“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 146 ~
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA RAVISH KATEGORIYASINING
IFODALANISHI
Ma’murjonov A.A.
Talaba, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
ahrorjonmamurjonov84@gmail.com
O.K. Xakimbayeva
Umumiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchisi O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti
Annotatsiya:
Biz ravishlardan kundalik hayotimizda kop marotaba
foydalanamiz. Ushbu maqolada mustaqil so‘z turkumlaridan biri bo‘lgan ravish so‘z
turkumini ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llanilishi va ravishning bu tillardagi o‘xshash
va farqli jihatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ingliz va o‘zbek tillarida
ravishlarning qo‘llanilishiga doir ayrim muammoli vaziyatlar bo‘yicha ilmiy ish olib
borilgan. Bu mavzuni yoritishda turli iqtiboslar, maqol va badiiy asarlardan olingan
parchalardan foydalanilgan.
Kalit so‘zlar
: Ravish kategoriyasi, ravishning ma’no turlari, payt ravishi, o‘rin
ravishi, holat ravishi, miqdor-daraja ravishi, sabab ravishi, maqsad ravishi, ravish
derivatsiyasi.
Ravish tilshunoslikda muammoli masalalardan biri bo‘lib kelgan. Ushbu so‘z
turkumiga olim V. Vinogradov “mustaqil so‘zning hech bir guruhiga sig‘may olgan
so‘zlar ravish turkumiga yig‘ilgan” deb baho bergan. Ravish so‘z turkumi ish-
harakatning, holatning belgisini, belgining belgisini bildiradi. Ravishning sifatdan
farqli jihatlari mavjud. Ravish belgini bildirish jihatidan sifat so‘z turkumiga
o‘xshasada, uning asosiy farqi ravish fe’lga bog‘lanadi, harakat va holatning,
belgining belgisini bildiradi, sifat esa otga bog‘lanib, shaxs va predmetning belgisini
bildiradi. Masalan, U qattiq nonni chaynay olmadi. (qattiq so‘zi sifat bo‘lib kelgan).
Salim eshikni qattiq yopdi. (qattiq so‘zi holat ravishi bo‘lib kelgan).
Ingliz tilida ham ravish so‘z turkumi harakat va holatning belgisini, o‘rnini,
paytini, holatini bildirib, fe’lga bog‘lanib keladi va shu xususiyati bilan sifatdan farq
qiladi. Masalan, She has a beautiful eyes (beautiful adjective ya’ni sifat bo‘lib
kelgan). She sings beautifully (beautiful so‘zi adverb ya’ni ravish bo‘lib kelgan). The
bed is very hard (hard-adjective ya’ni sifat). He studied very hard (hard-adverb ya’ni
ravish).
Ravish so‘z turkumi o‘zbek tilida olti xil ma’no turlariga bo‘linadi. Bunga
quyidagi ma’no turlari kiradi:
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 147 ~
1. Holat ravishi: ish-harakatning bajarilish tarzini, usulini bildiradi.
So‘roqlari
:
qanday? qay tarzda? qay holda? Holat ravishlari: behosdan, majburan, astoydil,
do‘stona, yigitchasiga, mardona, tez, yayov, to‘satdan. U eshikni taraqlatib yopdi-da,
shiddat bilan stol yonidan o‘tib fortochkani ochdi. (Pirimqul Qodirov “Uch ildiz”
romani).
2. Payt ravishi ish-harakatning bajarilish vaqti, payti, muddatini bildiradi.
So‘roqlari:
qachon? qachongacha? qachondan beri? qanchadan beri? Payt ravishlari:
avval, keyin, erta, indin, hozir, bugun, kecha, doim, ertalab, saharlab, endi, oldin,
hali-beri. Avval o‘yla, keyin so‘yla (“O‘zbek xalq maqollari” dan). Kampirning yana
bir odati bor edi. U kechqurun kelinlar, o‘g‘illar uy-uylariga kirib ketganlarida
hammasining uyi ostonasida g‘imirsib yurardi. (Said Ahmadning “Kelinlar
qo‘zg‘oloni” asaridan).
3. O‘rin ravishi harakat va holatning bajarilish oʻrnini, harakat yoʻnalgan
tomonni bildiradi. (qayerga? qayerdan?). O‘rin ravishlari: olg‘a, ilgarigi, oldinga,
oldindan, yuqoridan, uzoqda, yaqinda, toʻgʻridan, toʻgriga, tubanda, pastda, olisda.
Misollar: U suyunganidan irg‘ib turib tashqariga otildi.
Ingliz tilida ham ravishlar o‘zbek tilidagidek o‘rin-joy ravishlari, payt ravishlari,
o‘lchov va daraja ravishlari, holat ravishlariga boʻlinadi va fe’lga bog‘lanib kelishi
jihatidan o‘zbek va ingliz tillaridagi ravishlar bir-biriga o‘xshashdir. Ingliz tilida holat
ravishlari sifatga -ly qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi. O‘zbek tilida holat
ravishlari ko‘pincha yaxlit holda keladi. Masalan, sekin, qo‘qqisdan.
Ingliz tilidagi holat ravishlari o‘zbek tilidagi yaxlit holda keladigan holat
ravishlaridan -ly qoʻshimchasini olish bilan farq qiladi. Masalan, easy+ly=easily,
quiet+ly=quietly.
Ingliz tilida “good” sifati ravishga o‘zgarganda “well” shakliga o‘tadi. Ingliz
tilidagi holat ravishlari: well, quickly, slowly, quietly, easily, badly, interestingly,
carefully, frequently, extremely, loudly, cheaply, fairly, highly, deeply. Have you
slept well? He listened the lecturer carefully. I completed this task easily.
O‘rin ravishlari ingliz tilida quyidagilardir: here, there, where, inside
(ichkarida), outside (tashqari), above (yuqori), below (pastda), somewhere, anywhere,
nowhere, elsewhere. I want to go somewhere with my friend tomorrow. I couldn’t
find my glasses anywhere. Where did you go after lunch? Nowhere.
Ingliz tilida payt ravishlari: now (hozir), today, yesterday, tomorrow, when,
recently, once, ever, never, always, often, usually, seldom, sometimes, yet, still,
since. Yet ravishi soʻroq gaplarda allaqachon ma’nosida keladi. I have never been in
China.
Miqdor-daraja ravishlariga, much, little, very, too, enough, nearly, almost,
hardly, scarcely ravishlari kiradi. I read much. He has written much. I could hardly
hear them.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 148 ~
Sifat – Ravish: He took a fast. He runs very fast taxi to Fergana. We have very.
He speaks little little time.
Too also, either, else, only, even so‘zlari ham ravishlar sanaladi. Too va also
darak va soʻroq gaplarda koʻp ishlatiladi. Too ko‘proq og‘zaki nutqda qoʻllaniladi.
Either ham ma’nosida boʻlishsiz gaplarda uchraydi. We have completed this task too.
He also understood the question. I have not met her either.
O‘zbek va ingliz tillarida ravishlarning o‘xshash va farqli jihatlari mavjud.
O‘xshash tomoni o‘zbek va ingliz tillarida ravish boshqa so‘z turkumlaridan yasaladi
va har ikki tilda ham sodda va yasama ravishlarga boʻlinish jihati bilan o‘xshaydi.
Misollar, -cha: yangi+cha, o‘zicha, eskicha, shoshgancha, bolacha, yigitcha,
atroflicha, o‘zimcha, yashirincha; -larcha: qahramonlarcha, qardoshlarcha, o‘rtacha,
begonalarcha; -chasiga: yangichasiga, yigitchasiga, erkakchasiga, toshkentchasiga; -
ligicha: xomligicha; -lab: ertalab, yaxshilab, koʻplab; -ona: doʻstona, mardona,
fidokorona; -an: taxminan, asosan; -lay: butunlay, tiriklay; -in: yashirin, oldin; -incha:
aksincha, koʻpincha; -chang: yaktakchang, koʻylakchang; -dek, day: otday,
lochinday; -aki: dahanaki, yuzaki, yodaki.
Kompozitsiya usulida yasalgan o‘zbek tilidagi ravishlarga birpas, birmuncha,
har vaqt, har zamon, har doim, har qachon, hech qachon, bir nafas, bir oz, bir talay,
har kuni ravishlari misol boʻladi. Ingliz tilidagi yasama ravishlarga -ly
qoʻshimchasini olgan ravishlar misol boʻladi: quietly, slowly, daily, easily,
successfully etc. Misol, “…yugurib chiqishi kerak edi. Ammo o‘rnidan jilolmadi.
Eshikni ochib, tanchali uy ichkarisiga bir odim tashladi-yu hayratlanib to‘xtadi.
(Tohir Malikning “Shaytanat” asaridan parcha).
4. Miqdor-daraja ravishi: bajarilayotgan harakat-holatning miqdoriy belgisini,
belgining ortiqligi yoki kamligini bildiradi (qancha? qanday?). Miqdor-daraja
ravishlari: sal, ko‘p, oz, hiyla, picha, juda, bag‘oyat, g‘oyatda. Misollar: Keyin, oz
qoldi, demang, aya. Odam qo‘rqadi, Siz hali ko‘p yashaysiz! (O‘lmas
Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asaridan).
5. Sabab ravishi harakat va holatning bajarilish sababini bildiradi (nima
sababdan?). Sabab ravishlari: noiloj, noilojlikdan, chor-nochor. U noilojlikdan bu
qarorga keldi.
6. Maqsad ravishi fe’lda anglashilgan harakat va holatning bajarishdan
ko‘zlangan maqsadni ifodalaydi: (nima maqsadda?) Maqsad ravishlari: atayin,
ataylab, jo‘rttaga, qasdma-qasdiga, qasddan, azza-bazza. Aziz atayin bu ishni qildi va
keyinchalik xatosini tushunib yetdi.
Ravish soʻz turkumi hozirgi kunda badiiy adabiyotda ham keng qoʻllanilmoqda
bu soʻz turkumi she’rlar va romanlarda emotsional ekspressiv boʻyoqni kuchli
boʻlishiga xizmat qilmoqda.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 149 ~
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M. va b. Hozirgi
o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2009.
2. Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili (morfemika, so‘z yasalishi va morfologiya).
O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2009.
3. Xolmonova Z.T. Tilshunoslikka kirish. Toshkent-2007.
4. Muhiddinova X.S., Salisheva Z.I., Po‘latova X.S. O‘zbek tili. Darslik.
Toshkent-2006. O‘qituvchi, 2006.
5. Jenny Dooley, Virginia Evans. Grammarway. Express publishing, 1999.
6. G‘apporov M., Qosimova R. Ingliz tili grammatikasi. Toshkent, Turon iqbol-
2010.
7. www.ziyouz.com
kutubxonasi
