International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
4
QARNOBCHO‘L LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK
MUAMMOLLARI
Abdurashidova Saida Tolliboy Qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti
abdurashidovasaida17@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qarnobcho‘l landshaftlari,geologik xususiyati,
muammolari
va
bunday
muammolarga
sabab
bo‘lgan omillar hamda
Qarnobcho‘ldagi biologik xilma-xillikning kamayib ketishi va buning chorvachilikka
salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi haqida so‘z yuritilgan.Qarnobcho‘l landshaftidagi
geoekologik holatni yaxshilash borasida chora tadbirlar ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Geoekologik holat,tuproq degradatsiyasi, tuproq erroziyasi, aloqa
liniyalari, qаzilmа bоyliklаr, efemer o‘simliklar.
GEOECOLOGICAL PROBLEMS OF KARNABCHOL LANDSCAPES
Abstract:
This article discusses the landscape, geological characteristics,
problems and factors causing such problems, as well as the loss of biodiversity in
Karnabakh, which has a negative impact on livestock. Measures to improve the geo-
ecological situation in the Karnabakh landscape are considered.
Key words:
Geo-ecological state, soil degradation, soil erosion, connecting
lines, plant life, and ephemeral plants.
Kirish
. Bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng jiddiy ekologik va sotsial-
iqtisodiy muammolardan biri, bu cho‘llanish muammosidir. Cho‘llanish - bu tabiiy-
geografik va antropogen jarayonlarning o‘zaro ta’siri yig‘indisi bo‘lib, arid
hududlardagi
ekosistemalarni
yemirilishi,
organik
hayot
shakllarining
degeradatsiyalashuvi va bu hududlarning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarining pasayishi
tushuniladi. Cho‘llanish, asosan arid mintaqa uchun xos bo‘lib, yer, suv, o‘simlik va
boshqa
resurslarning
degeradatsiyalashuvidir
(fr.degredation
– asta-sekin
yomonlashuvi), yogin miqdorining kamayib borishi bilan iqlimning quruqlashishi,
cho‘l hududlari maydonining kengayishi natijasida yuzaga keladigan tabiiy
ekosistemalarning buzilishidir. Qurg‘oqchil (arid) iqlim mintaqasida cho‘llar
maydonining 1960 yillardan boshlab keskin kengayishi avvalo mamlakatlarda aholi
sonini to‘xtovsiz oshib borishi, mamlakatlarning aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash,
maqsadida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ekin maydonlarining kengayib
borganligi hamda ma’lum ma’noda qurg‘oqchillikning tez-tez sodir bo‘lganligi bilan
bog‘liqdir.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
5
Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash ishlari samaradorligini oshirish
maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
SH.
M.
Mirziyoyevning
«O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish
bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora –tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori qabul
qilingan bo‘lib, unda mamlakatimizda cho‘llanishni oldini olish, cho‘llanish va
qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kabi vazifalar belgilab berilgan [1;1b.]. Cho‘llanish
jarayoni oqibatida ekologik vaziyatning yomonlashuvi O‘zbekiston viloyatlari uchun
ham xosdir. Inson xo‘jalik faoliyatining kuchli ta’siri natijasida O‘zbekiston
hududida cho‘llanish jarayoni chuqurlashib va kengayib bormoqda. Tadqiqotlarga
ko‘ra O‘zbekiston hududining 60%dan ko‘proq maydonida har xil darajada
cho‘llanish jarayoni sodir bo‘lmoqda[2; 10-168 b.]. Cho‘llanish jarayonining
shiddatli borishi ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarga olib kelmoqda.
Asosiy qism:
Qarnob choʻli Zarafshon daryosi oʻrta oqimining chap sohilidagi
toʻlqinsimon tekislik.Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarida.Gʻarbdan sharqqa
120 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha eni 40–50 km. Oʻrtacha balandligi 300 m (markaziy
qismida 350 m, sharqiy qismida 450 m).
Yer yuzasi tekislik. Janubiy sharqdan shimoli-gʻarbga bir necha qator tepalar
choʻzilgan. Ular bir-biridan quruq soylar bilan ajralgan. Qator tepalar shimolida
Ziyovuddin va Zirabuloq to‘glariga tutashadi. Cho‘l g‘arb tomon pasayib
Toshloqqum va Uchqum cho‘llariga qo‘shilib ketadi. Iqlimi quruq va keskin
kontinental. O‘rtacha yillik temperatura 16°. Yanvar oyining o‘rtacha temperaturasi -
15°, -20°. Iyul oyida 40-45° ga yetadi. Yillik yog‘in o‘rtacha 165 mm. Qarnobcho‘l
tuproqlari och tusli bo‘z, bo‘zqo‘ng‘ir tusli taqir, sho‘rxok, qum va qumoq,sur-
qo‘ng‘ir va och sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar keng tarqalgan.
Uning profili bir -biridan
keskin farq qiladigan quyidagi gorizontlardan iborat: tuproqning yuzasi 2-4 sm,
ba’zan 5 sm qalinlikdagi sarg‘ishbo‘z tusli mayda g‘ovak, teshiklardan iborat
qatqaloq bilan qoplangan. Qatqaloqqa ba’zan chang yoki qum yopishgan bo‘ladi.
Qatqaloq ostida deyarli shunday tusli tangacha qatlamli (5-7 sm) gorizont ajralib
turadi. Bu gorizont ko‘pincha juda g‘ovak bo‘lib, nafaqat qatlamli, balki
plastinkasimon strukturaga ham ega. Bu gorizontdan pastda rangi to‘qroq, ko‘pincha
och jigarrang tusli zich, ba’zan temirga boy gil ko‘p to‘plangan uvoqli gorizont
joylashgan. Zichlangan gorizontning yuqori qismida karbonatlarning oqish dog‘lari
ajralib turadi. Karbonatlar tuproq profilining yuqori va o‘rta qismlarida ko‘proq
to‘planadi. Zichlangan qatlamning pastki qismida 18-25 sm chuqurlikda sarg‘ish tusli
gips kristallari va suvda oson eriydigan tuzlar bo‘lgan qatlam ajralib turadi.
Oʻsimliklardan qumli va qumoq yerlarda shuvoq, selin, oq saksovul kabi
galofitlar oʻsadi, taqirlarda siyrak shoʻralar uchraydi. Bahorda choʻlni efemerlar
qoplab oladi. Qarnob choʻlidan yil davomida qorakoʻl qoʻylarni boqish uchun yaylov
sifatida foydalaniladi. Tabiiy yaylovlarda pichanning oʻrtacha hosildorligini oshirish
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
6
uchun 10,5 ming ga maydonda saksovulzordan iborat sunʼiy yaylovlar vujudga
kelgan.
O‘zbekistonda cho‘l va yarim cho‘l tabiiy yaylovlari maydoni 17,5 mln. Shunga
qaramasdan, hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan qorako‘lchilik yaylovlari
maydoni 17,0 mln ga dan ortiq maydonni tashkil qiladi. Yaylovlar mamlakatimiz
cho‘l chorvachiligining asosiy ozuqa manbai bo‘lib, ulardan yil bo‘yi foydalanish
imkoniyati mavjud. Yaylov ozuqasi eng arzon ozuqa manbai hisoblanadi. Lekin
qorako‘lchilik yaylovlarining hozirgi holati sohani barqaror rivojlantirish talabiga
javob bermay kelmoqda. Chunki yaylovlar hosildorligi past, quruq moddaga
hisoblaganda 1,5-3,0 st\ga dan ortmaydi. Cho‘l yaylovlariga xos bo‘lgan kam
hosildorlik va uning keskin o‘zgarib turishi ushbu mintaqada yuzaga kelgan tabiiy-
tarixiy omillar ta’siri ostida yuzaga kelgan. Keyingi yillarda yuzaga kelayotgan
yaylov xo‘jaligidagi salbiy holatlar insonning cho‘l mintaqasidagi noto‘g‘ri
faoliyatining mahsuli deb ham atash mumkin. “Tuproq degradatsiyasi 21-asrning
muhim ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. Uning ahamiyati, biomassa
mahsuldorligiga uning haqiqiy va potentsial suv, havo sifatiga va atmosferaga
issiqxona gazlari emissiyasi ta’siri ta’kidlangan. Tuproq va suv manbai ifloslanishi,
tuproq degradatsiyasi bilan bog‘liqdir. Hozirgi kunda degradatsiyaning bir nechta
tiplari mavjud:
Cho‘llanish, Sho‘rlanish, Eroziya, Tuproqlarning ifloslanishi, Botqoqlanish,
Uzoq muddatli foydalanish natijasida yerning charchashi.
Ushbu maqoladan ko‘zda tutilgan maqsad Qarnobcho‘l landshaftlaridagi
geoekologik holatni opimallashtirish,o‘simliklar bioxilma-xilligini oshirish va
o‘simlik rеsuslаridаn sаmаrаli tеjаb tеrgаb fоydаlаnish.Tuproq degradatiyasi va unga
sabab bo‘luvchi omillar ta’sirini yetarlicha kamaytirish hisobiga, tuproq unumdorligi
oshirish.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi:
E.V. Lobova (1960)ning tadqiqotlari bo‘yicha Qarnobcho‘l tuproqlarining
kattagina qismi och sur - qo‘ng‘ir tusli tuproqlardan iborat. L.I. Safonova va
O.S.Lobko tomonlaridan olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar (1977) shundan dalolat
beradiki, och sur- qo‘ng‘ir va sur - qo‘ng‘ir tuproqlarning mexanik tarkibi turli-
tumanligi bilan ajralib turadi. O‘simlik qopami. Y.P. Korovin (1961) cho‘l mintaqasi
o‘simlik qoplamini quyidaga tiplarga ajratgan:Gipsofil-yarim buta o‘simlikli;
Sukkulent gallofil o‘simlikli; Psammofil daraxt-buta o‘simlikli; Efemir, o‘tchil
o‘simlikli; To‘qay buta-daraxtli va o‘tchil o‘simlikli; Gidrofil o‘simlikli;Sho‘ra
o‘tli.O.I.Morozova (1946) tomonidan O‘rta Osiyo cho‘llari o‘simlik qoplami
xususiyatlariga ko‘raa 4 ta asosiy:buta-o‘tchil;o‘tchil-sho‘rali;yarim buta-efemerli va
efemerli singari tiplarga bo‘lingan.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
7
S.M. Mavlonovning (1973) tadqiqotlariga ko‘ra, Qarnobcho‘l florasida 238 tur
gulli o‘simliklar qayd etilgan. Bu o‘simlik turlari 138 turkumga mansub bo‘lib,
shulardan 216 turi o‘tchil o‘simliklar (90,8 %), 12 turi yarim butalar (5,0 %) va 10
turi (4,2 %) buta o‘simliklardir.
Hozirgi kunga kelib Qarnobcho‘l hududidagi tuproqlar ko‘plab omillar tufayli
o‘z sifatini yo‘qotmoqda.Bunga asosiy sabab qilib quydagilarni ko‘rsatishimiz
mumkun. Eroziya jarayonlari ro‘y berishi natijasida yerlarini degradatsiyalanish
muammolari nafaqat O‘zbekistonda, balki chet el mamlakatlarida ham dolzarbdir.
Ma’lum bir mintaqani tuproq hosil bo‘lish jarayonini o‘ziga xos regional
xususiyatlarini hisobga olmagan holda yerlardan oqilona foydalanmaslik, chorva
mollarni tartibsiz boqilishi oqibatida, tabiiy tuproq qoplamining o‘zgarishiga, tuproq
unumdorligini pasayishiga olib keluvchi eroziya jarayonlarini yanada kuchaytiradi.
Degradatsiyaning turlari bir biri bilan chambarchas bog‘liq,bundan tashqari aloqa
liniyalarining o‘tkazilishi,geologik qazilmalarning qazib olinishi va uning oqibatida
antropogen suniiy g‘orlarning yuzaga kelishi,kuchli shamollar ta’sirida tuproq ustki
unumdor qatlamining uchib ketishi va cho‘llarda mavjud hududga nisbatan ko‘proq
chorva mollarini boqilishi ham o‘z navbatida sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Qarnobcho‘lning mexanik va minerialogik tarkibi. Sur - qo‘ng‘ir tusli tuproqlar
turli tarkibli ona jinslardan shakllanganligi tufayli, ularning mexanik tarkibi ham har
xil bo‘lib, ko‘proq qumoq va yengil qumoq xillari tarqalgan. Bu tuproqlar yuzasida
ko‘pincha qirrali shag‘al toshlar bo‘ladi. Tuproqning yuqori qatlamlarida mayda qum
va yirik chang fraksiyalarining, illyuvial gorizontida esa 0,001 mm dan kichik loyqa
zarrachalarining ko‘p (11-18 %) bo‘lishi xarakterli .Tuproq tarkibida jinslarning kam
nuraganligi sababli, birlamchi minerallar ko‘p.Mexanik va minerialogik tarkibi. Sur -
qo‘ng‘ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslardan shakllanganligi tufayli, ularning
mexanik tarkibi ham har xil bo‘lib, ko‘proq qumoq va yengil qumoq xillari tarqalgan.
Bu tuproqlar yuzasida ko‘pincha qirrali shag‘al toshlar bo‘ladi. Tuproqning yuqori
qatlamlarida mayda qum va yirik chang fraksiyalarining, illyuvial gorizontida esa
0,001 mm dan kichik loyqa zarrachalarining ko‘p (11-18 %) bo‘lishi xarakterli
(jadval 1.) Tuproq tarkibida jinslarning kam nuraganligi sababli, birlamchi minerallar
ko‘p.
O‘simlik qopami. Y.P.Korovin (1961) cho‘l mintaqasi o‘simlik qoplamini
quyidaga tiplarga ajratgan:Gipsofil-yarim buta o‘simlikli; Sukkulent gallofil
o‘simlikli; Psammofil daraxt-buta o‘simlikli; Efemir, o‘tchil o‘simlikli; To‘qay buta-
daraxtli va o‘tchil o‘simlikli; Gidrofil o‘simlikli; Sho‘ra o‘tli. Ushbu klassifikatsiya
nuqtai-nazaridan qaralganda Qarnobcho‘lning o‘simlik qoplami gipsofil-yarim buta
o‘simlikli tipga xosdir.L.S.Gaevskaya va E.S.Krasnopolin (1957) larning
ta’kidlashlaricha, Qarnobcho‘lning o‘simliq qoplamida shuvoq - efemer o‘simliklar
guruhi bilan birga, faqatgina efemer o‘tlardan tashkil topgan guruhlar ham uchraydi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
8
Bunga sabab, tuproqning kimyoviy va mexanik xususiyatlaridir. Lekin, Qarnobcho‘l
o‘simlik qoplamiga ko‘proq shuvoq, efemer va efemeroid turlarning birgalikda
uchrashlari xosdir, ya’ni ular birgalikda bitta o‘simlik qavmini (fitotsenoz) tashkil
qilishadi.O.I. Morozova (1946) tomonidan O‘rta Osiyo cho‘llari o‘simlik qoplami
xususiyatlariga ko‘raa 4 ta asosiy:buta-o‘tchil; o‘tchil-sho‘rali; yarim buta-efemerli
va efemerli singari tiplarga bo‘lingan.
Umuman olganda, cho‘l mintaqasi o‘simlik qoplami hayotiy formalar va
turlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Xulosa.
O‘zbekiston respublikasi hududlari uchun ham cho‘llanish jarayoni
jiddiy xavfdir. Mamlakatimiz tabiatidan foydalanish va uni muhofaza qilishni
strategik rejalashtirish barqaror rivojlanishning muhim vositasi hisoblanadi.
Cho‘llanishni oldini olish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish imkonini
yaratish, meliorativ va agrotexnik tadbirlarni tashkil ekish natijasida tuproq sifatining
yaxshilanishini ta‘minlash zarur.
Mamlakatimiz hududidagi
mana shunday cho‘l va chalacho‘l yaylovlaridagi
landshaft holatini yaxshilash uchun melioratsiya tadbirlarini muntazam olib borish va
bio xilma-xillikni saqlab qolish uchun fitomeliorativ chora tadbirlarini amalga
oshirish.Bundan tashqari suvsizlikka va ultrabinafsha nurlariga chidamli o‘simlik
navlarini yaratish va amaliyotga tadbiq qilish,cho‘l va chalacho‘llarda tuproqning
unumdor qatlamini shamol uchirib ketmasligi va eroziyaga chalinmaslik uchun
saksovulzorlarni barpo qilish orqali cho‘l va chalacho‘llar tuproqlarini va florasini
yaxshilash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Alibekov L.A., Nishonov S.A. «Tabiatni muxofaza qilish va tabiiy
resurslardan ratsional foydalanish». Toshkent. «O‘qituvchi». 1983 y.
2.
Alibekov L.A. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. 1-qism. Samarqand, 2006
y
3.
Baratov P., Mamatkulov M., Rafikov A. «O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi».
Toshkent. «O‘qituvchi» 2002 y.
4.
Baratov P. «O‘zbekiston tabiiy geografiyasi» Toshkent. «O‘qituvchi».
1996 y.
5.
Raximbekov R.U., Donsova Z.N. «O‘rta Osiyo tabiatini geografik
o‘rganish tarixi». Toshkent. «O‘qituvchi». 1982 y.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PQ-4204-
sonli «O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish
bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora –tadbirlari to‘g‘risida »gi Qarori.
7.
Алибеков Л.А. Arid mintaqalarda cho‘llanish muammolari // O‘quv-
uslubiy majmua. Самарканд, 2013. 168 b.
8.
// http: lex.uz/docs/-4211813.
