Авторы

  • Дилафруз Абдуллоева
    Buxoro viloyati Vobkent tumani 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabi i

Биография автора

  • Дилафруз Абдуллоева, Buxoro viloyati Vobkent tumani 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabi i
    oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchis

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70252

Ключевые слова:

metod til interfaol ve interaktiv metodlar so‘z gap metodika ta’lim.

Аннотация

Ushbu maqola ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan turli xil metodlar, o‘quvchilarning kreativ, mantiqiy fikrlashiga yo‘naltirilgan bir qancha ko‘nikma va malakalar, zamonaviy tilshunoslikda metodlarni qo‘llash va ta’limni rivojlantirishga oid fikrlar ilgari suriladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

106

ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Abdulloyeva Dilafruz G‘aybulloyevna

Buxoro viloyati Vobkent tumani 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabi

oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

dilafruzabdulloyeva96@gmail.com

Annotatsiya

: Ushbu maqola ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan turli xil

metodlar, o‘quvchilarning kreativ, mantiqiy fikrlashiga yo‘naltirilgan bir qancha
ko‘nikma va malakalar, zamonaviy tilshunoslikda metodlarni qo‘llash va ta’limni
rivojlantirishga oid fikrlar ilgari suriladi.

Kalit so‘zlar

: metod, til, interfaol ve interaktiv metodlar, so‘z, gap, metodika,

ta’lim.

USE OF INTERACTIVE METHODS IN UZBEK LANGUAGE LESSONS


Annotation

: This article presents various methods that can be used in native

language classes, a number of skills and qualifications aimed at creative and logical
thinking of students, ideas on the use of methods in modern linguistics and the
development of education.

Key words

: method, language, interactive and interactive methods, word,

sentence, methodology, education.


Uzoq yillar davomida an’anaviy dars o‘tish ta’limning asosiy shakllaridan biri

bo‘lib keldi. An’anaviy darsda o‘qituvchi faol, o‘quvchi esa passiv ishtirokchiga
aylanadi. Bu esa o‘quvchining mustaqil fikrlashi, hodisaga kreativ yondashishi,
izlanuvchanlik qobiliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunga kelib
ta’lim tizimi ancha taraqqiy qildi hamda yangi, zamonaviy, interaktiv va interfaol
metodlar orqali o‘quvchilarga bilim, ko`nikma va malakalar o`rgatib kelinmoqda.

Zamonaviy tilda metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi.

Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar
tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok
etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi esa butun jarayon davomida faol ishtirok etadi.
Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:

- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

107

- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi
Shu jumladan, har bir fanni qunt bilan o‘rganishda metodlarning ahamiyati

katta. Shuningdek, ona tili o‘qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlaydi, o‘qishning muvaffaqiyati
va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarini bartaraf etish
usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini
o‘qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya
muassasasida, asosan, bolalaning nutqini o‘stirish nazarda tutiladi. Boshlang‘ich
sinfda o‘quvchilar nutqini o‘stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy
tushunchalarni amaliy o‘zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.

Maktabda ona tili o‘qitish metodikasining bunday yo‘nalishi haqiqatni bilish

qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi. „Ta’lim
to‘g‘risida“gi qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari
belgilab berildi:

— ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
— ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
— umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limilmning

majburiyligi; — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limining yo‘nalishini: akademik
litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

— ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
— davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
— ta ’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
— bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
— ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;
Metod so‘zining asl ma’nosiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, aslida

yunoncha,,metodos“ so‘zidan olingan bo‘lib, „bilishva tadqiqot yo‘li“, „nazariya“,
„ta’limot“ kabi ma’nolarini bildiradi. Maktablarda o‘quvchilarning darsga qiziqishini
oshirish, ta’lim sifatini yana samarali qilish, darsnind tarbiyaviy, ta’limiy hamda
rivojlantiruvchi maqsadiga erishish uchun yuzlab interfaol metodlar ishlab chiqilgan.
Har bir pedagog o‘z faniga mos bo‘lgan metodlarni qo‘llab, o‘quvchining o‘zini
mustaqil fikrlashga, mantiqiy o‘ylashga undaydi.

Turli xildagi interaktiv metodlar va o‘yinlarning dars davomida foydalanilishi

avvalo, pedagog mahorati bilan bog‘liq. Sababi, metodlar darsdan bir kun oldin
tayyor holga keltirilishi, kerakli ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, qisqa
savol-javob

va

testlar,

baholash

mezonlarini

shakllantirish

shuningdek

o‘rganuvchilarni rag‘batlantirish va jazolash maqsadga muvofiq. Har bir metod


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

108

o‘quvchilarning yoshi, qiziqishlari, o‘g‘il bolalar va qiz bolalar sonining proporsiyasi,
o‘zlashtirish jarayoning tez yoki nisbatan sekin ekanligi, qobiliyatlari va ustunlik
jihatlarini hisobga olgan holda oson va qiyin turlarga bo‘lingan holda tanlanishi va
tayyorlanishi muallimdan talab etiladi. Bundan tashqari 45 daqiqa davom etadigan
dars mashg‘ulotida harakatli o‘yinlarning mavjudligi ha alohida ahamiyatga ega.
Chunki, bolalarni charchatmaslik va ularni oqilona tanlangan 3-4 daqiqalik harakatli
o‘yilar orqali miyaga va mushaklarga dam berish ham ustozning vazifasi hisoblanadi.
Dars jarayonlarida notiqlik, suhbat, hikoya, mustaqil ish, yozma ish, hozirgi zamon
bilan bog‘lash orqali ijtimoiy-siyosiy bilimlarni ham oshirib borish, mustaqil fikrga
tayanish shakllariga katta e’tibor berilishi lozim. Jumladan, Pedagoglar har bir darsni
samarali tashkil etishda quyidagi interfaol metodlardan foydalanish mumkin:
“Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi”, “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”,
“Bumerang”,“Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun? “, “Qanday? “,
“Konseptual jadval”, “Nilufar guli”, “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”,
“Kungaboqar”, “Charxpalak”, “FSMU”, “Klaster”, “Bo‘g‘inlar zanjiri”, “BBB”.

“Izohimni top, tezkorlikka chop” metodi. Ushbu metodda ma’lum so‘zlar

yozilgan bo‘ladi va u so‘zlarning izohini o‘qituvchi o‘qib turadi hamda doskaga 2 ta
o‘quvchi taklif qilinadi. Ular tezkorlik bilan aytilgan izohga mos bo‘lgan so‘zni
topishlari kerak bo‘ladi. Masalan, ayb-tartib-qoida, odob-axloq me’yorlariga xilof
ish; pisanda qilmoq ~ oldindan biror shart qo‘ymoq; Gumbur - portlash, ag‘darilish
va sh.k. natijasida yuzaga keladigan tovushni, shunday tovushga taqlidni bildiradi.

“So‘zdan so`z yasash” metodi. Bu o‘yin o‘quvchilarni so‘z boyligini oshirishga,
qayta xotirlashga va mantiqan fikrlashni kengaytirishga undaydi. Bu usul orqali

bir so‘zdan bir necha so`z tuzish o‘yini o‘quvchilarni ziyraklikka, hozirjavoblikka
undaydi. Yozuv taxtasiga o‘qituvchi tomonidan bir so‘z yozib qo‘yiladi. Masalan:
O‘zbekiston, Zanjir… Shundan so‘ng o‘qituvchi ma’lum vaqt davomida ana shu so‘z
harflaridan foydalangan holda boshqa so‘z yasashlarini aytadi. Masalan, O‘zbekiston
– o‘z, ek, bek, o‘zbek, on, Zanjir – zar, zira, arz, ariza, jar, ranj kabilar

“O‘zga sayyoralik” metodi: Doskaga 10ta o‘quvchi chiqadi, ularning har biriga

mavzuga doir informatsiya yozilgan kartochkalar tarqatasiz. Bitta ma’lumot xato
bo‘ladi. O‘tirgan o‘quvchilar ketma-ket doskadagi o‘quvchilarni tinglashadi va
noto‘g‘ri ma’lumot aytgan “o‘zga sayyoralik” sinfdoshini o‘yindan chiqarib
yuborishadi. 9 ta o‘quvchi qoldi. Bitta xato ma’lumot qo‘shilib kartochkalar qaytadan
tarqatiladi. Oxirida omadi kelgan “Yerlik” o‘quvchi qolguncha o‘yin davom etadi.

“Zinama-zina” metodi. Doskaga ikki o‘quvchi chiqadi. Uchinchi o‘quvchining

qo‘liga savollar yozilgan konvert beriladi. U konvertdan navbat savollarni o‘qiydi.
Savolga tez va to‘g‘ri javob topgan o‘quvchi zinadan ko‘tarila beradi.

“Mavzular aylanganda” metodi. Bu metod ham o‘quvchilarda katta qiziqish

uyg‘otadi. Har bir o‘quvchiga ma’lum mavzular doirasida atamalardan 1 tasini


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

109

varaqqa yozishlarini ayting. Doska yoniga 1ta stul chiqariladi.Istalgan 1 o‘quvchi
stulga o‘tiradi. 5ta o‘quvchi esa qo‘llariga atama yozilgan varaqni olib o‘tirgan
o‘quvchi atrofida aylana bo‘lib turishadi. O‘tirgan o‘quvchining ko‘zi yumiladi.
Musiqa ostida o‘quvchilar stulda o‘tirgan o‘quvchi atrofida aylana boshlaydilar.
Musiqa tugagach, o‘tirgan o‘quvchi ro‘parasida kim turib qolsa, o‘quvchi o‘sha
tengdoshining qo‘lidagi varaqda yozilgan atamani izohlab, namuna keltirishi kerak.
Agar to‘g‘ri javob bersa, turgan o‘quvchi bilan o‘rin almashadi. Javob berolmasa,
joyida qoladi. Ro‘parada turgan o‘quvchi esa yana 1 stul olib, orqama-orqa o‘tiradi.
O‘yin shu tarzda davom etadi. 3 martagacha ham to‘g‘ri javob bera olmagan
ishtirokchi jazolanadi

“Xotira mashqi” metodi. Hozirjavoblik va zukkolikni oshirish maqsadida,

ayniqsa birinchi tanishuv darsida qo`llash mumkin bo‘lgan o‘yin. O‘quvchi o‘z
ismini aytadi va shu ism bilan boshlanuvchi biror adib ismini aytadi.Adham -Alisher
Navoiy, Bahodir, Zahiriddin Muhammad Bobur, Gavhar-Gulhaniy.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib,

uning sifati darsda qo‘llanilgan metodlarga bog‘liq. Darsning mazmunli o‘tishi, unda
qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o‘qituvchining mahorati,
bilim darajasini belgilaydi. Darsda metodlar to‘g‘ri tanlansa, maqsadga tez va oson
erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o‘qituvchidan har doim bir xil usulda emas,
dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o‘tishni talab etadi. Buning uchun
o‘qituvchi doimo o‘z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-
fan yangiliklaridan xabardor bo‘lishi va o‘z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi
lozim. O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo‘lsa, kasbiy
mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o‘quvchilarga yetkazish usul va
shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars
samaradorligi yuqori bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O‘qituvchi. 2010 y. 254-263 b.
2. Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan

foydalanish. T.: Musiqa. 2009.

3.N.A. Muslimov, M. Usmonboeva, M. Mirsoliyeva ― Innovatsion ta‘lim

texnologiyalari va pedagogik kompetentlik ―O‘UM Toshkent -2016

4.Yo‘ldoshev J.Gʻ., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.:

O‘qituvchi, 2004. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Met. qo‘ll.
U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog‘omova. – T.: Nizomiy
nomidagi TDPU, 2012. – 193 b.

5. G‘ulomova M.X., Sobirova N.K. Yangi innovatsion texnologiya yordamida

ta`lim samaradorligini oshirish usullari// Innovatsiya o`quv jarayonida(tezislar
to`plami). -T. 2009.

Библиографические ссылки

Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O‘qituvchi. 2010 y. 254-263 b.

Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish. T.: Musiqa. 2009.

N.A. Muslimov, M. Usmonboeva, M. Mirsoliyeva ― Innovatsion ta‘lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik ―O‘UM Toshkent -2016

Yo‘ldoshev J.Gʻ., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Met. qo‘ll. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog‘omova. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012. – 193 b.

G‘ulomova M.X., Sobirova N.K. Yangi innovatsion texnologiya yordamida ta`lim samaradorligini oshirish usullari// Innovatsiya o`quv jarayonida(tezislar to`plami). -T. 2009.