Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 92 ~
MARKAZIY QIZILQUMDAGI URBANIZATSIYA SHAROITINING
INVAZIV OʻSIMLIK TURLARIGA TASIRI
Ikromova Maftuna Vali qizi
Navoiy Davlat universiteti Biologiya o
‘
qitish metodikasi yo
‘
nalishi
1-kurs magistranti
Annotatasiya:
Ushbu maqola urbanizatsiya invaziv oʻsimliklarning xilma xilligi,
fenologiyasi, fiziologiyasi va reproduktiv xususiyatlariga sezilarli taʼsir qilishini
izohlaydi. Shuningdek, ushbu tadqiqot urbanizatsiya invaziv oʻsimliklarning iqlim
oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganishni murakkablashtirish haqida maʼlumot beradi.
Maqolada urbanizatsiyalashgan hududlarning flora qatlamini o`rganilgan.
Kalit so`zlar:
Invaziv oʻsimliklar, Markaziy Qizilqum florasi, o`simliklar
fenologiyasi, o`simliklar reproduktiv organlari,urbanizatsiya,tuproq errozizyasi.
Abstract.
This article explains that urbanization significantly affects the
diversity, phenology, physiology and reproductive characteristics of invasive plants.
This study also provides information on how urbanization complicates the study of the
impact of invasive plants on climate change. The article studies the flora of urbanized
areas.
Keywords:
Invasive plants, Central Kyzylkum flora, plant phenology, plant
reproductive organs, urbanization, soil erosion.
Urbanizatsiya invaziv oʻsimlik turlarining tarqalishi va ekotizimlar hayotiga
sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Urbanizatsiya biologik xilma xillikni bir xillashtiradi va
yashash joylarining grterogenligini kamaytirishi mumkin boʻlgan inson tomonidan
yaratilgan
sezilarli boʻlimlarni keltirib chiqaradi. Urbanizatsiyalanish choʻllarda
maʼlum oʻsimlik turlarining tarqalishiga yordam berib, yangi muhitlar yaratishga
qaramasdan, choʻl oʻsimliklari xususan invaziv oʻsimlik turlarining urbanizatsiya
sharoitida choʻllar
da tarqalishi haqida juda oz bilimga egamiz. Ushbu maqolada biz
invaziv oʻsimlik vakillariga urbanizatsiya sharoitining taʼsirini oʻrganamiz.
Urbanizatsiyaning gullash va meva berish fenologiyasiga fazoviy vaqt taʼsirini (yani
oxirgi sovuq sanasi va gullas
h oʻrtasidagi vaqt)ni oʻrganishni gerbariylardan kuzatib
oʻrgandik. Urbanizatsiyalashgan Markaziy Qizilqum choʻlidagi invaziv oʻsimlik
turlari bilan choʻldagi tabiiy landshaftlardagi oʻsimliklar turlari bilan solishtirib
taqqosladik.Biz tadqiqot natijasida
invaziv oʻsimliklar fenologiyasiga va uning
ekotizimiga taʼsir qilishini aniqladik. Invaziv oʻsimliklarning changlanishi ha ham
urbanizatsiya sharoiti taʼsir qilishini topdik. Biz yuqoridagi sabablar entomofil
boʻlmagan turlarning koʻpayishiga olib kelishini oʻrgandik. Ushbu tadqiqot ishi
shaharlashish invaziv oʻsimliklarning xilma xilligi, fenologiyasi, fiziologiyasi va
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 93 ~
reproduktiv xususiyatlariga sezilarli taʼsir qilishini izohlaydi. Shuningdek, ushbu
tadqiqot urbanizatsiya invaziv oʻsimliklarning iqlim oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganishni
murakkablashtirish haqida maʼlumot beradi.Biologik xilma xillik, fenologiya,
landsha
ftlar, ekotizimlar, entomofil oʻsimliklar, reproduktiv holat, ekosistema.Soʻnggi
oʻn yillikda butun dunyo boʻylab urbanizatsiya ekologik muammolarga sabab
boʻlmoqda. Xususan, choʻl zonasidagi urbanizatsiya jarayoni invaziv oʻsimlik turlarini
oʻrganishga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Shaharlashish choʻllarning tabiiy ekosistemasi
uchun antropogen ahamiyatini yuzaga chiqarmoqda ( El-
Gʻani va boshqalar 2015).
Shaharlashish invaziv oʻsimlik turlariga kuchli taʼsir koʻrsatadi xususan, fenologik,
reproduktiv oʻzgar
ishlarga olib kelib, turli biologik landshaftlar, ekotizimlar florasiga
taʼsir koʻrsatadi.Tadqiqotlar jarayonida ushbu invaziv oʻsimliklar qoplami Markaziy
Qizilqum choʻlida keng tarqalganini koʻrishimiz mumkin. Markaziy Qizilqum florasi
(Esanov H 2023), c
hoʻl ekosistemasi (Batanouny 1983).Qurqoqchil va yarim
qurqoqchil mintaqalarda shaharlashishning doimiy oʻsishi tufayli tabiiy
oʻsimliklarning shikastlanishi muqarrar boʻlib qoldi va yovvoyi oʻsimliklarning keng
maydonlardan olib tashlandi.Shu sababli u ye
rdagi invaziv oʻsimliklar turlari
ekosistemasiga putur yetdi.(Alberto 2008). Urbanizatsiya nafaqat oʻsimliklarni
binolar, yoʻllar, bogʻlar ekosistemalarini shahar ekosistemasiga almashtirish orqali
butun ekotizimiga taʼsir qiladi. (O Hasan 2013) Ular parch
alanish va degradatsiya
jarayonlari orqali floristika tarkibni, xilma xillikni koʻplab invaziv oʻsimliklar
reproduksiyasiga taʼsir qiladi. Ularni gullash va meva berish morfologik
xususiyatlariga oʻz taʼsirini koʻrsatadi (Pennington va boshqalar 2010)
Urbanizatsiyalashgan hududlar xususan Markaziy Qizilqum choʻlida invaziv
oʻsimlik turlari oʻrganilgan, floristika tadqiqotlar oʻtkazilgan. Biz invaziv turlarning
Markaziy Qizilqum choʻlida urbanizatsiyalashgan iqlim sharoitida tarqalishi,
changlanishi, mev
a berishi, reproduktiv jihatlarini oʻrganish va bu jarayonlar
urbanizatsiya sharoitida roʻy berishi tadqiqot obyektlari boʻlib, oʻrganishni taqazo
etadi.
Yangi shahar ekotizimlarining quruqlikdagi yashash muhiti asosan choʻl boʻlib,
urbanizatsiyalashgan va koʻkalamzorlashtirish maqsadida gil va loy tuproqlar eski
qishloq xoʻjaligi tizimlaridan olingan bogʻ va bogʻ plantatsiyalari uchun koʻproq mos
boʻlishi uchun bu hududlarga kiritilgan tuproq tuzilishi, PH, elektr oʻtkazuvchanligi
(E), CaCO3 kabi tuproqning fizik kimyoviy xususiyatlari sezilarli oʻzgarishlarga olib
keladi. Ushbu parametrlar invaziv oʻsimlik turlarining tarkibi, xilma xilligi va turli xil
yashash joylarida tarqalishini nazorat qiladi (Gomma va boshqalar 2012)Ushbu
tadqiqotda biz urbanizatsiya Markaziy Qizilqum choʻlida tarqalgan invaziv
oʻsimliklarning reproduktiv jihatlariga qanday taʼsir qilishini oʻrganamiz. Biz
tadqiqotimiz davomida dala tadqiqot ishlarini olib bordik. Dala tadqiqot ishlarida turli
invaziv oʻsimlik turlarini taqqosladik, ularning fenologiyasini kuzatdik va gerbariy
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 94 ~
uchun tanlab oldik. Dala tadqiqot ishlarimizni jadvallarga tushirdik.Bizning tadqiqot
natijalari shuni koʻrsatadiki iurbanizatsiyaning oʻsimlik reproduksiyasiga taʼsirini
aniqladik. Urbanizatsiyaning kuchayishi sovuq va nam tushishini tezlashtiradi bu esa
invaziv oʻsimliklarning erta gullashiga sabab boʻladi va bahor sharoitlari nam boʻlgan
hududlarda meva berishni kechiktirishga olib keladi. Urbanizatsiya iqlim oʻzgarishiga
olib keladi bu esa Markaziy Qizilqum choʻlining invaziv oʻsimliklar florasiga oʻz
t
aʼsirini koʻrsatadi. Markaziy Qizilqum florasini antropogen tasirini aniqlash uchun uni
geografik tarqalishini aniqlash va solishtirish zarur. Turlar soni bo‘yicha yetakchi
oilalarning tahlili tadqiq etilayotgan hudud florasining mahalliy va mintaqaviy
xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi (
Иванова
, 2013). Bu boradagi
tadqiqotlarning aksariyat qismida turlar soni bo‘yicha yetakchilik qiladigan dastlabki
o‘nta oila ajratib olinadi. Biroq, bu tanlov sub’ektiv bo‘lib, o‘rganilayotgan floraning
mahalliy
xususiyatlariga ko‘ra 10 tadan ko‘proq oilalar ham olinishi mumkin
(
Иванова
, 2013). Bu boradagi tahlillar uchun Markaziy qizilqum florasidagi yetakchi
10 oilani tanlandi. Tahlil natijalari 1- jadvalda keltirilgan. Ularning ketma-ketligi
floristik tarkibning tarixiy shakllanishiga hissa qo‘shadigan tabiiy
-iqlim sharoitlarini,
shun
ingdek, atrofmuhitga antropogen ta’sir bilan bog‘liq zamonaviy xususiyatlarni
amalda aks ettiradi. Birinchi uchta oilaning ustunligi (Amaranthaceae, Asteraceae,
Poaceae) va umuman s
pektrdagi Fabaceae ning to‘rtinchi pozitsiyasi Eron
-Turonning
turli qurg‘oqchil hududlari uchun xosdir va boshqa turkumlar hisobidan amalga oshadi.
Oila tarkibi asosan Eron-Turon elementlaridan tashkil topgan, shu bilan birga, invaziv
turlar masalan, Amara
nthus turkumi turlari ustunlik qiladi. Keyingi o‘rinni Asteraceae
oilasi 104 tur (13,08%) bilan egallaydi. Butun Golarktikada yetakchi oila boʻlgan
Asteraceae (Taxtadjyan, 1997; Xoxryakov, 2000) tadqiqot hududida antropogen
sharoitga koʻproq moslashgan koʻp sonli turkumlar bilan eʼtiborni tortadi (1
-jadval).
Poaceae Eron-
Turon hududida bir pallalilar soni bo‘yicha etakchi hisoblanadi va
etakchi oilalar spektrining birinchi uchligiga kiritilgan. Oila vakillarining 55% dan
ortig‘i begona o‘t sifatida ekinlar
orasida va ruderal yerlarda uchraydi. 68 tur (8,55%)
bilan ikkinchi uchlikni boshqaradigan Fabaceae oilasi bir tomondan floraning tabiiy
xususiyatlarini (Astragalus turlari hisobidan) belgilasa, boshqa tomondan antropogen
hududlarda turlarga boyligi bilan ifodalanadi. 14 Brassicaceae va Boraginaceae
oilalarining yuqori mavqei ham antropogen ta’sir darajasini ko‘rsatadi, bu esa keng
arealli bir yillik begona o‘tlarning keng tarqalishiga yordam beradi. Mazkur oilalar,
ayniqsa birinchisi, ko‘plab urbanizatsiya
lashgan hududlarning floralariga xosdir
Boshqa tomondan, shuni ta’kidlash kerakki, invaziv turlarning ko‘plab yangi
topilmalari Asteraceae (Eclipta prostrata, Erigeron bonariensis, Symphyotrichum
graminifolium), Poaceae (Sorghum halepense, Lolium perenne), Apiaceae (Scandix
australis subsp. grandiflora) va boshqa yuqori xilma-
xillikka ega bo‘lgan oilalarda
qayd etildi (1-jadval)
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 95 ~
1-jadval
OILALAR
TURLAR
SONI
%
OILALAR
TURKUMLAR
SONI
%
Amaranthaceae
109
13.71
Asteraceae
47
13.58
Asteraceae
104
13.08
Poaceae
39
11.27
Poaceae
74
9.31
Amaranthaceae
36
10.41
Fabaceae
68
8.55
Brassicaceae
33
9.54
Brassicaceae
66
8.30
Fabaceae
18
5.20
Mazkur maqolani urbanizatsiyalashgan hududular va oldingi iqlim sharoiti orqali
taqqoslashnishi I.I.Granitov (1964) natijalari bilan qiyosiy tahlil qilish orqali aniq
ko‘rsatilgan. Yarim asrdan ortiq vaqt mobaynida flora tarkibida aniqlangan
o‘zgarishlar 2
- jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Oilalar
Esanov
2023.
turlar soni
%
Oilalar
Granitov
1964.
Turlar soni
%
Amaranthaceae
109
13.71
Amaranthaceae
92
15.69
Asteraceae
104
13.08
Asteraceae
64
11.03
Poaceae
74
9.31
Poaceae
57
9.83
Brassicaceae
68
8.55
Brassicaceae
46
7.93
Boraginaceae
66
8.30
Fabaceae
45
7.76
Unda nafaqat turlar sonining ortib borgani, balki yetakchi oilalar ketma-
ketligidagi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. Birinchi navbatda Asteraceae oilasi ko‘zga
tashlanadi. Unda flora tarkibiga 40 tur kiritilgan. Bir tomondan, bu oilaning Golarktika
florasid
agi etakchi mavqei (Taxtadjyan, 1978), boshqa tomondan so‘nggi yarim asrda
Janubi-
G‘arbiy Qizilqumdagi aholi manzillarining kengayishi bilan izohlanadi. Yangi
o‘zlashtirilgan hududlar 15 florasidagi adventiv fraksiya vakillarining asosiy qismi
aynan Asteraceae oilasiga mansub (Esanov, 2017; Esanov et al., 2018). Muhim farqni
Amaranthaceae oilasi misolida ham ko‘rish mumkin. Qiyoslanayotgan tarkiblar 17
turga farqlanadi. Bunda Amaranthus turkumi markaziy o‘rinni egallaydi. I.I. Granitov
(1964) turkumdan 1 tur keltirilgan. Bizning natijalarimiz kamida 6 turning
mavjudligini ko‘rsatadi. Bu yerda ham turlar boyligining ortishiga adventiv turlar
hisobiga erishiladi (Esanov, 2017). Agar boshqa yetakchi oilalar misolida qarasak,
Poaceae-17, Fabaceae-23, Brassicaceae20, Boraginaceae-12, Polygonaceae-8,
Caryophyllaceae-
5 tur qoʻshilganligini koʻrishimiz mumkin. Bu oʻzgarishlar, bir
tomondan, oʻsimliklar xilma
-
xilligi yuqori antropogen bosim ostida boʻlib, asosan,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 96 ~
tasodifiy turlar hisobiga boyib borayotganligini koʻrsatsa, boshqa tomondan, bu holat
Markaziy Qizilqum florasining o‘rganilishi yetarli darajada emasligini yaqqol
koʻrsatib turibdi. L.I. Malishev (1972) fikricha, yetakchi oilalar spektri floraning tashqi
fizionomik xususiyatlarini belgilab bersa, turkumlar spektri esa uning ichki
tuzilishlarini aks ettiradi va o‘rganilayotgan floraning individual xususiyatlarini
batafsilroq ochib berish imkonini beradi.
JanubiG‘arbiy Qizilqum florasining yetakchi
18 turkum ro‘yxati 186 turni birlashtirib, hudud florasining 23.40% tashkil qildi
.
Dastlabki uchta turkumning ketma-
ketligi koʻpgina choʻl Turon floralariga mos keladi
va oʻrganilayotgan hudud florasining tabiiy xususiyatlarini aks ettiradi. Umuman
olganda, yetakchi turkumlar tarkibining geografik tarqalishida EronTuron guruhi
vakillari
102 turni va undan keyin geografik tarqalishi keng bo‘lgan guruh vakillari 43
turni tashkil qildi. Bu esa yetakchi turkumlar misolida floradagi avtoxton
elementlarning ustunligini ko‘rsatsada, bir paytning o‘zida geografik tarqalishi keng
bo‘lgan turlar o‘rnini ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Taksonomik tahlil natijalari
shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilayotgan hudud florasi O‘rta Osiyoning janubiy cho‘llari
florasini aks ettiradi. Yetakchi oila va turkumlar spektri Turon provinsiyasi florasiga
muvofiq kelishini hamda migratsiya elementlarining o‘rni ortib borayotganligini
yaqqol namoyon etdi turlar xilma-
xilligi oshadi? An’anaviy fito
geografik tahlillarga
amal qilgan mazkur ishda areal sinflarining ierarxik jadvalini tuzishga muvafaq
bo`lganlar. Janubi-
G‘arbiy Qizilqum florasidagi aniqlangan turlarning yirik
fitoxorionlar bo‘yicha (Taxtadjyan, 1978) tarqalishini o‘rganish natijasida 44
areal
tiplari aniqlandi. Ular 6 ta areal sinflariga birlashtirildi.
Qadimiyo‘rtayerdengizi
sinfining yetakchi o‘rni tarixiy ildizlarga (Popov, 1983) va fitoxoryonga bog‘liqligini
(Popov, 1983; Taxtajyan, 1997) ko ‘rsatadi. Palearktika sinfida (167 tur) tu
rlar sonining
Turon sinfiga (141) nisbatan ko‘pligi floristik tarkibning shakllanishiga antropogen
omillarning yuqori ta’siridan yana bir bor dalolat beradi. Janubi
-
G‘arbiy Qizilqum
florasining geografik tahlilida turlarning geografik elementlariga e’tibor
qaratildi.
Xulosa qilib aytganda: Olib borilgan tadqiqotlarning muhim nazariy jihatlaridan
biri shundaki, ilk bor Qizilqum hududida tor arealga ega bo‘lgan endem turlar o‘rnini
ko‘rsatish bo‘lsa, boshqa tomondan tadqiqot hududining o‘ziga xosligi aynan Eron
-
Turon elementlarining ustunligini va shuningdek, flora tarkibida keng tarqalish
diapozoniga ega bo‘lgan turlarning o‘rni yuqori ekanligini asoslash bo‘lgan. Tadqiqot
hududida geografik tarqalishi keng bo‘lgan turlar sonining ortib borayotganligini turli
fondlarda saqlanayotgan tarixiy gerbariylar (1900-2005 y.) va dala ishlari davomida
tadqiqotchi tomonidan bevosita terilgan gerbariy namunalarining o‘zaro qiyosiy
tahlilida ko‘rish mumkin. Gerbariy kolleksiyalari asosida turlar sonining geografik
elementlar bo‘yicha nisbati Tarixiy yig‘malari Mahalliy turlar 20 –
3.42% 13
–
3.48%
Eron-Turon turlari 245
–
41.95% 181
–
48.40% Qadimiyo‘rtayerdengizi turlari 114 –
19.52% 80
–
21.39% Keng tarqalgan turlar 205
–
35.10% 99
–
26.47%
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 97 ~
Taqqoslanayotgan har ikki davrda ham Eron-Turon guruhiga mansub turlarning
ustunligi aniq ifodalangan. Biroq, keng tarqalgan turlar guruhida sezilarli o'sish
kuzatilmoqda va bu holat so‘ngi yillarda tabiiy floraga antropogen
ta’sirlarning(urbanizatsiya) or
tib borayotganligini yaqqol misoli sifatida qarash
mumkin Urbanizatsiya tasir mexanizmini yaqqol yuqoridagi solishtirishlar orqali
ko`rishimiz mumkin. Yig`ilgan gerbariylar dala ishlari bunga asos qilib olingan
hisoblanadi. Antropogen tasir orqali juda ko`p o`simliklar oilalari, turkumlari tarqalish
areallari o`zgarib ketgan hisoblanadi.Urbanizatsiya tasiri natijasida Markaziy
Qizilqum florasi o`z holatini o`zgartirmoqda, buni turlar turkumlar soniga qarab
aniqlasak ham bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
Abdullayev A.A.
O‘zbekiston florasi
.
–
Toshkent: Fan, 1985.
2.
Karimov A.K.
Cho‘l o‘simliklari va ularning ekologik xususiyatlari
.
–
Toshkent: O‘qituvchi, 1999.
3.
Khassanov F.O.
Qizilqum florasining geobotanik o‘ziga xosligi
.
–
“O‘zbekiston biologiya jurnali”, 2016, №3, 21–
26-betlar.
4.
Tojimatov T.A.
O‘zbekiston cho‘l hududlarining o‘simlikshunoslik
jihatlari
.
–
Toshkent: Fan, 2003.
5.
Rasulov S.M., Mirzayeva G.T.
Markaziy Qizilqumda uchraydigan
endemik o‘simliklar va ularning saqlanishi
.
–
“Ekologiya va atrof
-
muhit muhofazasi”
jurnali, 2019, №2, 34–
39-betlar.
6.
Qodirov R.T.
Qizilqum florasining antropogen o‘zgarishlarga javobi
.
–
“Biologik tadqiqotlar”, 2020, №4, 47–
54-betlar.
7.
Yunusov S.Yu.
Cho‘l zonalari floristik tahlili: Markaziy Qizilqum
misolida
.
–
“O‘zbekiston tabiiy fanlari jurnali”, 2021, №1, 19–
25-betlar.
8.
Gubanov I.A.
Conspectus of the Flora of Central Asia
.
–
Moskva: Nauka,
1996.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 1
-
jild. O‘simliklar
.
–
Toshkent:
Chinor ENK, 2019.
10.
Granitov I
.I vegetation cover of the Southwestern Kyzyl Kum Desert
Tashkent:Akad.Nauk Resp. Uzb. 1964
11.
Global
Biodiversity
Information
Facility
(GBIF)
–
–
(Qizilqum florasiga oid global ma’lumotlar).
12.
Rachkovskaya E.I., Volkova E.A., Khramtsov V.N.
(2003).
Botanical
Geography of Kazakhstan and Middle Asia (desert region)
.
–
Saint Petersburg: Russian
Academy of Sciences.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 98 ~
13.
Walter, H., & Breckle, S.-W.
(2002).
Ecology of Desert Systems
.
–
Berlin: Springer-Verlag. (Desert flora and ecological systems, including Central Asian
deserts.)
14.
Breckle, S.-W.
(2007).
Flora and vegetation of the deserts of Central
Asia
.
–
Journal
of
Arid
Environments
,
69(1),
1
–
19.
DOI:
10.1016/j.jaridenv.2006.09.002
15.
Kürschner, H.
, &
Abd El-Ghani, M.M.
(2013).
Plant diversity and
phytogeography of arid regions: Central Asia focus
.
–
Plant Biosystems
, 147(4), 1002
–
1017.
16.
UNESCO MAB Programme
(2010).
Biodiversity of Central Asian
Deserts: Conservation and Sustainable Use
.
–
Paris: UNESCO. Available at:
17.
Eckert, J.
, &
Shapiro, B.
(2019).
Desert plant evolution in Central
Eurasia: Phylogeography and diversity hotspots
.
–
Molecular Ecology
, 28(9), 2204
–
2218.
18.
FAO
(2019).
Land degradation and vegetation changes in Central Asian
deserts
.
–
Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations.
19.
World Flora Online
. (Ongoing).
Global database on plant species
including Central Asian flora
.
–
http://www.worldfloraonline.org
20.
GBIF
–
Global Biodiversity Information Facility
. (2020
–
2024).
Species distribution and floristic data for Central Asian deserts including Kyzylkum
.
21.
Bojnanský, V., & Fargašová, A.
(2007).
Atlas of Seeds and Fruits of
Central and East-European Flora
.
–
Springer. (Includes seeds of desert flora relevant
to Kyzylkum region.)
