Mazkur maqola raqamli ta’lim muhitining maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘rni, uning pedagogik faoliyatga ta’siri va metodistlar kasbiy kompetentligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar nafaqat ta’lim jarayonining interaktivligini ta’minlash, balki ekologik barqarorlikka hissa qo‘shish, masofaviy va inkluziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, hamda metodistlar faoliyatini takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.