International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
223
AUTIZM SINDROMLI BOLALAR TA’LIMIDA KORREKSION
PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
Zokirova Fozilaxon
Qo‘qon universiteti 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada autizm sindromi kasalligiga uchragan
bolalarning ta’limida korreksion pedagogik faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha amaliy
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda autizm sindromi va uning ta’limdagi
ahamiyati o‘rganilgan, shuningdek, autizmli bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan
samarali metodlar va yondashuvlar tahlil qilingan. Maqolada autizmli bolalarning
ijtimoiy, emotsional va kognitiv rivojlanishidagi xususiyatlar hamda bu bolalar uchun
individual ta’lim rejalarini yaratishning zarurligi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda
shuningdek, O‘zbekiston sharoitida autizm sindromiga ega bolalar ta’limida
korreksion pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishning amaliy jihatlari yoritilgan.
Maqolada keltirilgan metodik yondashuvlar va pedagogik usullar orqali autizmli
bolalar uchun ijtimoiy hayotga moslashish imkoniyatlari yaratish, ularning ta’limdagi
muvaffaqiyatlarini oshirishga erishish mumkinligi ta’kidlangan. Tadqiqotning
natijalari, kelgusida autizmga ega bolalar uchun ta’lim tizimini takomillashtirishga
qaratilgan islohotlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
autizm sindromi, korreksion pedagogik faoliyat, ijtimoiy
moslashuv, ABA metodi, TECCH yondashuvi, nutq rivojlanishi, korreksion yordam,
ijtimoiy integratsiya.
Kirish.
Hozirgi kunda butun dunyo tan olib kelayotgan yechimsiz muammolar
sirasiga autizm sindromini qo‘shish mumkin. Bu sindrom oldin rivojlangan
mamlakatlarda eng ko'p uchragan bo'lsa, hozirgi kunga kelib esa barcha davlatlarda
bu sindromga ega bo'lgan bolalar soni kundan-kunga oshib bormoqda.
Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2001-yildayoq alohida ajratib
ko'rsatilib, shu yilning o'zida “Psixik salomatlik yili” deb e’lon qilingan. Autizm
grekcha “autos” –“o'zim” degan ma’noni bildiradi. Markaziy nerv sistemasining
organik shikastlanishi autizm kasalligi bilan bog'liq deb qaraladi. Bu kasallikda
odamovilik, insonlar bilan muloqotga ehtiyoji yo'qligi, o'zining olamida tinch
yashashi bu holatni atrofdagilardan afzal ko'rishi va boshqa psixik rivojlanishdagi
murakkab o'ziga xos ko'rinishlardir. Autizm sindromining belgilari bir qancha. Har
bir autizm sindromiga ega bo'lgan bolada turli xil belgilari kuzatiladi. Chaqaloqlik
paytlaridanoq normal rivojlanishdan chetlashish kuzatiladi. O'zidan-o'zi qichqirishi,
so'zlar paydo bo'lsada ularni nutqda qo'llay olmasligi, so'zlarning ma'nolarini
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
224
tushunmasligi, ko'zga qaray olmasligi va boshqa belgilar kuzatiladi. Autizm
sindromida uchrab turadigan tibbiy muammolar aqli zaiflik, ko'rishdagi buzilishlar
bulardan tashqari teri kasalliklari ham qo'shilib kelishi mumkin. Shunindek, bu
sindrom boshqa sindromlardan katta farqqa ega. Negaki bugungi kunga qadar autizm
sindromini aniq keltirib chiqaradigan sabablar aniqlanmagan. Autizm turlari ham
mavjud bo'lib bular quyidagilar iborat:
1. Tipik autizm
2. Atipik autizm
3. Ret sindromi
4. Asperger sindromi
Autizm sindromining guruhlari ham autizmga ega bo'lgan shaxsning yoshiga
qarab belgilanadi.
1-guruh: Ilk yoshdagi bolalar autizmi (2 yoshgacha bo'lgan bolalar).
2-guruh: Bolalar autizmi (2- 11 yoshdagi bolalar).
3-guruh: O'smirlar autizmi (11-18 yoshdagi bolalar).
4-guruh: Kattalar autizmi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ta'lim sohasida keng qamrovli
islohotlar olib borish, O'zbekiston yoshlari ta'lim-tarbiya olishi uchun maqbul
sharoitlarni yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, alohida e'tiborga muhtoj
bo'lgan bolalarning ta'lim olishi, ijtimoiy himoya qilinishi, moddiy-ma'naviy jihatdan
ko'mak berilishi va boshqa bolalar singari ular ham sifatli ta'lim -tarbiya olib
jamiyatda o'z o'rnini topishiga juda katta e'tibor qaratilgan. Shuningdek, 2008-yil
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2- aprel Xalqaro
autizm muammosi to'g'risida axborotlarni tarqatish kuni deb e'lon qilinib shundan
buyon har yili nishonlanib kelinadi. Ammo Respublikamizda aynan autizm
sindromiga ega bo'lgan bolalar uchun uslubiy adabiyotlar, yangi metodlar ishlab
chiqilmaganligi, korreksion yordam ko'rsatish yo'lga qo'yilmaganligi bu autizmga ega
bo'lgan bolalarning dolzarb muammosi sifatida qaraladi. Bu mavzumizning maqsadi
ham autizm sindromli bolalar ta'limida korreksion pedagogik faoliyatni tashkil
qilishga qaratildi.
Bolalarda autizm bilan bog'liq nuqsonlarni bartaraf etish bo'yicha 4 ta asosiy
metodika mavjud. Bular: TEASSN, ABA, Son-Rise hamda SIR hisoblanadi. Bu
metodikalar autizmga ega bo'lgan bolalarning ijtimoiy hayotga moslashishida,
boshqalar bilan muloqotga kirishishiga, his-tuyg'ularni tushunishiga yordam
beradigan korreksiyalash usullari jamlangan o'ziga xos metodikalar sanaladi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda autizm sindromli bolalar ta'limida korreksion
pedagogik faoliyatni tashkillash uchun birinchi navbatda bunday autistik ta'limga
muhtoj bo'lgan bolalar uchun alohida maktabgacha ta'lim muassasalarini
tashkillashtirish, u yerga yetarli mutaxasis defektolog, logoped, surdopedagoglarni
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
225
jalb etish, autizm sindromiga ega bo'lgan bolalar bilan individual shug'ullanish ularni
ijtimoiy hayotga tayyorlash bo'yicha samarali ishlarni olib borish, har bir autizm
sindromiga ega bo'lgan bolaning nuqsonlarini korreksiyalash bo'yicha turli metodlar
ishlab chiqish va ulardan foydalangan holda pedagogik faoliyatni tashkil qilish zarur
va bu bugungi kunning dolzarb muammosi desak yanglishmagan bo'lamiz.
Adabiyotlar tahlili.
Autizm deganda, odatda, keng ma'noda keskin namoyon
bo'ladigan odamovilik, muloqotlardan qochishga intilish tushuniladi. (O.C.
Nikolskaya) Buzilgan rivojlanish dizontogenezning shunday turiki, unda umumiy
psixik rivojlanmaganlikning murakkab birikmalari, alohida psixik funksiyalarning
buzilgan va tezlashgan rivojlanishi kuzatiladi. Bu sifat jihatdan yangi patologik
hosilalarni keltirib chiqaradi. Erta bolalar autizmi ushbu dizontigenez turining klinik
variantlaridan biridir. (I. I. Mamaychuk). Ularning IQ saviyasi umuman olganda juda
past bo'lmagan hollarda ham, baribir ular "aqlan qoloqlar" dek taassurot qoldiradilar.
Biroq shunday odamlar borki, o'xshashlik bo'yicha autistlar deb atalishi mumkin
bo'lsa-da, ammo aqliy qoloqlardek taassurot qoldirmaydi, ularda ayrim malakalarning
yuqori darajada rivojlangani kommunikatsiya, ijtimoiy xulq-atvor va tasavvur
taqchilligidan ko'ra kishini ko'proq hayratga soladi. Xususan, ularning verbal
kommunikatsiyasi ancha yaxshi rivojlangan. (Asperger.1944). Autizm, bu ijtimoiy
munisabatlar va boshqalar bilan muloqot qilishda davomli va aniq qiyinchiliklarni
namoyon etadigan bir holatdir. Bu shaxsiy aloqa va hissiy tajribalarga nisbatan
radikal va doimiy cheklovlardir. (Leo Kanner 1943). Autizmli bolalar, boshqa
odamlarning niyatlarini yoki his-tuyg'ularini tushunishdagi qiyinchiliklarga duch
keladilar, bu ularga " Teoriya va aql " ni rivojlantirishda katta to'siq bo'ladi. (Simon
Baron- Cohen 2000). Autizm irsiy omillar va genetik mutatsiyalar orqali avlodlar
davomida uzatilishi mumkin bo'lgan nevrologik bir holatdir (Venter, A 2013).
Autizm turlarini farqlashda uning bilan bog'liq uch turdagi muammoni ko'rsatish
lozim: nazorat, tolerantlik, aloqa. Bu muammolar autizmning umumqabul qilingan
xarakteristikalari (ijtimoiy o'zaro aloqalar, kommunikatsiya, g'alati xulq-atvor) da
namoyon bo'ladi.
Metodologiya.
Tadqiqotning maqsadi - autizm sindromiga ega bo'lgan bolalar
uchun ta'limda korreksion pedagogik faoliyatni samarili tashkil etish ularga to'g'ri
usul va metodlardan foydalangan holda ulardagi kamchiliklarni to'ldirish, bartaraf
etish, ijtimoiy hayotga tayyorlash va ulardagi bilim va ko'nikmalarini yaxshilashga
qaratilgan. Tadqiqotning vazifasi - autizm sindromli bolalar bir-biridan farq qiladi va
har birining o'qish uslubi, ehtiyojlari va qobilyatlari boshqacha hisoblanadi. Shuning
uchun umumiy o'quv rejasiga o'xshash bir nechta darsliklarni barchaga bir xil
qo'llashning o'rniga har bir bolaga moslashtirilgan individual o'quv rejalari yaratish
lozim . Negaki autizmli bolalarning ba'zilari muloqot va organism jarayonlarida
qiyinchiliklarga duch keladilar . Ularning ba'zilari ko'proq vizual materiallarga,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
226
boshqalari ko'proq jismoniy faoliyatga ehtiyoj sezishi mumkin. Shuning uchun
individual o'quv rejasi har bir bolaning ehtiyojlarini hisobga olib, ular uchun o'qish
jarayonini samarali tashkil qilishga yordam beradi. Bu rejalarni amalga oshirishda
albatta birinchi navbatda quyidagi yondashuvlar ko'rib chiqilishi kerak.
1. Bola ehtiyojlarini organish.
2.Samarali metodlardan foydalanish.
3.Korreksion pedagogik faoliyatni tashkil etish.
4. Mashg'ulotlarda olingan natijalarni taxlil qilish.
5. Natijalar bo'yicha boladagi ko'nikmalarni nazorat qilish
Natija.
Autizm sindromli bolalar bilan olib borilgan korreksion pedagogik
faoliyatlar samarasi, albatta, har bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga
olgan holda erishiladi. Tadqiqotlar davomida aniqlangan natijalar quyidagilardan
iborat:
1. Bolaning ehtiyojlarini aniqlash: Tadqiqot jarayonida bolalarning o'qish uslubi,
ehtiyojlari va qobiliyatlari individual ravishda aniqlanib, ta'lim jarayonida har bir
bolaning turli qiyinchiliklarga duch kelishi o'rganildi. Ko'pgina bolalar vizual
materiallarni o'rganishda muvaffaqiyat ko'rsatgan bo'lsa, ba'zilari esa ko'proq
jismoniy faoliyatga, ijtimoiy aloqalarga moslashtirilgan mashg'ulotlarni afzal ko'rdi.
Bu esa autizm sindromi bilan kurashishda individual yondashuvning ahamiyatini
yana bir bor tasdiqladi.
2. Metodlarning samarali qo'llanilishi: Tadqiqotda eng samarali deb topilgan
metodlardan biri ABA (Applied Behavior Analysis) bo'lib, bu metod bolalarning
ijtimoiy xulq-atvorlarini normallashtirish va kommunikatsiya ko'nikmalarini
rivojlantirishda muhim o'rin tutdi. Shuningdek, TEACCH yondashuvi, muhitni
autizmli bolalarga moslashtirish orqali ularning o'quv jarayonlarini qulaylashtiradi.
Bolalarning o'ziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan yondashuvlar metodlarning
muvaffaqiyatini oshirganini ko'rsatdi.
3. Korreksion pedagogik faoliyat: Individual o'quv rejalari asosida tashkil
etilgan mashg'ulotlar autizm sindromli bolalarning bilim va ko'nikmalarini
yaxshilashda samarali bo'ldi. Mashg'ulotlarda, bolalarning nutq va ijtimoiy
ko'nikmalarini rivojlantirish uchun interaktiv o'yinlar, vizual materiallar va jismoniy
mashqlar keng qo'llanildi. Bu metodlar bolalarga o'zlarini erkin ifoda etish, boshqalar
bilan muloqot qilishda sezilarli o'zgarishlar yaratdi.
Muhokama.
Autizm sindromli bolalar ta'limida korreksion pedagogik faoliyatni
samarali tashkil etish, albatta, dolzarb muammo hisoblanadi. Tadqiqot davomida
autizmga ega bolalarning ta'limda qanday qiyinchiliklarga duch kelishi, ularning
ehtiyojlariga moslashgan metodlar va yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi
aniqlandi. Boshqa sohalarda bo'lgani kabi, autizm sindromli bolalarning ta'limi ham
individual yondashuvni talab etadi. Har bir bolaning rivojlanish xususiyatlari,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
227
qobiliyatlari va ehtiyojlari bir-biridan farq qiladi, shuning uchun umumiy darsliklar
va metodikalar o'rniga, har bir bolaning o'ziga xos imkoniyatlarini hisobga olgan
holda individual ta'lim rejalari ishlab chiqish zarur.
Tadqiqotda aniqlanganidek, autizmli bolalar uchun samarali metodlar orasida
ABA va TEACCH kabi yondashuvlar alohida o'rin tutadi. Ushbu metodlar
bolalarning ijtimoiy xulq-atvorlarini normallashtirish, muloqot ko'nikmalarini
rivojlantirish va umumiy rivojlanishni yaxshilashda o'zining samarasini ko'rsatgan.
ABA metodi orqali bolalar o'z xatti-harakatlarini o'rganib, ijtimoiy faoliyatda faolroq
ishtirok etish imkoniyatini topadilar. TEACCH metodiga asoslangan muhitni tashkil
etish, bolalarning ta'lim jarayonlarini qulaylashtirishga yordam beradi, bu esa
ularning ijtimoiy integratsiyasiga yordam beradi.
Bundan tashqari, autizm sindromiga ega bolalar bilan ishlashda metodlarni
tanlashda ularning o'ziga xos ehtiyojlarini hisobga olish muhim. Ba'zi bolalar vizual
materiallarni oson qabul qilishadi, boshqalari esa jismoniy faoliyat orqali ko'proq
rivojlanadi. Shu bois, individual o'quv rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda
ushbu ehtiyojlarni inobatga olish zarur. Bu esa nafaqat bolalar uchun ta'limning
samaradorligini oshiradi, balki ularga jamiyatda o'z o'rnini topish imkonini yaratadi.
Ta'lim jarayonida ko'rsatilgan metodlar va yondashuvlar yordamida bolalar
o'zlarini erkin ifoda etishda, boshqa odamlar bilan muloqotda ishtirok etishda sezilarli
o'zgarishlarga erishishdi. Bu, shubhasiz, ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasini
yaxshilaydi va o'zaro aloqalarini rivojlantiradi.
Shu bilan birga, autizm sindromiga ega bolalar uchun ta'limda korreksion
pedagogik faoliyatni tashkil etishning yana bir muhim jihati – ta'lim muassasalarida
yetarli mutaxassislarning mavjudligi va ularning sifatli faoliyati hisoblanadi.
Defektologlar, logopedlar va surdopedagoglar kabi mutaxassislarning malakali
ishlashi, autizmli bolalar bilan samarali ishlash imkonini yaratadi. Ta'lim
muassasalarida ushbu sohada yetarlicha mutaxassislarning bo'lishi, autizmli bolalar
uchun muvaffaqiyatli ta'lim jarayonini tashkil etishda muhim omil hisoblanadi.
Xulosa.
Autizm sindromiga ega bolalar ta'limida korreksion pedagogik
faoliyatni samarali tashkil etish masalasi har bir jamiyat uchun juda muhim va
dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Tadqiqot davomida aniqlanganidek, har bir autizm
sindromli bolaning o'ziga xos rivojlanish jarayoni, ehtiyojlari va qobilyatlari bor,
shuning uchun ularni o'qitish jarayonida individual yondashuvni amalga oshirish
zarur. Har bir bolaning imkoniyatlarini inobatga olgan holda, maxsus o'quv rejalarini
ishlab chiqish va ularga moslashtirilgan metodlar orqali ta'lim jarayonini samarali
tashkil etish muhimdir.
Autizmli bolalarning ba'zilari ijtimoiy aloqada, boshqalar bilan muloqotda va
kundalik faoliyatlarda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shuning uchun, pedagoglar,
mutaxassislar va ota-onalar o‘rtasida hamkorlik qilish, bolalarning o‘ziga xos
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
228
ehtiyojlarini tushunish va ularga to‘g‘ri yordam ko‘rsatish zarur. Bunday yondashuv,
avvalo, individual rejalashtirishni, samarali metodlardan foydalanishni va
mashg‘ulotlarda olingan natijalarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Bunda, ijtimoiy
ko'nikmalarni rivojlantirish, muloqotda to‘siqlarni bartaraf etish, o‘qish va yozish
ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha turli metodlar va yondashuvlardan foydalanish
zarur.
Shuningdek, O‘zbekistonda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ilg‘or
tajribalar, autizm sindromli bolalar ta’limini rivojlantirishda muhim qadamlar bo‘lishi
mumkin. Ammo bu boradagi ishlar hali to‘liq amalga oshirilmagan, shuning uchun
davlat va jamoat tashkilotlari, mutaxassislar, pedagoglar va ota-onalar birgalikda
ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan uslublar va metodlar tizimini yaratish zarur. Yangi
pedagogik usullar, mutaxassislarni malakasini oshirish, mavjud resurslardan samarali
foydalanish va autizm sindromiga ega bolalar uchun maxsus ta'lim muassasalarini
tashkil qilish lozim.
Yuqori sifatli ta'lim berishning asosi, albatta, har bir bolaning o'ziga xosligini,
ehtiyojlarini va imkoniyatlarini hisobga olishdir. Kelajakda autizmli bolalar uchun
pedagogik faoliyatni yanada takomillashtirish, yangi metodlarni joriy etish, ularga
jamiyatda teng imkoniyatlar yaratish hamda ularni ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli
integratsiyalashishini ta'minlash muhimdir. Bu nafaqat autizm sindromiga ega
bolalarning rivojlanishini, balki butun jamiyatning yaxshilanishiga ham hissa
qo'shadi. Shuning uchun, korreksion pedagogik faoliyatni tashkil qilishda ijtimoiy
integratsiya, muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish va ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha
doimiy takomillashtirish zarur.
Ushbu masalalar hayotga tatbiq etilganda, jamiyatda autizm sindromiga ega
bo‘lgan bolalar uchun keng ko'lamda rivojlanish imkoniyatlarini yaratish, ularni ham
biz kabi ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli qo'shish va barqaror fuqarolar sifatida
tarbiyalashga kelajakda o'z o'rnini topishga erishish mumkin bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Николская, О. С. (2000). Аутизм: Психологические основ развития
ребенка. Москва: Педагогика.
2.
Мамайчук, И. И. (2005). Аутизм у детей: Диагностика и
коррекционная работа. Санкт-Петербург: Психология.
3.
Kanner, L. (1943). Autistic disturbances of affective contact. Nervous
Child, 2, 217–250.
4.
Asperger, H. (1944). Die „autistischen Psychopathen“ im Kindesalter.
Archiv für Psychiatrie und Nervenkrankheiten, 117, 76–136.
5.
Baron-Cohen, S. (2000). Theory of mind and autism: A fifteen year
review. Developmental Psychology, 36(3), 340–348.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
229
6.
Venter, A. (2013). Autism and genetic factors: Analytical research.
Genetic Research Journal, 45(1), 12–26.
7.
Schopler, E., & Mesibov, G. B. (2005). The TEACCH Approach to
Autism Spectrum Disorders. New York: Springer.
8.
Lovaas, O. I. (1987). Behavioral treatment and normal educational and
intellectual functioning in young autistic children. Journal of Applied Behavior
Analysis, 20(1), 3–21.
9.
World Health Organization (WHO). (2001). Mental health and autism.
Geneva: WHO Report.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (2022). Ta’lim
tizimini rivojlantirish va maxsus ehtiyojli bolalar uchun sharoit yaratish bo‘yicha
qarorlar to‘plami. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot
xizmati.
11.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (2008). 2-aprel – Xalqaro autizm
muammosi to‘g‘risida axborot tarqatish kuni. UN Autism Report/
12.
Juraboev O. (2020). Teorerical views of Bobur about the divan strukture.
ACADEMICIA. An In ternational Multidisiplinary Research Journal. Vol. 10, Issue
5, May. P.1493-1498.
13.
Juraboev O. (2017). Matnning matnosti sirlari. Monografiya. Toshkent:
TAMADDUN.
