Авторы

  • А. к. Шокиров
    Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
  • А. и. Юсупов
    Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
  • Ш. а. Нумонова
    Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
  • С. а. Халилова
    Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
  • X.н Ёдгоров
    Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi

Биографии авторов

  • А. к. Шокиров, Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
    Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish fani katta oʻqituvchi
  • А. и. Юсупов, Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
    Kompyuter grafikasi va axborot texnologiyalari fani katta oʻqutuvchi
  • Ш. а. Нумонова, Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
    Ishlab chiqarish taʼlim ustasi
  • С. а. Халилова, Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
    Fizika fani oʻqituvchisi
  • X.н Ёдгоров, Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
    Tarix fani oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.103964

Ключевые слова:

fizik xavfsizlik transport vositasi raqamli boshqaruv tizimi harorat bosim tezlik datchiklar ECU ADAS xavfsizlik omillari IoT avtomatlashtirilgan transport yondashuv avtomobil blockchain mexatronika.

Аннотация

maqolada transport vositalarining fizik xavfsizlik omillari va ularni raqamli boshqaruv tizimi orqali boshqarish masalalari yoritilgan. Transport vositalaridagi passiv va aktiv xavfsizlik vositalarining vazifalari texnik jihatdan tahlil qilingan. Ularning samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlari, xususan, datchiklar tarmog‘i, elektron boshqaruv bloklari (ECU), IoT texnologiyasi va sun’iy intellekt asosidagi tizimlar qo‘llanilishi asoslab berilgan. Transport vositalarining xavfsizlik darajasini oshirish, inson omilini kamaytirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

285

TRANSPORT VOSITALARIDA FIZIK XAVFSIZLIK OMILLARI VA

ULARNI RAQAMLI BOSHQARUV TIZIMI

A. K. Shokirov

1

, A. I. Yusupov

2

, Sh. A. Numonova

3

, S. A. Xalilova

4

.

5

H.N. Yodgorov

Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi

1

Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish fani katta oʻqituvchi

2

Kompyuter grafikasi va axborot texnologiyalari fani katta oʻqutuvchi

3

Ishlab chiqarish taʼlim ustasi

4

Fizika fani oʻqituvchisi

5

Tarix fani oʻqituvchisi


Annotatsiya:

maqolada transport vositalarining fizik xavfsizlik omillari va

ularni raqamli boshqaruv tizimi orqali boshqarish masalalari yoritilgan. Transport
vositalaridagi passiv va aktiv xavfsizlik vositalarining vazifalari texnik jihatdan tahlil
qilingan. Ularning samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy raqamli boshqaruv
tizimlari, xususan, datchiklar tarmog‘i, elektron boshqaruv bloklari (ECU), IoT
texnologiyasi va sun’iy intellekt asosidagi tizimlar qo‘llanilishi asoslab berilgan.
Transport vositalarining xavfsizlik darajasini oshirish, inson omilini kamaytirish va
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali yo‘l-transport
hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

fizik xavfsizlik, transport vositasi, raqamli boshqaruv tizimi,

harorat, bosim, tezlik datchiklar, ECU, ADAS, xavfsizlik omillari, IoT,
avtomatlashtirilgan transport, yondashuv, avtomobil, blockchain, mexatronika.

“PHYSICAL SAFETY FACTORS IN TRANSPORT VEHICLES AND

THEIR DIGITAL CONTROL SYSTEM”

A. K. Shokirov

1

, A. I. Yusupov

2

, Sh. A. Numonova

3

, S. A. Xalilova

4

.

5

H.N. Yodgorov

Bukhara Transport and Construction Technologies Technical School

1

Senior Lecturer in Automotive Maintenance

2

Senior Lecturer in Computer Graphics and Information Technology

3

Industrial Training Master

4

Physics Teacher

5

History Teacher

Abstract:

The article explores the physical safety factors of transport vehicles

and the issues related to their control through digital management systems. It


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

286

provides a technical analysis of the functions of passive and active safety systems in
transport vehicles. To enhance their effectiveness, the use of modern digital control
systems is substantiated, including sensor networks, electronic control units (ECUs),
IoT technologies, and systems based on artificial intelligence. These approaches
contribute to increasing the safety level of transport vehicles, reducing the impact of
the human factor, and preventing road traffic accidents through the implementation of
automated control systems.

Keywords:

physical safety, transport vehicle, digital control system,

temperature, pressure, speed, sensors, ECU, ADAS, safety factors, IoT, automated
transport, approach, automobile, blockchain, mechatronics.


Kirish.

Bugungi kunda transport vositalarining soni ortib borayotgan sharoitda

ularning xavfsizligini ta’minlash dolzarb ilmiy-texnik masalalardan biri hisoblanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili YTHlar tufayli
millionlab odamlar halok bo‘lmoqda. Bunday holatlarda transport vositalarining fizik
xavfsizlik omillarini chuqur o‘rganish va zamonaviy raqamli boshqaruv
texnologiyalarini joriy etish zarurati ortib bormoqda.

Transport vositalarida fizik xavfsizlik omillarini tahlil qilish va ularni raqamli

boshqaruv tizimi asosida samarali nazorat qilish jarayoni bir qator milliy me’yoriy
hujjatlarga asoslanadi. Jumladan, 1999 yildagi O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l
harakati to‘g‘risida”gi Qonuni transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlash,
ularning texnik holatini nazorat qilish, hamda yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq
va majburiyatlarini belgilab beradi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan avtomobil

transport vositalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazilish tartibi, shuningdek, diagnostika
va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tartiblar belgilanadi. Masalan, O‘z DSt 3032:2018
standarti asosida transport vositalarining texnik xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik holati
nazorat qilinadi. Bundan tashqari, O‘z DSt ISO 26262 standarti avtomobillardagi
elektron boshqaruv tizimlarining funksional xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim
mezonlarni belgilaydi.

Raqamli boshqaruv tizimlarining transport xavfsizligiga integratsiyasi “Raqamli

O‘zbekiston – 2030” strategik dasturida o‘z aksini topgan. Ushbu strategiya asosida
aqlli transport tizimlari (Intelligent Transport Systems – ITS), masofaviy monitoring,
datchiklar orqali nazorat, sun’iy intellekt va IoT texnologiyalarini joriy etish ko‘zda
tutilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 28-
fevraldagi PQ–60-son qarori asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda raqamli
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yuqorida tilga olingan me’yoriy hujjatlar transport vositalarida fizik

xavfsizlikka oid talablarni, shuningdek, ularni zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlari


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

287

orqali nazorat qilishning huquqiy, texnik va tashkiliy asoslarini belgilaydi. Bu esa
transport sohasida xavfsizlik darajasini oshirish, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni
kamaytirish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb
etadi.

Asosiy qism.

Transport vositalarining fizik xavfsizligi — bu harakatlanish

jarayonida yo‘lovchilar, haydovchi va atrof-muhit uchun xavfsiz sharoitlarni
ta’minlaydigan muhandislik va texnologik omillar majmuasidir[5]. Bunday omillar
transport vositasi konstruksiyasi, harakatga keltiruvchi tizimlar, tormozlash tizimi,
yoritish, signalizatsiya, datchiklar, xavfsizlik kamarlaridan tortib, avtomobil
kuzovining deformatsiyalanuvchan zonalarigacha bo‘lgan barcha elementlarni o‘z
ichiga oladi.

1.

Fizik xavfsizlik omillari:

Xavfsizlik kamarlarining konstruktiv mustahkamligi.

Eshiklar va o‘rindiqlarning mustahkamligi va blokirovka tizimi.

Deformatsiyalanuvchi zona (crash zone) va energiyani so‘ruvchi

strukturalarni o‘z ichiga oladi.

2.

Raqamli boshqaruv tizimida esa zamonaviy transport vositalarida

xavfsizlik omillarini real vaqtda nazorat qilish va boshqarish raqamli tizimlar orqali
amalga oshiriladi. Ular quyidagi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi:

IoT (Internet of Things) asosidagi datchiklar tarmog‘i:

Harorat, bosim, tezlik, aylanish burchagi, signal, tormoz holati va boshqa

parametrlarni real vaqtda o‘lchab uzatadi.

CAN (Controller Area Network) yoki LIN (Local Interconnect Network) orqali

markaziy boshqaruvga yuboriladi.

3.

Integratsiyalashgan xavfsizlik modullari: ECU (Electronic Control Unit):

avtomobilning markaziy “Miyasi” bo‘lib, barcha xavfsizlik tizimlarini boshqaradi[6].

Telematik modullar: avtohalokatlar to‘g‘risida avtomatik signal yuboradi (eCall

tizimi).

Blockchain asosidagi xavfsizlik loglari: texnik holat va harakat tarixini buzilmas

tarzda saqlash uchun foydalaniladi.

Transport vositalari zamonaviy jamiyatda nafaqat harakat vositasi, balki

muayyan xavfsiz holatlariga ega muhandislik ob’ekti sifatida ham qaraladi. Shuning
uchun ularning fizik xavfsizligini ta’minlash, shuningdek raqamli boshqaruv orqali
bunday xavfsizlik omillarini samarali nazorat qilish dolzarb ilmiy-texnik
masalalardan biridir.

Transport

xavfsizligiga

zamonaviy

yondashuv:

raqamlashtirish

va

avtomatlashtirish:

Raqamli boshqaruv tizimlari (DBT) transport vositalarining har bir texnik

funksiyasini aniq, ishonchli va real vaqtli monitoring qilish imkonini beradi. Internet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

288

of Things (IoT), sun’iy intellekt (AI), datchik tarmoqlari, CAN bus protokoli,
GPS/GLONASS navigatsiyasi kabi texnologiyalar transport vositalarining harakatini,
yuk holatini, tizimlarining ish faoliyatini, va xavfsizlik darajasini doimiy nazorat
qilish imkonini bermoqda.


Raqamli boshqaruv tizimlari mikroprotsessorlar, datchiklar, algoritmik

boshqaruv va sun’iy intellekt elementlariga asoslanadi. Avtomobilda mavjud bo‘lgan
bir nechta ECU (Electronic Control Unit) bloklari bir-biri bilan CAN, LIN yoki
FlexRay kabi protokollar orqali axborot almashadi. Har bir xavfsizlik tizimi real vaqt
rejimida sensor ma’lumotlari asosida qaror qabul qiladi[8].

So‘nggi yillarda olib borilgan xalqaro tadqiqotlar (Misener & Sengupta, 2019;

Litman, 2021; Uddin & Lu, 2020) shuni ko‘rsatmoqdaki, aktiv va passiv xavfsizlik
tizimlarining raqamli boshqaruvi yo‘l-transport hodisalarini 30–50% ga kamaytiradi.
Shuningdek, haydovchi xatti-harakatlarini kuzatish va avtomatik ogohlantirish
tizimlari (ADAS) inson omilini kamaytirib, tizimni yanada mustahkamlaydi.

1-rasm. Raqamli boshqaruv tizimi bilan jihozlangan zamonaviy transport

vositasining virtual xavfsizlik modeli"


Mazkur mavzu muhandislik (avtomobilsozlik, mexatronika, elektronika),

axborot texnologiyalari (sun’iy intellekt, IoT, SCADA), hamda pedagogika (kasbiy
tayyorgarlikda xavfsizlik texnologiyalari) fanlari bilan bevosita integratsiyalashgan.
Bu esa mavzuning zamonaviy fanlararo yondashuvda hal etilishi mumkinligini
ko‘rsatadi[10].

Bugungi kunda “Aqlli transport” (Smart Transport) va “Raqamli egizak”

(Digital Twin) texnologiyalarini joriy etish orqali transport vositalarining
xavfsizligini yanada oshirish mumkin[9].


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

289

Xulosa

qilib aytganda, transport vositalarida fizik xavfsizlik omillarining

samaradorligi ularning raqamli boshqaruv tizimlari bilan integratsiyalashganligiga
bevosita bog‘liqdir. Zamonaviy intellektual tizimlar nafaqat passiv (kamarlari, airbag
va strukturaviy himoya) balki aktiv xavfsizlikni (real vaqtli monitoring, ogohlantirish,
avtomatik tormozlash) ham ta’minlaydi. Bu esa avtotransport sohasida inson
xavfsizligini yuqori texnologiyalar orqali kafolatlashning asosiy yo‘nalishidir.

Transport vositalarida fizik xavfsizlik omillarini raqamli boshqaruv tizimlari

bilan uyg‘unlashtirish – nafaqat harakat xavfsizligini ta’minlaydi, balki transport
infratuzilmasida intellektual tizimlar (ITS) joriy etilishi uchun ilmiy-texnik asos
yaratadi. Bu yo‘nalish kelajakda aqlli shaharlar, avtomatlashtirilgan transport,
haydovchisiz boshqaruv tizimlari (autonomous vehicles) kabi sohalarning rivojlanishi
uchun muhim platforma hisoblanadi.

ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni. —

Toshkent, 1999 (va keyingi tahrirlar).

2.

PQ–60-sonli Qaror. “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda raqamli

texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. — O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori, 28.02.2022.

3.

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” Raqamli transformatsiya strategiyasi. —

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi, 2020.

4.

O‘z DSt ISO 26262:2018. Yo‘lovchi avtomobillar uchun funksional

xavfsizlik standarti. — O‘zstandart agentligi.

5.

Turg‘unboyev A. “Avtotransport vositalarining xavfsizlik tizimlari va

boshqaruv usullari”. — Toshkent: Transport, 2020.

6.

Karimov Sh. “Intellektual transport tizimlari: nazariy asoslari va

qo‘llanilishi”. — Toshkent: IT Park Publications, 2021.

7.

SAE International. “Fundamentals of Automotive Safety Systems” —

SAE Tech Paper Series, 2020.

8.

Bosch, R. “Automotive Handbook” (10th ed.). — Stuttgart: Robert

Bosch GmbH, 2018.

9.

ISO 26262: “Road Vehicles – Functional Safety”, International

Organization for Standardization, 2018.

10.

J. Misener, R. Sengupta. “Vehicle-to-Vehicle and Vehicle-to-

Infrastructure Communication: A Technical Overview”. — Transportation Research
Board, 2019.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent, 1999 (va keyingi tahrirlar).

PQ–60-sonli Qaror. “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.02.2022.

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” Raqamli transformatsiya strategiyasi. — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, 2020.

O‘z DSt ISO 26262:2018. Yo‘lovchi avtomobillar uchun funksional xavfsizlik standarti. — O‘zstandart agentligi.

Turg‘unboyev A. “Avtotransport vositalarining xavfsizlik tizimlari va boshqaruv usullari”. — Toshkent: Transport, 2020.

Karimov Sh. “Intellektual transport tizimlari: nazariy asoslari va qo‘llanilishi”. — Toshkent: IT Park Publications, 2021.

SAE International. “Fundamentals of Automotive Safety Systems” — SAE Tech Paper Series, 2020.

Bosch, R. “Automotive Handbook” (10th ed.). — Stuttgart: Robert Bosch GmbH, 2018.

ISO 26262: “Road Vehicles – Functional Safety”, International Organization for Standardization, 2018.

J. Misener, R. Sengupta. “Vehicle-to-Vehicle and Vehicle-to-Infrastructure Communication: A Technical Overview”. — Transportation Research Board, 2019.