Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 172 ~
NIYOZIYNING BAYOZLARGA KO‘CHIRILGAN SHE’RLARI HAQIDA
BA’ZI MULOHAZALAR
Safarova Zaynab Otaxon qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti magistranti
Abstrakt:
XIX asr oxiri
–
XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida
shakllangan bayozchilik an’anasi o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarining qo‘lyozma
holida saqlanishi va avlodlarga yetib kelishida muhim vosita bo‘lgan. Ana shu
jarayonning faol ishtirokchilaridan biri sifatida tanilgan Otaniyoz Qora Oxun Niyoziy
o‘zining g‘azal, muxammas, musaddas, qasida va boshqa janrlardagi she’rlari bilan
mazkur madaniy-
ilmiy jarayonda munosib o‘rin egallaydi. Uning ijodiy merosi faqat
devon holida emas, balki ko‘plab bayoz qo‘lyozmalarida ham saqlanib qolgan.
Ushbu maqolada Niyoziy asarlari kiritilgan qo‘lyozma bayozlar manbashunoslik
va matnshunoslik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Qo‘lyozmalar tarkibi, hajmi,
yozuv xususiyatlari, kotiblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, muqova va tashqi
tuzilish elementlari tahlil qilinadi. Tadqiqot orqali shoirning adabiy merosini ilmiy
muomalaga kiritish va Xorazm adabiy muhiti doirasida tutgan o‘rnini aniqlashtirishga
xizmat qiluvchi asosiy manbalar aniqlanadi.
Kalit so‘zlar:
Otaniyoz Niyoziy, qo‘lyozma bayoz, g‘azal, muxammas, adabiy
meros, manbashunoslik, Xorazm adabiy muhiti.
Kirish
XIX asrning ikkinchi yarmi
–
XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida faoliyat
olib borgan ijodkorlar orasida Otaniyoz Qora Oxun Niyoziyning alohida o‘rni mavjud.
U 1844-
yilda Xorazm oblast Shovot rayon Bo‘yrachi qishlog‘ida dehqon oilasida
tug‘ilgan [O‘zbek adabiyoti xrestomatiyasi
, 1968, 55-91]. U
Niyoziy taxallusida ijod
qilib, xattot, shoir, tarjimon sifatida tanilgan. Mumtoz adabiyotda alohida o‘rni bor.
Niyoziyning hayoti va ijodi haqida tazkira hamda tarixiy-biografik manbalarda
muayyan ma’lumotlar mavjud.
Jumladan,
Laffasiyning “Tazkirai shuaro” [P.
Bobojonov, 1992, 83], Tabibiyning “Majmuat ush
-
shuaroyi payravi Feruzshohiy”
[
№1152, 1908], Xodimning “Xorazm navozandalari” [Otamurodova A, Abdurahimov
O, 2011, 117-
122] kabi asarlarda Niyoziy faoliyatiga doir muhim ma’lumotlar qayd
etilgan. Uning adabiy merosi “Devoni Niyoziy” nomi ostida qo‘lyozma holida
shakllantirilgan bo‘lib, h
ozirda
O‘zR FA ShI qo‘lyoz
malar fondida
№902
/I, 6677,
7086, 7093
–
raqamlar bilan saqlanmoqda. Xususan,
№
7086 manbada devon kotibi
haqida “
Kotib mulla Bobon (Bobojon) Tarroh ibn Abdulaziz maxsum marhumi al
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 173 ~
mutaxallasi bol-Xodim. 1325
” –
degan qayd bor. Devon nusxalari matnlari “nastaliq”
xatida ko‘chirilgan.
Shu kunga qadar shoir ijodiga doir birgina ish amalga oshirilgan. Bu ham bo‘lsa,
2010-
yilda D.G‘ayipovning “Otaniyoz Niyoziy” monografiyasi chop etilgan. Bunda
shoir hayoti va ijodi, she’rlari badiiyati o‘rganilgan.
Hozirgi kunda Niyoziyning adabiy merosi manbalarini matnshunoslik va
manbashunoslik aspektida ham o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
2016-
yilda “Devoni Niyoziy” she’rlar to‘plami nashrdan chiqqan. Bu nashr “A
-
1-117 Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi fondida saqlanayotgan filologiyaga oid
qo‘lyozmalarni ilmiy tavsiflash” granti asosida tayyorlangan.
Niyoziy ijodida o‘zidan oldingi salaflariga ergashish mavjud. U Alisher Navoiy,
Munis, Ogahiy, Feruz, Tabibiy kabi salaf shoirlarning g‘azallariga muxammaslar
bog‘lagan.
Shuningdek, u Ravnaq, Navras, Nadimiy, Feruz, Amir, Tabibiy, Xolis,
Naziriy, Sultoniy
g‘azallariga
muxammaslar yozgan. Bu esa shoir
ijodida an’anaviylik
ko‘zga tashlananishini ko‘rsatadi. Shoir tomonidan yaratilgan g‘azal, muxammas,
musaddas, masnaviy, qasida, ta’rix kabi janrlardagi asarlar mazmunan boy, badiiy
jihatdan mukammal hisoblanadi.
Niyoziyning she’riy merosi nafaqat devon ko‘rinishida, balki ko‘plab bayoz
-
to‘plamlarda ham saqlanib qolgan. Ayniqsa, 1127, 1128, 1129, 1131, 1133, 1136,
1143, 1157, 1177, 1182, 1190, 1191, 1196, 1199 raqamli bayozlarda shoir ijodiga
mansub g‘azal va muxam
maslar uchrashi uning adabiy muhitdagi faol ishtirokini
tasdiqlaydi.
Ushbu maqolada Niyoziyning bayozlardagi she’riy merosi tahlil qilinadi hamda
uning mumtoz adabiyotdagi o‘rni, badiiy
-uslubiy xususiyatlari, salaflar bilan
bog‘liqligi ilmiy asosda yoritiladi.
Asosiy qism
Niyoziyning bayozga ko‘chirilgan she’rlarini quyidagi ikki guruhga bo‘lib
o‘rganish mumkin:
1.
Bayozga ko‘chirilgan g‘azallar.
2.
Bayozdagi muxammasotlar.
Dastlab shoirning 1182, 1190 inventar qo‘lyozma bayozdagi g‘azallari, undan
keyin 1127, 1133 inventar raqamli bayozlardagi muxammasotlari haqida ma’lumotlar
berib o‘tildi:
1.
№
1182
raqamli bayozi ash’or.
O‘zR FA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti, asosiy fondda saqlanayotgan ushbu bayoz “Basmala”dan
boshlanib, Devoniy, Tabibiy, Oqil, Inoyat, Avaz, Purkomil, Shinosiy, G‘ulomiy,
Mutrib Xonaxarob, Rog‘ib, Mirzo,
Niyoziy
, Xayoliy, Amiriy, Asad, Yusuf, Chokar,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 174 ~
Nadimiy, Sodiq, G‘oziy, Kamoliy, Ojiz, Xodim kabi 23 ta shoirlarning she’rlari
ko‘chirilgan.
Bayozda Niyoziyning “Kulbamni ravshan qildi ul ruxsori mohtobi bila...” (7 bayt)
[№1182, 1907, 32
a/b
], “Ey dil, tilarsen bo‘lmoqing domi taalluqdin xalos...” (7 bayt)
[№1182,
149a/b
], “Subhi azalda orazing xurshidi raxshondin g‘araz...” (7 bayt)
[№1182, 2
00b/201a
] deb boshlanuvchi 3 ta turkiy g‘azallari kiritilgan.
Bu qo‘lyozma bayoz hijriy 1325/1907
-yilda Sayyid Muhammad Rahim
Bahodurxon soniy farmoniga binoan Muhammad Sharif devon Allohbergan devon
marhumiy tomonidan ko‘chirilgan. Qo‘lyozma bayozning xotimasida quyidagilar
keltirilgan: “Zilli as
-subhona xoliyfata ar-
rahmon a’ni Sayyid Muhammad Rahim
Bahodurxon soniy domi davlata va shavkataning farmoni oliylari bila ushbu bayozni
faqir ul-haqir Muhammad Sharif devon ibn Allohbergan devon marhumiy muvofiq
qo‘y yili 1325, mohi sharif ramazonning to‘rtlanjisi, juma kuni itmomg‘a yetkurdi”.
Bayoz qattiq to‘q yashil karton, o‘yma naqshli muqova bilan muqovalangan
bo‘lib, tarkibiga kirgan she’rlar sariq rangli Samarqand qog‘oziga, qora va qizil
siyohlarda chiroyli nasta’liq xatida, ikki qator qiya holatda, ikki
ustun shaklda, har bir
betda 12 satrda she’rlar yozilgan. Bayoz qo‘lyozmasini ko‘chiruvchi kotib tomonidan
barcha shoirlarning she’rlari raqamlar asosida tartiblangan hamda qizil rangli siyoh
bilan ramkaga olingan bo‘lib, oq yaltiroq rangli jadval ichiga she’rlar ko‘chirilgan.
O‘lchovi
17,5x12. Bayoz 476-betdan iborat, boshida va oxirida 3 ta varaq qoldirilgan.
Ushbu bayoz ham juda yaxshi saqlangan.
№
1190
raqamli bayozi ash’or.
O‘zR FA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti, asosiy fondda saqlanayotgan ushbu bayoz “Basmala”dan
boshlanib, Sodiq, G‘oziy, Asad, Oqil, Mirzo, Nozir, Shinosiy, G‘ulomiy, Purkomil,
Kamoliy, Umidiy, Inoyat, Ojiz, Xokiy,
Niyoziy
, Habib, Yusuf, Rog‘ib, Devoniy,
Mutrib Xonaxarob, Nadimiy, Xodim, Chokar, Muznib, Bayoniy, Mirzo, Doiy,
Tabibiy, Avaz kabi 29 ta shoirlarning she’rlariga tartib berilgan.
Bayozda Niyoziyning “Gar kelsang inak xonamiz, bosh ustina, bosh ustina...” (7
bayt)
[№11
90, 19a/b
], “Kulbamg‘a kelsa gulbadan bosh ustina, bosh ustina...” (7 bayt)
[№11
90, 19b/20a
], “Qo‘ysang makonimg‘a qadam ko‘z ustina, ko‘z ustina...”
(7 bayt)
[№11
90, 46a/b
], “Ey, gardi poying surmason ko‘z ustina, ko‘z ustina...” (7 bayt)
[№11
90, 46b/47a
], “Ey, ishqinga payvastalig‘ jon ustina, jon ustina...” (7 bayt)
[№11
90, 76a/b
], “Hajring g‘ami, ey nozanin, jon ustina, jon ustina...” (7 bayt)
[№11
90,
76b/77a
], “La’li labini qo‘zg‘otib jon bergusi, jon bergusi...” (7 bayt) [№1190,
103b/104a
], “Kulbamga kelgach siymbar jon bergusi, jon bergusi ...” (7 bayt)
[№11
90,
104a/b
], “Ey, dardi ishqing shiddati jon olg‘usi, jon olg‘usi...” (7 bayt) [№1190,
126b/127a], “Ey madxaling kulba aro tirguzgusi, tirguzgusi...” (7 bayt) [№1190,
155a/b], “Nutqing berib o‘lganga jon tirguzgusi, tirguzgusi...” (7 bayt) [№11
90,
156a/b]
deb boshlanuvchi 11 ta turkiy g‘azal kiritilgan.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 175 ~
Bu qo‘lyozma bayoz hijriy 1326/1908
-
yilda Abulg‘ozi Sayyid Muhammad
Rahim Bahodurxon soniy farmoniga binoan Muhammad Ya’qub tomonidan
ko‘chirilgan. Qo‘lyozma bayozning kolofonida quyidagilar keltirilgan: “Xolifata ar
-
rahmoni zilli as-subhon Abul Muzaffar v
al Mansur Abulg‘ozi Sayyid Muhammad
Rahim Bahodurxon soniy xalladallohu taoli mulkaha va davlatahaning farmoni oliylari
bila bu bayozni faqir ul-
haqir Muhammad Ya’qub devon mulaqqabi bi Xarrot bir ming
uch yuz yigirma oltilanji yil, muvofiq bijan (maymun) yili mohi rabi-
ul avvalni o‘n
uchlanjisi, seshanba kuni yozib itmomg‘a yetkurdi”.
Bayoz qattiq to‘q yashil kartonli o‘yma naqshli muqova bilan muqovalangan.
Bayozning birinchi sahifasida sariq rangli naqshinkor unvon berilgan bo‘lib, qizil,
yashil hamda ko‘k rangli gullar bilan bezatilgan. Qo‘lyozma tarkibiga kirgan she’rlar
qalin sariq
rangli fabrika qog‘oziga, qora va qizil siyohlarda, chiroyli nasta’liq xatida
yozilgan, she’rlar qizil, ko‘k rangli siyohlarda ramkaga olingan. Ramka ichidan tilla
rangli yaltiroq rangda jadval tushirilgan bo‘lib, jadval ichiga she’rlar ikki qator qiya
ho
latda ko‘chirilgan. Har bir betda 12 satrda she’rlar yozilgan. Bayoz qo‘lyozmasini
ko‘chiruvchi kotib tomonidan barcha shoirlarning she’rlari raqamlar asosida
tartiblanib, “G‘azali Niyoziy” kabi sarlavhalar bilan berilgan. O‘lchovi
20,5x13,5.
Bayoz 356-
betdan iborat, boshida va oxirida bo‘sh 3 varaq qoldirilgan. Ushbu bayoz
yaxshi saqlangan.
2.
Shoirning bayozdagi muxammaslari
№1127 raqamli bayozi muxammasot.
O‘zR FA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti, asosiy fondda saqlanayotgan ushbu bayozda Sultoniy, Feruz
shohi, Sodiq, Sa’diy, G‘oziy, Asad, Bayoniy, Oqil, Nozir, Shinosiy, G‘ulomiy,
Purkomil, Kamoliy, Amiriy, Inoyat, Ojiz,
Niyoziy
, Habib, Xokiy, Yusuf, Rog‘ib,
Devoniy, Mutrib Xonaxarob, Avaz, Nadim, Xodim, Chokar, Muznib, Soqiy, Umid,
Mirzo, Niyoziy, Tabibiy, Avaz, Haqiriy kabi 35 ta shoirning muxammaslari kiritilgan.
Ushbu bayoz Abulg‘ozi Sayyid Muhammad Rahim Bahodurxon soniy farmoniga
binoan hijriy 1326/1908-
yili Muhammad Ya’qub tomonidan ko‘chirilgan. Asarning
kolofoni quyidagicha yakunlanadi: “Alhamdulillahi val minna oliy hazrat rafi’
manzilat sulton az-zamoni boisi alaman val-
amon a’ni Abul Muzaffar val
-Mansuri
Abulg‘ozi Sayyid Muhammad Rahim Bahodurxon soniy xalladallohu taoliy mulkahu
va davlatahu zayyada umruhu ul oliy hazratning farmoni vojiblari bo‘lib, bu bayozi
muxammasotni faqir ul-
haqir Muhammad Ya’qub de
von mulaqqabi bi Xarrot. Sana
1326 lanji yil muvofiq bijan yili mohi safaroni 22lanji Chahorshanba kuni yozib
itmomg‘a yetkurdi”.
Qo‘lyozma bayoz och yashil qattiq kartonli o‘yma naqshli muqova bilan
muqovalangan. Manba tarkibiga kirgan she’rlar sarg‘ish yupqa Samarqand qog‘oziga,
qora va qizil siyohlarda chiroyli nasta’liq xatida ko‘chirilgan. Har bir sahifadagi
she’rlar sarg‘ish yaltiroq ranglar bilan jadvalga olingan bo‘lib, qizil va tilla yaltiroq
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 176 ~
ranglar bilan bezatilgan. jadval ichidagi she’rlar qiya, uch ustun shaklda, har bir
sahifada 20 satrda muxammaslar yozilgan. O‘lchovi
26,5x15,5. Bayoz 308-betdan
iborat, boshida va oxirida bo‘sh 3 (farzas) varaq qoldirilgan.
Ushbu bayozga Niyoziy Feruzning 7 baytli “Dedim: ko‘zumni ravshan et, mehru
jamoling ko‘rsatib...” g‘azaliga 7 bandli “Kulbamg‘a keldi ul pari gardun navardin
o‘ynatib...” [№1127, 18b/19a] misralari bilan boshlanuvchi muxammas bog‘lagan,
Feruzning 11 baytli “Mango rahm aylab ul shirin zabon ohista
-
ohista...” g‘azaliga 11
bandli
“Yutar edim firoqi ichra qon ohista
-ohista
…” [№1127, 49b/50a/b], Ogahiyning
13 baytli “Vah, ne balodur bilmadim, ey dilrabo, qoshu ko‘zing...” g‘azaliga 13 bandli
“Aylab ko‘zum o‘trusida bir jilva to qoshu ko‘zing
…” [№1127, 81a/b/82a], Feruzning
9 baytli “Yoqutdurmu bilmadim yo la’l, ey jonon, labing...” g‘azaliga 9 bandli
“Yetkurdimukim, nogahon sangi yadog‘a qon labing...” [№1127, 106a/b/107a],
Ogahiyning 9 baytli “Jonbaxsh la’ling uzra to xat qildi paydo orazing
...
” g‘azaliga 9
bandli
“Subhi azalda qilg‘oli jonlarni shaydo orazing...” [№1127, 130a/b/131a]
deb
boshlanuvchi taxmis muxammaslari joy olgan.
№
1133 raqamli bayozi musaddasot.
O‘zR FA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti, asosiy fondda saqlanayotgan ushbu bayoz “Basmala”dan
boshlanib, Navoiy, Munis, Feruz, Ogahiy, Rojiy, Komil, Bayoniy, Tabibiy, Fuzuliy,
Amir, Nishotiy, Nozik, Qurbon, Nozir, Sultoniy, Sodiq, Sa’diy, Oqil
, Mirzo, Shinosiy,
Purkomil, Kamoliy, Inoyat, Doiy, Ojiz, Haqiriy, Habib, G‘ulomiy, Xokiy, Yusuf,
Chokar, Rog‘ib, Devoniy, Mutrib Xonaxarob, Avaz, Nadimiy, Xodim, Muznib,
Niyoziy
, G‘oziy, Asad kabi 40 ta shoirlarning musaddaslari ko‘chirilgan.
Bayozda Niyoziyning “Sabt etar chog‘da vujudim raqamin kilki azal...” [№1133,
109b/110a],
“Hodisoti dahrdin xotir parishon bo‘lmisham...” [№1133, 110a/b/111b],
“Azal kilki misoling, ey go‘zal, hargiz raqam qilmas...” [№1133, 1
20a/
b], “
Vujud
ahlig‘a bo‘lmadi ehtimol...” [№1133, 1
47a/b]
deb boshlanuvchi 7 bandli to‘rtta turkiy
musaddasi joy olgan.
Bu qo‘lyozma bayoz hijriy 1327/1909
-yilda Sayyid Muhammad Rahim
Bahodurxon farmoniga binoan Muhammad Sharif devon Allohbergan devon
marhumiy tomonidan ko‘chirilgan. Qo‘lyozma bayozning kolofonida quyidagilar
keltirilgan: “Oliy hazrat raf’i manzilat zill as
-subhona xalifata ar-rahmonni boisi
alaman val-amon Abul Muzaffar val-
Mansuri Abulg‘ozi Sayyid Muhammad Rahim
Bahodurxon soniy farmoni xalladallohu taoli mulkuhu va davlatahu zayyadi umruhu
ul hazratning farmoni oliylari bila bu musaddasot bayozni faqir ul-haqir Muhammad
Ya’qub devon mulaqqabi bi Xarrot bir ming uch yuz yigirma yettilanji yili mohi
mahramni oxiri, shanba kuni muvofiq bijan (tovuq yili) 1327-
yili yozib itmomg‘a
yetkurdi”.
Bayoz qattiq to‘q yashil kartonli o‘yma naqshli muqova bilan muqovalangan
bo‘lib, tarkibiga kirgan she’rlar yashil rangli fabrika qog‘oziga, qora va qizil siyohlarda
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 177 ~
chiroyli nasta’liq xatida, qiya qilib, uch ustun shaklda, har bir betda 24 satrda she’rlar
yozilgan. Bayoz qo‘lyozmasini ko‘chiruvchi kotib tomonidan barcha shoirlarning
she’rlari jadvalga olingan. O‘lchovi
25,5x14,5. Bayoz 310-betdan iborat, boshi va
oxirida (farzas), 3 varaq qoldirilgan. Ushbu bayoz juda yaxshi saqlangan.
Shuni ta’kidlash kerakki, “Devoni Niyoziy” she’rlar to‘plami nashrida
shoirning
290 ta
she’ri e’lon qilingan. Ushbu to‘plamdagi ba’zi she’rlar matni
bayozlardagi bilan farq qiladi. Masalan,
№1133 raqamli bayozi musaddasot
ga
ko‘chirilgan musaddasdagi
“
-
moq
”
qo‘shimchasi o‘rnida
“
mas
” qo‘llangan:
Vujud ahlig‘a bo‘lmadi ehtimol,
Qutul
mas
qazodin qilib ehtiyol…
Shuningdek, nashrda ayrim baytlarning tushib qolishi, ba’zi so‘zlarning
almashtirib qo‘llanishi, bir misra tarkibidagi ketma
-
ket kelgan so‘zlarning o‘zaro
o‘rnini almashtirish holatlari ham uchraydi.
Bu esa shoir ijodini manbashunoslik va matnshunoslik asosida chuqur o‘rganish
zaruratini yuzaga keltiradi.
Xulosa
Xorazm adabiy muhitining yirik vakillaridan biri bo‘lgan Otaniyoz Qora Oxun
Niyoziyning adabiy merosi o‘zbek mumtoz she’riyati taraqqiyoti tarixida alohida o‘rin
egallaydi. Shoir asarlari o‘z davrida adabiy jamoatchilik orasida keng e’tirof etilgan
bo‘lib,
bu holat uning g‘azal, muxammas va boshqa janrlardagi she’rlarining turli
qo‘lyozma bayozlarda uchrashi bilan tasdiqlanadi. Ular Niyoziy she’riyatining adabiy
muhitdagi tarqalish doirasini, salaf shoirlar bilan ijodiy aloqalarini va o‘ziga xos
uslubini o‘
rganish uchun muhim manba vazifasini bajaradi.
Mazkur maqolada ko‘rib chiqilgan bayozlar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
Niyoziyning lirik asarlari bayozchilik an’anasi asosida keng ko‘lamda ko‘chirilgan va
madaniy-
ilmiy muomalada faol qo‘llanilgan. Bayozlardagi g‘azal, muxammas va
boshqa janrdagi she’rlar
tahlili shoirning adabiy-estetik qarashlari va badiiy mahoratini
yanada chuqurroq ochib berishga xizmat qiladi.
Shuningdek, bayozlarning tashqi tuzilishi, kotiblik san’ati, saqlanish holati kabi
jihatlar shoir merosining qo‘lyozma holatidagi tavsifini ilmiy muomalaga kiritish
imkonini beradi. Kelgusida bu manbalarni manbashunoslik va matnshunoslik asosida
tahlil etish orqali Niyoziy ijodining yanada chuqur qatlamlarini ochish va mumtoz
adabiyotdagi o‘rnini kengroq yoritish mumkin bo‘ladi. Niyoziy merosini har
tomonlama tadqiq etish
–
nafaqat alohida bir shoir ijodini yoritish, balki o‘zbek
mumtoz adabiyoti tarixining muhim sahifalarini tiklashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 178 ~
1.Азизов Бобожон Тарроҳ –
Ходим. (1994) Хоразм навозандалари (Нашрга
тайёрловчи: Давлатёр Раҳим). –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат.
2.Бобожон Тарроҳ
-
Ходим. (2011) Хоразм шоир ва навозандалари (Нашрга
тайёрловчилар: Анбара Отамуродова ва Олланазар Абдураҳимов). –
Тошкент:
Tafakkur qanoti.
3.Валихўжаев Б. (1993) Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. –
Тошкент:
Ўзбекистон.
4.Ғайипов Д. (2010) Отаниёз Ниёзий. Монография (Нашрга тайёрловчи: Ҳ.
Абдуллаев). –
Тошкент: Фан.
5.Девони Ниёзий. (2016) А
-1-
117 Тошкент давлат шарқшунослик институти
ҳузуридаги Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқ қўлёзмалари маркази фондида
сақланаётган филологияга оид қўлёзмаларни илмий тавсифлаш гранти. (Нашрга
тайёрловчи: Қосимжон Содиқов). –
Тошкент: Ўзбекистон.
6. Лаффасий. (1992)
Тазкираи шуаро (Нашрга тайёрловчи: П.Бобожонов). –
Урганч, Хоразм.
7. Сирожжидинов Ш., Умарова С. (2015) Ўзбек матншунослиги қирралари.
–
Тошкент: Akademnashr.
8.
Раҳмонов В.
(1987.
10 декабр
)
Матн ва матншунослик. // Ўзбек адабиёти
санъати.
9.
Содиқов Қ.
(2017)
Матншунослик ва манбашунослик асослари. –
Тошкент.
10.Ҳабибуллаев А. (2009) Нашрларда матн танқидини ўрганишга доир. //
Шарқшунослик. // (14).
11. O‘zR FA ShIning asosiy fondida saqlanayotgan qo‘lyozmalar: №1182,
№1190,
1127, 1133.
12. Madirimova, S. (2021). “Majmuayi muxammasoti ash
-
shuaroyi Feruzshohiy”
to ‘plamida Mutrib she’rlari.
Oltin bitiglar
–
Golden Scripts, 1(1).
13.
Мадиримова
,
С
. (2020). Gazelles of Mutlib Khonakharob copied into Bayaz
manuscript. in Library, 20(2), 1-4.
14. Makhmudovna, M. S., & Eisar, J. (2024). OBSERVATIONS ON THE LIFE
AND CREATIVITY OF MURODIY. American Journal of Philological
Sciences, 4(04), 122-128.
15.
Мадиримова
,
С
. (2020).
Газели
Мутриба
Ханахараба
. in Library, 20(1),
175-189.
16.
Мадиримова
,
С. (2019). About mutrib Khonakharobiy’s new
Mukhammasi. in Library, 19(4), 72-75.
17. Gʻayipov, D. Q. (2023). NAVOIY GʻAZALLARIGA XORAZMLIK
SHOIRLARNING
MUXAMMASLARI
XUSUSIDA
BA’ZI
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
7(65)
~ 179 ~
MULOHAZALAR. Academic research in educational sciences, 4(Conference
Proceedings 1), 122-128.
18. Umarova, S. Z. (2024). Textual Study Of Diwans Of Khorezm Prince Poets
Of The 19th-20th Centuries. SPAST Reports, 1(1).
19.
Умарова
,
С
.
(2022).
Xorazm
adabiy
muhitida
devonchilik
an’anasi.
Узбекистан
:
язык
и
культура
, 1(2), 14-25.
20.
UMAROVA,
S.
(2025).
HIROT
ADABIY
MUHITIGA
MONAND….
Hamkor konferensiyalar, 1(11), 237-240.
