Til birliklariga kognitiv yondashuv

Annotasiya

Ushbu maqola til birliklariga kognitiv yondashuv va lining mohiyatini aniqla.shga oiddir. Maqolada tavsifiy metoddan foydalanilgan. Maqolada til birliklari alohida tasnif qilinib, ularning kognitiv vazifasi ochib berilgan. Maqola oxirida xulosa mavjud.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
doi
Chiqarish:
CC BY f
291-293
77

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xoliqova , Z. . (2025). Til birliklariga kognitiv yondashuv. Zamonaviy Tilshunoslik Va ta’limda Chet Tillarini o’qitishda Innovaciyallar, 1(1), 291–293. https://doi.org/10.47689/ZTTCTOI-vol1-iss1-pp291-293
Zahro Xoliqova , Shahrisabz davlat pedagogika institute
tayanch doktoranti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola til birliklariga kognitiv yondashuv va lining mohiyatini aniqla.shga oiddir. Maqolada tavsifiy metoddan foydalanilgan. Maqolada til birliklari alohida tasnif qilinib, ularning kognitiv vazifasi ochib berilgan. Maqola oxirida xulosa mavjud.


background image

291

aylanib qoqa boshladi. Titroq bosib boryabdi. Baqiray desam atrofda hech kim ko‘rinmaydi.
Rostini aytganda, baqirishga undan uyalaman. "Balki changimni qoqib bo‘lib, o‘lgidek savalar",
deb o‘ylayman."

Bu epizod Menglimurot bilan Turdimurotning birinchi uchrashuvi haqida hikoya qiladi. Eng

so‘nggi voqealar, jumladan, Menglimurotning qishloqqa aralashuvi, oqsoqollarning yangi
o‘qituvchi haqidagi tanqidiy mulohazalari va ota-onalarning farzandlarini maktabga olib
bormasliklarini ma’lum qilishlari bilan tasvirlanadi. Menglimurot esa mag'lub bo‘lmaydi. Uni
amalga oshirishda barcha to‘siqlarni yengib o‘tadi. Bu eskisini yo‘q qilish orqali yangi davr va
hayot uchun yangi ma'noning tasviri edi. Muallif Menglimurot obrazi bilan qoraqalpoq
adabiyotida ustozning qay darajada ijodkor ekanligini tushuntirib berdi.

T.Qaipbergenovning “Sovuq bir tomchi” qissasi “Rahmat, muallim”dan keyin yozilgan.

Olim Q.Kamolov “Sovuq bir tomchi” qissasi muallifi voqea va kompozitsiyani rivojlantirishda
ko‘proq lirik-epik uslubdan foydalanganligini ta’kidlaydi. Kamol hikoyaning asosiy qahramoni.
Ulug' Vatan urushi paytida uning otasi dushmanga sotilgan. Otasining xiyonatini eshitib, u juda
ko‘p azob-uqubatlarni boshdan kechiradi. U qishloq aholisi va do‘stlarining noto‘g'ri qarashlariga
duch keladi. U bu qiyin vaziyatdan chiqish uchun turli xil variantlarni ko‘rib chiqadi. Ayniqsa,
maktabda o‘qib yurgan paytlarida Kamolning qiyinchiliklari ko‘p bo‘ladi. Ko‘p do‘stlari uni tez-
tez tanqid qilishadi. Sinfdoshlaridan biri Umrboyning otasining aybiga aytgan gapi Kamolni
butunlay ezib qo‘yadi va o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ladi. Kamolning qasosi natijasida hatto
o‘lim undan yuz o‘giradi. Qissa so‘ngida u shaharga ko‘chib o‘tadi, yangi tanishlar orttirib, yangi
hayot boshlaydi, o‘zi uchun to‘g‘ri yo‘lni tanlay oladi.

T. Qaipbergenov qalamiga mansub “Uyqusiz tunlar” qissasi ham uning sevimli asarlaridan

edi. Muallif ushbu asarda Ulug‘ Vatan urushi yillarida yetim qolib, bolalar uyida ulg‘aygan Gulzar
Qoraqalpoqova haqida fikr yuritadi. Gulzar voyaga yetganidan so‘ng o‘z hayotini saqlab qolgan
insonni qidiradi va farzandlik burchini bajarish haqida o‘ylaydi. Hikoyaning bosh qahramoni
Gulzar bu xayrli vazifani ado etish uchun ko‘plab sinovlarni – yaxshi va yomonni yengib o‘tishi
kerak bo‘ladi. Muallif Gulzar va uning otasi Do‘stnazarov timsolida voqelikni aks ettiruvchi
sahifa yaratdi. Do‘stnazarov siymosida fidoyi askar va fidoyi ota siymosi, Gulzar obrazi esa
nikohdagi chinakam halol farzanddir. Gulzar va uning otasi uzoq vaqt ayriliqdan so‘ng nihoyat
bir-birini uchratganda o‘quvchining yuragi tez-tez urib ketadi. Gulzor qalamiga mansub ta'sirli
satrlarni hikoya qilish orqali muallif Do‘stnazarovning mehribon tabiatini ko‘rsatadi.Nihoyat,
taniqli yozuvchi T.Qaipbergenov o‘z asarlarida qahramon mohiyatini mahorat bilan aks ettiradi.
Yozuvchi Menglimurot, Kamol, Gulzor obrazlarini rivojlantirish orqali o‘z davrining o‘ziga xos
kurashlarini tasvirlay olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Kamalov Q. Qoraqalpoq povesti (janrning evolyutsiyasi).-Nukus : Qoraqalpog‘iston, 1977.
2.Qayipbergenov T. Roman, povestler.-Nukus : Qoraqalpog‘iston, 1978.
3.Qayipbergenov T. Muallimga rahmat.-Nukus : Bilim, 2016.

TIL BIRLIKLARIGA KOGNITIV YONDASHUV

Xoliqova Zahro Arol qizi, Shahrisabz davlat pedagogika institute tayanch doktoranti


background image

292

Annotatsiya:

Ushbu maqola til birliklariga kognitiv yondashuv va uning mohiyatini aniqlashga

oiddir. Maqolada tavsifiy metoddan foydalanilgan. Maqolada til birliklari alohida tasnif qilinib,
ularning kognitiv vazifasi ochib berilgan. Maqola oxirida xulosa mavjud.

Kalit so‘zlar:

Konsept, kognitiv yondashuv, olamning lisoniy manzarasi,so‘z, so‘z birikmasi, gap,

freym, script.

Bizga ma’lumki, tilning muhim vazifalaridan biri kommunikativligidir. Ammo keyingi

davr tilshunosligidagi

konsept, kognitiv yondashuv, olamning lisoniy manzarasi

masalari tilning

ma’lumotlarni saqlash, tushunchani nomlash, milliy madaniyatni ifodalash, dunyo haqdagi
bilimlarini shakllantirish kabi vazifalarini ko‘rsatadi

Til hodisalariga kognitiv yondashuvning rivojlanishi uni bizning ongimiz va aqlimizning

kontseptual va kognitiv tuzilishilaridagi ma’lumotlar manbai sifatida tushunishga yordam berdi.
Kognitiv yondashuv tadqiqot obyektini umumyaxlitlash va leksik ma’nodagi tarkibiy qismlarni
tahlil qilish usullarini kengaytirishga imkon beradi. Kognitiv lingvistikada barcha til jarayonlari
insonning bilish faoliyati bilan olamni kontseptuallashtirish va kategoriyalashtirishga xizmat
qiladi

47

. Aynan olamni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish til birliklarining kognitiv

tomoni ochib berishda dastlabki bosqich hisoblanadi.

Tilshunoslikda mentallik xususiyatiga ega bo‘lgan til birliklari belgilar tizimi sifatida

tushuniladi va ular vositasida inson o‘zini o‘rab turgan obyektiv olamga xos xususiyatlarni asta-
sekinlik bilan anglaydi, voqelik faktlarini o‘zlashtira boradi. Ana shu holatda tilning o‘z ijtimoiy
vazifalarini namoyon etishi bevosita amalga oshiruvchini – inson ishtirokini taqozo qiladi.
Zamonaviy tilshunoslikning an’anaviy tilshunoslikdan farqi shundaki, unda lisoniy hodisalar
mohiyatini ochib berishda belgining ifoda va mazmun planiga emas, balki mazkur jarayonni
amalga oshiruvchi inson omiliga, insonning bu jarayondagi o‘rniga alohida e’tibor qaratiladi.
Kognitiv tilshunoslik shu asosda inson ongidagi milliy-madaniy, ruhiy-falsafiy, qomusiy,
mantiqiy bilimlari zahirasi va ularni nutqning og‘zaki va yozma shakli orqali namoyon bo‘lishini
ta’minlovchi vosita – tilni ongga bog‘liq holda o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va
lingvistik tadqiqotlarda shunga asoslanadi. Til birliklariga bunday yondashuv birlikning barcha
qirralarini ochib beradi. Bundan tashqari har bir til birligi vazifasiga ko‘ra ham farqlanadi.
Masalan, so‘z bilan so‘z birikmasini turlicha kognitiv tahlil qilinadi.

Til birliklarining tahlil jarayonidagi barcha natijalar kognitiv bilim berishda xizmat qiladi.

Til birliklari insonning olamni anglashda birlamchi vositalar hisoblanadi. Ularining har birida
umumiy, xususiy ma’nolar va har bir inson tafakkurida takrorlanmas obrazi mavjud.

Tovush

. Tildagi har bir tovush o‘zining obrazi va nutqdagi ko‘rinishiga ega.Har bir

tovushning tilda o‘z vazifasi bor. Masalan

A

tovushi yuklama

O‘n to‘rt so‘m berasiz.- A, o‘n to‘rt

so‘m (Oybek.Tanlangan asarlar).

48

Yasovchi qo‘shimcha:

Son+a = sana, qiyin+a=qiyna.

Alifbodagi birinchi harf, o‘rganishdagi birinchi harf,

qalam

so‘zida qattiq,

maktab

so‘zida

yumshoq , a harfining ma’no-vazifalari juda ko‘p. Yapon tilidagi a bilan ingliz tilidagi a harfining
umumiy va xususiy farqlari va birlashtiruvchi belgilari bor. U haqida cheksiz ma’lumotlar bor.

47

Shodieva Shoxida Inatovna.TILSHUNOSLIKDA KOGNITIV YONDASHUV.

Образование и инновационные

исследования (2023 год № 7)

48

O‘zbek tilining V jildlik izohli lug‘ati I jild. – Toshkent. 26-bet.


background image

293

Ularning barchasi kognitiv bilim beruvchi ma’lumotlardir. Bular har bir insonning tajribasi,
bilimiga ko‘ra lisonida voqelanadi.

So‘z.

Boshqa til birliklaridan farqli o‘laroq so‘zning vazifasi kognitiv faoliyat asosini

tashkil etadi.Tabiatdagi barcha mavjudotlar, his-tuyg‘ularning nomlashda ishtirok etishning o‘zi
kognitiv vazifadir. Bir so‘zning grammatik , semantik ma’nolari, mantiqiy hukmlar barchasi
kognitiv yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ular insonlarning har birida tajriba, bilimiga ko‘ra
voqelanadi. Bir so‘z bir tushuncha yoki narsani anglatish uchun xizmat qilishidan tortib talaffuzi,
turli tillarda turli ma’no anglatishigacha kognitiv tilshunoslik uchun muhim hisoblanadi.Chunki
ularning har biri o‘rganishni osonlashtiradi.

So‘z birikmasi.

So‘zdan ko‘ra aniqroq, xususiyroq ma’nolarni anglatadi. Masalan,

Kitob

so‘zining ma’nosidan,

ukamning kitobi, Qizil kitob, qiziqarli kitob,kitobga yozmoq, qiziqarli kitob

ma’nosida kitob ma’nosi aniqroq.

Gap.

Gapdagi ma’no yanada aniqroq. Gap tarkibidagi so‘zlar aynan nima uchun xizmat

qilishini gap anglatgan ma’nodan bilib olish mumkin. Demak, til birliklarida ma’no bosqichma-
bosqich aniqlashib boradi.

Yuqoridagi tasnifdan tashqari kengroq ma’noda til birliklariga iboralar, maqollar, hikmatli

so‘zlar, predloglarni (ingliz tilida) ham kiritishimiz mumkin. Chunki ular ham tilning ma’no
anglatuvchi vositalari hisoblanadi. Iboralarning kognitiv tahlili ancha murakkab. Har bir iborada
lingvokognitiv ma’nolaridan tashqari lingvomadaniy ma’no ham mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari
har bir tilning o‘ziga xosligi ham kognitiv bilimlardir. Ularning tahlili esa kognitiv tahlildir.
Masalan, ingliz tilidagi fe’llarning predloglar bilan kelganda har xil ma’no anglatishi, o‘zbek
tilidagi ko‘makchi fe’llar yoki boshqa tillardagi urg‘u.

Sh.Safarov kognitiv faoliyatda nutq birliklari deb

freym, ssenariy, skript

larni sanab

o‘tadi va har biriga izoh beradi:

Ssenariy

biror bir tipik hodisaga xos o‘zaro bog‘liq faktlarning

ularning uzviyligini aks ettiruvchi namunaviy shakl misolida yoritilishidir. Ushbu namunaviy
strukturama’lum voqelik bo‘lagiga oid harakatlar, holatlar uzviy munosabatlaridan iborat
(masalan, restoranda tushlik, dars jarayoni, institutga qabul, muzey ziyorati va hokazo).

Skript

(inglizcha script so‘zining tub ma’nosi «qo‘lyozma,yozuv») namunaviy konseptual tuzilmalarning
bir turi sifatida qaralib, u inson tafakkurida aks etayotgan borliqdagi voqelarning me’yoriy ketma-
ketligi namunasidir

Xulosa sifatida shuni ta’kidlashimiz joizki, kognitiv tahlil so‘zning barcha qirralarini

qamrab oladi va uni aniqroq tushunishga yordam beradi.Bundan tashqari bir tilni o‘rganayotganda
ham so‘zning ma’no-mohiyatini tushunish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.O‘zbek tilidagi til
birliklarini sanaydigan bo‘lsak, so‘z birikmasi so‘zga nisbatan, gap so‘z birikmasiga nisbatan,
matn gapga nisbatan aniqroq ma’no ifodalaydi. Til birliklarining kognitiv ma’nosini aniqroq
ifodalash uchun grammatik vositalar va kognitiv semantika yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: Sangzor,2006 91-b

2. O‘zbek tilining V jildlik izohli lug‘ati I jild. – Toshkent. 26-bet
3.Shodieva

Shoxida

Inatovna.Tilshunoslikda

kognitiv

yondashuv.

Образование

и

инновационные исследования (2023 год № 7)


Bibliografik manbalar

Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: Sangzor,2006 91-b

O‘zbck tilining V jildlik izohli lug‘ati 1 jild. - Toshkcnt. 26-bct

Shodieva Shoxida Inatovna.Tilshunoslikda kognitiv yondashuv. Образование инновационные исследования (2023 год № 7)