Ushbu maqolada fransuz tilini o‘qitish metodikasi va chet tilida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot kommunikativ yondashuv asosida til o‘rganuvchilarning til bilimlari va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodlarning samaradorligini o‘rganadi. Shuningdek, til o‘rgatishda Yevropa umumiy til referens kadrlarining (CECRL) roli va ahamiyati, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, interaktiv o‘quv materiallari va madaniy komponentlarning integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Maqola til o‘rganuvchilarning tilga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va samarali til ta’limi jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.