Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 102 ~
KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA
NAMUNALARINING SARIQ VA
QO‘NG‘IR ZANG KASALLIKLARIGA CHIDAMLILIGI
A.B.Alikulova
Toshkent davlat agrar universiteti Magistr
M.S.Raxmonqulov
Toshkent davlat agrar universiteti q.x.f.d., professor
Annotatsiya:
O‘zbekistonda zarar keltirishi jihatidan sariq zang kasalligi asosiy
o‘rinda turuvchi bug‘doy kasalligi hisoblanadi. Kasallik barglarni, ba’zan barg
qo‘ltiqlari va poyani zararlaydi. Qo‘ng‘ir zang asosan uredosporalari bilan tarqaladi.
Kasallangan barg tar
tibsiz ravishda joylashgan qo‘ng‘ir tusli uredosporalar bilan
qoplanadi.Maqolada kuzgi yumshoq bu
g‘doy nav va namunalarining sariq va qo‘ng‘ir
zang kasalliklariga chidamliligi va uni baholash usullari haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
sariq va qo‘ng‘ir zang,kuzgi yumshoq bug‘doy,nav va namunalar
УСТОЙЧИВОСТЬ СОРТОВ И ОБРАЗЦОВ МЯГКОЙ ОЗИМОЙ
ПШЕНИЦЫ К ЗАБОЛЕВАНИЯМ ЖЕЛТОЙ И БУРОЙ РЖАВЧИНОЙ
Аннотация
:
В Узбекистане ржавчина желтая считается одной из основных
болезней пшеницы с точки зрения нанесения ущерба. Болезнь поражает листья,
а иногда и пазухи листьев, а также стебель. Бурая ржавчина в основном
распространяется
уредоспорами.
Поражённые
листья
покрываются
уредоспорами бурого цвета, расположенными в беспорядочном порядке.В статье
изложены вопросы устойчивости сортов и образцов осиной мягкой пшеницы к
жёлтой и бурой ржавчине, а также методы оценки этой устойчивости.
Ключевые слова:
желтая и бурая ржавчина, мягкая озимая пшеница, сорта
и образцы
RESISTANCE OF VARIETIES AND SAMPLES OF SOFT WINTER WHEAT
TO YELLOW AND BROWN RUST DISEASES
Abctract:
Yellow rust is the most damaging wheat disease in Uzbekistan. The
disease affects the leaves, sometimes the leaf axils and the stem. Brown rust is spread
mainly by uredospores. The diseased leaf is covered with irregularly located brown
uredospores. The article describes the resistance of winter soft wheat varieties and
samples to yellow and brown rust diseases and methods for its assessment.
Keywords:
yellow and brown rust, soft winter wheat, varieties and samples
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 103 ~
O‘zbekistonda bug‘doyning ikki xil zang kasalligi –
sariq zang (yoki chiziq
shaklli zang), qo‘ng‘ir zang (yoki barg zangi) kasalliklari uchraydi. Bu kasalliklarni
mikroskopik zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Sariq zang kasalligini qo‘zg‘atuvchi
zamburug‘larining bir qancha mahsus shakllari mavjud bo‘lib, sariq zang
qo‘zg‘atuvchisining bug‘doy formasi bug‘doy, arpa va tritikaleni, arpa shakli esa faqat
arpani zararlaydi.
Bug‘doyda zang kasalliklarining uch xil infeksiya manbalari mavjud, bular 1)
Oraliq xo‘jayin o‘simliklar; 2) Ekzogen inokulyum –
boshqa hududlardan havo orqali
uchib kelgan sporalar; 3) Endogen (mahalliy) inokulyum
–
kasallik tarqalgan
hududning o‘zida hosil bo‘ladigan sporalar.
Oraliq xo‘jayin –
sariq zang qo‘zg‘atuvchisining oraliq xo‘jayini yo‘q, qo‘ng‘ir
zang qo‘zg‘atuvchisining oraliq xo‘jayini O‘zbekistonda uchramaydi, poya zanginiki
mavjud bo‘lsa ham, infeksiya manbai sifatida ahamiyati yo‘q.
Ekzogen inokulyum
–
O‘zbekiston sharoitida bug‘doy o‘simliklari boshqa
hududlardan uchib kelgan zang kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining sporalari bilan
zararlanganligi haqida ma’lumotlar mavjud emas. O‘zbekistonda bug‘doyda zang
kasalliklari paydo bo‘lishi
endogen inokulyum bilan bog‘liq ekanligi tajribalarda
isbotlangan.
Endogen inokulyum
–
yangi unib chiqqan kuzgi bug‘doy maysalari zang bilan
kuzda yoki qish boshlarida zararlanishi mumkin. Qishda qattiq sovuq haroratda
barglarda paydo bo‘lgan uredosporalar nobud bo‘lishi mumkin. Ammo zararlanishi
yashirin, ya’ni faqat to‘qima ichidagi latent mitseliy shaklida bo‘lsa, infeksiya
(mitseliy) nobud bo‘lmaydi va u bug‘doy bargi tirik bo‘lgan davr oxirigacha
hayotchanligini saqlaydi va qulay harorat hamda namlik bo‘lganda sporalar rivojlanadi
va kasallik tarqalishini ta’minlaydi.
O‘zbekistonda zang kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari bug‘doy o‘rib olingandan
so‘ng ang‘izda, zararlangan o‘simlik qoldiqlarida saqlanmaydi, sporalarining barchasi
yozning jazirama issig‘ida nobud bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchilar yozda to‘kilgan dondan
unib chiq
qan bug‘doy o‘simliklarida ham saqlanmaydi.
Sariq zang bilan bug‘doy maysalari ob
-havo sharoitiga qarab kuz va qish oylarida
(kuzda havo iliq va sernam kelsa) va bahor oylarida zararlanadi. Sariq zang
(salqinsevar tur) zamburug‘lari tez rivojlanish uchun optimal harorat 8
-15
°C
bo‘lishini
talab etadi. Bu kasallikning rivojlanishiga erta bahorda ob-havoning qulay (15-20
°C
)
hamda seryog‘in kelishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari juda ertagi muddatlarda ekish,
kasallikga chidamsiz navlarni ko‘proq joylashtirish, azotli o‘g‘itlarning bir tomonlama
(fosforl
i va kaliyli o‘g‘itlarga nisbatan) ko‘p meyorda solish ham kasallikning kuchli
darajada rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Sariq zang bug‘doyning barglarini zararlaydi, kuchli rivojlanganida barg qini,
boshoq qiltiqlari, boshoqchalarning tangachalari va donga o‘tadi. Qo‘ng‘ir va poya
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 104 ~
zanglaridan farqli o‘laroq sariq zang to‘qima ichida tarqaladi, bunda zamburug‘
mitseliysi barg va barg qinining to‘qimasi ichida uzunasiga o‘sadi. Barglarning ustki,
kamroq ostki tarafida, epidermis ostida, sap-sariq tusli, uzunligi 1 sm dan bargning
deyarli butun uzunligigacha yetadigan urediniyalardan iborat chiziqchalar va
tasmachalar hosil bo‘ladi. Alohida yostiqchalar limonday sariq tusli, uzunchoq, ba’zan
deyarli dumaloq shaklga ega, uzunligi 0,3-2,5 mm, eni 0,2-
0,5 mm bo‘ladi.
Yostiqchalarda katta m
iqdorda changsimon sporalar hosil bo‘ladi va ular epidermisni
yorib, tashqariga ochiladi. Boshoq qiltiqlari, boshoqchalarning tangachalari va don
zararlanganida ularning ustida nuqtalar yoki kalta chiziqlar shaklidagi, sariq tusli
yostiqchalar paydo bo‘lad
i.
O‘zbekistonda zarar keltirishi jihatidan sariq zang kasalligi asosiy o‘rinda
turuvchi bug‘doy kasalligi hisoblanadi. Kasallik barglarni, ba’zan barg qo‘ltiqlari va
poyani zararlaydi. Qo‘ng‘ir zang asosan uredosporalari bilan tarqaladi. Kasallangan
barg tar
tibsiz ravishda joylashgan qo‘ng‘ir tusli uredosporalar bilan qoplanadi. Bu hol
aprelning oxiri va may oyida ayniqsa avj olib, amal davri oxirida dog‘lar, qora rangli
mayda teleosporalar hosil qiladi. Kasallik kuchli tarqalgan yillar hosildorlik 30-40
foiz
gacha kamayishi mumkin.Sariq zang sporalari 0°C haroratdan o‘sishni boshlaydi,
9-
13°C da kasallik rivojlanishi uchun qulay sharoit bo‘lib, o‘sishni 23°C gacha davom
etadi. Spora o‘simtalari bug‘doy bargi to‘qmalari ichida harorat 20°C
va 23
°C
orasida
bo‘lganda kiradi.
Sun’iy kasallantirish maydonchasini tashkil etish. Zang kasalligini qo‘zg‘atuvchi
zamburug‘ sporalarini o‘simliklarga sun’iy yuqtirish
- usuli nav namunalarning
kasallikka chidamlilikni har qanday o‘zgaruvchan iqlim sharoitlarida ham baholash
imkoniyatini
yaratadi. Tadqiqotlarimiz davomida sun’iy kasallantirish maydonchasiga
pitomniklarni joylashtirishda pitomniklar oraliqlariga va atroflariga kasallik bilan
kuchli darajada beriluvchan navlar joylashtirildi.
Sun’iy kasallantirish maydonchasida, erta bahorda yog‘ingarchilik kam bo‘lganda
ham sun’iy namlik hosil qilinib, sun’iy kasallantirildi hamda su’niy fon tashkil
qilindi.Respublikamiz sug‘oriladigan maydonlarida ekilayotgan navlarning qariyib 50
-
60 foizi Kr
asnodar qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot instituti seleksiyasiga mansub navlar
bo‘lib, ushbu navlar yaratilish jarayonida asosan qo‘ng‘ir zang kasalligiga chidamliligi
bo‘yicha tanlov ishlari olib borilgan. Respublika sharoitida qo‘ng‘ir zang deyarli har
yi
li bug‘doy vegetatsiyasi so‘ngida tarqalishi sababli ko‘p hosil yo‘qotilmaydi. Ammo
ob-
havo seryog‘in, kelgan yillari kasallik erta paydo bo‘lganda hosil ko‘p yo‘qotiladi.
Bug‘doy o‘simligi qo‘ng‘ir zang kasalligi bilan, tog‘ oldi va tog‘li mintaqalarda ha
r 2-
4 yilda bir marta, tekislik mintaqalarda 5-
6 yilda, cho‘l mintaqalarda 8
-10 yilda bir
marta kuchli zararlanadi. Tajriba natijalariga ko‘ra (Toshkent viloyati) andoza
«Krasnodarskaya
-
99» navi tadqiqotlar o‘tkazilgan barcha yillarda sariq zang kasalligi
bilan 100% gacha, qo‘ng‘ir zang kasalligi bilan esa 80% gacha kasallanganligi
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 105 ~
kuzatildi. Ushbu 105 ta nav namunalardan faqatgina 18 ta navlar chidamli va o‘rtacha
chidamlilikni namoyish etdi,qolgan navlar sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklarining
mahalliy rasasi bilan kuchli darajada kasallandi. Fransiya seleksiyasiga mansub
bo‘lgan,
Apash va Otan navlari, shuningdek mahalliy seleksiyaga mansub Shalola navi
o‘rtacha chidamlilikka ega bo‘lgan
Rayonlashgan va istiqbolli yumshoq bug‘doy navlarining sariq zang
kasalligiga chidamlilik darajasi (O‘GRITI 2023
-2024 yy).
№
Nav
Sariq zangga
chidamlilik
darajasi, %
Qo‘ng‘ir zanga
chidamlilik darajasi, %
1
Krasnodarskaya 99 (an)
100S
100S
2
Tanya
100S
100S
3
G‘ozg‘on
10MR
20MR
4
Bunyodkor
10MR
10MR
5
Omad
20MR
20MS
6
Chillaki
100S
80S
7
Drujba
20MR
20MS
8
Iftixor
100S
60S
9
Yaksart
20MR
10MR
10
Hisorak
0
0
11
Do‘stlik
60MSS
40MR
12
Otan
R
R
13
Bobur
100S
60S
14
Shalola
10MR
20MS
15
Zimnitsa
10MR
20MR
16
Xazirati Bashir
10MR
20MR
17
Yonbosh
0
10MR
18
Semurug‘
R
20MR
19
Istiqlol 20
10MR
10MR
20
Apash
R
10MR
21
Zvezda
20MR
20MR
22
Asr
100S
60S
23
Matonat
80MR
40S
24
Pamyat
100S
50S
25
Yorqin
10MR
20MR
26
Bardosh
20MR
R
27
Grom
20MR
R
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 106 ~
Izoh: R-chidamli, MR-
o‘
rtacha chidamli, MS-
o‘
rtacha beriluvchan, S-
beriluvchan
Ushbu tadqiqotlarni o‘tkazishdan maqsad rayonlashgan hamda yaratilayotgan
yangi navlarning kasallanish darajasini o‘rganish asosida, ishlab chiqarishda
o‘tkazilayotgan zang kasalliklariga qarshi fungitsidlar bilan ishlashni boshqarish
imkonini yaratadi, ya
’ni o‘simlik pishishga yaqin qolganda kasallanish alomatlari
boshlansa, kasallanish muddati uzun bo‘lgan navlarda zang kasalliklarga qarshi ishlov
o‘tkazish talab etilmaydi va boshqa navlarda ham kasallanish muddatini aniqlagan
holda ishlov o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni belgilash mumkin.
Xulosa qilib aytganda,
ilmiy tadqiqotlar asosida seleksiya yo‘li bilan
kasalliklarga chidamli hamda qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha ya’ni kompleks
yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, nav namunalarning birlamchi manbalarini
yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish seleksiya uchun muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Shubhasizki chidamli nav namunalarni yaratish asosida, Respublikamiz
sug‘oriladigan maydonlarida ekilishi, qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida eng samarali yo‘l
hisoblanadi.
Yaksart, G‘ozg‘on, KR11
-Entry-6 (Bunyodkor), KR11-Entry-48(Hisorak),
KR14-9815 (Shukrona), KR_UZ14-5 (KESH-2016) Zabur-
1 (G‘allakor) Tok
-1
(Ravon)nav va namunalarining sariq zang kasaligiga chidamli bo‘lib donning
texnologik sifat ko‘rsatkichlari yuqorilig
i kuzatildi.
Sariq zang kasalligiga chidamli KR11-Entry-6 (Bunyodkor), KR11-Entry-
48(Hisorak), KR14-9815 (Shukrona), KR_UZ14-5 (KESH-2016), Zabur-
1 (G‘allakor)
Tok-1 (Ravon)namunalarini sariq zang kasalligiga chidamlilik hususiyatidan donor
sifatida foydalanish uchun seleksiyaning keyngi bosqichlari uchun tavsiyalar berildi.
Foydalangan adabiyotlar ro
‘
yxati:
1.Аманов А.А., Киряш В.А., Питоня А.А., Арипова Ф., Иммунологическая
оценка устойчивости селекционного. материала зерновых и зернобобовых
кулътур к грибным заболеваниям. Селекция зерновых и зернобобовых.
кормовых кулътур. Ташкент 1987. стр.8
-10.
2.Аманов А., Хюфлер Ф., Гафурова Л., Нурбеков А. Состояния и
перспективы производства пшеницы в Узбекистане. Вес. Алматы.2004. №2.
стр.56.
3.Аманов А.А., М.Н.Клинцевич «Изменчивостъ и корреляция элементов
структуру растений физиологических признаков пшеницы. учитываемых при
селекции на солеустойчивостъ и продуктивностъ». Вестник регионалъной сети
по улучшению озимой пшеницы в централъной Азии
и Закавказъе. №2. Алмата
2001. стр.6
-8.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 107 ~
4.Аманов А., Нурбеков А.И., Халикулов З., Клинцевич М.И.
Засухоустойчивости коллекционных образцов пшеницы Узбекистане. Вестник
№1. Регионалъной сети по внедрению сортов пшеницы и семеноводству.
Алматы 2002. стр 12
-14.
5.А
manov
А.А.,
Siddiqov R.E. Bug
‘
doyning sariq, qOngir va qorakuya
kasalliklari hamda ularga qarshi kurash omillari. Paxtachilik va donchilik. Toshkent. J.
2000. №2. 33
-34 betlar.
6.Аманов М.А. Водный режим и засухоустойчивостъ пшеницы и ячменя в
онтогенезе в условиях равнинно
-
холмистой зоны богары Узбекистана.
Автореф.Канд дисс. Киев 1966. 24 стр.
