Авторы

  • Феруза Уринбоева
    Jizzax Davlat Pedagogika universiteti

Биография автора

  • Феруза Уринбоева , Jizzax Davlat Pedagogika universiteti
    katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.83849

Ключевые слова:

lingvomadaniy kompetensiya bo‘lajak muhandislar ta’lim strategiyasi CLIL ESP madaniyatlararo muloqot kasbiy ingliz tili kommunikativ metodika integrativ yondashuv

Аннотация

Ushbu maqola bo‘lajak muhandislarning lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim strategiyalarining ahamiyati va rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Lingvomadaniy kompetensiya — nafaqat chet tilini bilish, balki madaniyatlararo muloqotda to‘g‘ri va samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Maqolada CLIL (Content and Language Integrated Learning), ESP (English for Specific Purposes) kabi zamonaviy metodik yondashuvlar asosida lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, strategiyalar orqali talabalar nutq madaniyati, kasbiy muloqot qoidalari va global mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

277

BO‘LAJAK MUHANDISLARNI LINGVOMADANIY KOMPETENSIYASINI

SHAKLLANTIRISHNING TA’LIM STRATEGIYASI

Urinboyeva Feruza Zokir qizi

Jizzax Davlat Pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi

uferuza9202@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola bo‘lajak muhandislarning lingvomadaniy

kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim strategiyalarining ahamiyati va rolini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Lingvomadaniy kompetensiya — nafaqat chet tilini
bilish, balki madaniyatlararo muloqotda to‘g‘ri va samarali ishtirok etish
qobiliyatidir. Maqolada CLIL (Content and Language Integrated Learning), ESP
(English for Specific Purposes) kabi zamonaviy metodik yondashuvlar asosida
lingvomadaniy

kompetensiyani

rivojlantirish

imkoniyatlari

tahlil

etilgan.

Shuningdek, strategiyalar orqali talabalar nutq madaniyati, kasbiy muloqot qoidalari
va global mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.

Kalit so‘zlar:

lingvomadaniy kompetensiya, bo‘lajak muhandislar, ta’lim

strategiyasi, CLIL, ESP, madaniyatlararo muloqot, kasbiy ingliz tili, kommunikativ
metodika, integrativ yondashuv

Annotation:

This article is devoted to studying the role and importance of

educational strategies in the development of linguocultural competence among future
engineers. Linguocultural competence implies not only proficiency in a foreign
language but also the ability to engage effectively in intercultural communication.
The article analyzes the opportunities to enhance linguocultural competence based on
modern methodological approaches such as CLIL (Content and Language Integrated
Learning) and ESP (English for Specific Purposes). In addition, practical
recommendations are offered for developing students’ speech culture, professional
communication skills, and abilities necessary for successful participation in the global
labor market.

Keywords:

linguocultural competence, future engineers, educational strategy,

CLIL, ESP, intercultural communication, professional English, communicative
methodology, integrative approach.

“Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini kasbiy

yo‘naltirilgan holda o‘qitishda bo‘lajak muhandislarni ingliz gtilidan lingvomadaniy
kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasini amaliyotda qo‘llash, eng avvalo,
o‘qitish strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi. O‘qitish strategiyasi o‘qitishga
bo‘lgan yondashuv bilan belgilanadi. Yondashuv deganda, o‘rgatilayotgan fan


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

278

mohiyatiga bo‘lgan qarash, ta’limiy faoliyatni ko‘rib chiqish, talqin qilish va
loyihalashga asos bo‘ladigan nazariy-metodologik nuqtai nazar yoki bir nechta
yondashuvlarning maqsadga muvofiq tanlanib, ilgari qo‘llanilmagan metodologik
blokda yangi sifat darajasida integratsiyalashuvi tushuniladi.

Optimal yondashuv nuqtai nazaridan, “Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishi

talabalari lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirishda bir nechta o‘qitish
yondashuvlarining yagona tizimda uyg‘unlashuvi konseptual asos sifatida ko‘riladi.
Ular quyidagilardan iborat:

Lingvomadaniy yondashuv

— bu yondashuvning dolzarbligi, bo‘lajak

muhandislar xalqaro kasbiy kommunikatsiyasining madaniy kontekstini o‘qitishda
maksimal darajada hisobga olish zarurati bilan belgilanadi. Bunda til bilan sintetik
uyg‘unlikda madaniy kontekstni o‘rganish orqali kommunikatsiya ishtirokchilari
o‘rtasida o‘zaro tushunishni ta’minlovchi va ingliz tilidan neft-gaz muhandisligida
to‘g‘ri foydalanishga imkon beruvchi tezaurusni aniqlash maqsad qilinadi.

Kognitiv yondashuv

— bu yondashuv til kursiga kasbiy komponent

integratsiyalashuvi natijasida o‘qitish jarayonining lingvokognitiv murakkabligi
ortgani, o‘qitish vazifalarining bilish jarayoni bilan bog‘liqligi, talabalar tomonidan
kasbiy tezaurusni egallash — bu esa nutqiy faoliyatning lingvokognitiv asosi bo‘lib
xizmat qilishi — zarurligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari, ingliz tilini
o‘zlashtirishda ong, bilish jarayonlari va tafakkur faoliyatining isbotlangan roli ham
e’tiborga olinadi.

Madaniyatlararo yondashuv

— ushbu yondashuvning ahamiyati, bo‘lajak

bo’lajak muhandislarda turli mintaqalarda ishlashga, turli davlatlar va madaniyatlar
vakillari bilan hamkorlik qilishga, ko‘p millatli va polimadaniy tarkibga ega xalqaro
muhandislar hamjamiyatida kasbiy muloqot olib borishga tayyorgarlik va qobiliyatni
shakllantirish zarurati bilan belgilanadi.

Kommunikativ-faoliyatli yondashuvi

— bu yondashuvning ahamiyati “Neft va

gaz ishi” yo‘nalishi talabalari ingliz tilida real kommunikatsiyaga va kasbiy
hamkorlik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lishlari zarurligi bilan belgilanadi. Bu esa
o‘z navbatida talabalarni kasbiy jihatdan talab etiladigan nutqiy-va tafakkuriy
faoliyatga jalb etgan holda keng kommunikativ amaliyotni tashkil etishni talab qiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan har bir yondashuv o‘ziga xos funktsiyaga ega bo‘lib,

o‘qitish jarayoniga o‘zining xos tamoyillarini olib kiradi. Bu tamoyillar bo’lajak
muhandislar uchun ingliz tilidan lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirish
texnologiyasi doirasida ma’lum bir xususiyatga ega bo‘ladi. Tanlangan
yondashuvlarning asosiy tamoyillarini ajratib ko‘rsatamiz, ularning majmuasi esa
qo‘llanilayotgan o‘qitish metodini, o‘quv materiallari xarakterini, foydalaniladigan
o‘qitish usullarini, o‘quv jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro aloqalari usullarini
belgilaydi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

279

Bo’lajak muhandislarni kasbiy lingvomadaniyat bilan tanishtirish va ular orasida

tegishli lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirish maqsadida ingliz tilini kasbiy
yo‘naltirilgan tarzda o‘qitishning mazmuniy asosini lingvomadaniy yondashuv
tashkil etadi. Bu yondashuv xalqaro kasbiy kommunikatsiyaga tayyor muhandislar
tayyorlash uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli lingvomadaniy bilim, ko‘nikma,
malaka, qobiliyatlar va shaxsiy sifatlarni hisobga olishni nazarda tutadi. Shunga
muvofiq, kasbiy mavzularni, kasbiy muloqot vaziyatlarini hamda maxsus o‘quv
materiallarini tanlash zarurati tug‘iladi.

Adabiyotlar ro‘yxati.
1.

Azimov, E. G., & Shchukin, A. N. (2009). Lingvodidakticheskiy slovar'

terminov [Linguodidactic dictionary of terms]. Moscow: IKAR.

2.

Byram, M. (1997). Teaching and assessing intercultural communicative

competence. Clevedon: Multilingual Matters.

3.

Kramsch, C. (1993). Context and culture in language teaching. Oxford:

Oxford University Press.

4.

Passov, E. I. (2008). Metodika kommunikativnogo obucheniya inostrannomu

yazyku: Problemy i resheniya [Communicative teaching methodology of a foreign
language: Problems and solutions]. Moscow: Glossa-Press.

5.

Guariento, W., & Morley, J. (2001). Text and task authenticity in the EFL

classroom. ELT Journal, 55(4), 347–353.

https://doi.org/10.1093/elt/55.4.347

6.

Little, D., Devitt, S., & Singleton, D. (1988). Authenticity in language

learning and teaching. Dublin: Authentik.

7.

Coyle, D., Hood, P., & Marsh, D. (2010). CLIL: Content and language

integrated learning. Cambridge: Cambridge University Press.

8.

Dalton-Puffer, C. (2007). Discourse in content and language integrated

learning (CLIL) classrooms. Amsterdam: John Benjamins Publishing Company.

9.

Komarova, N. A. (2008). Metodika obucheniya angliyskomu yazyku dlya

spetsial'nykh tseley (ESP) [Methodology of teaching English for specific purposes].
Moscow: Logos.

10.

Douglas, D. (2000). Assessing language for specific purposes. Cambridge:

Cambridge University Press.

Библиографические ссылки

Azimov, E. G., & Shchukin, A. N. (2009). Lingvodidakticheskiy slovar' terminov [Linguodidactic dictionary of terms]. Moscow: IKAR.

Byram, M. (1997). Teaching and assessing intercultural communicative competence. Clevedon: Multilingual Matters.

Kramsch, C. (1993). Context and culture in language teaching. Oxford: Oxford University Press.

Passov, E. I. (2008). Metodika kommunikativnogo obucheniya inostrannomu yazyku: Problemy i resheniya [Communicative teaching methodology of a foreign language: Problems and solutions]. Moscow: Glossa-Press.

Guariento, W., & Morley, J. (2001). Text and task authenticity in the EFL classroom. ELT Journal, 55(4), 347–353. https://doi.org/10.1093/elt/55.4.347

Little, D., Devitt, S., & Singleton, D. (1988). Authenticity in language learning and teaching. Dublin: Authentik.

Coyle, D., Hood, P., & Marsh, D. (2010). CLIL: Content and language integrated learning. Cambridge: Cambridge University Press.

Dalton-Puffer, C. (2007). Discourse in content and language integrated learning (CLIL) classrooms. Amsterdam: John Benjamins Publishing Company.

Komarova, N. A. (2008). Metodika obucheniya angliyskomu yazyku dlya spetsial'nykh tseley (ESP) [Methodology of teaching English for specific purposes]. Moscow: Logos.

Douglas, D. (2000). Assessing language for specific purposes. Cambridge: Cambridge University Press.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)