Авторы

  • Мухайё Рахманова
    Toshkent tibbiyot Akademiyasi
  • Гульбахор Рахмонова
    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Биографии авторов

  • Мухайё Рахманова, Toshkent tibbiyot Akademiyasi
    Tibbiy Radiologiya kafedrasi magistr talabasi
  • Гульбахор Рахмонова, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
    Tibbiy Radiologiya kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70247

Ключевые слова:

endometriy giperplastik jarayonlari postmenopauza ultratovush teshshiruvi m-exo Doppler gisteroskopiya.

Аннотация

Ultratovush tekshiruvi yordamida endometriy giperplaziyasining dinamikadagi o`zgarishlari erta aniqlandi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

73

POSTMENOPAUZAL DAVRDAGI AYOLLARDA ENDOMETRIY

GIPERPLASTIK JARAYONLARINI TASHXISLASHDA ULTRATOVUSH

TEKSHIRUVI SAMARADORLIGINI DINAMIKADA O`RGANISH

Rahmanova Muhayyo Davronbek qizi

Toshkent tibbiyot Akademiyasi Tibbiy Radiologiya kafedrasi magistr talabasi

Rahmonova Gulbahor Ergashevna

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy Radiologiya kafedrasi dotsenti


Tadqiqot maqsadi:

endometriyning giperplastik jarayonlarini UTT tashxislash

usulini takomillashtirish.

Materiallar va usullar:

tadqiqot obyekti giperplastik jarayonlari bo'lgan

umumiy 40 nafar ayollar bo'lib, ular to'liq ultratovush tekshiruvlaridan o'tkazilishgan.

Natijalar:

tadqiqot davomida postmenopauzal davrdagi ayollarda endometriy

giperplaziyasini aniqlashda ultratovush tekshiruvi usullarining samaradorligi
aniqlandi.

Xulosa:

Ultratovush tekshiruvi yordamida endometriy giperplaziyasining

dinamikadagi o`zgarishlari erta aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

endometriy giperplastik jarayonlari, postmenopauza, ultratovush

teshshiruvi, m-exo, Doppler,gisteroskopiya.

STUDYING THE EFFECTIVENESS OF ULTRASOUND EXAMINATION IN

DYNAMICS FOR DIAGNOSING ENDOMETRIAL HYPERPLASTIC

PROCESSES IN POSTMENOPAUSAL WOMEN


Objective of the study:

To improve the method of diagnosing endometrial

hyperplastic processes using ultrasound examination (US).

Materials and methods:

The study involved 40 women with hyperplastic

processes who underwent comprehensive ultrasound examinations.

Results:

The study revealed the effectiveness of ultrasound examination

methods in diagnosing endometrial hyperplasia in postmenopausal women.

Conclusion:

Changes in endometrial hyperplasia dynamics were detected early

using ultrasound examination.

Keywords:

endometrial hyperplastic processes, postmenopause, ultrasound

examination, M-echo, Doppler, hysteroscopy.

Kirish.

Endometriy giperplaziyasi (EG) bachadon shilliq qavati patologiyasining eng

keng tarqalgan shakli bo'lib, u endometriyning fiziologik bo'lmagan proliferatsiyasi


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

74

sifatida kuzatiladi, bu bezlar va to'qimalarning stromal tarkibiy qismlarining qayta
tuzilishi bilan birga keladi. Endometriydagi giperplastik jarayonlarning mexanizmlari
haligacha yaxshi tushunilmagan, bu esa ushbu patologiyaga ega bemorlarni
patogenez jihatidan asoslangan davolash tizimini ishlab chiqishni qiyinlashtiradi [5,
8].

Umumiy nuqtai nazarga ko'ra, EG rivojlanishida yetakchi rol progesteron

ta'sirining yetishmasligi bilan birga haddan tashqari estrogenik stimulyatsiyaga
tegishli. Garchi bu fikrdan tashqari boshqa yangi faktlar mavjud bo'lsa-da, estrogenik
kontseptsiya hali ham yetakchi rolda qolmoqda [1, 3].

Endometriy giperplaziyasi postmenopausal davrdagi ayollarning 90% ida

anormal qon kelish bilan tavsiflansada 15 % hollarda esa simptomplarsiz namoyon
bo`lishi kuzatilyapti bu esa kasallikni o`z vaqtida aniqlashni qiyinlashtiradi[1,5].

Ultratovush tekshiruvi(UTT) yordamida postmenopauzal davrdagi ayollarda

simptomsiz va simptomatik endometriy giperplastik jarayonlarini aniqlashning
noinvaziv va diagnostik ahamiyati yuqori tekshiruv usuli hisoblanadi. TVS
(transvaginal ultratovush tekshiruvi) menopauzadan keyingi ayollarda turli
sabablarga ko‘ra, masalan, tos a'zolari og‘rig‘i, tos a'zolaridagi shish yoki jismoniy
tekshiruv kabi ko‘rsatmalarga binoan amalga oshiriladi [7, 8]. Biroq, simptomlarsiz
menopauzadan keyingi ayollarda endometriy qalinlashuvining tasodifiy aniqlanishi
qanday boshqarilishi kerakligi hali ham munozarali masala bo‘lib qolmoqda [3, 4,].
Natijada, ko‘plab invaziv biopsiyalarning amalga oshirilishiga olib keladi.
Endometriy qalinligi (ET) ≥4 mm bo‘lgan mezonlardan foydalangan holda
o‘tkazilgan prospektiv tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, histeroskopiyalarning faqat 3 foizi
endometriyning xavfli yoki xavfga moyil o‘zgarishlarini aniqlashda foydali bo‘lgan
[8].

Tadqiqot maqsadi:

endometriyning giperplastik jarayonlarini UTT tashxislash

usulini takomillashtirish.

Materiallar va usullar:

Toshkent Tibbiyot Akademiyasining ko`p tarmoqli

klinikasining ginekologiya bo'limiga 2022-2023 yillarda murojaat qilgan ayollardan
40 nafar endometriy giperplaziyasi bo'lgan ayollar tadqiqot obyektini tashkil qilishdi.
Bemorlarining o'rtacha yosh 54,4 ± 2,76 ni tashkil qildi.

Postmenopauzal davrda endometriyning giperplastik jarayonlari bilan

kasallangan 40 nafar bemor ushbu tekshiruvlardan o'tkazildi: UTT, gisteroskopiya va
endometriyning biopsiyasi. Endometriy giperplastik jarayonlari bilan kasallangan
bemorlarni patomorfologik tekshirish natijalarini olgandan so'ng bemorlarni
dinamikada kuzatish boshlandi.

Endometriy holati UTT da oxirgi tekshirilgandan 3 oy o`tganidan so'ng

bachadon shilliq qavatining holati yana morfologik nazoratdan o'tkazildi. Endometriy


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

75

qalinligining exografik nazorati UTT yordamida har 3, 6 oydan keyin amalga
oshirildi.

Tadqiqot natijalari

. Bemorlar shikoyatlari tahlil qilinganda tekshiruvga kelgan

paytda bachadondan anormal qon kelishi(72,5%) va og`riq va diskomfort(32,5%)
asosiy shikoyat bo`lgan. 12,5 % bemorlarda simptomlarsiz EG si bachadon UTT si
paytida aniqlangan. Bu bemorlarining shikoyatlari dinamikasi 1-jadvalda aks
ettirilgan.

1-jadval

Bemorlarning tekshiruvga kelgandagi va 3 oydan keyingi shikoyatlari

Shikoyatlari

Tekshiruvga kelgandagi

3 oydan keyingi

n

%

n

%

Bachadondan

anormal

qon

kelishi


29


72,5


31


77,5

Qorin

pastki

qismida

og`riq

va diskomfort



13



32,5



12



30

Simptomlarsiz


5


12,5


4


10

UTT tekshiruvi o`tkazilgan bemorlarda endometriy giperplaziyasi turlari

dinamikada kuzatildi bu davrda UTT ning m-exo,Doppler rejimi orqali baholash,
gisteroskopiya qilish va natijalarni patomorfologik teshkiruvdan o`tkazish algoritmi
tuzildi. Bunga ko`ra: UTT da endometriy giperplaziyasi bo`lgan 40 nafar
bemorlarning gistologiya tahlillarida 35 (87,5%) tasida atipiyasizEG, 2(5%) tasida
atipiyali,3(7,5%) tasida karsinoma aniqlandi. 3 oydan keyongi qayta ko`rikda
atipiyasiz

giperplaziyasi

bo`lgan

35

ta

bemorlar

ajratib

olinib

qayta

UTT,gisteroskopiya va gistologiya tahlillari o`tkazilganda 35(100%)tasida faqat
atipiyasiz turi aniqlandi. Ushbu bemorlar yana 6 oydan keyin qayta tekshirilganda
ularning 31(88,6%)tasida atipiyasiz,3(8,6%)tasida atipiyali, 1(2,8%)tasida karsinoma
borligi aniqlandi.Bu bemorlarning dinamik tekshiruv algoritmi 1-diagrammada bayon
etilgan.

1-diagramma


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

76

6 oy davomida o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida 40 ta bemordan

31(77,5%)tasida atipiyasiz EG, 5(12,5%) tasida atipiyali EG, 4(10%)tasida
karsinoma borligi aniqlandi(2-diagramma)

2-diagramma

dastlabki ko`rikda

3 oydan keyingi

6 oydan keyingi

atipiyasiz

35

35

31

atipiyali

2

0

3

karsinoma

3

0

1

35

35

31

2

0

3

3

0

1

0

5

10

15

20

25

30

35

40

atipiyasiz

atipiyali

karsinoma

UTT da endometriy

giperplaziyasi aniqlangan

bemorlar

n=40

Atipiyasiz EG

n=31

Atipiyali EG

n=5

Karsinoma

n=4

Gisteroskopiya,gistologiya

o`tkazilgan bemorlar

n=40 ta


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

77

UTT ning m-exo hamda Doppler rejimlarining ko`rsatkichlari yordamida

dastlabki kelgan paytda 37 (92,5%) ta bemorda endometriy qalinliginining 5 mm dan
kattayganligi,3 (7,5%) tasida endometriy qavatida qon oqimining kuchayganligini,2
(5%) tasida endometriy qavatida neovaskulyarizatsiya borligi aniqlandi. 6 oydan
keyingi qayta ko`rikda ayollarning 35 (87,5%)tasida endometriy qalinligi 5 mm dan
oshganligi,5 (12,5%) tasida endometriyda qon oqimi kuchayganligi,4 (10%) tasida
endometriyda neovaskulyarizatsiya borligi aniqlandi.

2-jadval

UTT belgilari

Kelgan paytdagi

6 oydan keyingi

n

%

n

%

Endometriy
qalinligining 5 mm
dan kata bo`lishi(m-
exo)


37


92.5


35


87,5

Qon

oqimining

kuchayishi(doppler)


3


7,5


5


12,5

Neovaskulyarizatsiya
(Doppler)

2

5

4

10

Xulosalar

. Tadqiqot natijasida biz quyidagi xulosalarga keldik:

1.

EG

ni

aniqlashda

bemorlarning

bachadondan

anormal

qon

kelishi(72,5%) va og`riq va diskomfort(32,5%) asosiy shikoyat bo`lgan. 12,5 %
bemorlarda simptomlarsiz namoyon bo`ldi.

2.

O`tkazilgan tekshiruvlar natijasida 40 ta bemordan 31(77,5%)tasida

atipiyasiz EG, 5(12,5%) tasida atipiyali EG, 4(10%)tasida karsinoma borligi
aniqlandi.

3.

UTT ning m-exo va Doppler rejimlari yordamida endometriyning 5 mm

dan qalinlanishi 90% bemorda, endometriy qon oqimining kuchayishi 10%
bemorda,neovaskulyarizatsiya 7,5 % bemorda aniqlandi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

1. Cohen M.A., Sauer M.V., Keltz M., Lindheim R. Utilizing routine

sonohysterography to detect intrauterine pathology before initiating hormone
replacement therapy. Menopause. 1999;6(1):68-70.

2.

Alimjanovich J. R., Agababyan L. R., Kamalov A. I. Prevention and

Treatment of Postpartum Hemorrhage //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
MEDICAL AND NATURAL SCIENCES. – 2021.

3.

Value of endometrial thickness for the detection of endometrial cancer

and atypical hyperplasia in asymptomatic postmenopausal women Linna Zhang, Ying


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

78

Guo, Guxia Qian, Tao Su & Hong Xu BMC Women's Health volume 22, Article
number: 517 (2022)

4.

American College of Obstetricians and Gynecologists. ACOG Practice

Bulletin No.108. Polycystic ovary syndrome. Obstet. Gynecol. 2009; 114: 936-949.

5.

Baak J.P., Mutter G.L., Robboy S., van Diest P.J., Uyterlinde A.M. at al.

The molecular genetics and motphometry-based endometrial intraepithelial neoplasia
classification system predicts disease progression in endometrial hyperplasia more
accurately than 1994 World Health Organization classification system. Cancer. 2005;
103(11): 2304-2312

6.

Banno K.,Kisu I., Yanokura M., Tsuji K., Masuda K. at al. Progestin

therapy for endometrial cancer: the potencial of fourth-generation progestin (review).
Am.J.Oncol.2012; 40(6): 1755- 1762

7.

Long-term outcome of postmenopausal women with non-atypical

endometrial hyperplasia on endometrial sampling

8.

O. Rotenberg, D. Fridman, G. Doulaveris, M. Renz, J. Kaplan, J. Gebb,

X. Xie, G. L. Goldberg, P. Dar.First published: 07 August 2019.

9.

Ерофеева Л.Г., Сидоркина А.Г., Новопашина Г.Н., Ерофеев Б.Б.

СОВРЕМЕННОЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ О ПРОБЛЕМЕ ГИПЕРПЛАЗИИ
ЭНДОМЕТРИЯ // Научное обозрение. Медицинские науки. – 2022. – № 6. – С.
82-88;

Библиографические ссылки

1. Cohen M.A., Sauer M.V., Keltz M., Lindheim R. Utilizing routine sonohysterography to detect intrauterine pathology before initiating hormone replacement therapy. Menopause. 1999;6(1):68-70.

Alimjanovich J. R., Agababyan L. R., Kamalov A. I. Prevention and Treatment of Postpartum Hemorrhage //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES. – 2021.

Value of endometrial thickness for the detection of endometrial cancer and atypical hyperplasia in asymptomatic postmenopausal women Linna Zhang, Ying Guo, Guxia Qian, Tao Su & Hong Xu BMC Women's Health volume 22, Article number: 517 (2022)

American College of Obstetricians and Gynecologists. ACOG Practice Bulletin No.108. Polycystic ovary syndrome. Obstet. Gynecol. 2009; 114: 936-949.

Baak J.P., Mutter G.L., Robboy S., van Diest P.J., Uyterlinde A.M. at al. The molecular genetics and motphometry-based endometrial intraepithelial neoplasia classification system predicts disease progression in endometrial hyperplasia more accurately than 1994 World Health Organization classification system. Cancer. 2005; 103(11): 2304-2312

Banno K.,Kisu I., Yanokura M., Tsuji K., Masuda K. at al. Progestin therapy for endometrial cancer: the potencial of fourth-generation progestin (review). Am.J.Oncol.2012; 40(6): 1755- 1762

Long-term outcome of postmenopausal women with non-atypical endometrial hyperplasia on endometrial sampling

O. Rotenberg, D. Fridman, G. Doulaveris, M. Renz, J. Kaplan, J. Gebb, X. Xie, G. L. Goldberg, P. Dar.First published: 07 August 2019.

Ерофеева Л.Г., Сидоркина А.Г., Новопашина Г.Н., Ерофеев Б.Б. СОВРЕМЕННОЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ О ПРОБЛЕМЕ ГИПЕРПЛАЗИИ ЭНДОМЕТРИЯ // Научное обозрение. Медицинские науки. – 2022. – № 6. – С. 82-88;