Взаимодействие науки и общества –
путь к инновационному развитию
3
СЕКЦИЯ
№ 1.
Сельскохозяйственные
науки
DORIVOR LIMONOʻT (MELISSA OFFICINALIS L.) OʻSIMLIGINING
XALQ TABOBATIDA ISHLATILISHI HAMDA YETISHTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Berdibaeva Dilfuza Bazarbaevna,
Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent
Sharipbayeva Gulhayo Marks qizi,
Toshkent davlat agrar universiteti, magistrant
Melissa officinalis L.
–
Dorivor limon o
ʻ
t-yasnotkadoshlar
–
Lamiaceae
(labguldoshlar
–
Labiateae) oilasiga kiradi (1-rasm).
1-
rasm: Dorivor limonoʻt oʻsimligining umumiy koʻrinishi.
Melissa (L) turkumi birinchi marta 1753-yilda K. Linney tomonidan
aniqlanib fanga kiritilgan [1]. Melissa officinalis L 2000-yildan ortiq vaqt
davomida dunyoning koʻplab mamlakatlarida xalq va ilmiy tabobatda
muvaf
faqiyatli qoʻllanilgan. Birinchi marta dorivor limonoʻt
buyuk olim
Teofrastning
“
Historia plantarium
”
asarida tavsiflangan.
Tur-Species- Melissa officinalis L.
Turkum-Genus- Melissa.
Oila-Family-Lamiaceae.
Sinf-Clases-
Dicotyledones (ikki urugʻ pallalilar).
Boʻlim
-Divisio-Angiospermae (yopiq
urugʻlilar).
Oʻsimliklar dunyosi
-Flora-Plantae.
Взаимодействие науки и общества –
путь к инновационному развитию
4
Tarqalishi.
Dorivor limonoʻt 2 ming yil avval Oʻrta Yer Dengizi (Fors
koʻrfazigacha boʻlgan hududlar), Qora dengiz va kichik Osiyo hamda Shimoliy
Afrika mamlakatlarida madaniylashtirilgan [2,
3]. Oʻsimlikning
asl vatani
Markaziy va Janubiy Yevropa, Balkon, Eron, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika
hamda Ukraina, Kavkaz va Oʻrta Osiyo hisoblanadi.
Ayrim hududlarda
oʻsimliklarning oʻsish areallari dengiz sathidan ming metr balandlikkacha
koʻtariladi. Dorivor limonoʻt namlik koʻp miqdorda boʻlgan mintaqalarda
shuningdek, hattoki mayda shagʻalli va mayda toshli tuproqlarda ham oʻsadi.
Biroq yuqori ishqorli muhitdagi tuproqlarda oʻsa olmaydi. Oʻzbekistonning
Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Botanik tavsif:
Koʻp yillik, sertukli, 30
-
60 sm balandlikdagi oʻt oʻsimlik.
Poyasi bitta yoki koʻp, qaramaqarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, biroz
oʻtkir uchli, ser tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali boʻlib, qisqa band bilan
poya va shoxlarida qarama
–
qa
rshi oʻrnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli, gullari
gul bandi bilan barg qoʻltigʻida joylashib, toʻp gulni hosil qiladi. Mevasi 4 ta
yongʻoqcha.
Kimyoviy tarkibi:
Yer ustki qismi tarkibida 0,01-0,33% efir moyi,
C vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul,
protokotex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin-7-glikozid va
boshqalar), 5-
10% oshlovchi va boshqa moddalar, urugʻida 20
-
27% yogʻ bor.
Limonoʻtning efir moyi geraniol, linalool, nerol, famezol va ularn
i sirka
kislotasi bilan birikmasi, limonel, pulegol, geranial, neral va boshqa terpenlardan
tashkil topgan.
Ishlatilishi:
Limonoʻt dorivor preparatlari Ibn Sino aytishicha, yurakni
mustahkamlaydi va unga yordam beradi, shuningdek, traxoma, xiqichoq tutish,
ogʻizdan yomon hid kelishi va boshqa kasalliklarni davolaydi [4].
Xalq tabobatida limonoʻt bilan nevroz, bronxial astma, ayollardagi
toksikozlik, klimaks, yurak urushining buzilishi va boshqa kasalliklar davolanadi.
Limonoʻt damlamasi klinik sharoitda sinovlardan oʻtgan va uni tibbiyot
amaliyotida tinchlantiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida qoʻllashga
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan.
Dorivor preparatlari:
damlama.
Mahsulotning tashqi koʻrini
shi:
Mahsulot 30 sm.gacha uzunlikdagi
shoxlangan, serbarg va toʻrt qirrali poya boʻlaklari, barglar va gullar
aralashmasidan tashkil topgan. Barglari tuxumsimon, oʻtkir uchli, yirik arrasimon
qirrali boʻlib, uzun bandi yordamida poya va shoxlarida qarama
-qarshi
joylashgan. Gullari uzun, tukli gul bandli va osilgan koʻrinishda boʻlib, siyrak
toʻpgulga joylashgan. Kosachasi tikanli tishli, gultojisi ikki labli, oq rangli.
Mahsulot namligi 10% dan, umumiy kuli 9,7% dan, xlorid kislotaning
10% li eritmasida erimaydigan kuli 0,3% dan, mahsulotning qoraygan qismlari
10% dan, poya va yon shoxchalar boʻlaklari 30% dan, organik aralashmalar
1% dan koʻp hamda tarkibidagi titrlanadigan polefenollar yigʻindisi 11% dan kam
boʻlmasligi kerak.
Взаимодействие науки и общества –
путь к инновационному развитию
5
Maydala
ngan mahsulot uchun 7 mm dan yirik boʻlgan qismlar 10% dan va
teshigining diametri 0,5 mm boʻlgan elakdan oʻtadigan mayda qismlar 10% dan
ortiq boʻlmasligi lozim [5].
Dorivor limonoʻt oʻsimligini yetishtirish texnologiyasi:
Dorivor
limonoʻt oʻsimligini Oʻzbekistonning barcha tuproq
-
iqlim sharoitida ekib oʻstirish
mumkin. Oʻsimlikdan yuqori hosil yigʻib olish uchun unga shoʻrlanmagan,
mexanik tarkibi oʻrtacha, unumdor, dukkakli va gʻallasimon ekinlardan boʻshagan
yerlarni tanlash tavsiya etiladi [6].
Dorivor limonoʻtni bir dalada 5 yilgacha saqlab hosil olish mumkin. Oʻsimlik
ekiladigan yerlarni kuzda 25-28 sm chuqurlikda sifatli qilib haydaladi. Haydash
oldidan gektar hisobiga 20-
30 tonnadan chirigan mahalliy goʻng va 50 kg d
an fosfor
oʻgʻiti bilan oziqlantiriladi. Ekish oldidan yerlarni tekislash, bir yillik va koʻp yillik
begona oʻtlar urugʻini kamaytirish maqsadida uzunasiga va koʻndalangiga diskali
borona bilan 6-
8 sm chuqurlikda yumshatiladi va molalash lozim boʻladi. Limonoʻt
yorugʻsevar, namsevar va koʻp yillik oʻsimlik boʻlganligi uchun urugʻidan yoki
shingillarini boʻlib ekish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Limonoʻtni mart oyining oxiri yoki
aprel oyining boshlarida tuproq harorati 12-
15 C boʻlganda ekiladi (2
-rasm).
2-
rasm: Dorivor limonoʻtning chin barglari.
Urugʻlarni sabzavot ekadigan seyalkalarda 2
-3 sm chuqurlikda ekiladi.
Urugʻlar tuproqqa bir tekis tushishi uchun donador superfosfat bilan aralashtirib
ekiladi. Gektariga 6 kg urugʻ sarflanadi.
Agar tuproqda na
m yetarli boʻlmasa urugʻlarni unib chiqishi uchun
sugʻorish joʻyaklari tortilib tezlik bilan sugʻoriladi. Urugʻlar ekilgandan keyin
maysalar 10-
12 kunda unib chiqadi. Oʻsimlikda 3
-
4 ta chin barg hosil boʻlganda
Взаимодействие науки и общества –
путь к инновационному развитию
6
qator oralari yumshatiladi va 20-25 sm oralig
ʻ
ida 2-
3 tadan oʻsimlik qoldirib
yagona qilinadi. Dorivor limonoʻtni shonalash davrida gektar hisobiga 30 kg dan
azot va 20 kg dan kaliy oʻgʻiti bilan oziqlantiriladi. Vegetatsiya oxirigacha oʻsimlik
9-
10 marta sugʻoriladi. Har 3
-
4 marta sugʻorilgandan keyin, oʻsimlik oralari
kultivatsiya qilinadi va begona oʻtlardan tozalanadi.
Limonoʻt iyun
-avgust oyida gullaydi, mevalari iyul-avgustda yetiladi. Uning
xom ashyolari (yer ustki qismi) iyul-
avgust oylarida oʻrib olingandan keyin, azotli,
fosforli va kaliyli
oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi va sugʻoriladi [7].
Limonoʻtning xom ashyosi juda nozik boʻlganligi uchun tezlik bilan
quritilmasa sifati buziladi.
Ikkinchi yili erta bahorda oralari yumshatiladi va begona oʻtlardan tozalab
vegetatsiya davomida gektar his
obiga 70 kg azot, 50 kg fosfor, va 30 kg kaliy oʻgʻiti
bilan oziqlantiriladi, hamda 7-
8 marta sugʻoriladi. Dorivor limonoʻt ekilgan
maydonlarning gektaridan 1 tonnagacha barg yigʻib olish mumkin (3
-rasm).
3-
rasm: Dorivor limonoʻtning gullash davri.
Mahsulot tayyorlash:
Oʻsimlik toʻliq gullagan vaqtida yuqori uchidan
20-30 sm uzunlikda (poyaning pastki bargisiz qismi olinmaydi) qirqib olinadi va
soya, havo oʻtib turadigan yerda quritiladi.
Взаимодействие науки и общества –
путь к инновационному развитию
7
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
1.
Oʻ. Pratov, Q. Jumayev. Yuksak oʻsimliklar sistematikasi. Toshkent –
2003
2.
Флора СССР / ред. В.Л. Комаров, Б.К. Шишкин, Е.Г. Бобров. –
Москва;
Ленинград: Издательство Академии Наук СССР, 1960. –
Том 30. –
714 с.
3.
M.A. Joʻrayeva –Dorivor oʻsimliklar atlasi. Toshkent nashri
2019.
4.
Xolmatov X.X., Xabibov Z.X. Oʼzbekistonning shifobaxsh oʼsimliklari,
Toshkent, 1976.
5. E.T. Berdiyev, M.X. Hakimova, G.B. Mahmudova
–
Oʻrmon dorivor
oʻsimliklari. Toshkent
-2016.
6.
Oʻ. Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov –
Dorivor oʻsimliklar
yetishtirish
texnologiyasi va ekologiyasi. Toshkent-2020.
7. A.K. Ganiyev, A.K. Ahmetdanova, Sh.N. Umarov
–
Dorivor va ziravor
oʻsimliklarni yetishtiruvchi va tayyorlovchi mutaxassislar uchun qoʻllanma.
Toshkent-2020.