Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 165 ~
KOMIL DEVONIY SHOIR VA XATTOT
Meyliyeva Farangiz Uktam qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti magistranti
Abstrakt:
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Muhammad
Rahimxon II Feruz davrida Xivadagi adabiy-
ma’naviy muhitda yashab ijod qilgan
mashhur shoir va xattot Komil Devoniy bo‘lib, u o‘zining ko‘p qirrali ijodi, xususan,
lirik she’rlari, xattotlik faoliyati va manbashunoslik jihatdan muhim bo‘lgan
qo‘lyozmalari bilan ajralib turadi.
Ushbu maqolada Komil Devoniyning hayoti, ijodi va xattotlik faoliyati asosiy
ilmiy manbalar va qo‘lyozmalarga tayanilgan holda tadqiq qilinadi. Komil Devoniy
hayoti, adabiy merosi hamda xattotlik faoliyati o‘rganiladi. Komil Devoniy ko‘p qirrali
ijodkor bo
‘lib, Feruz saroyi atrofidagi adabiy doiralarda shoir, kotib, naqqosh va
musiqashunos sifatida faoliyat yuritgan. Uning merosi bir nechta devon va bayoz
qo‘lyozmalarida
saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmalar, ayniqsa, o‘z qo‘li bilan
ko‘chirilganlari matnshunoslik v
a manbashunoslik tadqiqotlari uchun muhim
manbadir. Maqola tazkiralar, qo‘lyozma asarlar va zamonaviy tadqiqotlar asosida
tayyorlangan bo‘lib, Komil Devoniyning an’anaviylik bilan bir qatorda
ma’rifatparvarlik qarashlari ham yoritiladi. Uning she’riyati, axloqiy g‘oyalari va
ma’rifiy mazmuni Xorazm jadid adabiyoti vakillari qatorida munosib o‘rin egallashiga
sabab bo‘lgan.
Kalit so‘zlar:
Komil Devoniy, Xorazm adabiy muhiti, xattotlik, qo‘lyozma,
devon, bayoz, tazkira, g‘azal, muxammas, adabiy meros, manbashunoslik.
Kirish
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Xorazm adabiy-madaniy hayoti
sezilarli yuksalishga erishdi. Shu davrda yetishib chiqqan salmoqli ijodkorlardan biri
–
Komil Devoniy bo‘lib, u o‘zining ko‘p qirrali ijodi, xususan, lirik she’rlari, xattotlik
f
aoliyati va manbashunoslik jihatdan muhim bo‘lgan qo‘lyozmalari bilan ajralib turadi.
Komil Devoniy hayoti va ijodini o‘rganish o‘z davridan boshlangan. Bu davrda
Ahmad Tabibiyning “Majmuat ush
-
shuaroyi payravi Feruzshohiy” [№
1152, 1908,
470a], Bobojon Tarroh Xodimning “Xorazm shoirlari va navozandalari”
[Otamurodova A, Abdurahimov O, 2011, 129-136] hamda Hasanmurod Laffasiyning
“Tazkirai shuaro” [P. Bobojonov, 1992, 83] tazkiralari yozilgan. Ushbu tazkiralarda
shoir hayoti va
ijodiga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Komil Devoniy bu davrning ilmli, salohiyatli, bir necha hunarlarni egallagan
bilimdon vakili bo‘lgan. Komil Devoniy Xiva shahrining orqa tarafidagi Sangar degan
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 166 ~
qishloqda, Qosim devon qavmida Ismoil Muhrkan oilasida [Otamurodova A,
Abdurahimov O, 2011, 131] tug‘iladi.
Komil Devoniy juda samarali ijod qilgan, uning 3 ta devon qo‘lyozmasi yetib
kelgan bo‘lib, ular №901, 906, 1142
-
inventar raqamlar ostida O‘zR FAShIda asosiy
fondda saqlanmoqda.
O‘zbek adabiyoti xrestomatiyasi [F. Musamuhammedova, 1968, 191
-228] 1968-
yilgi nashrida shoirning shu kunga qadar uch devon qo‘lyozmasi yetib kelganligi
haqida ma’lumot beriladi. Bunda Devoniyning o‘zi ko‘chirgan qo‘lyozma devoni
borligi aytiladi.
Bu hozirda O‘zR FAShIda №1142 raqam
i ostida saqlanayotgani qayd
qilinadi. Bundan bilishimiz mumkinki, shoirning xattotlik mahorati ham ancha yuqori
bo‘lgan.
1971-
yil Yusuf Ro‘zimatov Komil Devoniyning “She’rlar” to‘plamini e‘lon
qilgan.
2022-
yilda Anvar Matniyazovning Komil Devoniy she’rlaridan tarkib topgan
“Tanlangan asarlar”i nashr qilingan. Bu nashrda Komil Devoniyning o‘g‘li Hamza
nomidan
yozib olingan ma’lumot bor.
Shoir nafaqat ijodiy salohiyati, balki qo‘lyozma madaniyatiga bo‘lgan yuksak
hurmati, ilm-
fanga sadoqat bilan xizmat qilganligi bilan ham e’tiborga loyiqdir.
Asosiy qism
Devoniy shoirlik bobida yuksak mavqe’ga ega bo‘lgan. Shoir she’rlarida o‘ynoqi
ohang, chuqur ma’nodorlik, xalqparvarlik sezilib turadi. Bobojon Tarroh “Xorazm
shoir va navozandalari” tazkirasida [Davlatyor Rahim, 1994, 69]
shoirni besh turli
ilmga ega ekanini qayd qiladi. Shoir ijodiga yuksak baho berib, uni ikkinchi Navoiy
deya ta’riflaydi: “…yaxshi shoir edi. Ikkinchi Navoiy deyish mumkin edi”. Albatta, bu
davrda har kimga ham bunday ta’rif berilavermagan.
Devoniy o‘n sakkiz yoshlaridan shoirlik bilan shug‘ullana boshlagan. Komil
o‘ziga Devoniy taxallusini qo‘yadi va bu nom Xonga ma’qul keladi.
Tabibiy “Majmuat ush
-
shuaroi payravi Feruzshohiy” va “Majmuai muxammasoti
ash-
shuaroi payravi Feruzshohiy” tazkiralarining tarkibiga Devoniyning g‘azal va
muxammaslari kiritilganligining o‘ziyoq Devoniy yosh bo‘lishiga qaramay o‘z davrida
munosib mavqe’ga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Tabibiy o‘z tazkirasida Komil
Devoniy ijodiga hurmat bilan qaraydi:
Biri she’r xaylini Devoniydurur,
Zamiri durri ma’ni konidurur.
Oning aytg‘on nazmidur bu g‘azal,
Ki, bordur bu olam aro bebadal [Matkarimova S, 2007, 109].
Tabibiyning “Majmuat ush
-
shuaro” nomli tazkirasida 33 nafar shoir hayoti va
ijodi haqida ma’lumot bor. Tabibiyning bu tazkirasi №1152
-inventar raqam ostida
O‘zR FAShI asosiy fondida saqlanadi. №1152 raqamli qo‘lyozmaning ilmiy
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 167 ~
monografik tavsifi Sohiba Madrimovaning “Mutrib Xonaxarob va uning adabiy
merosi” nomli dissertatsiyasida quyidagicha beriladi: “Majmuat ush
-shuarou payravi
Feruzshohi” “Basmala” dan boshlanib, keyin debocha keladi. Majmuada Feruz,
Sultoniy, Sodiq, Sa‘diy,
G‘oziy, Asad, Bayoniy, Oqil, Mirzo, Shinosiy, G‘ulomiy,
Nazir, Purkomil, Kamoliy, Inoyat, Umidiy, Doiy, Ojiz, Haqiriy, Hokiy, Niyoziy,
Habibiy, Chokar, Yusuf, Tabibiy, Xayoliy, Rog‘ib,
Devoniy
, Mutrib Xonaxarob,
Avaz, Nadimiy, Xodim, Muznib kabi 33 nafar
shoirning 3099 ta g‘azallari
ko‘chirilgan. Har bir shoir she'rlaridan oldin uning fazilatlarini yorituvchi masnaviy
keltiriladi” [Matkarimova S, 2021, 26]. Bundan ko‘rinadiki, Devoniy she’rlari 28
-
raqamda keltirilgan va taxallusi
“Devoniy”
deb qayd qilingan.
Ushbu qo‘lyozma tazkiraga Komil Devoniyning Feruz g‘azallari yozilgan bir
yuz
bitta tatabbu’lari
bor. Bunda keltirilgan g‘azallardan
to‘qson uchtasi
2006-yil Komil
Avaz [Komil Avaz, 2006, 135] tomonidan tayyorlangan
“Komil Devoniy”
kitobida
nashr qilinadi. 2022-
yilga kelib Anvar Matniyazov esa ushbu majmuadagi g‘azallardan
to‘qson sakkiztasini
chop ettiradi. Bular “Zihi sun’ing qilib olamda yuz nash’
-u namo
paydo…” (7 bayt), “Mushkilim jurm ichra ko‘pdur yo rab, oson et mango…” (7 bayt),
“Ey hush erur tufaylidin arz
-u samo bino
…” (7 bayt),
Anvar Matniyazovning ushbu nashrida shoirning muxammas va musadaslari ham
nashr qilingan. Bular O‘zR FAShI asosiy fondida saqlanayotgan 1134 raqamli
qo‘lyozmadagi Ogahiy, Feruz g‘azallariga yozilgan taxmislar hamda shoir o‘z
g‘azallariga yozgan tabihud muxammas va musadda
slardir.
Zebo Saidjonova “Sharq yulduzi” 2016
-yil, 4-
sonida “Jadidchilik va Xorazm
adabiy muhiti” nomli maqola e’lon qiladi. Ushbu maqolada Avaz O‘tar, So‘fi,
Otaniyoz Niyoziy kabi shoirlar qatori Devoniyni ham jadid, ma‘rifatparvar sifatida
e’tirof etadi. Shu bilan birga, Chokar, Devoniy va Mug‘anniy ijodida ma’rifiy
-
ta’limiy
qarashlar yetakchiligi, umumiy mazmunda millat komilligi, ilm-
u irfon g‘oyasi
mujassamlashganini qayd etadi.
Gulsara Ismoilova [Ismoilova G, 1995, 100]
“Feruz davri Xorazm adabiy muhiti”
nomli dissertatsiyasida Feruz, Rog‘ib, Niyoziy, Devoniy, So‘fi ijodi zamon
voqeliklarini xalq manfaatlari nuqtayi nazaridan xolis aks ettirib berganligini aytib
o‘tadi
.
Devoniyni ma’rifatparvar shoir sifatida ham ko’rishimiz mumkin. Bunga misol
qilib uning “Afsus” radifli g‘azalini keltirib o‘tamiz:
Ajab davriki, johillar bo‘libdur hukmron, afsus,
Xaloyiq tortadurlar qamchidin ohu fig‘on, afsus.
Olurlar elni molu jonini zulmu siyosatdin,
Iloji yig‘lamoqdin o‘zga yo‘q har notavon, afsus.
Tabibiy “Majmuai muxammasoti ash
-
shuaroi payravi Feruzshohiy” tazkirasida
bir qancha shoirlarni sifatlab, Devoniyga “Jadidi suxandon” deya ta’rif beradi [№
1134,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 168 ~
53a]. Bu haqida Salomat Matkarimovaning “Tabibiy –
tazkiranavis” nomli
dissertatsiyasida quyidagilarni qayd qilgan: “Tabibiy shoirlarning tatabbu’navislik
mahoratini, o‘ziga xos jihatlarini ko‘pincha maqtovlar bilan tilga oladi…Yosh shoirlar
xususida gap k
etganda, ustoz sifatida to‘g‘ri, xolis fikrlar bildiradi. Chunonchi,
Devoniyning payrav yozish qonun-
qoidalariga to‘la amal qilishi, oldingi shoir uslubini
ham birdek saqlashi haqida gapiradi” [Matkarimova S, 2007, 102]. Tabibiy
majmuasida shoirga quyidagi
cha ta’rif beradi:
Chu Devoniy ham shoiredur jadid [
№
1134, 87b],
Hamisha shah ehsonidin mustafid.
Demishdur bu ash’ori marg‘ubni,
Tutub yak itoatda uslubni.
1968-
yilda “O‘zbek adabiyoti” xrestomatiyasi V tom 2
-kitobida Komil Devoniy,
Hakima, Mutriba, Siddiqiy, Chokar, Mutrib, Xonaxarob, Faqiriylarning hayoti va ijodi
haqida ma’lumot beriladi va bu shoirlar ijodidan namunalar keltiriladi. Ushbu kitobda
Devoniyn
ing 23 ta g‘azali, muxammas va musaddasi, Navoiyning 2 ta g‘azaliga
muxammasi, Ogahiy g‘azaliga muxammasi o‘rin olgan
[F. Musamuhammedova, 1968,
191-228].
Komil Devoniy ijodining o‘rganilishida Yusuf Ro‘zimatov ham o‘z izlanishlarini
olib borgan. U “Xorazm haqiqati” gazetasining 1965
-yil 4-
dekabr sonida “Komil
Devoniy”, 1967
-yil 30-
sentabr sonida esa “Baxt kuychisi” nomli maqolalarni nashr
qildiradi. Y.Ro‘zi
matov bu boradagi ishlarini davom ettirib, 1969-
yili “Sharq yulduzi”
jurnalida ham “Komil Devoniy” maqolasini chop qildiradi. Va nihoyat, 1971
-yili u
shoir she’rlaridan tarkib topgan “Komil Devoniy” nomli kitobchasini nashrdan
chiqaradi. Yusuf Ro‘zimatovni
ng ushbu kitobida shoirning ijtimoiy hayotdagi
faoliyati, ijodi, shoirlar bilan aloqasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bunda shoirning
50 ta g’azali, muxammasi, Navoiy g‘azaliga 3 ta taxmisi, Munis va Ogahiylarning 2
tadan g‘azallariga taxmislar o‘rin olgan [Ro‘zimatov Y, 1971, 78].
2006-
yili Urganch davlat universiteti talabasi Sayyora Matkurbanova “Tarixiy
davr va ijod tadriji” mavzusida Komil Devoniy ijodi bo‘yicha magistrlik
disserttatsiyasini himoya qilgan.
Bu ishlar shoir ijodining boyligini ko‘rsatish bilan birga, u yashagan davr adabiy
-
estetik mezonlarini ham ochib beradi.
Xorazmda mohir xattot va kotiblar juda ko‘p bo‘lgan. Masalan, Abduzohir kotib,
Munis Xorazmiy, Xudoybergan Muhrkan Xivaqiy, Komil Xorazmiy, Eshjon Xivaqiy,
Xolmurod Gurloniy, Rahmonqul Xo‘ja, Bobojon Tarroh –
Xodim va shular qatorida
Muhammad Komil Devoniy
ham bo‘lgan. Muhammad Rahimxon I va Muhammad
Rahimxon II Feruz davrida ko‘plab kotiblar yetishib chiqdi va qo‘lyozma manbalarni
ko‘chirish ishlari jadal rivojlandi. Muhammad Rahimxon II Feruz, ayniqsa, bu ishlarga
o‘zi bosh
-
qosh bo‘lgan. Uning farmoni bilan ko‘plab nusxada kitoblar ko‘chirilgan.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 169 ~
Komil Devoniyda kotibga xos xususiyatlarning barchasi mujassam bo‘lgan.
Kotiblik yozuvning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keldi, ayniqsa, arab yozuvining
keng tarqalishi tufayli kotiblikning rivojlanishi jadallashdi. O‘rta Osiyoda arab
yozuvlari tarqalgu
niga qadar turli yozuv usullari bo‘lgan masalan sug‘diy, urxun
-
enasoy, qadimgi turkiy xoqon yozuvlari va boshqalar. XV asrdan kitob ko‘chirishda
nasta’liq xati paydo bo‘
lgan.
Komil Devoniy ko‘chirgan manbalarida she’rlar xatosiz ko‘chirilganligi, arab
tilidagi harflarni tiniq, o‘quvchiga tushunadigan holda husnixati ravon, misralarida
kamchiligi yo‘qligi ko‘zga tashlanadi. Biz Komil Devoniy o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan
manbalarni quyidagicha tasnifladik:
1. Bayozlar.
2. Devonlar.
1.
O‘zR FAShI asosiy fondda saqlanayotgan
6951-inventar raqamli bayoz
da
jami: 21 ta shoir she
’
rlari bor.
Komil Devoniyning 21 ta g‘azali kiritilgan
. Bu
she’rlarning barchasi shoir dastxati ekanligini ta’kidlash kerak.
Hozirgacha ushbu
bayoz juda yaxshi saqlangan.
2024
-
inventar raqamli
O‘zR FAShI asosiy fondda saqlanayotgan
bayoz
da 20 ta
shoir g‘azallari bor.
Bayozda Komil Devoniyning jami 23 ta g‘azali bor. Bu
she’rlarning barchasi shoir, ya’ni Komil Devoniy
ning dastxati.
2. Komil Devoniy
o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan devon qo‘lyozma
larini ham
ikki
guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:
a) o‘
zining devoni;
b) boshqa shoirning devoni.
a) 1142-
inventar raqamli “Devoni
Devoniy
” –
O‘zR FAShI asosiy fondda
saqlanayotgan ushbu qo‘lyozmada
Komil Devoniy
she’rlari jamlangan. Qo‘lyozma
uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Xodim, ikkinchi qismida Devoniy,
uchinchi qismida Habib she’rlari ko‘chirilgan.
Devonda shoirning 558 ta g‘azali, 23 ta muxammas, 5 ta musaddas
, 2 ta ruboiy, 2
ta qasida, 1 ta munojot, 1 ta mustazodi ko‘chirilgan. Jami: 592 ta she’r kiritilgan.
Demak bu she’rlarning barchasi Komil Devoniyning o‘z qo‘li bilan ko‘chirilgan
adabiy merosidir. Matnshunoslik ilmida bu
“Dastxat nusxa”
deb ataladi.
b)
Komil Devoniy o‘zi yashagan davrda ijod etgan G‘ulomiyning devonini
ko‘chirgan. Bu qo‘lyozma ham O‘zR FAShI
asosiy fondida 6701-inventar raqami
ostida saqlanadi.
Xulosa
Komil Devoniy Feruz davrining yetuk vakillaridan biri bo‘lib, uning adabiy
merosi, xattotlik san’ati va ma’rifatparvarlik qarashlari o‘zbek mumtoz adabiyotining
boy xazinasini tashkil etadi. Shoir nafaqat ijodiy salohiyati, balki qo‘lyozma
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 170 ~
madaniyatiga bo‘lgan yuksak hurmati, ilm
-fanga sadoqat bilan xizmat qilganligi bilan
ham e’tiborga loyiqdir.
Shoirning devoni va bir nechta bayozlarda saqlanib qolgan she’riy merosi uning
ijodiy faoliyatini har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. Ayniqsa, u tomonidan o‘z
qo‘li bilan ko‘chirilgan qo‘lyozmalar matnshunoslik nuqtayi nazaridan nihoyatda
qimmatlidir. Bu asarlarni ilmiy asosda tahlil qilish, nashrga tayyorlash va keng
jamoatchilikka taqdim etish
—
bugungi adabiyotshunoslik oldidagi muhim
vazifalardan biridir.
Komil Devoniyning hayoti va ijodi haqida olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, uning ijodi faqat tarixiy emas, balki zamonaviy badiiy
-estetik mezonlarga
ham javob beradi. Shoirning badiiy qarashlari, ijtimoiy fikrlari, ma’naviy
-
ma’rifiy
yo‘nalishdagi g‘azallari bugungi kun o‘quvchisini ham o‘ziga jalb etadi. Shu bois
Komil Devoniy ijodining keyingi bosqichda yanada chuqur va tizimli o‘rganilishi
dolzarb ilmiy masala bo‘lib qolmoqda.
Devoniy ijodi bo‘yicha tadqiqotlar mustaqillikdan oldin va undan keyin ham oz
bo‘lsa
-da amalga oshirilgan. Ammo hali Komil Devoniy ijodi matnshunoslik va
manbashunoslik aspektida to‘liq o‘rganilmagan va devonlaridagi, bayozlardagi
g‘azallari to‘liq nashr etilmagan. Bu esa shoir ijodi o‘rganilishi bo‘yicha hali ko‘p
ishlar amalga oshirilishi, shoirning devonlarini nashrga tayyorlab, uni keng
jamoatchilikka tatbiq qilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Adabiyotlar:
1.
Азизов Бобожон Тарроҳ –
Ходим. (1994) Хоразм навозандалари (Нашрга
тайёрловчи: Давлатёр Раҳим). –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат.
2. Бобожон Тарроҳ
-
Ходим. (2011) Хоразм шоир ва навозандалари (Нашрга
тайёрловчилар: Анбара Отамуродова ва Олланазар Абдураҳимов). –
Тошкент:
Tafakkur qanoti.
3. Валихўжаев Б. (1993) Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. –
Тошкент:
Ўзбекистон.
4. Комил Девоний. (2006) (Нашрга тайёрловчи: Комил Аваз). –
Тошкент:
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти.
5. Комил Девоний
.
Танланган асарлар. (2022) (Нашрга тайёрловчи: Анвар
Матниязов). –
Тошкент.
6. Комил Девоний. Шеърлар. (1971)
(Нашрга тайёрловчи: Юсуф Рўзиматов).
–
Тошкент.
7. Сирожжидинов Ш., Умарова С. (2015) Ўзбек матншунослиги қирралари.
–
Тошкент: Akademnashr.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 171 ~
8.
Раҳмонов В.
(1987.
10 декабр
)
Матн ва матншунослик. // Ўзбек адабиёти
санъати.
9.
Содиқов Қ.
(2017)
Матншунослик ва манбашунослик асослари. –
Тошкент.
10. Ўзбек адабиёти. Хрестоматия. V том, III китоб (1968) Тошкент:
Ғафур
Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти.
11. O‘zR FA ShIning asosiy fondida saqlanayotgan qo‘lyozmalar: №901, №906,
№1142, №1152, №6701, №6951, №2024.
12. Gayipov, D. (2020). Images of lover, sweetheart and opponent in Agahi's
poetry. Journal of Critical Reviews, 7(4), 404-407.
13. Gʻayipov, D. Q. (2023). NAVOIY GʻAZALLARIGA XORAZMLIK
SHOIRLARNING
MUXAMMASLARI
XUSUSIDA
BA’ZI
MULOHAZALAR. Academic research in educational sciences, 4(Conference
Proceedings 1), 122-128.
14.
Мадиримова, С. (2023). O ‘zbek adabiyoti tarixini o ‘qitishning manbaviy
asoslari (mutrib ijodi).
Каталог учебников
, 1(1), 3-136.
15. Madirimova, S. (2021). “Majmuayi muxammasoti ash
-
shuaroyi Feruzshohiy”
to‘plamida Mutrib she’rlari.
Oltin bitiglar
–
Golden Scripts, 1(1).
16.
Мадиримова
,
С
. (2020). Gazelles of Mutlib Khonakharob copied into Bayaz
manuscript. in Library, 20(2), 1-4.
17. Makhmudovna, M. S., & Eisar, J. (2024). OBSERVATIONS ON THE LIFE
AND CREATIVITY OF MURODIY. American Journal of Philological
Sciences, 4(04), 122-128.
18.
Мадиримова
,
С
. (2020).
Газели
Мутриба
Ханахараба
. in Library, 20(1),
175-189.
19.
Мадиримова
,
С. (2019). About mutrib Khonakharobiy’s new
Mukhammasi. in Library, 19(4), 72-75.
20.
Ҳабибуллаев
А.
(2009)
Нашрларда матн танқидини ўрганишга доир
. //
Шарқшунослик
.
21. Umarova, S. Z. (2024). Textual Study Of Diwans Of Khorezm Prince Poets
Of The 19th-20th Centuries. SPAST Reports, 1(1).
22.
Умарова
,
С
.
(2022).
Xorazm
adabiy
muhitida
devonchilik
an’anasi.
Узбекистан
:
язык
и
культура
, 1(2), 14-25.
23.
UMAROVA,
S.
(2025).
HIROT
ADABIY
MUHITIGA
MONAND….
Hamkor konferensiyalar, 1(11), 237-240.
