International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
205
CHET TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI
Xudoyberganov Yodgor Iskandarovich
UrDU o‘qituvchisi
Xo‘jayeva Zulayxo Xolmatovna
UrDU o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada chet tili darslarida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash va ularning samarasi haqida gap boradi.
Аннотация.
В данной статье речь пойдет о применении современных
педагогических технологий на уроках иностранного языка и их эффективности.
Annotation.
This article will talk about the application and effectiveness of
modern pedagogical technologies in foreign language lessons.
Kalit so‘zlar
. Pedagogik texnologiya, pеdagogik jarayon, metod, interfaol
metodlar.
Ключевые слова
. Педагогическая технология, педагогический процесс,
метод, интерактивные методы.
Key words.
Pedagogical technology, pedagogical process, method, interactive
methods.
Kirish.
Muhtaram birinchi prezidentimiz rahbarligida 2012-yil 10-dеkabrda
qabul qilingan “Chеt tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida”gi qarorlari bugungi kunda ushbu fan o`qituvchilari oldiga ulkan
vazifalarni amalga oshirish talabini qo`ymoqda. Ushbu qarorda “Zamonaviy
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
o`qitishning ilg`or uslublarini joriy etish yo`li bilan o`sib kelayotgan yosh avlodni
chet tillarda erkin so`zlasha oladigan mutaxassis darajasida tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari hamda
dunyo axborot resurslaridan keng ko`lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va
muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish ishlari va
buning uchun bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko`rsatilgan.
Hozirgi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri chet tillarini
mukammal bilish bo‘lib qoldi. I. Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
nomli asarlarida ta’kidlanganlaridek: “Agar O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum
etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar
xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor bo‘lajak buyuk yozuvchilarni,
buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak”. Xalqaro muloqot tillar
o‘rtasida o‘z o‘rniga ega bo`lgan fransuz tilini o‘rganishga ham alohida e’tibor
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
206
berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida chet tilini o‘qitish, o‘rgatish
ilmiy yondashuv asosida, davr talablariga to‘la javob bera oladigan yangi axborot-
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat
darajasiga ko‘tarilib bormoqda.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili va tadqiqot metodologiyasi
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va Interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha
amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik
maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb atashadi [1].
(Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish
nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita
darajaga ajratdi. Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash,
tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Shu har bir daraja quyidagi
belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi,
jumladan: Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni ayta
oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur
darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni
yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib
berish, takrorlash [2].
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar,
sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni
taxminiy tavsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash,
almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish,
yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish. Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi
olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi
va ularni to‘g’ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy
qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga
oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish [3].
Pedagogik texnologiya tushunchasiga ta’rif bersak, pеdagogik tеxnologiya –
vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan
natijaga erishishni ta’minlovchi pеdagogik jarayonning barcha bosqich va
qismlarining vazifalari aniq bеlgilangan tizim. Yoki muayyan loyiha asosida tashkil
etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalarini
kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.
Tahlil va natijalar.
Dars paytida texnologiya turlarini tanlash shakllanayotgan
bilim, ko‘nikma va malakalar, tashkil etilayotgan dars shakli va qo‘llanilayotgan
metodlar hamda metodik usullarning xususiyatiga bog’liq. Masalan, o‘quvchilarda
ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quv materiallariga tanqidiy yondashish
ko‘nikmasini shakllantirish hamda sermahsul faoliyat turlarini tashkil etish bilan bir
qatorda ularni rivojlantirish maqsadida darsning an’anaviy shakllari bilan birgalikda
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
207
o‘quvchilarni faollashtiruvchi va ularning darsga, o‘tilayotgan mavzuga qiziqishini
oshiruvchi o‘yin darslari, anjuman darslaridan foydalanish lozim. Bunday vaziyatda
tanlanayotgan ta’lim metodlari ta’lim maqsadi bilan mutanosib bo‘lishi kerak.
Pedagogik texnologiyani boshqarish ikki yo‘nalishdan iborat:
faoliyatni boshqarish;
o‘quvchilar jamoasini boshqarish.
Chet tilini o‘qitishda darslarda keng qo‘llaniladigan metodlarga aqliy hujum,
muz yorar, keys-stady, klaster, Venn diagrammasi, zig-zag usuli,
«Bumеrang»
tехnоlоgiyasi, «Dеbatlar» mеtоdi, «Insеrt» usulida o‘qish va shuningdek, darsda
taqdimot ishi yaratish, mashg’ulot davomida o‘quvchilarni juft-juft holda, kichik-
kichik guruhlarga ajratgan holda, yakka holda ishlashga o‘rgatuvchi turli interfaol
metod va texnologiyalarni qo‘llashimiz mumkin.
Darsda o‘quvchilarni faollashtiruvchi va guruh bo‘lib, o‘zaro fikrlashib
ishlashga, fikr almashishga o‘rgatuvchi eng samarali texnologiyalardan biri Venn
diagrammasi usulidir. Bunda o‘qtuvchi o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratadi,
barcha guruhlarga bir xil muammoli vaziyatni o‘rtaga tashlaydi, masalan tili
o‘ragilayotgan mamlakat va O‘zbekistonda ta’lim tizimi, ulardagi o‘xshash holatlar
va farqli jihatlarni aniqlab, ajratib olish va diagrammaga joylashtirib, ushbu jihatlar
haqida o‘z fikrlarini tushuntirib berish talab qilinadi. Har bir guruh o‘quvchilari
o‘zaro fikrlashib, ma’lumotlarni diagrammaga joylashtiradilar. Bunda o‘quvchilar
guruh bo‘lib ishlashni va o‘zaro fikr almashinishni o‘raganadilar. O‘qituvchi esa har
bir guruhni nazorat qilib, ularni to‘g’ri yo‘naltirib, ularning darsda o‘z guruhi a’zolari
bilan birgalikda teng faol qatnashishlariga imkon yaratib berishi kerak.
Yana bir samarali metodlardan biri “peer correction” (suhbatdoshning xatosini
to‘g’rilash) metodidir. Ushbu metodga ko‘ra o‘qituvchi o‘quvchilarga topshiriq
beradi va topshiriqning to‘g’ri bajarilganini tekshirish o‘quvchilarning o‘zlariga
topshiradi, ya’ni o‘quvchilar juft-juft bo‘lib, o‘zaro bir-birlarining bajargan
topshiriqlarini tekshiradilar va baholaydilar. Chet tili darslarida bunday metodlardan
keng qo‘llaniladi. Yozma nutq amaliyoti darslarida bunday usullardan foydalnish o‘z
navbatida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashga, o‘z fikrini erkin ifodalashga o‘rganish
malakasini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda o‘quvchi sherigining bajargan
topshirig’ini o‘qib chiqadi va mavzudan kelib chiqqan hoda o‘z fikrini yozadi va o‘zi
e’tibor qaratgan jihatlarni butun guruh oldida izohlab beradi.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan usullar bir
tomondan o‘quvchilarni guruh bo‘lib, juft bo‘lib ishlashga va guruhdoshlarining
yutuq va kamchiliklarini topa olish, kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini
bersa, ikkinchi tomondan ularni mustaqil va ijodiy fikrlash, o‘z fikrini yozma va
og’zaki bayon qilish malakasini rivojlantiradi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
208
Adabiyotlar:
1. Taxonomy of Educational Objectives, Handbook 1: Cognitive Domain 2nd
edition Edition, Benjamin S. Bloom
2. Zunnunov A. Hotamov N. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T., 1992
3. Dolimov S. Ubaydullayev H. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T., 1967
4. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. –Toshkent, 2008.
5.Tolipov U, Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari.-
Toshkent, 2006.
6. Yo‘ldoshev J.T. Yangi pedagogik texnologiyalar yo‘nalishidagi muammoning
yechimlari.-Toshkent, 1999.
