Авторы

  • Диёра Абдурахмонова
    Toshkent davlat agrar universiteti
  • Фозил Мардонов
    Toshkent davlat agrar universiteti

Биографии авторов

  • Диёра Абдурахмонова , Toshkent davlat agrar universiteti
    “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn” fakulteti 1-bosqich talabasi
  • Фозил Мардонов , Toshkent davlat agrar universiteti
    “Dorivor o‘simliklar kafedrasi” katta o‘qtuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.interpretation-research.122634

Аннотация

Maqolada qadimiy tabobatda keng qo`llanilgan kunjut urug`i tuzilishi, tarqalishi hamda sog`liq uchun foydali xususiyatlari yoritilgan. Yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish jarayoni va immunitetni mustahkamlashdagi roli ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, kunjutning tarkibidagi muhim biofaol moddalar, vitamin va minerallarining inson organizmiga ijobiy ta`siri haqida ma`lumotlar keltirilgan. Maqola sog`lom turmush tarziga intiayotganlar, tabiiy mahsulotlarga qiziqayotganlar hamda xalq tabobatiga oid bilimlarni chuqurlashtirishni istaganlar uchun foydali bo`lishi mumkin.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 180 ~

KUNJUT-YURAKDAN OSHQOZONGACHA BO

LGAN SHIFO MANBAI

Abduraxmonova Diyora

Toshkent davlat agrar universiteti “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn”

fakulteti 1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

Mardonov Fozil

Toshkent davlat agrar universiteti “Dorivor o‘simliklar kafedrasi” katta o‘qtuvchisi

.

Annotatsiya:

Maqolada qadimiy tabobatda keng qo`llanilgan kunjut urug`i

tuzilishi, tarqalishi hamda sog`liq uchun foydali xususiyatlari yoritilgan. Yurak-qon
tomir tizimi, ovqat hazm qilish jarayoni va immunitetni mustahkamlashdagi roli ilmiy
manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, kunjutning tarkibidagi muhim biofaol
moddalar, vitamin va minerallarining inson organizmiga ijobiy ta`siri haqida
ma`lumotlar keltirilgan. Maqola sog`lom turmush tarziga intiayotganlar, tabiiy
mahsulotlarga qiziqayotganlar hamda xalq tabobatiga oid bilimlarni chuqurlashtirishni
istaganlar uchun foydali bo`lishi mumkin.

Kalit so`zlar:

kunjut, yurak-qon tomir tizimi, urug`lar, vitaminlar, ovqat hazm

qilish, kunjut moyi, antioksidantlar.

Annotation:

This article highlights the structure, distribution, and health benefits

of sesame seeds, which have been widely used in ancient medicine. The role of sesame
in supporting the cardiovascular system, digestion, and immunity is analyzed based on
scientific sources. In addition, the article provides information on the positive effects
of biologically active compounds, vitamins, and minerals found in sesame on the
human div. This article may be useful for individuals pursuing a healthy lifestyle,
interested in natural products, or seeking to deepen their knowledge of traditional
medicine.

Keywords:

sesame, cardiovascular system, seeds, vitamins, digestion, sesame oil,

antioxidants.

Аннотация:

В данной статье освещаются строение, распространение и

полезные свойства семян кунжута, широко применявшихся в древней медицине.
На основе научных источников проанализирована роль кунжута в укреплении
сердечно

-

сосудистой системы, пищеварения и иммунитета. Также приведены

сведения о положительном влиянии биоактивных веществ, витаминов и
минералов, содержащихся в кунжуте, на организм человека. Статья может быть
полезна для людей, стремящихся к здоровому образу жизни, интересующихся
натуральными продуктами и желающих углубить знания о народной медицине.

Ключевые слова:

кунжут, сердечно

-

сосудистая система, семена,

витамины, пищеварение, кунжутное масло, антиоксиданты.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 181 ~

Kunjut (Sesanum indicum) qadim zamonlardan beri insoniyat tomonidan oziq-

ovqat va tabobatda foydalanib kelinayotgan dorivor o

simliklardan biridir. U

Pedaliaceae

kunjutguldoshlar oilasiga mansub bo

lib, tropik va subtropik iqlim

sharoitida yaxshi rivojlanadi. O

zbekistonda ham so

nggi yillarda kunjut ekiniga

bo

lgan qiziqish ortib, uni dorivor va iqtisodiy ahamiyatga ega bo

lgan ekin sifatida

yetishtirishga alohida e

tibor qaratilmoqda.

Kunjut bo`yi 60-100 sm ga yetadigan o`t o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, tukli,

yashil yoki qizg`ish, 4-8 qirrali. Bargi oddiy tekis qirrali. Guli yirik. 1-

3 ba’zan

beshtadan barq qo`ltig`ida joylashgan. Mevasi 4-8 xonali chanoq. Iyun-iyul oylarida
gullaydi. Mevasi avgust-sentabrda yetiladi.

Kunjutning vatani Janubi-g`arbiy Afrika, O`rta Osiyo respublikalarida,

Zakavkaziya, Qrim, Krasnodarsk o`lkasida, Ukrainada va Moldaviyada ekiladi.

Kunjut eng qimmatli moyli ekinlardan hisoblanadi.Urug`i tarkibida 60% gacha

moy, 16-19 foiz oqsil va 16-17 foiz azotsiz moddalar, E vitamin, faktor

T, sezamin,

sezamon, sezamanin va boshqa moddalar bo`ladi. Kunjut moyi 3-6

temperaturada

qotadigan sariq raangli suyuqlik bo`lib, yarim quruvchi moylarga kiradi. Solishtirma
og`irligi 0,9197-0,9260, refraksiya soni 1,4731-1,4760, kislota soni 1,4-10,
sovunlanish soni 185,5-195, yod soni 103-116. Moy tarkibida alien, linol, pavletin,
stearin, araxin va lignotserin kislotaarining glitsiridlari uchraydi.

Kunjut issiqsevar, yorug`sevar o`simlik bo`lib, qisqa kunda o`sadi. O`zbekiston-

da “Toshkent

-

112” navi ekiladi.

Kunjut bir bor ekilgan yerga 6-7 yildan keyin qayta ekiladi, chunki kasalliklar va

zararkunandalar bilan ko`p shikastlanadi.

Kunjutning sog‘liq uchun eng muhim foydalaridan biri —

yurak-qon tomir

tizimiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siridir. Uning tarkibidagi to‘yintirilmagan yog‘
kislotalari qon bosimini me’yorlashtirishga, xolesterin miqdorini pasaytirishga yordam

beradi. E vitamini va sesamin kabi moddalarning antioksidant xususiyatlari yurak
mushaklarini erkin radikallardan himoya qiladi, qon tomirlar devorlarini
mustahkamlaydi. Shu sababli yurak xastaligi xavfi kamayadi. Kunjut tarkibidagi
moddalarning immunitet tizimini kuchaytirishdagi roli ham muhimdir. Ayniqsa,
antioksidantlar

tokoferol (E vitamini) va sesamol kabi moddalar hujayralarni erkin

radikallardan himoya qiladi, yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Temir va rux esa qon

tarkibini yaxshilash orqali organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini

oshiradi. Kunjut yog‘i kosmetologiyada keng qo‘llaniladi. U terini oziqlantiradi,

namlaydi va yoshartiradi. Kunjutdagi antioksidantlar terining qarish jarayonini

sekinlashtiradi. Sochlar uchun ham foydali bo‘lib, ildizla

rni mustahkamlash,

to‘kilishni kamaytirish va o‘sishni rag‘batlantirishda yordam beradi. Shu sababli
kunjut yog‘i ko‘plab tabiiy kosmetik vositalar tarkibiga kiritilgan.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 182 ~

Kunjut bilan bir xil oila

Pedaliaceae ga mansub boshqa o‘simliklar ham mavjud

bo‘lib, ularning ayrimlari xalq tabobatida ishlatiladi. Jumladan, Sesamum radiatum
turidagi o‘simlik ham kunjutga o‘xshash dorivor xususiyatlarga ega. Ular tarkibida

ham xuddi

kunjutga o‘xshash biofaol moddalar mavjud bo‘lib, ovqat hazm qilish va

yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa:

Kunjut (Sesanum indicum) qadim zamonlardan buyon inson salomatligi

uchun foydali o‘simlik sifatida qadrlanib kelmoqda. Uning urug‘lari nafaqat oziq

-

ovqat sanoatida, balki xalq tabobatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Olib borilgan
ilmiy tadqiqotlar natij

alari shuni ko‘rsatadiki, kunjut urug‘lari o‘zining noyob

kimyoviy tarkibi

yuqori miqdordagi to‘yintirilmagan yog‘ kislotalari, vitaminlar

(ayniqsa E, B guruhi), minerallar (kaltsiy, temir, magniy, rux) hamda antioksidant
moddalari bilan inson org

anizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kunjutning yurak

-qon tomir

tizimini mustahkamlovchi xususiyatlari, qon bosimini me’yorlashtirishi va "yomon"
xolesterin miqdorini kamaytirishi, uni yurak xastaliklari profilaktikasida muhim o‘rin
egallashiga sabab bo‘ladi

. Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashi, ichak faoliyatini

faollashtirishi va qabziyatning oldini olishi esa uni sog‘lom ovqatlanish tizimiga
kiritish lozimligini ko‘rsatadi. Shuningdek, immunitetni oshiruvchi ta’siri bilan

organizmni turli infeksiyalarga nisbatan bardoshli qiladi. Kosmetologiya sohasida ham

kunjutga bo‘lgan e’tibor ortmoqda. Ayniqsa, kunjut yog‘i teri va soch parvarishida
tabiiy va xavfsiz vosita sifatida qo‘llaniladi. Tabiiy antioksidantlarning mavjudligi teri

qarishini sekinlashtirib,

yosh va sog‘lom ko‘rinish saqlanishiga yordam beradi. Shu

bilan birga, kunjutning o‘z oilasiga mansub boshqa o‘simliklar bilan o‘xshash biofaol

xususiyatlarga egaligi, uni fitoterapiya va xalq tabobatidagi ahamiyatini yanada

kengaytiradi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, kunjut urug‘larining foydali xususiyatlari
faqat an’anaviy bilimlar bilan emas, balki zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bilan ham

isbotlangan. Umuman olganda, kunjut

organizmning ko‘plab tizimlariga kompleks

ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, oziq

-ovq

at va dorivor xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan

o‘simlik hisoblanadi. Shu sababli, uni sog‘lom turmush tarziga intilayotganlar uchun
muntazam va mo‘’tadil iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ushbu maqolada yoritilgan
ma’lumotlar kunjutning salomatlik uchun

tutgan o‘rni va uning istiqbolli o‘rganish

yo‘nalishlarini belgilashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sulaymonov I.J. Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi. Toshkent:

O‘ZKITOB SAVDO, 2022.

2. Alimova R.A. Dorivor o‘simliklardagi ikkilamchi moddalar va ularning

ahamiyati. Toshkent: Fan ziyosi, 2022.

3. Berdiyev E.T., Hakimova M.X. O‘rmon dorivor o‘simliklari. Toshkent: Sano

-

standart, 2016.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 183 ~

4. Jo‘raeva M. Dorivor o‘simliklar atlasi. Toshkent: Noshir, 2019.

5. Ahmedov O`., Ergashev A. Dorivor o`simliklar yetishtirish texnologiyasi va

ekologiya. Toshkent: Tafakkur bo`stoni, 2018.

Библиографические ссылки

Sulaymonov I.J. Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi. Toshkent: O‘ZKITOB SAVDO, 2022.

Alimova R.A. Dorivor o‘simliklardagi ikkilamchi moddalar va ularning ahamiyati. Toshkent: Fan ziyosi, 2022.

Berdiyev E.T., Hakimova M.X. O‘rmon dorivor o‘simliklari. Toshkent: Sano-standart, 2016.

Jo‘raeva M. Dorivor o‘simliklar atlasi. Toshkent: Noshir, 2019.

Ahmedov O`., Ergashev A. Dorivor o`simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent: Tafakkur bo`stoni, 2018.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Диёра Абдурахмонова , Фозил Мардонов , ISIRIQ — QADIM DARDLARGA ZAMONAVIY DAVO , Talqin va tadqiqotlar: № 7(65) (2025)