Авторы

  • Миржалол Азадов

Биография автора

  • Миржалол Азадов
    Toshkent davlat yuridik universiteti “70420123-Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati” yoʻnalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.interpretation-research.123835

Аннотация

Mazkur maqolada korrupsiya va korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchalari atroflicha yoritilgan hamda ushbu jinoyatlarning obyektiv belgilari tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot doirasida korrupsiyaviy jinoyatlarning obyekti va obyektiv belgilari, ularning oʻziga xos xususiyatlari, jumladan, ayrim murakkab tarkibli korrupsiyaga oid jinoyatlar, obyektiv tomondan faol harakat va harakatsizlik orqali sodir etlishi hamda qilmish va oqibat oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish zarurati oʻrganilgan. Bundan tashqari, xorijiy va mamlakatimiz olimlarining bu boradagi fikrlari va yondashuvlari ham koʻrib chiqilgan hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 78 ~

KORRUPSIYAVIY JINOYATLARNING OBYEKTIV BELGILARI VA

ULARNING

ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Azadov Mirjalol Bahodir

oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti

“70420123

-Korrupsiyaga qarshi kurashish va

komplayens

nazorati”

yoʻnalishi

magistranti

mirazadov22@gmail.com


Annotatsiya:

Mazkur maqolada korrupsiya va korrupsiyaviy jinoyatlar

tushunchalari atroflicha yoritilgan hamda ushbu jinoyatlarning obyektiv belgilari
tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot doirasida korrupsiyaviy jinoyatlarning obyekti va
obyektiv belgilari, ularning

oʻziga

xos xususiyatlari, jumladan, ayrim murakkab

tarkibli korrupsiyaga oid jinoyatlar, obyektiv tomondan faol harakat va harakatsizlik
orqali sodir etlishi hamda qilmish va oqibat

oʻrtasidagi

sababiy

bogʻlanish

zarurati

oʻrganilgan.

Bundan tashqari, xorijiy va mamlakatimiz olimlarining bu boradagi

fikrlari va yondashuvlari ham

koʻrib

chiqilgan hamda qonunchilikni takomillashtirish

boʻyicha

amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Kalit

soʻzlar:

korrupsiya, jinoyat, korrupsiyaviy jinoyat, jinoyat tarkibi, obyekt,

obyektiv tomon, predmet.

OBJECTIVE SIGNS OF CORRUPTION-RELATED CRIMES AND THEIR

SPECIFIC FEATURES

Annotation:

This article provides a comprehensive overview of the concepts of

corruption and corruption-related crimes, with a detailed analysis of the objective signs
of such crimes. The study examines the object and objective features of corruption-
related crimes, their role in the proper qualification of criminal acts, and their specific
characteristics

including the peculiarities of certain complex corruption offenses, the

commission of such crimes through both active actions and inaction, as well as the
necessity of a causal link between the act and its consequences. In addition, the
opinions and approaches of both foreign and domestic scholars on this issue are
analyzed, and practical recommendations for improving the legislation are presented.

Keywords:

corruption, crime, corruption-related crime, elements of crime,

object, objective sign, subject-matter.


KIRISH

Korrupsiya

davlat va jamiyat tanasini ichkaridan yemirib, uning taraqqiyotiga

toʻsqinlik

qiluvchi eng xavfli illatlardan biridir. Bu illat nafaqat fuqarolarda davlat


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 79 ~

institutlariga nisbatan ishonchsizlik

tugʻdiradi,

balki milliy xavfsizlik va davlatchilik

poydevorlariga jiddiy tahdid soladi.

Shu jihatdan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish butun dunyoda

dolzarb masalalardan biri

boʻlib

qolmoqda. Zero,

Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

ta’kidlaganidek,

“korrupsiyaning

oldini olmasak, haqiqiy

ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib

boʻlmaydi,

umuman, jamiyatning

birorta

tarmogʻi

rivojlanmaydi”

[1].

Korrupsiya inson huquqlari, iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy adolat va davlat

boshqaruvi samaradorligiga bevosita va bilvosita salbiy

ta’sir

koʻrsatadi.

Oʻzbekistonda

ham

soʻnggi

yillarda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining eng

ustuvor

yoʻnalishlaridan

biriga aylandi. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish

chora-tadbirlari izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan,

“Korrupsiyaga

qarshi

kurashish

toʻgʻrisida”gi

Qonun qabul qilindi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

faoliyati

yoʻlga

qoʻyildi.

Biroq, korrupsiya muammosi haligacha jamiyat taraqqiyoti

yoʻlidagi

eng katta

toʻsiq

boʻlib

qolmoqda.

MATERIAL VA METODLAR

Maqola tayyorlashda

Oʻzbekiston

Respublikasining amaldagi qonunchiligi,

xususan,

Oʻzbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksi va

“Korrupsiyaga

qarshi kurashish

toʻgʻrisida”gi

Qonuni, shuningdek, Oliy sud Plenumining tegishli qarorlari asosiy

huquqiy manba sifatida tahlil qilindi. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va boshqa xorijiy davlatlarning
korrupsiyaga qarshi kurashga oid normativ-huquqiy hujjatlari ham

oʻrganildi.

Maqolada bir qator xorijiy va milliy olimlarning izlanishlaridan taqqoslama-huquqiy,
tizimli tahlil va huquqiy-analitik metodlardan foydalangan holatda tahlil amalga
oshirildi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ma’lumki,

“korrupsiya”

atamasi

koʻp

hollarda mulkiy

koʻrinishdagi

naf olishga

qaratilgan

poraxoʻrlik

kabi jinoyat sifatida tushuniladi. Ammo korrupsiyaviy jinoyatlar

roʻyxati

faqat

poraxoʻrlik

jinoyatlari bilan chegaralanib qolmaydi. Ushbu toifadagi

jinoyatlar tushunchasiga

ta’rif

berishdan oldin

“korrupsiya”

atamasining mazmunidan

kelib chiqib,

“korrupsiyaviy

jinoyatlar”

tushunchasini aniqlab olishimiz zarur

boʻladi.

Oʻzbekiston

Respublikasining

“Korrupsiyaga

qarshi kurashish

toʻgʻrisida”gi

qonuniga muvofiq, korrupsiya deganda shaxsning

oʻz

mansab yoki xizmat mavqeidan

shaxsiy manfaatlarini yoxud boshqa shaxslarning manfaatlarini

koʻzlab,

moddiy yoki

nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek
bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish harakatlari tushuniladi.

Mamlakatimizda korrupsiyaviy jinoyatlar toifasi qonunchilik bilan alohida

belgilanmagan. Shu bilan birga, korrupsiya tushunchasiga berilgan

ta’rifdan

kelib

chiqib, korrupsiyaviy jinoyatlarning huquqiy tavsifi va belgilaridan quyidagilarni


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 80 ~

koʻrsatib

oʻtishimiz

mumkin. Korrupsiyaviy jinoyatlarning aksariyati Jinoyat

kodeksining 15-bobida

(“Boshqaruv

tartibiga qarshi

jinoyatlar”)

hamda ayrimlari 10-

bob

(“Oʻzgalar

mulkini talon-toroj

qilish”),

13

1

-bobi

(“Tadbirkorlik

faoliyati

erkinligiga tajovuz qiluvchi

jinoyatlar”),

17-bob

(“Jamoat

xavfsizligiga qarshi

jinoyatlar”)

va 24-bob

(“Harbiy

mansabdorlik

jinoyatlari”)da

oʻz

aksini topgan.

Bugungi kunda

“korrupsiyaviy

jinoyat”,

“korrupsiyaga

oid

jinoyat”,

“korrupsion

jinoyat”

kabi tushunchalar

qoʻllanilishiga

qaramay, ular mazmunan

farqlanmaydi. Fikrimizcha, ushbu toifadagi jinoyatlarni boshqa turdagi jinoyatlardan
farqlovchi asosiy belgilaridan biri bu

tajovuz obyekti

hisoblanadi.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarning obyekti odatda huquqbuzarlik natijasida zarar

yetishi yoki zarar yetkazish tahdidi yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar
hisoblanadi. Korrupsiyaviy jinoyatlarning

оbyekti

haqida fikrlarni bir qator xorijiy

huquqshunos

оlimlarning

аsаrlаridа

koʻrishimiz

mumkin. Jumladan, A.N.

Аgibayev

bundаy

turdаgi

jinоyаtlаrning

obyekti

“dаvlаt

аppаrаtining

tоʻgʻri

fаоliyat

yuritishi”

ekanligini

ta’kidlaydi.

V.Y.Melnikоvаning

fikrigа

kоʻra,

“dаvlаt

va

jаmоat

аppаrаti

fаоliyatini

tartibga

sоluvchi

ijtimоiy

munоsаbatlаr”

korrupsiyaviy jinoyatlarning obyekti

boʻlib

xizmat

qiladi [2, 6-b].

Fikrimizcha, Korrupsiyaviy

jinоyаtlаrning

umumiy

оbyekti

dаvlаt

hоkimiyаti

va

bоshqаruv

оrgаnlаrining

normal faoliyat yuritishini,

fuqаrоlarning

qоnuniy

huquq va

manfaatlаrini

tа’minlаshgа

qarаtilgаn

ijtimоiy

munоsаbаtlаr

hisоblаnаdi.

Korrupsiyaviy jinoyatlar jinoyat kodeksining turli

boʻlim

va boblarida

joylashganligi sababli, ularning bevosita obyektlari bir-biridan farq qiladi. Shuning
uchun jinoyat qonunchiligida korrupsiyaviy jinoyat hisoblanuvchi ijtimoiy xavfli
qilmishlarning bevosita obyektlarini batafsil

koʻrib

chiqish zarur.

M.X.Rustambayev

ta’kidlashicha,

Oʻzbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksi

167-modda ikkinchi qism

“g”

bandi

ya’ni

mansab mavqeini

suiiste’mol

qilish

yoʻli

bilan

oʻzlashtirish

yoki rastrata qilish jinoyatning

bevosita obyekti

aybdorga ishonib

topshirilgan yoki uning ixtiyorida

boʻlgan

oʻzganing

mulkini muhofaza qilishga

qaratilgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi [3, 57-b]. Xizmat mavqeyidan foydalanib
sodir

etilgan

firibgarlik

jinoyatining

(JK

168-modda

3-qism

“v”

bandi)ning bevosita obyektini esa

oʻzganing

mulki yoki mulkiy huquqlarini

muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.

Oʻzbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksi 192

9

,192

10

,192

11

-moddalarida nazarda

tutilgan jinoyatlarning bevosita obyekti

xoʻjalik

yurituvchi subyektlarning huquqlari

va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi ijtimoiy munosatlar,

ya’ni

nodavlat tijorat

tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotlari boshqaruv apparatini normal
faoliyatini

ta’minlash

sohasidagi ijtimoiy munosabatlar, mazkur tashkilotlar xizmat

manfaatlaridan iborat.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 81 ~

Jinoyat kodeksining 243-moddasida nazarda tutilgan jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirish jinoyatining bevosita obyekti

iqtisodiy faoliyat

sohasidagi va jamoat xavfsizligini

ta’minlovchi

ijtimoiy munosabatlardir.

Dаvlаt

hоkimiyаti

va

bоshqaruv

оrgаnlarining

normal faoliyat yuritishini

ta’minlashga

qаrаtilgаn

ijtimоiy

munosabatlar Jinoyat kodeksining 205-206 va

209-214

2

-moddalarida nazarda tutilgan korrupsiyaviy jinoyatlar uchun

bevоsita

оbyekt

bоʻlib

xizmat

qilаdi.

M.A.Таntsyurа

fikrichа,

pоrаxoʻrlik

jinоyаtlarining

(JK 210-214

2

-moddalari)

оbyekti

sifаtidа

dаvlаt

hоkimiyаtining

qоnuniy

va

nоrmаl

аmаlgа

оshirilishi

bilаn

bоgʻliq

ijtimоiy

munоsаbаtlar

tushuniladi [4, 78-82-b].

Bundаn

koʻrinib

turibdiki,

porаxoʻrlikkа

oid

jinoyаtlаr

dаvlаt

boshqаruv

orgаnlаri

fаoliyаtigа

qаrshi

qаrаtilgаn

ijtimоiy

xаvfli

qilmishlardir.

Ta’kidlash

joizki, korrupsiyaviy jinoyatlar faqat davlat hokimiyati va boshqaruv

organlarining normal faoliyatiga

tаhdid

sоlish

bilаn

chegarаlаnib

qоlmaydi.

Ayrim

hоllаrdа

ulаr

jinоyat

qоnuni

bilаn

himoyа

qilinаdigan

bоshqа

ijtimoiy munosabatlarga

ham salbiy

tа’sir

kо‘rsatаdi.

Bоshqаchа

aytgаndа,

bundаy

jinоyatlаr

kо‘p

оbyektli

xaraktergа

egа

boʻlib,

bir vaqtning

о‘zidа

bir nechta ijtimoiy munosabatlarga zarar

yetkazishi mumkin.

Masalan, Jinoyat kodeksida

nаzаrda

tutilgan nodavlat tashkilotlarda mansab

vakolatlarini

suiiste’mol

qilish (JK 192

11

-modda), hokimiyat yoki mansab vakolatini

suiiste’mol

qilish (JK 205-modda), hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga

chiqish (JK 206-modda), mansab soxtakorligi (JK 209-modda) va harbiy xizmatda
hokimiyatni

suiiste’mol

qilish (JK 301-modda) kabi korrupsiyaviy jinoyatlar aynan

koʻp

obyektli jinoyatlar qatoriga kiradi.

Xususan, mazkur jinoyatlarning

bevosita asosiy

obyekti

xoʻjalik

yurituvchi

subyektlarning

qonun

bilan

qoʻriqlanadigan

huquq

va

manfaatlari

(JK 192

11

-modda), davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining normal faoliyati (JK

205, 206, 209-moddalar), harbiy boshqaruv tizimining qonuniy faoliyati (JK 301-
modda) kabi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.

Bundan tashqari, ushbu jinoyatlar sodir etilganda, fuqarolarning hayoti,

sogʻligʻi,

mulk daxlsizligi kabi boshqa muhim huquqlari va manfaatlariga ham ziyon yetkazilishi
mumkin. Bu holatda esa ular

bevosita

qoʻshimcha

obyekt sifatida yuzaga chiqadi. Shu

tarzda korrupsiyaviy jinoyatlar nafaqat davlat organlarining faoliyatini buzadi, balki
jamiyat hayotining boshqa muhim sohalariga ham salbiy

ta’sir

koʻrsatadi.

R.А.Sоrоchkinning

fikrichа,

kоrrupsiyаviy

jinоyatlаr

о‘z

оbyektining

murаkkаbligi

bilаn

аjrаlib

turаdi.

Оlimning

tа’kidlаshichа,

bu

jinоyatlаr

bir

vаqtning

о‘zida

dаvlаt

hоkimiyаti,

dаvlаt

xizmаti,

mаhalliy

о‘zini

о‘zi

bоshqаrish

оrganlari

hamda tijorat va boshqa tashkilotlarning manfaatlarini

ta’minlovchi

ijtimoiy

munosabatlarga tajovuz qiladi [5, 314-b].


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 82 ~

Ushbu turdagi jinoyatlarning predmetiga

toʻxtalib

oʻtadigan

boʻlsak,

Oʻzbekiston

Respublikasining

“Korrupsiyaga

qarshi kurashish

toʻgʻrisida”gi

Qonunining 3-

moddasida korrupsiya tushunchasiga

“korrupsiya

shaxsning

oʻz

mansab yoki

xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud

oʻzga

shaxslarning manfaatlarini

koʻzlab

moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda

foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim

etish”deya

izoh berilgan [6].

Korrupsiyaviy jinoyatlarning predmetiga

toʻxtaladigan

boʻlsak,

jinoiy qilmishni

toʻgʻri

kvalifikatsiya qilish uchun jinoyat obyektini predmetdan ajratib

koʻrsatish

kerak, lekin shuni unutmasligimiz kerakki, jinoyat predmeti qilmish natijasida zarar
yetkazilgan yoki zarar yetkazish xavfi ostida qolgan ijtimoiy munosabatlar bilan
chambarchas

bogʻliqdir.

Jinoyat predmeti va obyekti

oʻrtasidagi

farq shundaki, obyekt

oʻzining

huquqiy tabiatiga

koʻra

ijtimoiy munosabatlar, predmet esa xavfli qilmish

bilan ifodalangan hollarda zarar

koʻrgan

qandaydir moddiy narsadir (mulkni yoki

boshqa moddiy narsalarni olib

qoʻyish,

shikastlash yoki

yoʻq

qilish).

Jinoyat qonunchiligiga nazar soladigan

boʻlsak,

korrupsiyaviy jinoyatlar xususan,

pora olish jinoyatining predmeti sifatida faqatgina

moddiy qimmatliklar va mulkiy

koʻrinishdagi

manfaatdorlik

nazarda tutilgan. JK 192

9

-192

10

, 211,

213-214-modda dispozitsiyalarida ham shu kabi normalarni

koʻrishimiz

mumkin.

Shuningdek,

Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy sudi Plenumining

“Poraxoʻrlik

ishlari

boʻyicha

sud amaliyoti

toʻgʻrisida”

gi qarorining 2-bandiga

koʻra

pul,

qimmatbaho

qogʻozlar,

moddiy boyliklar, shuningdek, pora oladiganga qaytarmaslik

sharti bilan, lekin mulkiy mohiyatga molik

boʻlgan

(masalan,

ta’mirlash,

qurilish,

qayta tiklash ishlarini bajarish va boshqalar) xizmatlar pora predmeti

boʻlishi

mumkin.

Bu boradagi xalqaro

me’yoriy

hujjatlar, jumladan

BMTning Korrupsiyaga

qarshi konvensiyasining 2-moddasida

“mol

-

mulk”

deganda har qanday moddiy yoki

nomoddiy,

koʻchmas

va

koʻchar

aktivlar, buyumlar yoki huquqlar orqali ifodalangan

aktivlar hamda bunday aktivlarga mulkiy huquqni yoxud ularga

boʻlgan

qiziqishni

isbotlaydigan yuridik hujjatlar yoinki dalolatnomalar kabi har qanday aktivlar
tushuniladi [7].

Yuqorida

koʻrib

chiqilgan normalardan xulosa qilishimiz mumkinki,

korrupsiyaga oid jinoyatlarning predmeti sifatida nomoddiy

koʻrinishdagi

manfaatdorlik ham

boʻlishi

mumkin.

Jinoyat tarkibining eng muhim elementlaridan biri uning

obyektiv tomonidir

.

Jinoyat huquqi nazariyasi va sud-tergov amaliyotida obyektiv tomonga alohida

eʼtibor

qaratiladi. Chunki jinoyatning obyektiv tomonini aniq va

toʻgʻri

belgilash sodir etilgan

qilmishni

toʻgʻri

kvalifikatsiya qilish, bir-biriga

oʻxshash

jinoyatlarni farqlash hamda

jinoyatni

maʼmuriy

yoki intizomiy huquqbuzarliklardan ajratish uchun asosiy mezon

hisoblanadi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 83 ~

Masalan,

pora olish, pora berish va

poraxoʻrlikka

vositachilik qilish

jinoyatlari

(JKning 210, 211, 212-moddalari) bir-biriga

oʻxshash

boʻlib,

pora bilan

bogʻliq

harakatlarni

oʻz

ichiga oladi, ammo ular sodir etilish usuliga

koʻra

oʻzaro

farqlanadi.

Koʻpincha

ushbu jinoyatlar faol harakat shaklida,

yaʼni

porani berish yoki

olish orqali sodir qilinadi.

Shu bilan birga, ayrim korrupsiyaviy jinoyatlar, xususan

mansab vakolatlarini

suiisteʼmol

qilish

bilan

bogʻliq

jinoyatlar ham faol harakat, ham harakatsizlik

elementlarini

oʻz

ichiga olishi mumkin. Harakatsizlik shaklida sodir etilgan jinoyatlar

uchun jinoiy javobgarlik mansabdor shaxs

oʻzining

mansab vazifalarini bajarish uchun

yetarli imkoniyatga ega

boʻlsa

-da, ularni ataylab bajarmagan taqdirdagina yuzaga

keladi [8, 28-b].

N.V.Sulaymanovaning

ta’kidlashicha,

“Korrupsiyaviy

jinoyatlarda obyektiv

tomon ikki xil shaklda: faol harakat (masalan, pora olish yoki berish, vakolatni

suiiste’mol

qilish) va harakatsizlik (masalan, xizmat vazifasini bajarmaslik)

koʻrinishida

boʻlishi

mumkin. Har qanday holda ham, mazkur xatti-harakatlar davlat

manfaatlariga yoki jamoat tartibiga sezilarli zarar yetkazish bilan

ifodalanadi”

[9].

Mansabdor shaxs tomonidan

oʻzlashtirish

yoki rastrata

yoʻli

bilan talon-

toroj qilish

jinoyatining

о

byektiv t

о

m

о

ni aybd

о

rga ish

о

nib t

о

pshirilgan y

о

ki uning

tasarrufidagi

оʻ

zganing mulkini

оʻ

zlashtirish yoki rastrata qilish, shuningdek, mansab

mavqeini

suiisteʼmо

l qilish

о

rqali

оʻ

zganing mulkini egallashdan iboratdir.

Davlat xizmatchisining firibgarligi

esa xizmat mavqeidan f

о

ydalangan h

о

lda

aldash y

о

ki ish

о

nchni

suiisteʼmо

l qilish

о

rqali

оʻ

zga shaxsning mulkini y

о

ki unga

b

оʻ

lgan huquqni n

о

qonuniy ravishda q

оʻ

lga kiritishda nam

о

yon

boʻladi.

Korrupsiyaga oid

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish

jinoyatining obyektiv t

о

m

о

ni k

о

rrupsiyaviy jinoyat natijasida q

оʻ

lga kiritilgan pul

mablagʻlari

yoki boshqa mol-mulkning haqiqiy kelib chiqishini yashirish, uni

oʻtkazish,

boshqa mulkka aylantirish yoki uning q

о

nuniy kelib chiqqanligini

koʻrsatishga

urinish bilan ifodalanadi.

Harbiy hizmatchi tomonidan hokimiyatni

suiisteʼmol

qilish

jinoyatining (JK

301-modda) obyektiv tomoni esa b

о

shliq y

о

ki b

о

shqa mansabd

о

r shaxsning

оʻ

z

mansab vak

о

latlarini

suiisteʼmо

l qilishi

boʻlib,

bunda Qurolli Kuchlar manfaatlariga,

harbiy xizmatchilarning yoki boshqa fuqar

о

larning q

о

nun bilan q

оʻ

riqlanadigan huquq

va manfaatlariga

koʻp

miqd

о

rda zarar y

о

ki jiddiy ziy

о

n yetkazilishi jin

о

yatning

majburiy belgisi sifatida namoyon

boʻladi.

Ayrim korrupsiyaviy jinoyatlar obyektiv tomondan moddiy tarkibli jinoyat

hisoblanib, bunday jinoyatlarda

qilmish va oqibat

oʻrtasidagi

sababiy

bogʻlanish

boʻlishi

lozim. Jumladan, Jinoyat kodeksining 192

11

, 205, 206, 209 va

301-moddalarida n

а

z

а

rd

а

tutilg

а

n k

о

rrupsiy

а

g

а

о

id m

о

ddiy t

а

rkibli jin

о

y

а

tlarining

о

byektiv tomonini birlashtiruvchi umumiy xususiyat

bu ushbu jinoy

а

tlarning


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 84 ~

b

а

rch

а

sid

а

m

а

ns

а

bd

о

r sh

а

xsning

оʻ

z xizm

а

t v

а

k

о

l

а

tl

а

rid

а

n q

о

nung

а

xil

о

f r

а

vishd

а

foyd

а

lanishi natij

а

sid

а

fuq

а

r

о

l

а

rning huquql

а

ri y

о

ki q

о

nun bil

а

n q

оʻ

riql

а

n

а

dig

а

n

m

а

nf

аа

tl

а

rig

а

y

о

xud d

а

vl

а

t y

о

ki j

а

m

оа

t m

а

nf

аа

tl

а

rig

а

k

оʻ

p miqdord

а

z

а

r

а

r y

о

ki jiddiy

ziyon yetkazilishidir.

XULOSA

Yuqorida

koʻrib

chiqilgan ilmiy va amaliy tahlillar shuni

koʻrsatadiki,

korrupsiyaviy jinoyatlar zamonaviy huquqiy tizim va jamiyat taraqqiyoti uchun eng
jiddiy tahdidlardan biri hisoblanadi.

“Korrupsiya”

tushunchasi keng qamrovli

boʻlib,

nafaqat

poraxoʻrlik,

balki davlat va jamiyat boshqaruvidagi turli ijtimoiy xavfli

qilmishlarni ham

oʻz

ichiga oladi.

Oʻzbekiston

Respublikasining amaldagi

qonunchiligida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim huquqiy asoslar yaratilgan

boʻlsa

-da, jinoyat kodeksida korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi va ularning alohida

roʻyxati

mavjud emas hamda jinoyat kodeksining turli

boʻlim

va boblarida joylashgan.

Maqolada qayd etilganidek, korrupsiyaviy jinoyatlarning obyekti va obyektiv

tomonlarini chuqur

oʻrganish

jinoyatlarni

toʻgʻri

kvalifikatsiya qilish, shuningdek,

ularni

ma’muriy

yoki intizomiy huquqbuzarliklardan ajratishda muhim ahamiyatga

ega. Chet el va mahalliy olimlarning yondashuvlari, xalqaro tajribalar korrupsiyaviy
jinoyatlarning ijtimoiy xavfini chuqurroq tushunishga, ushbu jinoyatlarga qarshi
kurashishda samarali choralar ishlab chiqishga yordam beradi.

Jumladan, Xalqaro tajriba va

ilgʻor

ilmiy qarashlar shuni

koʻrsatmoqdaki,

bugungi kunda korrupsiya jarayonlarida nomoddiy boylik va nomulkiy manfaatlar ham
muhim

oʻrin

egallamoqda. Bunga xizmat lavozimda

koʻtarilish,

har qanday imtiyozlar

yoki boshqa nomoddiy qiymatlarning noqonuniy ravishda taqdim etilishi yoki olinishi
ham kiradi.

Shu boisdan, korrupsiyaviy jinoyatlarning predmeti sifatida

nomoddiy boylik va

nomulkiy manfaatlarni qonunchilikka aniq va ravshan tarzda kiritish

taklif

etiladi. Bu, bir tomondan, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirsa,
ikkinchi tomondan, jinoyatlarni

toʻgʻri

va adolatli kvalifikatsiya qilish, jinoyatga oid

amaliyotni xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini beradi.

REFERENCES:

1.

Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25.01.2020

yildagi

Oliy

Majlisga

Murojaatnomasi.

//

[Elektron

manba].

https://pm.gov.uz/oz/lists/view/679

2.

Мельникова

К.Е.

Должностные

преступления.

Вопросы

уголовно

-

правовой

квалификации.

М.:

ВЮЗИ,

1985.

3.

Rustambayev M.X.

Oʻzbekiston

Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 4.

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat,


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

8(66)

~ 85 ~

boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar.
Darslik

T.:

Oʻzbekiston

Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018.

4.

Танцюра

М.А.

Характеристика

элементов

состава

преступления

«получение

взятки»

//

Научный

журнал.

2021Гаджиев

Д.

М.Коррупция:

общероссийские

и

региональные

аспекты

/

Д.

Гаджиев,

М.

Гаджиев

//

Власть.

2022.

6

5.

Сорочкин

Р.А.

Объект

коррупционного

преступления

//

Образование

и

право.

2020.

6.

Oʻzbekiston

Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi

“Korrupsiyaga

qarshi

kurashish

toʻgʻrisida”gi

419-sonli Qonuni.

7.

United Nations Convention against Corruption (Adopted by General

Assembly resolution 58/4 of 31 October 2003).

8.

Shamsutdinov B.S. Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik.

Monografiya.

T.: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2020.

9.

Сулейманова

Н.В.

«Коррупционные

преступления:

проблемы

квалификации».

Бишкек:

Академия

МВД

Кыргызской

Республики,

2019.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25.01.2020 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba]. https://pm.gov.uz/oz/lists/view/679

Мельникова К.Е. Должностные преступления. Вопросы уголовно-правовой квалификации. – М.: ВЮЗИ, 1985.

Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 4. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018.

Танцюра М.А. Характеристика элементов состава преступления «получение взятки» // Научный журнал. 2021Гаджиев Д. М.Коррупция: общероссийские и региональные аспекты / Д. Гаджиев, М. Гаджиев // Власть. – 2022. – № 6

Сорочкин Р.А. Объект коррупционного преступления // Образование и право. – 2020.

Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 419-sonli Qonuni.

United Nations Convention against Corruption (Adopted by General Assembly resolution 58/4 of 31 October 2003).

Shamsutdinov B.S. Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik. Monografiya. – T.: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2020.

Сулейманова Н.В. «Коррупционные преступления: проблемы квалификации». Бишкек: Академия МВД Кыргызской Республики, 2019.