Авторы

  • Лайло Улашева
    Shahrisabiz davlat pedagogika insitituti
  • Мухлиса Узокова
    Shahrisabiz davlat pedagogika insitituti
  • Юлдуз Зохидова
    Shahrisabiz davlat pedagogika insitituti

Биографии авторов

  • Лайло Улашева , Shahrisabiz davlat pedagogika insitituti
    Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4.24-guruh talabasi
  • Мухлиса Узокова , Shahrisabiz davlat pedagogika insitituti
    Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4.24-guruh talabasi
  • Юлдуз Зохидова , Shahrisabiz davlat pedagogika insitituti
    Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4.24-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.87444

Ключевые слова:

Antik falsafa Suqrot Aflotun Ellin davri Zenon Avreliy Avgustin.

Аннотация

Ushbu maqola G’arb falsafasida qadimgi asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi haqida ma’lumot beradi. Unda Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabilari, Ellinizm davri, Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi, Foma Akvinskiy ta’limoti bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

161

G‘ARB FALSAFASINING USTUVOR YO`NALISHLARI VA ULARNING

FAN TARAQQIYOTIGA TA’SIRI

Ulasheva Laylo Jo’rabek qizi

Uzoqova Muxlisa Husniddin qizi

Zohidova Yulduz Ismoyil qizi

Shahrisabiz davlat pedagogika insitituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti

yo’nalishi 4.24-guruh talabalari

Annotatsiya:

Ushbu maqola G’arb falsafasida qadimgi asotiriy tasavvurlar va

falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi haqida ma’lumot beradi. Unda Qadimgi Yunon-
Rim falsafiy maktabilari, Ellinizm davri, Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy
ta’limotining vujudga kelishi, Foma Akvinskiy ta’limoti bo’yicha ma’lumotlar
keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Antik falsafa, Suqrot, Aflotun, Ellin davri, Zenon, Avreliy

Avgustin.

Аннотация:

В данной статье представлена информация о возникновении

древних мистических идей и философских знаний в западной философии.
Содержит сведения о древних греко-римских философских школах,
эллинистическом периоде, возникновении христианства и философском учении
Аврелия Августина, учении Фомы Аквинского.

Ключевые слова

: Античная философия, Сократ, Платон, эллинский

период, Зенон, Аврелий Августин

Annotation:

This article provides information on the emergence of ancient

mythological ideas and philosophical knowledge in Western philosophy. It includes
information on the ancient Greco-Roman philosophical schools, the Hellenistic
period, the emergence of Christianity and the philosophical teachings of Augustine,
and the teachings of Thomas Aquinas.

Keywords:

Ancient philosophy, Socrates, Plato, Hellenistic period, Zeno,

Augustine.

Kirish

: Mil. av. VI va milodiy VI asrlar oralig‘idagi davrni o‘z ichiga qamrab

oluvchi antik davr falsafasi qadimgi Yunon va Rim xalqlari donishmandligi mahsuli
sanaladi. G‘arb falsafiy tafakkur taraqqiyotining keyingi bosqichlarida vujudga
kelgan deyarli barcha maktablar, tasavvurlar kategoriya va muammolar uchun ilk
g‘oyaviy ildiz vazifasini o‘tagan antik falsafa jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa
qo‘shdi. Qadim zamonlardan to bugungi kunga qadar G‘arb falsafasi, fani va
madaniyati o‘z tamaddunining beshigi, tafakkur tarzining manbai sifatida qayta-qayta
murojaat qilib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, falsafa atamasining


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

162

o‘zi ham ayni davr tafakkurining mahsuli hisoblanadi. Faylasuf haqiqatni sevguvchi,
hamisha uni izlaguvchi insondir. Shu ma’noda olamni yaxlitligicha anglash,
borliqning bosh sababini aniqlash faylasufning asosiy vazifasi hisoblangan. San’at va
dindan farqli ravishda falsafa olamning yaxlitligi va uning bosh ibtidosini fantaziya
va afsonalardan xoli tarzda, ratsional dalillarga asoslangan holda tushuntirib berishi
lozim bo‘lgan. Bu esa insonning ruhiy erkinlikka olib keladi deb hisoblangan. Shu
ma’noda falsafaga nafaqat shunchaki haqiqatni izlash yo‘li, balki alohida hayot tarzi-
inson ruhiy mavjudligining sharti deb ham qaralgan.

Gʻarb falsafasi oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat

taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bogʻlagan. Yevropadagi diniysxolastik falsafiy
gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari
tufayli antik davr fani va falsafasi, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar
jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa falsafasi sxolastik davri, uygʻonish
davri, yangi davr va nemis klassik falsafasi davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri
sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi
(Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan
gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik falsafasi, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari
surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits,
X.Volf, J.Berkli, D.Yum, GT.Beyl, Sh. Monteskye, Volter, Russo, D.Didro,
D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va boshqa faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik
F.si Gerder, Kant, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.[1]

Falsafa tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy

gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va
ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va
antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar.

Shu ma’noda Yevropa faylasuflari ta’limotlari Yunon falsafasiga dunyoqarash

xarakterini baxsh etgan mifologiya bilan uzviy aloqadorlik kasb etgan. Mifologiya
hamma narsa nimadan tug‘ilganligi bilan qiziqsa, Yunon faylasuflari dunyoda ro‘y
berayotgan narsa-hodisalarning bosh sababi- ibtidosi nima ekanligini aniqlashga
intilganlar. Suqrotgacha yashagan Yunon faylasuflarining deyarli barchasi barcha
hodisa va jarayonlarning birinchi sababini topish, tabiatni tushuntirish hamda
ayrimlari bilish muammolari bilan shug‘ullanganlar.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili:

Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней

философии.,М.:Высшая школа,1981 asarida Geraklitning jon to‘g‘risidagi
ta’limotlari,mifologiya elementlari haqida ma’lumotlar mavjud, Антология мировой
философии.Т. asarida asa Geraklit bitilgan qonunlar tarafdori (u davrdagi
aristokratiya mavjud urf-odatlarga tayanib ish tutgan). “xalq qonun uchun xuddi o‘z
uyini himoya qilganidek kurashishi kerak”. Ya’ni, insoniyatga tegishli qonunlar
yakka – ilohiyotdan oziqlanadi deyilgan. Антология мировой философии.Т. asarida


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

163

Havo atomlar hosil qiladigan jismlarda bo‘ladi va ular ana shu havoda
harakatlanishadi. Atomlar bir biridan 1) shakli, ya’ni tashqi ko‘rinishi; 2) o‘lchamlari;
3) holati va 4) tartibi bilan farq qilishi haqida ma’lumotlar berilgan.

Tadqiqot

metodologiyasi:

Manbashunoslik,

matnshunoslik,

tahliliy,

taqqoslash.

Tahlil va natijalar:

Qadimgi Yunon –Rim falsafiy maktabi falsafa tarixida

antik falsafa nomi bilan ataladi. Antik falsafaning ibtidosi Miletlik Fales(Mil. av.
625-547 yillar) qarashlarining shakllanishi bilan bog‘lanadi. Uning xronologik yakuni
esa, Rim imperatori Yustinian “Afinadagi falsafiy maktablarni yopish to‘g‘risida”
kredet chiqargan Milodiy 529 yil sanasi bilan belgilanadi. G‘oyaviy mazmuni va
xarakteri, ayniqsa falsafiy mushohada yuritish usuliga ko‘ra qadimgi Sharq falsafiy
ta’limotlaridan farq qiluvchi antik falsafada insoniyat tarixidagi olamni ratsional
tushunishga bo‘lgan ilk urinishlar kuzatildi. U yaratgan tafakkur uslubi keyinchalik
vujudga kelgan ilg‘or sivilizatsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Antik falsafa
taraqqiyotini shartli to‘rt bosqichga ajratib o‘rganiladi: 1) Yunon falsafasi shakllana
boshlagan ilk davrlardan Mil. Avv. IV asrgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga qamrab
oluvchi “suqrotgacha bo‘lgan davr”; 2) Mil. Avv. V asrdan mil.avv.IV asrning
o‘rtalarigacha davom etgan “mumtoz davr” bu davrda Suqrot, Aflotun, Arastularning
ijodi vujudga kelib, keng tarqaldi; 3) Mil. Avv. IV asr oxirlari va mil. avv. II asr
oralig‘ida rivoj topgan ta’limotlarga nisbatan Ellin falsafasi atamasi qo‘llaniladi; 4)
Mil. avv. II asr oralig‘ida taraqqiy topgan antik donishmandlik Rim davri deb ataladi.
[2]

Suqrotgacha bo‘lgan davr Yunon mutafakkirlarining asarlari ayrim fragmentlar

va keyingi davrlar faylasuflarining asarlarida keltirilgan iqtiboslar ko‘rinishidagina
bizgacha etib kelgan. Bunday iqtibos va parchalarni Diogen Laertskiyning “Mashhur
faylasuylarning hayoti va hikmatli so‘zlari” asari, shuningdek, Aflotun, Arastu,
Plutarx, Sekst Empirik, Kliment Aleksandriyskiy kabilarning ishlarida uchratish
mumkin. Mil. Avv. 640-562 yillarda yashab ijod etgan Ioniyaning Milet shahrida
tug‘ilgan Fales Yunon falsafasining asoschilaridan biri bo‘lgan. Astronomiya,
geometriya, arifmetika singari ko‘plab sohalardagi serqirra bilimlari Fales falsafiy
dunyoqarashining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Masalan, bu davrda yaxshigina
taraqqiy etgan geometriya ilmiy abstrakt mushohada yuritish uchun nazariy asos
vazifasini o‘tagan. Bu esa, Falesning olam mohiyatini bilish haqidagi qarashlarining
shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Fales hamma narsaning asosida suv yotadi,
hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan va unga qaytadi deb hisoblagan. Bunday qarash
falsafadan oldingi mifologik kosmogoniyalarda ham mavjud edi. Ammo, Falesning
bu boradagi qarashlari mifologik kosmogoniyadan butkul farq qiladi. U suvni
muayyan shakl yoki mifologik kuch sifatida emas, amorf, doimiy harakatchan,
materiyaga jamlangan ko‘rinishda tushungan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

164

Parmenid tomonidan qo‘yilgan borliqning mangu harakatsiz ekanligini isbotlash

vazifasi uning shogirdi Eleylik Zenon tomonidan amalga oshirildi. Ayni vazifani
amalga oshirish maqsadida Zenon o‘zining qator aporiya-paradokslarini ishlab
chiqdi.

Buyuk Yunon faylasufi Aflotun (mil. avv. 427–347) Suqrotning shogirdi va

izdoshi bo‘lgan. Aflotun o‘zining falsafiy qarashlarini “Suqrot apalogiyasi”, “Bazm”,
”Parmenid” singari dialoglari hamda, “Davlat”, “Qonunlar” kabi traktatlarida bayon
qilib bergan. G‘oyalar haqidagi qarashlar mutafakkir ta’limotining asosini tashkil
qiladi. U olamda mavjud narsalar o‘z g‘oyasiga ega deb hisoblagan. Aflotun
g‘oyalarni narsalarning hissiy yo‘l bilan bilish imkonsiz bo‘lgan obrazlari deb
tushuntiradi. G‘oyalar narsalarning mohiyatiga daxldor bo‘lgan qat’iy o‘zgarmas
xususiyatlari va tuzilishini o‘zida namoyon qiladi. Aflotunga ko‘ra g‘oyalar mangu
va birlamchidir.

Efeslik Geraklit (taxminan mil. av. 544 – 483) olovni olam substansiyasi deb

bilgan. mutafakkir butun olam va undagi alohida narsalar olovdan kelib chiqqanligi
g‘oyasini ilgari suradi. Geraklit butun olam doimiy harakat va o‘zgarishda ekanligini
ta’kidlaydi. Mutafakkirning mazkur qarashi uning oqib turgan daryoga ikki marta
tushib bo‘lmaydi degan mashhur hikmatida ham yaqqol ko‘rinib turadi. Geraklit
ta’limotidagi logos tushunchasi butun olamni tartibga soluvchi qonunni anglatadi.
Geraklit falsafa tarixida sodda dialektika usuliga asos solgan bo‘lib, uning fikricha,
logos borliq asosi va dialektik qonunidir. Bir narsa turlicha: dengiz suvi ham toza,
ham ifloslangan: baliqlar uchun hayot manbai, ichimlik suvi. Odamlar uchun–zaxarli
va halokatli. Muhim o‘zgarish bu qarama-qarshisiga aylanish, qarama-qarshilarning
mohiyati birining ikkinchisi orqali aniqlanishida. Siyosiy qarashlarida Geraklit faqat
nasli bo‘yichagina emas, balki ruhi bo‘yicha ham aristokratdir. Uningcha, eng
munosib odamlar bir narsani – o‘luvchi narsalarni shon-shuhratga ega deb biladilar.
Bunday odamlar logosga muvofiq tarzda hayot kechiradilar va ular ozchilikni tashkil
qiladilar. Unday odamlar bebaho, ular “logos bo‘yicha emas, o‘z hohishlari bo‘yicha
yashayotgan o‘n minglab odamlar o‘rnini bosadi”. Geraklit bitilgan qonunlar
tarafdori (u davrdagi aristokratiya mavjud urf-odatlarga tayanib ish tutgan). “xalq
qonun uchun xuddi o‘z uyini himoya qilganidek kurashishi kerak”. Uning
ta’kidlashicha, insoniyatga tegishli qonunlar yakka – ilohiyotdan oziqlanadi.[3]

Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr) yunon madaniyati

mintaqalarining kengayishi, uning Aleksandr Makedonskiy va uning vorislari davlati
tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan o‘zaro qo‘shilishi bilan belgilanadi.
Ellinizm Qadimgi Yunon madaniyatining so‘nggi davri bo‘lib bu davrda
madaniyatning ba’zi sohalarida, jumladan, falsafada erishilgan yutuqlar darajasidan
pasayish holatlari yuz beradi. Eramizdan oldingi IV asrdayoq mavjud bo‘lgan va
polis mafkurasining inqirozi tufayli vujudga kelgan kiniklar va skeptiklar oqimining


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

165

ta’siri oshib boradi. Biroq ellinistik dunyoda eng mashhur bo‘lgan voqea eramizdan
oldingi IV va III asrlar bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan stoiklar ta’limoti edi. Eramizdan
oldingi 302-yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan bo‘lgan Zenon (er.ol 336-
264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol shahridan bo‘lgan
Xrasipp (er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy (er.avv. II asr) va boshqa faylasuflar mansub
edilar. Stoiklar falsafasidagi asosiy g‘oya insonning muammolariga alohida diqqat-
e’tibor, to‘xtovsiz harbiy va ijtimoiy nizolar, alohida shaxsning jamiyat bilan
aloqalari sustlashgan sharoitda axloqiy-falsafiy tayanch topish edi. Agar ushbu
sharoitlar tug‘dirgan ta’sir natijasida adabiyot va san’atda fuqaroning ijtimoiy
borlig‘ining qo‘nimsizligini aks ettirish, har narsaga qodir taqdir ramzida berilgan
bo‘lsa, stoiklar tomonidan bu holat barcha mavjudotlarni oqilona boshqaradigan oliy
kuch (logos, tabiat, xudo) ga insonning qaramligi sifatida tasvirlandi. Inson endi polis
fuqarosi emas, balki koinot fuqarosi edi. U baxt-saodatga erishish uchun oliy kuch
tomonidan belgilab berilgan hodisalar qonuniyligini bilib olmog‘i lozim edi. U tabiat
bilan muvofiqlikda yashash uchun xayrli faoliyat bilan yashamog‘i lozim edi.
Stoiklarning axloqiy tushunchalari orasida tabiat va jamiyat qonunlariga muvofiq
keladigan, aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan «kerakli narsa»to‘g‘risidagi tasavvurni
qayd etib o‘tish lozim. Stoiklarning eklektizmi, asosiy qoidalarining ko‘p ma’noliligi
ellinistik dunyoning turli tabaqalari (shu jumladan hukmron tabaqalar doirasida ham),
keyinchalik esa, Rim jamiyatida ham ularning mashhur bo‘lib ketishlarini ta’minladi.
Rim stoiklarining yirik vakillari Seneka, Epiktet va Mark Avreliy edilar. Ularning
barchalari dunyoviy aql va dunyoviy ruh bilan bog‘langan tabiat va jamiyatning
yagonaligi haqidagi stoiklik qoidalaridan kelib chiqdilar. Har bir odamdagi aqllar-
logoslar va ruhlar dunyoviy aql va dunyoviy ruhning emanatsiyasi (o‘zidan nur
chiqarishi) ekanligini ta’kidladilar. Ular fikricha, kishilar dono va fazilatli odamlar
biladigan yagona hukmronlik qiluvchi koinot qonunlari zarurligini idrok etgan holda,
ularga ko‘ngilli ravishda bo‘ysunishlari lozim. Ular yana shu to‘g‘rida mushohada
yuritdilarki, har kim butun narsa qarshisida o‘z burchini bajarib, taqdir tomonidan
unga belgilab berilgan joyda biror-bir narsani o‘zgartirishga intilmasdan, nolishsiz
qolish majburiyatini olishi kerak. Seneka uchun «yaxshi» imperator qanday bo‘lishi
kerak degan savol katta ahamiyatga ega edi, negaki, imperatorning bo‘lishi zaruriyat
hisoblanar edi. Imperator me’yorsiz maqtovni talab qilmasligi, fuqarolardan ularning
mulkini tortib olmasligi, senat va «yaxshi» odamlar bilan hisoblashishi, o‘z
bilganicha ish tutmasligi, fuqarolarning umumiy foydasi uchun mehnat qilmog‘i
zarur ediki, buning evaziga ular unga sadoqat ko‘rsatib, uni sharaflashlari lozim edi.
Sobiq qul bo‘lgan Epiktet asosiy e’tiborni hukmdorning sifatiga emas, balki unga
tobelarning hatti-harakatiga qaratdi. Ozodlikka yo‘l moddiy ne’matlardan, xohish-
istaklardan yuz o‘girishda yotadi, negaki, inson nimani xohlasa, uni berishi va olib
qo‘yishi mumkin bo‘lgan odamning quliga aylanadi. Tashqi tomondan mulk, badan,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

166

hayot-xojaga yoki tiranga bo‘ysunadi va shuning uchun ularning bu tashqi
huquqlaridan foydalanishlariga bahslashib o‘tirish lozim emas.[4]

Muxtasar qilib aytganda antik falsafa Mil. avv. VII asr oxirlariga kelib qadimgi

Yunonistonda shakllana boshladi. Falsafaning vazifasi insonga qiyin vaziyatlarda
ham o‘zligini yo‘qotmaslik va qadr-qimmatini saqlay olishni o‘rgatiishdan iborat
bo‘ldi. Mil. avv. II asrdan milodiy VI asrlargacha bo‘lga vaqt oralig‘ida Rimda rivoj
topgan falsafiy ta’limotlar yig‘indisi, keyinchalik mazkur an’anada vujudga kelgan
ilmiy-falsafiy g‘oya va tasavvurlar G‘arb sivilizatsiyasi rivoji uchun asos bo‘lib
xizmat qildi.

Etuk patristika davridagi lotin tilida ijod etgan yirik namoyandalardan biri bu,

shubhasiz, Avreliy Avgustindir (354-430-yillar). Uning “Tavba” asari hamda
Possidyumning unga bag‘ishlangan biografik asarlari Avgustin haqidagi
ma’lumotlarning asosiy manbai sanaladi. Avreliy Avgustin 354-yil 13-noyabrda
Afrikaning Tagast shahridagi rimliklar oilasida tavallud topgan. U uncha badavlat
bo‘lmagan, biroq nufuzli va ma’rifatli oilada voyaga etadi. U boshlang‘ich bilimlarni
Tagast va qo‘shni shahar Madavrda oladi. O‘g‘lining an’anaviy lotin mumtoz
adabiyotidan tahsil olishi va notiqlik san’atini egallashini istagan otasi Avreliyni 370-
yilning kuzida mahalliy oliy ta’lim markazi bo‘lgan Karfagen shahriga yuboradi.
Avgustin u erda 372-373-yillar Sitseronning “Gortenziy” dialogini katta qiziqish
bilan mutolaa qiladi. Haqiqat izlab, muntazam falsafa bilan mashg‘ul bo‘lgan
Avgustinning qalbida ushbu asar keskin burilish yasaydi: “Birdan ko‘nglimda behuda
umidlar bosh ko‘tardi, men bu bezovtaligim bilan abadiy donishmandlikka erishishni
istardim” (Avgustin. Tavba, III, 4, 7). Haqiqatga etishish maqsadida u dastlab,
moniylik (215-277-yillar Moniy asos solgan) e’tiqodini qabul qiladi. Avgustin
to‘qqiz yil mobaynida moniylikning kuchli ta’siri ostida bo‘ladi. (Tavba, II, 6 -7).
384-yilda Avgustin Mediolan shahriga ko‘chib o‘tadi. Bu erda u mashhur xristian
ilohiyotchisi va namoyandasi mediolanlik Amvrosiy (340-397 yillar) bilan
uchrashadi va bu uchrashuv uning hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Aynan
mediolanlik Amvrosiy bilan uchrashgan vaqtlarda Avgustin falsafa bilan mashg‘ul
bo‘lib, falsafani skeptitsizm hamda moniychilikdan afzal degan fikrda edi.

Avgustinning ta’kidlashicha, inson “dunyoviy va o‘limga mahkum tanadan

foydalanuvchi aqlli ruh” (O nravax manixeev, I, 27, 52), aniqroq qilib aytganda, “ruh
va jismdan iborat aqlli mavjudot” (O Troitse, XV, 7, 11). “Aql, – deya ta’kidlaydi
Avgustin, – inson shaxsiyatidagi ilohiy uchlanganlikni anglaydi, iroda uni
yo‘naltiradi, xotira esa uni qamrab oladi. Shu tarzda insondagi o‘z o‘ziga aynanlik
saqlanib qoladi (Tavba, I, 20, 31). Borliqni mavjud o‘zgarmas haqiqatga aynan
deguvchi qator tasavvurlarni (olam g‘oyasi), shuningdek, olam tartiboti haqidagi
qarashlarni va ezgulik bo‘lmagan narsa bu yovuzlikdir, degan tushunchalarni
Avgustin neoplatoniklarning ta’limotidan o‘zlashtirgan. U qoida sifatida shuni


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

167

ta’kidlaydiki, “har bir inson yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkin” (O
svobodnom proizvolenii III, 13, 36; sr. “Nafaqat olam tartibotini buzuvchi, balki unga
bevosita yondosh bo‘lgan mavjud narsalarni ham yovuzlik deb atash mumkin” (O
svobodnom proizvolenii, III, 9, 25; O Grade Bojiem, XI, 18 — 19). Biroq Avgustin
ko‘proq, “Axloqiy yovuzlik” tushunchasiga e’tibor qaratgan. O‘zining ilk asarlari,
ayniqsa, yirik dialogi - “Erkin tanlov haqida” (388-395 yillar) asarida Avgustin yovuz
iroda olamdagi barcha yovuzliklar va baxtsizliklarning manbai degan nuqtai nazarni
ilgari suradi. Shaxsning axloqiy erkin tanlov prinsipi shundan iboratki, shaxs ongli
tarzda o‘z xatti-harakatini ezgulikka bo‘ysundirmog‘i kerak; oliy adolat har kimga
haqli hukm qiladi.[5]

O‘rta asr xristian aristotelizmining eng mashhur namoyandasi, shubhasiz,

«Doktor angelikus», (“Farishta doktor”) nomini olgan Foma Akvinskiydir (1225-
1274). Foma Neapol yaqinidagi Akvina shahridagi Rokkasekka qasrida dunyoga
keldi. U oliynasab graflar avlodidan edi bo‘lib, dastlab, Monte-Kaskinodagi
Benidiktlar abbatligida ta’lim oladi va 1239-yilda Neapoldagi mashhur
universitetlardan birining “Erkin san’at” fakultetiga o‘qishga qabul qilinadi hamda
1243-yilda ushbu universitetni tamomlaydi. U Neapolda 1244-yilda Dominikanlar
ordeniga qabul qilinadi. 1245-yilning kuzida u Parijga ketadi va ma’lum muddat
Buyuk Albert rahbarligida Parij universitetining ilohiyotshunoslik fakultetida tahsil
oladi, to magistr darajasiga ega bo‘lmaguncha (1259-yil) Parijda qoladi. Keyinchalik
Parijdan Italiyaga jo‘nab ketgan Foma turli universitetlarda ilohiyotdan dars beradi.
1272-yilda yana Parijdan ketgach 1273-yilda Neapol universitetlarida dars beradi.
1274-yilda u papa Grigoriy X ning taklifi bilan Lion saboriga yo‘l oladi va yo‘lda
to‘satdan salomatligi yomonlashib, vafot etadi.[6]

Foma qarashlariga muvofiq ilohiyot va falsafa mohiyatan Aristotel

tushunchasidagi fan hisoblanib, asosida birlamchi prinsip yotuvchi bilimning ayrim
tizimlarida, zaruriy xulosalar faqatgina sillogistik yo‘l bilan chiqariladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая

школа,1981.-С.137

2. Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280
3. Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая

школа,1981.-С.138

4. Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280
5. Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая

школа,1981.-С.138

6. Антология мировой философии.Т.1.Ч.-С.324


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

168

7.

Nurillaevich, Omonov Bahodir, et al. "Factors Of The Formation Of

Ecological Culture In The Education And Training System." Journal of
Pharmaceutical Negative Results (2022): 984-989.

8.

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social

place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries
Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.

9.

Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora

Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL
ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3
(2023): 15-28.

10.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of

Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of
Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

11.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li.

"EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL
TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

12.

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION
BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity
Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

13.

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF

ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE
AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL
GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –
2024. – С. 94-97.

14.

Omonov,

Bahodir

Nurillayevich.

"MARKAZIY

OSIYO

MAMLAKATLARIDA

MINTAQAVIY

INTEGRATSIYA–MUAMMOLAR

YECHIMINING ASOSIY OMILI." Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences 4.21 (2024): 529-535.

15.

Azamova S. EKOLOGIK GLOBALLASHUV SHAROITIDA O

‘ZBEKISTON TA’LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK MADANIYATNING
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Universal xalqaro ilmiy
jurnal. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 286-289.

16.

Azamova, Sitora. "UMUMTA’LIM MAKTAB O ‘QUVCHILARIDA

EKOLOGIK

MADANIYATNI

SHAKLLANTIRISHNING

USUL

VA

VOSITALARI." Interpretation and researches (2024).

17.

Azamova

S.

EKOLOGIK

TA’LIM

VA

TARBIYANING

RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Библиографические ссылки

Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.137

Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280

Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.138

Антология мировой философии.Т.1,Ч.1-С.280

Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981.-С.138

Антология мировой философии.Т.1.Ч.-С.324

Nurillaevich, Omonov Bahodir, et al. "Factors Of The Formation Of Ecological Culture In The Education And Training System." Journal of Pharmaceutical Negative Results (2022): 984-989.

Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place in the globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences 10.1S (2023): 5000-5006.

Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora Ayonovna Azamova. "SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE ECOLOGICAL ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3 (2023): 15-28.

Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li. "EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI ‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2024. – С. 94-97.

Omonov, Bahodir Nurillayevich. "MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA–MUAMMOLAR YECHIMINING ASOSIY OMILI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 4.21 (2024): 529-535.

Azamova S. EKOLOGIK GLOBALLASHUV SHAROITIDA O ‘ZBEKISTON TA’LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Universal xalqaro ilmiy jurnal. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 286-289.

Azamova, Sitora. "UMUMTA’LIM MAKTAB O ‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING USUL VA VOSITALARI." Interpretation and researches (2024).

Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.