi uchun u qo‘llanilishi kerak. Uning haqiqiy qiymati faqat

amalda bo‘ladigan ma’lumotlarni taqdim etganda amalga oshirilishi mumkin. Agar biz sun’iy
intellektni inson miyasi nuqtai nazaridan o‘ylaydigan bo‘lsak, unda sun’iy intellekt texnologiyalari
qo‘llar, ko‘zlar va tana harakatlariga o‘xshaydi – bu bizga miya g‘oyalarini hayotga tatbiq etish
imkonini beradi.

OpenAI loyihasi tomonidan ishga tushirilgan ChatGPT generativ sun’iy intellektdir. U

matnli javoblarni yaratishda qo‘l keladi va oddiy suhbatlardan tortib murakkab muammolarni hal
qilishgacha bo‘lgan turli xil yechimlarni taklif qila oladi. Quyida ChatGPT xususiyatlari haqida
qisqacha:

ChatGPT’ning xususiyatlari:

Ko‘p tillarda suhbat qura olish: GPT nafaqat ingliz, balki boshqa tillarda ham suhbat qura

oladi, tillar ro‘yxatida o‘zbek tili ham mavjud;

Kreativ javob berish: ChatGPT kontent uchun takrorlanmas matnlar yoza oladi, ularga

hatto hikoya va she’rlar ham kiradi;


background image

80

Kodlar bilan ishlay olish: Sun’iy ong dasturchilarga kodlari bilan ishlashda yordam berishi,

kodlardagi xatolarni topishi, ularni formatlashi mumkin;

Ma’lumot izlash: GPT o‘zining kundan kunga kengayib borayotgan ma’lumotlar bazasi

orqali siz izlayotgan narsani topib bera oladi.

Sun’iy intellekt va emotsional intellekt o‘zaro uyg‘unlashganda, taʼlim jarayonining

samaradorligi oshadi. Integratsiyaning asosiy jihatlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

1) Emotsional tahlil qilish texnologiyalari – Sunʼiy intellekt o‘quvchilarning ovoz toni,

mimikasi va xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning ruhiy holatini aniqlash va mos taʼlim
yondashuvini taklif qilish imkonini beradi.

2) Moslashuvchan o‘quv platformalari – Sunʼiy intellekt har bir o‘quvchining o‘rganish

tezligi va uslubini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan dars materiallarini taqdim etishi mumkin.

3) Virtual o‘qituvchilar va robotlar – Sun’iy intellekt asosida yaratilgan virtual o‘qituvchilar

emotsional elementlari bilan boyitilib, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ularga
emotsional jihatdan moslashish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Emotsional intellekt va sunʼiy intellektning integratsiyasi taʼlim jarayonida

samaradorlikni oshirish va insoniy omillarni inobatga olgan holda innovatsion taʼlim usullarini
yaratish imkonini beradi. Kelajakda bu ikki yo‘nalishning uyg‘unlashuvi taʼlim tizimini yanada
interaktiv va shaxsiylashtirilgan qilishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Drigas AS, Papoutsi C. A new layered model on emotional intelligence. Behav Sci (Basel).

2018;8(5):45. doi:10.3390/bs8050045
2.

Otamuratov R.U., O`rolov H., Rahimova S.., Kompyuter ilmlari va muhandislik

texnologiyalari xalqaro ilmiy-texnik konfrensiya materiallar to`plami. 2022., - 476
3.

Xo’Jamatova, X. (2022). Maktabgacha katta yoshli bolalarda ijtimoiy ongni shakllantish.

science and innovation, 1(b4), 634-636
4.

Toxirjon, U. (2024). Pedagogika va psixologiya o'rtasidagi o'zaro ta'sirni o'rganish.

Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2), 22-27.
5.

Murotmusaev K.B., Rizaeva Sh., Yuldashev Sh.E.., Leadership As an Effective Means in

Management Activities., Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences., 2022 y 135 p.



METHODS OF TEACHING WRITING SKILL TO STUDENTS

Muratbaeva Aynura Salamatovna, Student of KSU

Scientific advisor: Elza Erimbetova

Abstract:

Writing is a fundamental skill that underpins academic success and effective

communication. Teaching writing, however, presents unique challenges due to varying student
proficiency levels and the complexity of the skill itself. This article explores a range of effective
methods to teach writing skills to students, emphasizing strategies that address both technical and
creative aspects of writing.

Bibliografik manbalar

Drigas AS, Papoutsi C. A new layered model on emotional intelligence. Behav Sei (Basel). 2018;8(5):45. doi:10.3390/bs8050045

Otamuratov R.U., O'rolov H., Rahimova S.., Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy-texnik konfrensiya materiallar to'plami. 2022., - 476

Xo’Jamatova, X. (2022). Maktabgacha katta yoshli bolalarda ijtimoiy ongni shakllantish. science and innovation, 1 (b4), 634-636

Toxirjon, (J. (2024). Pedagogika va psixologiya o’rtasidagi o'zaro ta'sirni o'rganish. Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2), 22-27.

Murotmusacv K.B., Rizacva Sh., Yuldashcv Sh.E.., Leadership As an Effective Means in Management Activities., Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences., 2022 у 135 p.