Авторы

  • Заринабону Фахриддинова
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Биография автора

  • Заринабону Фахриддинова, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70242

Ключевые слова:

likvidlik plastik karta online banking innovatsion texnologiyalar mobil ilova E-POS terminal.

Аннотация

Bankning moliyaviy tahlili uning likvidligini va zamonaviy sharoitlarda ishlash qobiliyatini aniqlashga imkon beradi. Faoliyat ko‘rsatkichlari va amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tahlil qilib, kredit muassasasi rahbariyati uzoq muddatli siyosatni belgilaydi, potensial va dolzarb tendensiyalarga asoslanib kelgusida rivojlanishni rejalashtiradi. Ushnu maqolada banklarning moliyaviy tahlili, ularning raqamli iqtisodiyot sharoitida olib borayotgan faoliyati natijalari tahlil qilingan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

34

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIJORAT BANKLARINING

MOLIYAVIY TAHLILI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

ВАЖНОСТЬ ФИНАНСОВОГО АНАЛИЗА КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

И ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЦИФРОВОЙ

ЭКОНОМИКЕ

FINANCIAL ANALYSIS OF COMMERCIAL BANKS AND THE

IMPORTANCE OF THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE

CONTEXT OF THE DIGITAL ECONOMY

Faxriddinova Zarinabonu

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti

Annotatsiya:

Bankning moliyaviy tahlili uning likvidligini va zamonaviy

sharoitlarda ishlash qobiliyatini aniqlashga imkon beradi. Faoliyat ko‘rsatkichlari va
amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tahlil qilib, kredit muassasasi rahbariyati uzoq
muddatli siyosatni belgilaydi, potensial va dolzarb tendensiyalarga asoslanib
kelgusida rivojlanishni rejalashtiradi. Ushnu maqolada banklarning moliyaviy tahlili,
ularning raqamli iqtisodiyot sharoitida olib borayotgan faoliyati natijalari tahlil
qilingan.

Kalit so‘zlar

: likvidlik, plastik karta, online banking, innovatsion

texnologiyalar, mobil ilova, E-POS terminal.

Аннотация:

Финансовый анализ банка позволяет определить его

ликвидность и способность функционировать в современных условиях.
Анализируя показатели деятельности и проводимые операции, руководство
кредитной организации определяет долгосрочную политику, планирует
дальнейшее развитие исходя из потенциальных и актуальных тенденций. В
данной статье анализируется финансовый анализ банков, результаты их
деятельности в условиях цифровой экономики.

Ключевие слова

: ликвидность, пластиковая карта, онлайн банкинг,

инновационные технологии, мобильное приложение, электронный POS-
терминал.

Annotation:

Financial analysis of the bank allows you to determine its liquidity

and ability to work in modern conditions. Analyzing the performance of activities and
the operations carried out, the management of the credit institution sets a long-term
policy, plans for further development based on potential and current trends. The
article Ushnu analyzes the financial analysis of banks, the results of their activities in
the conditions of the digital economy.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

35

Keywords

: liquidity, plastic card, online banking, innovative technology,

mobile app, e-POS terminal.

Kirish.

Yuqori raqobat sharoitida o‘z xizmatlarini muvaffaqiyatli targ‘ib qilish

banklar uchun ustuvor vazifaga aylanmoqda. Moliya institutining aniq marketing va
mijozlar strategiyasining bir qismi sifatida yaratilgan har bir reklama xabari
iste’molchining tanloviga ta’sir qilishi va shu sababli foyda keltirishi mumkin. Oxirgi
yillarda mamlakatimiz bank tizimida ko‘plab ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu islohotlarning katta qismi bank tizimi xizmatlarining ommabopligi va
qulayliklarini kengaytirish, aholini va iqtisodiyotni ko‘p yillar davomida qiynagan
naqdsiz hisob-kitoblardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020 –
2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
12-sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va
barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2019-yil 23-
iyuldagi PQ-4400-sonli “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 19-sentyabrdagi PF3945-sonli “Milliy to‘lov
tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 7-maydagi PF-3698-sonli
“Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va boshqa
ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishga muayyan darajada xizmat qildi. Yuqorida chora-tadbirlar natijasida
mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, banklarning
innovatsion mahsulotlarining kengayishi, aholi talablariga mos naqd pullarning
iqtisodiyotda mavjudligi borasida rivojlanishlar kuzatildi. Tahlilimizning asosiy
maqsadlaridan biri tijorat banklari tomonidan chiqarilayotgan plastik kartalar,
o‘rnatilayotgan terminallar, bankomatlar va infokiosklarning samaradorligini
baholashdan iboratdir.

Tahlil va natijalar.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasi ilk bor 1990-yillarda Yaponiya inqirozi davrida

yapon professori tomonidan qo‘llanilgan. 1995-yil Yevropada Don Tapskotning
“Цифровая экономика: oбeщaние и oпaснoсть в эпоху сeтeвoй рaзвeдки” asari va
1995-yil Nikolas Negroponte (Masachusets, AQSh) ning tadqiqot ishida
qo‘llanilgan.

1

1

https://en.wikipedia.org/wiki/Digital_economy INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND

INNOVATION SPECIAL ISSUE: "MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF ENERGY
SUPPLY OF DIGITAL TECHNOLOGY FACILITIES", MARCH 1, 2024 698


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

36

Raqamli platformalar dunyo iqtisodiyotida tobora muhim ahamiyat kasb

etmoqda. Bozor kapitallashuvi 100 mln AQSh dollaridan oshgan platforma
kompaniyalarining umumiy qiymati 2017-yilda 7 trln dollardan oshiqroq baholandi,
bu 2015-yilga nisbatan 67 % ga yuqori. Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum
sohalarda juda kuchli bozor pozitsiyalariga erishdilar. Masalan, Alphabet (Google)
Internetda qidirish bozorining 90 % iga egadir. Facebook global ijtimoiy media
bozorining uchdan ikki qismini tashkil qiladi va dunyo iqtisodiyotining 90 % idan
ortig‘ida eng yaxshi ijtimoiy media platformasi hisoblanadi. Amazon dunyodagi
onlayn chakana savdo faoliyatining qariyb 40 % ulushiga ega va uning Amazon Web
Services global bulut infratuzilmasi xizmatlari bozoridagi ulushi ham shuncha
ulushni tashkil etadi. Xitoyda WeChat (Tencentga tegishli) bir milliarddan ortiq faol
foydalanuvchilarga ega va Alipay (Alibaba) bilan birgalikda uning to‘lov yechimi
deyarli butun Xitoy bozorini mobil to‘lovlar uchun egallab oldi. Shu bilan birga,
Alibaba Xitoy elektron tijorat bozorining qariyb 60 foiziga ega.

Dunyo bo‘ylab 26 % banklar foydalanadigan birinchi yondoshuv raqamli

texnologiyalarni to‘liq raqamli transformatsiya sifatida emas, balki alohida loyiha
sifatida tadbiq qilishni ko‘zda tutadigan yondoshuvdir. Bu holda raqamli
transformatsiya uzoq muddatli rejalashtirish asosida va ko‘plab loyihalarni amalga
oshirgan holatda bosqichma-bosqich tadbiq qilinadi. Ikkinchi yondoshuv raqamli
iqtisodiyotning talablarini hisobga olgan holda yaratilgan kompaniya filialini tashkil
qilish orqali amalga oshiriladi. Raqamli transformatsiya usuli ancha ommabop
hisoblanadi va u qarib 42% banklar tomonidan ishlatiladi. Bu yondoshuvning
afzalliklari uzoq muddatli davrda mijozlarning talablariga moslashganlik, tashkilot
ichida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan mutaxassislar ya’ni marketologlar,
dasturchilar, information texnologiya mutaxassislari, analitiklar kabilarni o‘z ichiga
olgan komandalar tashkil qilish hisoblanadi. Bular natijasida tashkiliy tuzilmaning
yuqori

darajadagi

moslashuvchanligiga

erishiladi

hamda

yangi

faoliyat

yo‘nalishlarini tezlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Raqamli Qozogʻiston” davlat

dasturini koʻrishimiz mumkin. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, uni amalga oshirishdan
jami iqtisodiy samaradorlik 2018-2019-yillarda 2 mlrd. AQSH dollaridan koʻproqni
tashkil etgan. Birgina shuning oʻzi ham axborot texnologiyalarini iqtisodiyotga joriy
etish foydasiga salmoqli dalil boʻla oladi. An’anaviy bank faoliyatining eng katta
kamchiliklaridan biri hujjatlarning qog‘oz shaklda aylanishidir. Raqamli banklarda
xizmat tezligiga va ortiqcha hujjat aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik alohida ahamiyatlidir.
Bundan tashqari, raqamli banklar foydalanuvchiga kommunal to‘lovlar, telefon
uchun va kredit qarzdorliklarni so‘ndirish kabi muntazam to‘lovlar uchun avtomatik
to‘lovlarni o‘rnatish imkonini beradi. Mijoz endi to‘lov sanalarini eslab qolish uchun
harakat qilishi shart emas. Mijoz kelgusi va to‘lanmagan to‘lovlar haqida


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

37

ogohlantirishlarni tanlashi mumkin. Raqamli banking xizmatlarini chekka hududlarga
kengaytirish har tomonlama rivojlanish sari qadam hisoblanadi. Qishloqning chekka
hududlarida bank ofislarini ochish ko‘p xarajatlarni talab qiladi va bunda ham
raqamli banklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Raqamli bank orqali
pul o‘tkazmalari qalbaki valyuta xavfini kamaytiradi.

Raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning koʻrinishi va tuzilmasini oʻzgartirib,

odatdagi biznes modellarini oʻzgartiradi, yakka tartibdagi xoʻjalik yurituvchi
subyektlar va butun mamlakat orasida raqobat va raqobatbardoshlikni oshiradi,
bozorlar va imkoniyatlarning kengayishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyot
sohasining rivojlanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuksalishiga koʻmaklashadi,
mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy sohalarning oʻzgarishiga
ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Banklar har qanday mamlakat iqtisodiyotining muhim
moliyaviy vositachisidir. Hozirgi davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy
xizmat koʻrsatish sohasini tubdan oʻzgartirayotganligining guvohi boʻlib turibmiz.

2023-yilga kelib, Oʻzbekiston bank tizimida 35 ta tijorat banki faoliyat olib

bormoqda. Shulardan 11 ta bank davlat ulushi mavjud banklar boʻlsa, 24 ta bank
xususiy banklar yoki chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi. 2017-yildan
boshlab, bank tizimida oʻtkazila boshlangan islohotlar natijasida ijobiy oʻzgarishlar
kuzatila boshlandi. Ayni vaqtda, bank sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va yillar
davomida toʻplangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan yangi vazifalar
belgilandi. Ayniqsa oxirgi yillarda “mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun”
tamoyili esa tijorat banklari faoliyatining bosh mezoniga aylanganini alohida
taʻkidlash lozim. Mobil ilovalar sonining koʻpayishi, QR-kod tizimining afzalliklari,
eng asosiysi, aholida raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish boʻyicha
savodxonlikning yaxshilanib borishi bilan bank tizimida raqamli texnologiyalardan
foydalanish koʻlami ortmoqda. Bu vaziyatda banklar faoliyatini nazorat qilish katta
ahamiyat kasb etadi.

Aynan mana shu davrda raqamli texnologiyalardan birinchilardan bo‘lib

foydalanayotgan bank sifatida Anorbankni ko‘rishimiz mumkin. Anorbank bilan siz
barcha

operatsiyalarni,

kartalararo

o'tkazmalardan

boshlab,

kredit

rasmiylashtirishgacha, onlayn tarzda amalga oshirishingiz mumkin; deyarli barcha
operatsiyalar avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Aloqa-markazi xodimlari bu har
qanday muammoni hal qila oladigan, sizga biznes va chakana savdo masalalari
bo'yicha maslahat beradigan va xizmat ko'rsatadigan bank operatorlaridir va ular 24/7
xizmat ko‘rsatadilar. Barcha bank jarayonlari maxsus dasturiy ta'minot yordamida
amalga oshiriladi va nazorat qilinadi. Agar sizning tashrifingiz yoki imzoingiz kerak
bo'lsa, Anorbank mobil operatori sizning uyingizga yuboriladi. Va bu mijozlar uchun
juda katta qulayliklarni yaratadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

38

«ANOR BANK» aksiyadorlik jamiyati Fitch Ratings reyting agentligi

tomonidan baholandi. 07/12/2023 holatiga ko‘ra emitentning chet el va milliy
valyutadagi uzoq muddatli defolt reytingi (IDR) reyting turi bo‘yicha «B-» reyting
berilgan. Prognoz:«Barqaror». “ANOR BANK” AJ aksiyadorlik kapitalining tarkibi
to‘g‘risida ma’lumot. 01.01.2024 sana holatiga ko‘ra “ANOR BANK” AJ Ustav
kapitali 400 000 000 000 so‘m miqdorida shakllantirilgan. Bank aksiyadorlari 1 nafar
jismoniy va 1 nafar yuridik shaxsdir. Bank faoliyatini tashkil etishning asosiy
me’yoriy hujjatlaridan bo‘lib universal shartnoma hisoblanadi. Jismoniy va yuridik
shaxslar uchun alohida Universal shartnoma tuzilgan bo‘lib, uning eng oxirgi varianti
01.07.2023 sanada tasdiqlangan. Universal shartnomada bank xizmatlari bo‘yicha
to‘liq ma’lumotlar berib o‘tilgan. Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning
huquq va majburiyatlari bayon qilingan.

Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatlarimizni misli ko‘rilmagan

darajada o‘zgartirib, ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda ko‘plab qulayliklarni
yaratib

bermoqda.

Raqamli

iqtisodiyotni

rivojlantirish

hamda

moliyaviy

munosabatlarda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya,
Yaponiya kabi yetakchi mamlakatlar uchun ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi.
So‘nggi yillarda iqtisodiyot va ijtimoiy soha faoliyatida rivojlanishning yangi to‘lqini
raqamli texnologiyalarning yangi avlodi, ya’ni sun’iy ong, robototexnika, simsiz
aloqa texnologiyalari yordamida ro‘y bermoqda. Yangi texnologiyalar barqaror
rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga katta hissa qo‘shishi mumkin, ammo biz
kutilgan

ijobiy

natijalarni

ololmasligimiz

mumkin.

Agar

biz

raqamli

texnologiyalarning to‘liq ijtimoiy va iqtisodiy potensialiga erishmoqchi bo‘lsak,
kutilmagan oqibatlarga yo‘l qo‘ymagan holda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni
zudlik bilan rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratila boshlandi. Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoev 2018-yil 28-
dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2030 -yilgacha “Raqamli O‘zbekiston –
2030” dasturini amalga oshirishni taklif etdi.

2

Mamlakatimiz bank tizimi tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar

soni 2018-yil 1-yanvar holatiga 19 mln donadan ko‘proqni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-
yil 1-yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 34 mln donadan ham oshgan. Bir dona plastik
karta orqali amalga oshirilgan o‘rtacha to‘lov miqdorining real ko‘rsatkichiga
keladigan bo‘lsak, 2018-yil 1-yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 2,76 mln.so‘mni tashkil
qilgan. Keyingi yilda bu ko‘rsatkich 3,15 mln.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsada, ammo
2019-2021 yillarda bu ko‘rsatkich pasayib ketgan. Faqatgina 2022-yilga kelib bir
dona plastik karta orqali amalga oshirilgan o‘rtacha to‘lovning real miqdori 2017-
yilgi holatga qaytgan, ya’ni bir dona plastik karta orqali amalga oshirilgan o‘rtacha
to‘lovning real miqdori 2,88 mln.so‘mni tashkil qilgan. Bu bilan aytishimiz

2

http://xs.uz/uzkr/post/davlatimiz-rahbari-2030-jilgacha-raqamli-ozbekiston-2030-dasturini-amalga-oshirishnitaklif-etdi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

39

mumkinki, 2019-2021 yillarda aholining yalpi talabi real ko‘rsatkichda pasaygan va
bu davrdagi pandemiyaning ham ta’siri sezilarli bo‘lgan. Shuningdek, statistik
ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda bir dona plastik karta orqali amalga
oshirilgan o‘rtacha to‘lovning real miqdorini o‘zgarish trendi o‘zgarishsiz holatida.

1-rasm. Katta banklar misolida muomaladagi bir dona plastik karta orqali
amalga oshirilgan o‘rtacha to‘lov miqdori (mln.so‘m, realda)

3

Endigi tahlilda umumiy bank tizimi bilan qiyoslash uchun katta banklardagi,

xususan O‘zmilliybank AJ va O‘zsanoatqurilishbank ATBdagi holatlarni hamda
umumiy bank tizimi bilan tanlangan kichik banklardagi, ya’ni XAB Trastbank hamda
ATB Turonbanklardagi holatlarning qiyosiy tahlilini olib boramiz. Tahlil natijalariga
ko‘ra, O‘zmilliybank AJ tomonidan chiqarilgan bir dona plastik kartadan amalga
oshirilgan o‘rtacha to‘lovning real miqdori 2018-yil 1-yanvar holatiga 1,42
mln.so‘mni tashkil qilgan va bu ko‘rsatkich o‘sha davrdagi umumiy bank tizimidagi
ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobarga kam bo‘lgan. 2019-yil 1-yanvar holatiga bu
ko‘rsatkich O‘zmilliybank AJda sezilarli oshgan bo‘lsada, ammo keyingi uch yilda
bir dona plastik karta orqali amalga oshirilgan o‘rtacha to‘lovning real miqdori keskin
kamayib ketgan. Ammo 2023-yil 1-yanvar holatiga kelib O‘zmilliybank AJ
tomonidan chiqarilgan bir dona plastik kartadan amalga oshirilgan o‘rtacha
to‘lovning real miqdori 1,98 mln.so‘mga yetgan va bu 2017-yilgi holatdan ancha
yuqori bo‘lgan.

4

Aloqabankda 2023-yil IV chorak davomida 27 777 ta shubhali operatsiya,

shuningdek aniqlangan gumonli operatsiyalardan 3 583 tasi shubhali deb topildi. Jami
24 194 ta shubhali operatsiyalar avtomatlashtirilgan kompleksi orqali maxsus
vakolatli davlat organiga yuborildi. 2023-yil IV chorak davomida bankning tarkibiy

3

"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF) January 2023 / Volume 4 Issue 1

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 925

4

http://xs.uz/uzkr/post/davlatimiz-rahbari-2030-jilgacha-raqamli-ozbekiston-2030-dasturini-amalga-oshirishnitaklif-

etdi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

40

bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan barcha yangi xizmat va mahsulotlar ichki
nazorat qoidalariga muvofiqlashtirilib amaliyotga tatbiq etildi.

5

2-rasm. E-POS terminallar tahlili

6

Moliyaviy tahlil va kreditlash jarayoni chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bir-

birini to‘ldiruvchi va ta’minlovchi ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy tahlil banklarning
kreditlash siyosatini shakllantirish va kredit riskini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.

Mijozlarni kreditlash banklarning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri

hisoblanadi. Kredit resurslarini muvaffaqiyatli tarzda taqsimlash uchun banklar
mijozlarning moliyaviy holatini atroflicha tahlil qilishlari lozim. Bunday moliyaviy
tahlil kreditlash jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, u mijozning kredit qobilyatini
baholash, kredit riskini to‘g‘ri aniqlash hamda kreditlash shartlarini belgilashga
xizmat qiladi. Moliyaviy tahlil bankka mijozning moliyaviy barqarorligi, pul
oqimlari, daromadlilik darajasi va qarzdorlik holatini batafsil o‘rganish imkonini
beradi. Shu asosda bank mijozning to‘lovga qodirligi va kreditni o‘z vaqtida qaytara
olish qobiliyatini aniq baholaydi. Moliyaviy tahlil orqali banklar mijozlar
faoliyatidagi moliyaviy risklar va xavf omillarini ham aniqlaydi.

Shuningdek, moliyaviy tahlil bank uchun mijozning kreditdagi garovini

qanchalik darajada ishonchli ekanligini baholash vositasi ham hisoblanadi. Tahlil
natijalariga ko‘ra bank kredit shartlari, garovga qo‘yilgan mol-mulklarning bahosi va
foiz stavkasini belgilaydi. Demak, moliyaviy tahlil banklarning kreditlash jarayonida
markaziy rol o‘ynaydi. U sonli ko‘rsatkichlar va raqamlar shaklida aks etiladigan
moliyaviy ma’lumotlardan keng foydalangan holda mijozlarning kredit qobiliyatini
baholash, haqiqiy kredit riskini aniqlash va maqbul kreditlash shartlarini ishlab
chiqishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, moliyaviy tahlil va mijozlarni kreditlash o‘rtasidagi uzviy

bog‘liqlik banklarning samarali faoliyat yuritishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

5

Aloqabank 2023-yil uchun yillik hisoboti

6

Aloqabank 2023-yil uchun yillik hisoboti


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

41

Moliyaviy tahlil usullarini takomillashtirish, mijozlarni kreditlash jarayonini yanada
soddalashtirish orqali bank tizimida moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilash, ularni
raqobatbardosh qilish imkoniyatlari yanada kengayadi.

1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining ba’zi moliyaviy barqarorlik

ko‘rsatkichlari o‘zgarishi

7

Yuqorida keltirilgan jadvalda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi moliyaviy

barqarorlik ko‘rsatkichlarining 3 yil davomida o‘zgarish tendensiyasi keltirilgan.
Mamlakatimiz bank tizimi kapitali yеtarlilik darajasini baholash Bazel standarti
tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan qo‘yilgan talabga muvofiq asosiy kapitalning eng past darajasi 2016-yil 1-
yanvargacha 10 %, birinchi darajali kapitalning eng past darajasi esa 5 % qilib
belgilangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bazel qo‘mitasining yangi
talablarini qabul qildi va unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan asosiy kapitalning eng
past darajasi 11,5 %, 2023-yil 1-yanvardan 14,5 % yеtkazish belgilandi. Shu bilan
birga, 2021-yil 1-yanvardan birinchi darajali kapitalning eng past darajasi esa 7,5%
bo‘lishi tasdiqlandi. Tahlillarimiz ko‘rsatdiki, tijorat banklari asosiy kapitalining
yеtarlilik darajasida kamayish tendensiyasi kuzatilgan. 2019-yilda 16,19 %, 2020-
yilda 13,83 %, 2021-yilda 13,83 %. Birinchi darajali kapitalning yеtarlilik darajasi
2020-yilda 2019-yilga nisbatan 2,7 % ga kamaygan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich
0,2 % ga o‘sgan. Shu bilan birga tijorat banklarining muammoli kreditlari hajmi
kamayishi aktivlar sifati yaxshilanishiga olib kelgan. Xususan, o‘rganilgan davr
mobaynida, umumiy kreditlar hajmida tijorat banklarinig uzoq muddatli muammoli
kreditlari ulushi 2020-yilda 0,94 %, 2021-yilda 0,69 % va 2022-yilda 0,29 % ni
tashkil qildi. 2022-yilda tijorat banklari aktivlari va aksiyalarining daromadlilik
darajasi kamaygan. 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, ROA 1,76% tashkil qilgan
bo‘lsa, ROE 10,8% ga kamaygan

8

.

Global iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilish jarayoni moliyaviy bozorlar

va tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatiga sezilarli taʼsir
koʻrsatmoqda. Ayniqsa, qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanishi hamda raqamli
iqtisodiyotning keng koʻlamli joriy etilishi natijasida tijorat banklarining bu

7

https://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/download/199/172/181

8

https://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/download/199/172/181


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

42

bozordagi roli va ularning moliyaviy vositachilik imkoniyatlari yanada
kengaymoqda. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar
bozoridagi ishtiroki ham banklarning oʻz ichki operatsiyalarini raqamlashtirish,
hamda bozordagi qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq xizmatlarni yanada samarali
amalga oshirish imkonini beradi.

Tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyati moliyaviy

tizimning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq
operatsiyalar orqali oʻzlarining kapital bazasini kengaytirish, likvidlikni boshqarish
va investitsiya portfellarini diversifikatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Biroq,
bu jarayonda bir qator muammolar mavjud boʻlib, ular banklarning samarali faoliyat
olib borishiga toʻsqinlik qilishi mumkin. Birinchidan, banklarning qimmatli qogʻozlar
bozoridagi faoliyatini tartibga solish uchun davlat va xalqaro miqyosda koʻplab
qonunlar va qoidalar mavjud. Bu tartibga soluvchi muammolar banklar uchun ikki
tomonlama qiyinchilik tugʻdiradi: bir tomondan, qoidalar banklarning erkin
operatsiyalarini cheklashi va bozor oʻzgarishlariga tezkor javob berish qobiliyatini
susaytirishi mumkin. Ikkinchi tomondan esa, tartibga solish jarayonida
qoidabuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar va jazo choralarining qoʻllanishi
risklarni oshiradi. Shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyat yurituvchi
banklar kiberxavfsizlik masalalariga ham alohida eʼtibor qaratishi kerak. Zamonaviy
raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi bilan bogʻliq holda, banklar qimmatli
qogʻozlar bilan bogʻliq raqamli operatsiyalarda yuqori darajadagi xavfsizlikni
taʼminlashi lozim. So‘nggi yillarni sarhisob qilsak, iqtisodiyotni rivojlantirishda
ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarning ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi
texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi
mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari va
sohalariga kirib borishi bilan bir qatorda, an’anaviy yondashuvlar va ish uslublari
o‘zgaradi.

Bаnk sohаsi bu iqtisodiyotning yangi texnologiyalаr juda keng qo‘llаnаdigаn

sohаsidan biri hisoblаnаdi. Oxirgi vaqtlarda yangi kompyuter texnologiyalаri, kredit
kаrtаlаri vа pul-moliya bozoridа muhim innovаtsiyalаrni joriy etish dаvri bo‘ldi.
Tаdqiqotlаr shundan dalolat beradiki, bаnklаr ijtimoiy tаrmoqlаrgа, mobil internetgа
vа hаttoki, onlаyn o‘yinlаr e’tiborini tortаdigаn yangi reklаmа kаnаllаrini juda fаollik
bilan rivojlаntirib bormoqdа. Aksariyat global banklar raqamli yoki mobil shaklga
o‘tishni qo‘llab–quvvatlamoqda. Bugungi kunga kelib banklar mijozlarining salmoqli
qismini online dunyoga to‘laqonli moslashgan va busiz hayotini tasavvur
qilolmaydigan yosh avlod tashkil etadi. Shunisi qiziqki, dunyo aholisining 90 % ini
30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etishini hisobga olsak, bank xizmatlarini
raqamlashtirish banklar uchun hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

43

Bаnklаrning аksаriyati globаl tаrmoqdа o‘z sаytlаrigа egа, lekin ulаr аsosаn

reklаmа vа аxborot berish mаqsаdlаridа foydаlаnilаdi. Аyrim bаnklаr qimmаtli
qog‘ozlаr xаrid qilish vа sotishgа tаlаbnomаlаr berish imkonini berаdigаn dаsturiy
mаhsulot xаrid qildi, internet orqаli bаnk hisob rаqаmlаrini boshqаrish tizimi – uy
bаnkingini ishlаb chiqdilаr. Bu tizim vаlyutаni konvertаsiya qilish, kommunаl
xizmаtlаr uchun pul to‘lаsh, pul o‘tkаzmаlаrini uydаn turib o‘tkаzishgа imkon berаdi.

Virtual bank xizmatlari bir onda bajariladigan va kamxarjliligi bilan an’anaviy

banklardan alohida ajralib turadi. 24/7 formatda faoliyat olib boradigan raqamli
banklar mijozlar potensialining kattagina qismini egallagan desak, also adashmagan
bo‘lamiz. 2000-yillarda online banking e-savdoda namoyon bo‘la boshladi.
Osiyodagi dastlabki litsenziyalangan raqamli banklar Xitoy, Singapur, Janubiy
Koreya, Yaponiya, Tayvan va Gong Kongda joriy etilgandir. Prezidentning -
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni imzolangach, bank tizimiga chakana bank
xizmatlariga ixtisoslashgan ―raqamli banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish
hamda innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat
ko‘rsatish sifatini yanada kengaytirish vazifasi yuklatilgan.

9

Shundan kelib chiqib, Respublikamizda 2020-yilda Anorbank va TBC banklar

dastlabki raqamli banklar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Anorbank va ―TBС
banklar o‘z mijozlariga mobil ilovalar yoki statsionar kompyuterlar orqali to‘liq
raqamli xizmatni taqdim etmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, raqamli bank mijozi
24/7 tizimida bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Yaʼni bunda, raqamli bank
tizimida mijozga mobil dasturi, mobil dasturga asosan esa yuqori texnologiyali IT-
infratuzilma bilan taʼminlangan bank operatsiyalarining yuqori moslashuvchanligi
taqdim etiladi.

10

Xulosa

. Oʻzbekistonda davlat ishtirokidagi banklar anchani tashkil etadi.

Shuning uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM oʻsishiga bevosita taʼsir
ko‘rsatadi. Davlat banklarining raqamli transformatsiyasi Oʻzbekistonda iqtisodiy
oʻsishning muhim drayverlaridan biri boʻla oladi. Xulosa qilib aytganda, tijorat
banklarining transformatsiya jarayoni va raqamli bank tizimida ishlashga o‘tishi bu –
yangi axborot texnologiyalarini rivojlanishi hamda butun dunyo raqamlashtirish
poygasiga munosib javob hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va
xizmatlar sifatini oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni ham birdek kamaytiradi.
Boshqacha qilib aytganda, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat
bank-moliya tizimi ravnaqining muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.

9

PF–5296-O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. 09.01.2018

10

Depozit.uz ―O’zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari 26-iyul 2021-yil


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

44

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

:

1. Oʻzbekiston Respublikasining «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi

Qonuni. OʻRQ578-son 01.11.2019. https://www.lex.uz.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son

Farmoniga “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son

“2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”

https://www.lex.uz

4. Shavkat Mirziyoyevning “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston

Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi farmoni. 2020-
yil 12-may

5. PF–5296 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmoni. 09.01.2018

6. Vahobov A.V., Malikov T.S. “Moliya” Darslik.–T.:“Sharq” nashriyoti, 2010.
7. Xodiyev B.Y., Shodmonov Sh.Sh. “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent, 2017.
8. O.M.Abdullayev, A.A.Fattaxov, K.Axmedov “Raqamli iqtisodiyot”,

Toshkent, 2018.

9. R.H.Ayupov “Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar”,

O‘quv qo‘llanma, 2020

10.Toshkent «Iqtisod-Moliya» 2013, ISBN 978-9943-13-399
11. M.M. Raximov N.N. Kalandarova, Moliyaviy tahlil, Toshkent “Iqtisod-

Moliya”2019, ISBN 978-9943-13-798-1

12. Абдувахобов Шахзод Холмўмин уғли, Possibilities of Increasing the

Activity of Banks in the Securities Market, Journal of Advanced Research and
Scientific Progress (JARSP), Volume 02 Issue: 03/2023 ISSN: 2751-7551 (159-162)

13. Абдувахобов Шахзод Холмўмин уғли, Analysis of Existing Management

Mechanisms and Assessment Methods of The Bank‟s General Financial Risk,
Journal of Intellectual Property and Human Rights, Volume:02 Issue: 05/ May-2023,
ISSN:2720-6882 (227-231)

14. Абдувахобов Шахзод Холмўмин уғли, Improverment of Investment

Activities in the Service Sector, Journal of Innovative Studies of Engineering Science
(JISES), Volume:02 Issue:03/2023 (53-58)

15.

www.iupr.ru

- "Экономика и социум"

16. deposit.uz
17. stat.uz

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi Qonuni. OʻRQ578-son 01.11.2019. https://www.lex.uz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” https://www.lex.uz

Shavkat Mirziyoyevning “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi farmoni. 2020-yil 12-may

PF–5296 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. 09.01.2018

Vahobov A.V., Malikov T.S. “Moliya” Darslik.–T.:“Sharq” nashriyoti, 2010.

Xodiyev B.Y., Shodmonov Sh.Sh. “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent, 2017.

O.M.Abdullayev, A.A.Fattaxov, K.Axmedov “Raqamli iqtisodiyot”, Toshkent, 2018.

R.H.Ayupov “Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar”, O‘quv qo‘llanma, 2020

Toshkent «Iqtisod-Moliya» 2013, ISBN 978-9943-13-399

M.M. Raximov N.N. Kalandarova, Moliyaviy tahlil, Toshkent “Iqtisod-Moliya”2019, ISBN 978-9943-13-798-1

Абдувахобов Шахзод Холмўмин уғли, Possibilities of Increasing the Activity of Banks in the Securities Market, Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP), Volume 02 Issue: 03/2023 ISSN: 2751-7551 (159-162)

Абдувахобов Шахзод Холмўмин уғли, Analysis of Existing Management Mechanisms and Assessment Methods of The Bank‟s General Financial Risk, Journal of Intellectual Property and Human Rights, Volume:02 Issue: 05/ May-2023, ISSN:2720-6882 (227-231)

Абдувахобов Шахзод Холмўмин уғли, Improverment of Investment Activities in the Service Sector, Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES), Volume:02 Issue:03/2023 (53-58)

www.iupr.ru - "Экономика и социум"

deposit.uz

stat.uz