Авторы

  • К.А Давронов
    Farg‘ona davlat universiteti
  • Д.К. Ибрагимова
    Farg‘ona davlat universiteti

Биографии авторов

  • К.А Давронов, Farg‘ona davlat universiteti
    dotsenti: q.x.f.d
  • Д.К. Ибрагимова, Farg‘ona davlat universiteti
    doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70271

Ключевые слова:

G‘o‘za parvarishi agrotexnik omillar "Guliver" “Avangart” biostimulyatorlari “Antiklorat” insektitsit gumin tuzlari yantar kislota hosil elementlari g‘o‘za navlari paxta hosili Nichiporovich usuli kimyoviy moddalar.

Аннотация

Maqolada g‘o‘za o‘simligining ma’lum rivojlanish davrlarida, ularga har xil yangi fiziologik faol moddalarni ta’siri o‘rganilib, paxta hosildorligiga va barg sathiga va quruq massa miqdoriga ta’siri haqida bayon etilgan. O‘simliklarga ta’sir etuvchi asosiy  moddalar sifatida “Avangart start”, “Guliver” biostimulyator g‘o‘za o‘rtacha hosil o‘zgarishi laboratoriya va dala sharoitlarida fenologik kuzatuvlarga asosan o‘rganilib, xosil sifatiga ijobiy tasiri kuzatilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

212

YANGI FIZIOLOGIK FAOL MODDALARNI PAXTA HOSILDORLIGIGA,

BARG YUZASI VA QURUQ MODDA MIQDORIGA TA’SIRI

Q.A.Davronov

Farg‘ona davlat universiteti dotsenti: q.x.f.d

D.Q.Ibragimova

Farg‘ona davlat universiteti doktoranti:


Annotatsiya:

Maqolada g‘o‘za o‘simligining ma’lum rivojlanish davrlarida,

ularga har xil yangi fiziologik faol moddalarni ta’siri o‘rganilib, paxta hosildorligiga
va barg sathiga va quruq massa miqdoriga ta’siri haqida bayon etilgan. O‘simliklarga
ta’sir etuvchi asosiy moddalar sifatida “Avangart start”, “Guliver” biostimulyator
g‘o‘za o‘rtacha hosil o‘zgarishi laboratoriya va dala sharoitlarida fenologik
kuzatuvlarga asosan o‘rganilib, xosil sifatiga ijobiy tasiri kuzatilgan.

Kalit so‘zlar

: G‘o‘za parvarishi, agrotexnik omillar, "Guliver", “Avangart”

biostimulyatorlari, “Antiklorat” insektitsit , gumin tuzlari, yantar kislota, hosil
elementlari, g‘o‘za navlari, paxta hosili, Nichiporovich usuli, kimyoviy moddalar.

Kirish:

Respublikamiz taraqqiyotining bozor munosabatlariga o‘tish davrida

barcha yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik maxsulotlari jahon bozori talablariga javob
beradigan darajada sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lishini taqozo etadi.

Shu boisdan, jahon talablariga javob beradigan serhosil, tezpishar, sifatli va

kasalliklarga chidamli paxta navlarini yaratish va ularni parvarishlashda yuqori sifatli
agrotexnologiyalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligida ekinlari parvarishida urug‘ining unuvchanligi va unib

chiqish quvvatini oshirishda, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilanishida,
qurg‘oqchilikka, sho‘rga, kasallik hamda zararkunandalarga chidamliligini oshirishda
fiziologik faol moddalarni o‘rni juda katta bo‘lib, ular o‘simlikka ijobiy ta’sir etadi.
(Blagoveщenskiy A.V. (1978), Aximbetova G. Rashidova S.Sh. (2003), Abdualimov
Sh.H. (2007).

Respublikamizda mahalliy xomashyolaridan tayorlangan va chetdan keltirilgan

yangi biostimulyatorlarni, o‘g‘itlarni sinash, qo‘llash muddat va me’yorlarini ishlab
chiqish maqsadida Farg‘ona viloyati o‘tloqi soz tuproq iqlim sharoitida yangi ishlab
chiqarilgan “Guliver”, “Avangart” va “Antiklorat” stimulyatorlari bilan S-8290
g‘o‘za navining shonalash davrida ishlov berishning nihollarni o‘sishi, rivojlanishi va
hosildorligiga ta’sirini o‘rganish hamda maqbul me’yorlarini aniqlab, ishlab
chiqarishga tavsiya etish uchun tajribalar olib bordik.

Tadqiqot ishimizdagi biostimulyatorlarni qisqacha kimyoviy va fiziologik

tavsifi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

213

Guliver

urug‘larni ekishdan oldin dorilashda va ekinlarni bargi orqali

oziqlantirishda qo‘llaniladigan ekinlarni o‘sishi va rivojlanishini faollashtiradigan
stimulyatorlar kompleksi. Guliver

stimulyatorlar Gumin kislotalarni kaliy tuzlari

40g/lda, yantar(qahrabo) kislotasi 3g/l va mikroelementlar. Ekin unib chiqishini
tezlashtiradi, o‘sish quvvatini oshirib, ildiz tizimini o‘sish va rivojlanishini
tezlashtiradi.Ekinlarni noqulay tashqi muhit ta’siriga va kasalliklarga chidamliligini
oshiradi. Gullash va xosil to‘plash xususiyatlarni yaxshilaydi. Ekin turiga qarab
xosildorlikni 10-15%ga oshiradi va xosilni sifatini yaxshilaydi.

Avangart Start

ekinlar tomonidan oson o‘zlashtiriladigan, makro-mikro

elementlarning eng muqobil nisbati bo‘lgan murakkab o‘g‘it. Urug‘larga ekishdan
oldin ishlov berishda va ekinlari bargi orqali oziqlantirishda qo‘llaniladi.
Preparatning afzalliklari

xosildorlikni 10-30%oshiradi(ekin turiga qarab). Urug‘ni

rivojlanish quvvatini 3-5% ga dalada unib chiqishini 8-10% ga oshiradi, yoppasiga
unib chiqishini ta’minlaydi. Ekinlar immunitetini, ularning kasalliklarga
chidamliligini oshiradi, o‘sishi va rivojlanishi kuchaytiradi. Ekinlarda
mikroelementlarning yetishmasligi tezda bartaraf etadi. Ekinlarning past, sovuq
xaroratlarga chidamliligini oshiradi va kuzgi ekinlarning yaxshi qishlashiga yordam
beradi.Ildiz tizimini, ayniqsa, yon ildizlarining o‘sishi va rivojlanishini faollashtiradi,
mineral ozuqalarni va suvni faol iste’mol qilish xususiyatlarni kuchaytiradi.


Olingan natijalar va ularning taxlili

.

1-Jadval

Tajriba variantlari

Qaytariqlar
bo‘yicha,

Terimlar
bo‘yicha

O‘rtacha
hosil

Nazorat
dan
farqi

I

II

III

1

2

1

Nazorat

32,9

27,6 28,9 20,8

10,0 30,8

-

2

Universal (andoza)

30,6

33,6 31,6 21,8

10,1 31,9

1,1

3

Antiklorat

30,6

34,2 32,9 21,6

11,0 32,6

1,7

4

Avangart

39,5

35,5 38,2 26,1

11,6 37,7

6,9

5

Guliver

36,8

39,5 36,2 23,7

13,8 37,5

6,7

6

Gul+Avan+Antiklorat

34,9

36,2 32,6 23,6

11,0 34,5

3,7

7

Avan+Gul+Antiklorat

36,2

34,2 31,6 22,8

11,2 34,0

3,2

8

Gul/Avangart/Antiklorat 39,5

34,2 34,2 24,8

11,2 36,0

5,1


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

214

Tajriba xulosalari:

Biostimulyatorlar qo‘llanilgan variantlarda nazoratga

nisbatan 1,1-6,9 s/ga qo‘shimcha hosil olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Avangart
nisbatan 6,9 s/ga yoki qo‘shimcha 6,2-10,8% ni tashkil etdi.

G‘o‘zani bargidan oziqlantirishda Guliver variantida qo‘llanilganda ham

nazoratga nisbatan 6,7 s/ga qo‘shimcha paxta hosil olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich
Gul+Avan+Antiklorat aralashma xolatida qo‘llanilgan variantda 3,7 s/gani, 7
variantdagi aralashmamizda esa me’yorlarda qo‘llanilganda qo‘shimcha 3,2 s/ga ni
tashkil etdi.

Tajribada eng yuqori hosildorlik Avangart va Guliver biostimulyatorlari 6,7-

6,9 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olindi hamda Gul/Avan/Antiklorat
biostimulyatorlarida qo‘llanilgan variantlarda olingan bo‘lib, 5,1 s/ga qo‘shimcha
paxta hosili olindi.Olingan kuzatuv natijalaridan ko‘rish mumkinki, fiziologik faol
moddalar qo‘llanilgan variantlarda o‘simlikni bo‘yi, hosil shoxi, shonalar va gullar
soni kabi ko‘rsatkichlarida biroz ko‘proq bo‘lganligi kuzatildi. “Guliver” va
“Avangart” biostimulyatorlarimiz me’yorlarda qo‘llanilgan variantlarda hosil shoxi
va shonalar sonida yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lganligi aniqlandi.

“Guliver”, “Avangart” va “Antiklorat” biostimulyatorlarini barg g‘o‘za

barg yuzasi va quruq massasini o‘zgarishiga ta’siri.

Barg atrofini variantlar xisoblaganda 20mm(gr) dagi og‘irligini taqqoslaganda

6-variantda 13 gr, va 4-5-8 variantlarda nazoratga nisbatan 2 grga ortganini ko‘rish
mumkin. Barg atrofini xisobi bo‘yicha 6-variantda 192 gr nazoratga nisbatan 69 gr
ga ortiq ekanini ko‘rish mumkin. Guliver variantda xam 186gr boshqa variantlarga
nisbatan ortganini ko‘rish mumkin.

Barg sathi bo‘yicha xisobot 25.07.2023

2-Jadval

Variantlar

Barg

atrofi

(gram)

Barg
diametric (20)
mm (gram)

Poya(gram)

1

Nazorat

123

8

305

2

Universal (andoza)

134

6

244

3

Antiklorat

136

8

270

4

Avangart

156

10

299

5

Guliver

186

10

289

6

Gul+Av+Antik

192

13

302

7

Avan+Gul+Antik

121

8

186

8

Gul/Av/Antik

155

10

267


Yuqoridagi jadvaldagi bargi sathi bo‘yicha xisoblangan massani quruq moddasi

bo‘yicha bargini xisoblanganida 3- Antiklorat variantida nazoratga nisbatan 3 gr
ortiqligini ko‘rish mumkin. 4-5 variantlarda xam qolganlarga nisbatan ortganini


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

215

ko‘rish mumkin. Paxta grami bo‘yicha 4 variantda 56 gr nazoratga nisbatan 21 grga
ortiqligi ko‘rindi.

Quruq modda miqdori 25.08.2023

3-Jadval

Variantlar

Bargi gr

Poya gr

Chanoq gr

Paxta gr

1

Nazorat

55

37

9

21

2

Universal

(andoza)

31

29

14

14

3

Antiklorat

58

43

22

42

4

Avangart

45

25

19

56

5

Guliver

45

37

13

29

6

Gul+Av+Antik

33

15

18

32

7

Avan+Gul+Anti

k

42

22

15

27

8

Gul/Av/Antik

40

29

25

32


G‘o‘zaning gullash-meva tugish davrida har bir variantdan 3 tadan o‘simlik

ildizi bilan olindi. Diametri 20 mm li qurilmada har bir variantdagi barglar diametri
qirqildi va elektron tarozida tortildi. Bundan tashqari o‘simlikning poyasi va barg
atrofi vazni alohida tortildi. Nam holatda barg diametri 10-13gr, barg atrofi 156-
186 gr va o‘simlik poyasi 299-300grni tashkil qildi. Nazoratga nisbatan barg yuzasi
6- variantda 5gr ga guliver va avangart variantida es 2 gr ga oshganligini ko‘rish
mumkin. Quruq massa miqdori bo‘yicha ko‘rsatilgan variantda Antiklorat variantida
nazoratga nisbatan barg sathi 3 gr ga tanasi 6gr ga yuqori ekanligi ko‘rsatildi.
Chanoq vazni bo‘yicha 8- variantimiz eng yuqori ko‘rsatgichni egallagan. Ya’ni
nazoratga nisbatan 16 gr ga yuqori o‘lchandi. Paxta vazni bo‘yicha 4- variantimiz 56
gr ni tashkil etdi. Bu qolgan variantlarga nisbatan eng yuqori natijadir.

Tajribalardan olingan ma’lumotlardan ta’kidlash mumkinki, Antiklorat,

Avangart va Guliver biostimulyatorlar bilan g‘o‘zaning chinbarg, shonalash davrida
qo‘llanilganda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilanib, keyinchalik
g‘o‘zaning barg sathini me’yorida bo‘lishiga olib keldi. G‘o‘zaning fiziologik
jarayonlarida, maqbul o‘sishi va rivojlanishida barg yuzasini ta’siri kattadir.
Tajribada barg yuzasi Nichiporovich usulida g‘o‘zadagi barg soni va uning nam
holdagi og‘irligini e’tiborga olib, shonalash-gullash va meva tugish-pishish davrida
hisoblandi.