“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 397 ~
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SO‘Z YASASH VOSITALARINING
O‘RGANILISHI
Yunusaliyeva Sh.Sh.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti XT1 2428-guruh talabasi
Ilmiy rahbar:
Xakimbayeva O.K.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Til — bu odamlar o‘rtasidagi aloqa vositasi. Har kuni biz turli
so‘zlardan foydalanamiz. Har bir tilda yangi so‘zlar yaratish uchun o‘ziga xos usullar
mavjud. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida so‘z yasash vositalari oddiy va
tushunarli misollar bilan izohlangan. Prefiks, suffiks, qo‘shimcha, qo‘shma so‘z va
semantik so‘z yasash kabi usullar orqali yangi so‘zlar qanday hosil qilinishi
tushuntirilgan.
Kalit so‘zlar:
So‘z yasash, ingliz tili, o‘zbek tili, qo‘shimcha, prefiks, suffiks,
yangi so‘z, konversiya, semantika.
Har bir til o‘z so‘zlari bilan boy bo‘ladi. Yangi so‘zlar paydo bo‘lishi tilni
rivojlantiradi va uni zamon bilan birga borishga yordam beradi. So‘z yasash — yangi
so‘zlarni yaratish jarayoni bo‘lib, har bir tilda bu jarayon o‘ziga xos tarzda amalga
oshiriladi. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida so‘z yasash qanday kechishi
oddiy va tushunarli misollar bilan tushuntiriladi.
Ingliz tilida yangi so‘zlar odatda qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi. Bu
qo‘shimchalar so‘z oldiga (prefiks) yoki oxiriga (suffiks) qo‘shiladi. Masalan:
Unhappy – bu yerda un- inkor ma’nosini bildiradi. Careless – bu yerda -less “...siz”
degan ma’noni beradi. Rewrite – re- esa “qayta” degan ma’noni bildiradi.
Ingliz tilida ikki so‘zni birlashtirib yangi so‘z yasash ham mavjud. Masalan:
tooth + brush = toothbrush, black + board = blackboard.
Yana bir usul — konversiya, ya’ni bir so‘zni turkumini o‘zgartirib ishlatish.
Masalan, an email - dastlab ot bo‘lsa, to email deyish orqali fe‘lga aylanadi.
Ingliz tilida ham qisqartmalar muvjud. Qisqartma — bu so‘z yoki iborani
qisqaroq shaklda ishlatish. Ingliz tilida buni odatda uch xil yo‘l bilan qilamiz:
qisqartirib aytish, akronimlar va aralashmalar orqali.
Qisqartirib aytish — bu so‘zning boshidagi yoki oxiridagi bo‘g‘inlarini olib
tashlab, qisqa shaklda aytishdir. Masalan: ad — bu advertisement (reklama) so‘zining
qisqargan shakli; lab — laboratory (laboratoriya) so‘zining qisqartmasi; Matt —
Matthew ismining qisqargan ko‘rinishi.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 398 ~
Akronimlar esa bir nechta so‘zning bosh harflaridan tuziladi va ular odatda so‘z
sifatida o‘qiladi. Masalan: RAM — Random Access Memory (kompyuter xotirasi),
bu so‘z “ram” deb aytiladi.
Boshlang‘ich harfli qisqartmalar (initials) ham shunga o‘xshaydi, lekin ular
harfma-harf aytiladi. Masalan: WHO — World Health Organisation, bu “V–H–O”
deb o‘qiladi. CD — Compact Disc, bu “S–D” deb aytiladi.
Aralashmalar — bu mavjud so‘zlarning bir qismini olib, yangi so‘z yasash usuli.
Misollar: blog — web va log so‘zlarining aralashmasi; motel — motor va hotel
so‘zlaridan kelib chiqqan; smog — smoke (tutun) va fog (tuman) so‘zlarining
aralashmasi.
O‘zbek tilida so‘z yasash asosan qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi.
Ular orqali yangi so‘z hosil qilinadi. Misollar: kitobchi – kitob so‘ziga -chi
qo‘shimchasi qo‘shilgan; yuraksiz – yurak so‘ziga -siz inkor qo‘shimchasi; do‘stlik –
do‘st so‘ziga -lik qo‘shimchasi.
Shuningdek, o‘zbek tilida ham ikki yoki undan ortiq so‘z birlashib yangi so‘z
hosil qiladi. Masalan: ko‘zoynak (ko‘z + oynak); suvquvuri (suv + quvur).
Ba’zida mavjud so‘zga yangi ma’no berish orqali ham yangi ifoda yaratiladi. Bu
holat semantik so‘z yasash deyiladi. Masalan: r gap – bu yerda og‘irlik jismoniy
emas, balki “ruhiy” yoki “salbiy” ma’noda; yengil qo‘l – “baraka keltiradigan odam”
ma’nosida.
Har ikkala tilda ham chet tillaridan, ya’ni boshqa tillardan so‘zlar kirib kelishi
orqali so‘z boyligi oshadi va ularning ba’zilari o‘zligicha aytilsa, ba’zilari esa
mahalliy tilga mos tarzda talaffuz qilinadi. Misol uchun: sushi, pizza, va h.k.
Ingliz tili — analitik til, ya’ni unda grammatik ma’nolar yordamchi so‘zlar va
tartib bilan beriladi. O‘zbek tili esa agglutinativ til, ya’ni unda grammatik ma’nolar
qo‘shimchalar orqali ifodalanadi.
Har ikki tilda ham so‘z yasash orqali til boyiydi, yangi tushunchalar ifodalanadi
va zamonaviy so‘zlar yaratiladi.
Ingliz va o‘zbek tillarida so‘z yasash jarayoni har xil ko‘rinsa ham, ikkalasining
ham maqsadi bir xil – yangi so‘zlar yaratish va tilni boyitish. Bu mavzu til
o‘rganayotganlar uchun ham, tarjimonlar, o‘qituvchilar, tilshunoslar uchun ham
muhim hisoblanadi. Yangi so‘zlar orqali til yashaydi va rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rahmatullayev, B. (2005). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Fan.
2. Bozorov, M. (2008). O‘zbek tilshunosligiga kirish. Toshkent: O‘qituvchi.
3. Plag, I. (2003). Word-Formation in English. Cambridge University Press.
4. Crystal, D. (2003). The Cambridge Encyclopedia of the English Language.
Cambridge University Press.
https://dictionary.cambridge.org/grammar/british-grammar/word-formation_2
6. Word formation – Grammar – Cambridge Dictionary.
