International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
241
OQOVA SUVNING BIOLOGIK TOZALASHDA REAGENTLARNI
QO‘LLAB FOSFORSIZLANTIRISH USULINING TAHLILI
Olmos Joniqulovich Jo‘rayev
Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand Davlat Arxitektura
Qurilish Universiteti, dotsent
Buta Oralovich Xushvaktov
Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand Davlat Arxitektura
Qurilish Universiteti, katta o‘qituvchi
Raimqulov Elyor Bahodir o‘g’li
Mirzo Ulug’bek nomidagi
Samarqand Davlat Arxitektura Qurilish Universiteti, magistr
Abdixoliqova Mariya Melitoji qizi
Qarshi Davlat Texnika Universiteti 3 – kurs STvaKTLvaE talabasi
Annotatsiya:
Oqova suvlarni fosfatsizlantirishning ishlatiladigan usullarini
afzalligi va kamchiligi, birgalikda biologik va fizik-kimyoviy jarayonlarga
asoslangan fosfor birikmalarini ketkazishning umumlashgan usullarini o‘rganishga
alohida qiziqish uyg’otadi. Biroq, reagent vositalarining faol gilning mikrobli
holatiga ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan va bunday tadqiqot natijalari ziddiyatli
bo‘ladi.
Annotation:
The advantages and disadvantages of the used methods of
dephosphotation of wastewater are of particular interest in the study of combined
methods for the removal of phosphorus compounds based on joint biological and
physicochemical processes. However, the effect of reagent drugs on the state of the
microbial community of activated sludge remains poorly understood, and the results
of such studies are contradictory.
Kalit so‘zlar:
fosfolipidlar, fosfoproteidlar, fermentlar, mikroorganizm,
ortofosfat, oqova suv, reagent, fosfor, nukleinli kislota, nukleproteid (phospholipids,
phosphoproteins, enzymes, microorganism, orthophosphate, waste water, reagents,
phosphorus, nucleic acid, nucleproteide).
Hozirgi kunda dunyo miqiyosida aholi sonining ortishi natijasida ularning
ehtiyojlarini qondirish maqsadida har xil turdagi sanoat korxonalari jadal ravishda
o‘smoqda, har xil turdagi ishlab chiqarish korxonasi va aholi sonining o‘sishi
natijasida har xil turdagi ishlab chiqarish va xo‘jalik-maishiy oqova suvlari hosil
bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan bu turdagi oqova suvlarga ishlov berish va tozalash
muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
242
An’anaviy tozalash inshootlarida bu turdagi oqova suvlarni tozalash biroz
qiyinchiliklar to‘g’dirishi mumkin, shu sababli amaliyotda alyuminiy va temir
tuzlaridan foydalangan holda koagulyantlarni qo‘llash maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz va bu koagulyantlarni biologik tozalash inshootlarining turli
nuqtalaridan qo‘shish samaraliroqdir. Shuningdek biologik jarayonlari uchun zararli
bo‘lmagan temir yoki alyuminiy tuzlaridan iborat ishlab chiqarish chiqindilaridan
foydalanish mumkin va ular quyidagilardir: masalan alyuminiy sulfat, alyuminiy xlor,
temir sulfat va kamroq ohaklar [1].
Yuqorida keltirib o‘tilgan reagentlar – ohak, alyuminiy va temir tuzlarini
mustaqil ravishda yoki yuqori molekulyar polielektrolitlar (flokulyant) bilan
birgalikda qo‘llash mumkin bo‘ladi [1,2,3,4,7,8].
Oqova suvlar ohak bilan ishlov berishda muhit ko‘osatkichi ishqoriy bo‘lishi
kerak, natijada trikalsiyfosfat va gidrooksiapatitlar hosil bo‘lib cho‘kmaga tushadi,
cho‘kmay qolgan qismi ya’ni polifosfatlar esa cho‘kmalar yuzasiga sorbsiyalanadi.
Koagulyasiya mahsulotlari juda mayda, yomon cho‘kadigan kristallardan iborat
bo‘lib, ularni to‘liq ajratish uchun kuchli ishqorli muhit (рН=10,5-11) kerak bo‘ladi,
shuning uchun ohak sarfi asosan muhitning yuqori ishqorligini saqlash kerakligi bilan
belgilanadi. Kalsiy oksidi bilan oqova suvlar ishlov berilganda, ulushining tarkibiga
qarab СaO ko‘rinishida 150 dan 400 mg/dm
3
gacha bo‘ladi.
Сa(ON)
2
yoki СaO ko‘rinishida ishlatilganda, fosfatlar Сa
+
ionlari bilan birikib
birgalikda cho‘kmaga tushadi, buning afzalligi shundaki, oqova suvlarning tarkibi
murakkab, organik aralashmalarga nisbatan past sezgirligi, avtomatlashtirish
qo‘layligi, ishlatish nisbatan oddiy va ishqoriy muhitning zararlovchi ta’siriga
chidamligidir [1,2,9]. Ayrim chet ellik olimlar fikricha рН muhiti 11 ga yetganda
ayrim mikroorganizmlar 99 foizgacha kamayadi. Alyuminiy va temir tuzlari bilan
ishlov berib cho‘ktirishda hosil bo‘lgan cho‘kmaning hajmi, kalsiy bilan ishlov
berilganda cho‘kadigan cho‘kmani hajmidan bir necha barobar katta bo‘ladi va shu
bilan birgalikda kalsiy bilan ishlov berilganda hosil bo‘ladigan cho‘kma osongina
tiklanadi [1,2,9].
Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, quvur devorlarida, nasos korpuslarida
qo‘yqalarning hosil bo‘lishi va agar birlamchi tindirgichlardan oldin kalsiy ionlari
qo‘shilsagan cho‘kmalar kalmatasiyasi paydo bo‘ladi. Shu bilan birgalikda keyingi
boshqa maqsadlar uchun ishlatish kerak bo‘lsa yoki havzaga tashlashda bu turdagi
suvlarni neytrallash talab etiladi.
Uch valentli alyuminiy va temir tuzlari bilan oqova suvlar tarkibidan fosforlarni
chiqarishda, erimaydigan fosfatlar hosil bo‘ladi va cho‘kmaga tushadi, tuzlarning
gidrolizlanishi natijasida gidrooksid momiqlarida murakkab fosfat va organik fosfat
birikmalarini sorbsiyalanishi sodir bo‘ladi. Nazariy jihatdan hisoblaganda erigan
fosfor hisobida 1,8 mgni alyuminiy tuzlari uchun 0,87 va temir tuzlari uchun esa 1,0
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
243
mg ni tashkil qiladi. Ammo bu ulushlar yuqori hisoblanadi, chunki, koagulyantning
bir qismi oqova suvlarni boshqa iflosliklarini cho‘ktirishga sarflanadi va mos
ravishda taxminan 1 mg ga 1 – 8 mg ni tashkil qiladi [1,5].
Nafaqat shahar oqova suvlarini, cho‘chqachilik majmuasining yuqori ulushli
oqova suvini fosfatsizlantirish jarayonlarini tadqiq qilish natijalari, temir sulfatni
reagent sifatida ishlatish bilan tozalash samaradorligi, reagent ulushi va uning
texnologik tasvirining turli nuqtalaridan uni qo‘shish joyiga bog’liq bo‘ladi [1,2].
Oqova suvlarni reagentlar bilan ishlov berishda muallaq moddalar, shu jumladan
kolloid aralashmalar sonini beqarorlashuvi, eritilgan organik moddalarning bir
qismini bog’lanishi, temir fosfatning kam eriydigan shakllari va kalsiy, temir, fosfat
kislotasi, ishqor hamda temir oksidi va karbonati kabi birikmalar hosil bo‘ladi.
Bunday jarayonlarning sodir bo‘lishi mumkinligi hosil bo‘lgan organik moddalar
cho‘kmasida kalsiy, magniy, temir, karbonatlar, fosfatlar, metall gidrooksidlari
mavjudligini ko‘rsatadi. Reagentlarni qo‘shish joyiga qarab, yuqorida sanab o‘tilgan
jarayonning ba’zilari fosforni ketkazish bilan bog’liq holda sodir bo‘ladi.
Agar aerotenklarni anaerob-anoksid zonasida gil aralashmasini ishlov berish
jarayoniga reagentni qo‘shish, atrof-muhitga o‘zaro ta’sir etish holati bilan
aniqlanadi. Stexiometr bo‘yicha temir fosfat hosil bo‘lganda 1 gramm fosforga 1,8
gramm temir sarflanadi va bularni nisbati 0,4 – 1,0 mol/mol bo‘lganligi haqida
ma’lumotlar adabiyotlardan mavjud, nafaqat temir fosfat buning bir qator kompleks
birikmalari hosil bo‘lganligini ham ko‘rsatadi [99]. Bularni nisbati 1,0 dan kichik
bo‘lganda qoldiq fosfor miqdori yuqori bo‘ladi.
Biologik bosqichning anaerobli zonasida fosforni ketkazish natijasida
fosfatlarda fosfor ulushi 6 – 9 mg/dm
3
gacha ko‘tariladi va bu reagentlar o‘zaro faol
ta’sir o‘tkazishga kirashadi hamda uch valentli temir bo‘yicha ulushini 2,5 – 3,0
mg/dm
3
gacha kamaytirishga erishish mumkin, tozalangan suvdagi fosfor miqdori 0,5
– 0,8 mg/dm
3
ni tashkil qiladi. Buning natijasida temir fosfatning mayda kristall
zarrachalari faol gil momiqlari bilan tutib qolinadi va bu aralashmalarni
flokulyasiyalash va tinitish jarayonlari birgalikda sodir bo‘ladi. Buning natijasida
temir miqdori 0,49 – 0,59 mg/dm
3
bo‘lganda tozalangan oqova suvdagi reagentning
biroz miqdori ortiqcha bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Reagentni ikkilamchi tindirgichlardan oldin gil aralashmasiga qo‘shish mumkin,
bunda uning ulushi uch valentli bilan 2 – 3 g/m
3
gacha kamaytiriladi (fosforning
qoldiq miqdori uchun 0,5 mg/dm
3
), yanada aniqroq ulushi tozalangan oqova suvdagi
fosforning qoldiq miqdoriga bog’liq holda belgilanadi. Temir miqdorining
qo‘shimcha reaksiyalarga sarflanishi turli xil anionlar birinchi navbatda OН
-
va СO
-2
3
lar ta’sirida fosfor ulushini pasayishi 2 dan 4 barobargacha oshadi.
Aylanadigan faol gilga reagent qo‘shish variantini e’tiborga olish kerak. Agar
ushbu usulning qulayligi, gil sarfi va tegishli reagent ulushining doimiyligi, uning
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
244
reaksiyaga kirish qobiliyatidan to‘liq foydalanish imkoniyati, gildagi fosfor miqdorini
(shu jumladan bog’liqlik shakllarini) quruq modda massasining 4,0 – 5,9 % igacha
oshirishdir.
Biologik tozalash bosqichlarida reagentlarni qo‘shishdagi ulushi, reagent
ulushining oshish koeffisiyentini oqova suvdagi umumiy fosfor ulushiga ko‘paytmasi
orqali topiladi.
Oqova suvlar tarkibidan fosfatlarni ketkazishda eng qo‘lay рН muhitini qiymati
6,0 – 7,0 oralig’ida, yuqoridagi reagentlar ishlatilganda 4,6 – 7,3 oralig’ida bo‘lishi
kerak [1,9].
Ko‘pchilik tadqiqotchilar ixcham biologik qurilmalar, umumlashgan (biologik-
fizik-kimyoviy) usulni qo‘llashning eng katta samaradorligi, bu esa kimyoviy usulga
xos bo‘lgan yuqori ishlatilish xarajatlaridan qochishga va organik birikmalar ulushi
past bo‘lgan holatlarda fosfor bo‘yicha tozalashning barqaror yuqori sifati
ta’minlanadi deb hisoblaydi [1,4,5].
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Кобелева, Й.В. Оценка кислородного баланса в процессах
совместной биологической и реагентной очистки сточных вод / Й.В. Кобелева,
Т.В. Кирилина, Л.М. Сибиева, А.С. Сироткин // Вестник Казанского
технологического университета. −2015. −Т. 18.− № 12.
2.
Xushvaktov, B. O., Mirzayev, M. N., & Utaganov, J. E. (2024,
December). OQOVA SUVLARNI BIOLOGIK TOZALASH JARAYONIDA
REAGENTLARNI QO‘LLASH. In Uz Conferences (Vol. 1, No. 5).
3.
Sabirova, D., & Xushvaktov, B. (2024). TERIGA ISHLOV BERISH
ZAVODINING OQOVA SUVINI TOZALASH. Interpretation and researches, (6
(28)).
4.
Zokirov, M. R., & Xushvaktov, B. (2024). TERIGA ISHLOV
BERISHDAGI
OQOVA
SUVLARDAN
SULFIDLARNI
TOZALASH.
Interpretation and researches, 2(3 (25)).
5.
Oralovich, B., Xolov, F., & Namazovich, M. (2024). SHAHAR OQOVA
SUVINI BIOLOGIK TOZALASHDA IXCHAM QURILMANI QO‘LLASH.
Interpretation and researches, 2(1 (23)).
6.
Mirzayev, M. N., & Xushvaktov, B. O. (2024). BIOLOGIK
TOZALASHDA IXCHAM QURILMANI QO ‘LLAB SHAHAR OQOVA SUVINI
TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 3(2), 157-161.
7.
Oralovich, B., & Zokirov, M. R. (2023). KOAGULYANT VA
FLOKULYANTLARDAN
FOYDALANIB
CHINNI
ZAVODI
OQOVA
SUVLARINI TOZALASH. Interpretation and researches, 1(17).
8.
Xushvaktov, B. (2023). AVTO PARK OQOVA SUVLARINI
FLOKULYANTLAR YORDAMIDA TOZALASH. Interpretation and researches,
1(16).
9.
Xushvaktov, B. O., & G‘ofurov, N. A. (2023). SANOAT OQOVA
SUVLARINI XROM (III) DAN TOZALASHDA рН MUHITINING TA’SIRI.
Innovative Development in Educational Activities, 2(15), 86-90.
