BADIIY MATNDA MUALLIF NUTQI NEOLOGIZMLARINING STRUKTUR-SEMANTIK TADQIQI (FARIDA AFRO‘Z VA NODIRA NAZAR IJODI MISOLIDA)

Annotasiya

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining ikki yorqin vakili – Farida Afro‘z va Nodira Nazar ijodida uchraydigan muallif nutqi neologizmlarining struktur-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, lingvistik, struktural-tipologik metoddan foydalanilgan. Lingvopoetik yondashuv asosida ularning grammatik shakllanishi, semantik yuklamasi va poetik funksiyasi o‘rganiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ibragimova , S. . (2025). BADIIY MATNDA MUALLIF NUTQI NEOLOGIZMLARINING STRUKTUR-SEMANTIK TADQIQI (FARIDA AFRO‘Z VA NODIRA NAZAR IJODI MISOLIDA). Talqin Va Tadqiqotlar, (9(67). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/interpretation-research/article/view/124446
Shoira Ibragimova
Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo ‘nalishi magistranti
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining ikki yorqin vakili – Farida Afro‘z va Nodira Nazar ijodida uchraydigan muallif nutqi neologizmlarining struktur-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, lingvistik, struktural-tipologik metoddan foydalanilgan. Lingvopoetik yondashuv asosida ularning grammatik shakllanishi, semantik yuklamasi va poetik funksiyasi o‘rganiladi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 51 ~

BADIIY MATNDA MUALLIF NUTQI NEOLOGIZMLARINING

STRUKTUR-SEMANTIK TADQIQI (FARIDA

AFRO‘Z

VA NODIRA NAZAR

IJODI MISOLIDA)

Ibragimova Shoira Normuminovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti

O‘zbek

tili va adabiyoti

yo

‘nalishi

magistranti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy

o‘zbek

adabiyotining ikki yorqin

vakili

Farida

Afro‘z

va Nodira Nazar ijodida uchraydigan muallif nutqi

neologizmlarining struktur-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-
tahliliy, lingvistik, struktural-tipologik metoddan foydalanilgan. Lingvopoetik
yondashuv asosida ularning grammatik shakllanishi, semantik yuklamasi va poetik
funksiyasi

o‘rganiladi.

Kalit

so‘zlar:

neologizm, muallif nutqi, stilistika, zamonaviy poeziya, Farida

Afro‘z,

Nodira Nazar.


Zamonaviy

o‘zbek

adabiyotida muallif nutqi neologizmlarning ahamiyati ortib

bormoqda. Bunday birliklar ijodkorning ichki dunyosini, tafakkur tarzi va hissiy
olamini til vositasi orqali ifodalashga xizmat qiladi.

Badiiy asarda uslubiy-estetik vazifa bajarishdagi imkoniyatiga

ko‘ra

individual

nutq neologizmlari yuqoriroq mavqe egallaydi. Bu borada

Ma’ruf

Yo‘ldoshev

shunday

yozadi:

“Yangilik

bo‘yog‘iga

ega

bo‘lgan

neologizmlar vaqti-vaqti bilan tilda paydo

bo‘lib

tursada, badiiy matn uchun

ko‘p

ham ahamiyatli emas. Badiiy matn uchun

ijodkorning

o‘zi

tomonidan badiiy niyatini ifodalash maqsadi bilan yasalgan,

yaratilgan individual neologizmlar estetik qiymatga

molikdir”

Tadqiqotchi D.Shodmonova

til/nutq/me’yor

hamda individual birliklar

munosabati haqida fikr bildirib, til uchun har bir ijodkorning individual uslubi xarakter
kasb eta olishini aytadi.

“O‘zbek

she’riyatida,

deb yozadi tadqiqotchi,

an’anaviy

poetik leksika tarkibida qaraluvchi

ko‘plab

birliklar adabiy til uchun

me’yor

sanalmaydi. Masalan, adabiy

me’yor

chizig‘idan

tashqarida deb qaraluvchi, biroq

she’riy

nutqda faol uchraydigan qator birliklar borki, bu umumiylik sifatidagi adabiy

tilni xususiylik sifatidagi

she’riy

nutqqa zid

qo‘yadi”.

Individual-uslubiy neologizmlarning paydo

bo‘lishi

quyidagi sabablar bilan

bog‘liq:

favqulodda

so‘z

yaratishga

bo‘lgan

ehtiyoj natijasi

o‘laroq

vujudga kelgan

individual-uslubiy neologizmlar;

she’riyatda

qofiyani

ta’minlash

maqsadi bilan yuzaga

kelgan individual uslubiy neologizmlar;

she’riy

ritmni

ta’minlash

maqsadi bilan

yuzaga kelgan individual-uslubiy neologizmlar va h.k.z


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 52 ~

Shu xususda, Farida

Afro‘zning

“Bilsang

edi”

she’rida

qofiyani

ta’minlash

maqsadida yaratilgan individual neologizm kuzatiladi:

So‘ngra,

so‘ngra

esa ketar edik,

sochlarimdek tun

oralab

/ Ketar edik bu dunyoni boshdan oyoq

ovoralab

...

Muallif

birinchi misralardagi oralab

so‘ziga

ikkinchi misrada shunga semantik-struktur

jihatdan hamohang ovoralab

so‘zini

qo‘llashni

ma’qul

ko‘radi.

Shoirlar qofiya

vositasida kitobxonni

she’rdagi

asosiy fikrga yetaklaydi. Mazkur holatni ikki jihat

bilan baholash mumkin: 1) til

lug‘at

qatlamida mavjud

so‘zga

hamohang

ohangdosh

so‘zning

yo‘qligi

bois

sun’iy

so‘z

yaratish;

2) muayyan bir mavjud qofiyadosh

so‘zga

ko‘na

qolmay, yangi, ohorli (nutqiy)

so‘z

yaratishga

bo‘lgan

havasning ustunligi.

Farida

Afro‘z

she’riyatidan

yana bir misol:

Tozarmoq istasang, sevgiga yukin,

Muhabbat suvin sep, qaqroq dunyongga. Tozarmoq- tozalanmanmoq, toza

bo‘lmoq

so‘zlarining

sun’iy

qisqartirilgan shakli.

Bu yerda soddalanish mahsuli sifatida hosil

bo‘lgan

individual-uslubiy neologizmni

ko‘rishimiz

mumkin. Soddalanish asosida

yuzaga keladigan individual-uslubiy neologizmlarning

she’riyatdagi

ko‘rinishi

ikki

omil: shakliy-mazmuniy qisqarish yoki ellipsis hodisasi bilan

bog‘liq

bo‘ladi.

Favqulodda

so‘z

yaratishga

bo‘lgan

ehtiyoj natijasi

o‘laroq

vujudga kelgan

individual-uslubiy neologizmlar. Badiiy niyatini ifoda etish, voqelik va tasvirni
yorqinroq ifoda etish, qalb kechinmalaridagi ruhiy

tug‘yonlarni

yuzaga chiqarish,

mavjud holatga

o‘quvchini

ishontirish, estetik zavq ulashish uchun mavjud

so‘zlardan

ham

to‘laqonliroq

ifodaga ega

so‘z

qidiradi, bu ayni haqiqat. Fransuz adabiyotshunosi

R.Bartning

so‘zlari

bilan aytadigan

bo‘lsak,

“agar

asarlarda faqat

lug‘atlarda

qayd

etilgan muayyan bir

so‘lar

va

ma’nolar

bilangina ish

ko‘rilsa

edi, badiiy adabiyot ham

bo‘lmas

edi”

Favqulodda

so‘z

yaratishga

bo‘lgan

ehtiyoj natijasi

o‘laroq

vujudga

kelgan neologizmlar ikki omil bilan belgilanadi. Birinchidan, individual-uslubiy
neologizmlar kitobxonga estetik zavq ulashish maqsadi bilan

subyektiv omil bilan

yaratiladi. Ikkinchidan, ijodkor mavjud

so‘z

boyligiga qanoat qila olmasligi mahsuli

sifatida paydo

bo‘ladi.

Masalan, Nodira Nazarning ijodidan kuzatamiz,

Aybdorman, shunchalar gunohkorman

men…

Sen men deb

sarg‘aygan

umringga qara.

Yo‘g‘asam,

osmonga oyday osilgin,

Men yashay zaminning sochlarin tarab.
Nodira Nazar

yo‘g‘asam

so‘ziga

e’tibor

bering, bu

so‘z

bo‘lmasam,

yoki

bo‘lmasa

so‘zlari

o‘rnida

ishlatilgan hamda badiiylikni

bo‘rttirib

ifodalashga xizmat

qilgan. Quyida keltirilgan yukundim

so‘zi

ham shunday neologizmlardan biridir: Opa,

ona

bo‘lolmading,

onamdan keyin,

Yukundim,

yugurdim, chopdim yoningga.

Individual-uslubiy neologizmlarning tarkibiy tuzilishini quyidagicha tasniflash

mumkin:


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 53 ~

1.Tub holdagi individual-uslubiy neologizmlar. Mazkur tarkibga

she’riy

matnlardagi soddalashgan (jumladan:

“t

ozarmoq

”(tozalanmoq)–

F.Afro‘z)

kabi

so‘zlarnigina

misol qilib keltirish mumkin.

2. Affiksatsiya usulida yasalgan individual-uslubiy neologizmlar.
Masalan: Farida

Afro‘z

ijodidan:

Abadiy lol

tog’lar

tillashdi, Qizil tan-u oqlar dillashdi.

Tashna dilman, daryolashaylik,

Ko‘ngil

ochib dunyolashaylik.

Odamzor, osmoniy, daryolashmoq va b.

(F.Afro‘z)

Nodira Nazar ijodidan:

Ismingga suyanib yashaganday jim,Adilkor yillarga

bosajakman lab.

Bu jarayonda

ko‘pincha

[ot+la/lan/lash], [ot+chi], [ot+dosh], [ot+zor],

[ot+furush], [ot+kor], [ot+iston], [ot+li], [ot+siz], [be+ot], [ot+ona], [ot+cha/chasiga]

so‘z

yasash qoliplari ishtirok etadi.

So‘z

yasalish asosi sifatida narsa/ shaxs/

o‘rin

-

makon/mavhum otlar keladi. Ayrim hollarda

lug‘aviy

shakl yasovchilar bilan yuzaga

kelgan individual-uslubiy neologizmlar ham uchraydi. Mazkur holat -roq

qo‘shimchasining

ot bilan birga kelishida kuzatildi: Kuzak, sensan, sarhisob/

Burchsan, shondan sharafroq/ Ey umr, sen shab qol/ Bahordan-da bahorroq.

(F.Afro‘z,

“Qo‘shig‘ingni

ayt”)

3. Kompozitsiya usulida yasalgan individual-uslubiy neologizmlar.

Qo‘shma

shakldagi individual-uslubiy neologizmlarning aksariyati ot va sifat turkumi ulushiga

to‘g‘ri

keladi. Jumladan, Farida

Afro‘z

ijodida ishqtalab

(“Kel,

deding”),

qunduzqosh.

(“Kiprigimga

ilingan

yosh”)

kabilar kuzatildi.

Qo‘shma

shakldagi neologizmlarning

so‘z

yasash qolipi sifatida [ot+ot],

[ot+fe’l],

[fe’l+ot],

[sifat+ot], [umum/xush+ot],

[ot+zoda/bardor/dil] kabilar keladi,

qo‘shma

so‘z

komponentlari sifatida

narsa/shaxs/hayvon/mavhum otlar ishtirok etadi.

4. Juft va takror shakldagi individual-uslubiy neologizmlar. Nafaqat badiiy

adabiyotda, balki adabiy tilning turli uslublarida ham mazkur shakldagi

so‘zlarning

vujudga kelishi sekin kechadi

5. Individual-uslubiy frazeologik neologizmlar. Neologizmlar bilan

bog‘liq

manbalarda

“frazeologik

neologizm”

atamasi ham keng

qo‘llanadi.

Farida

Afro‘z

ijodidan: Jonimni

cho‘qiydi

bir mayl.

(“Har

holda”)

Farida

Afro‘zning

“Ey

dunyo”

she’ridagi

“osmon

uzilib yerga

tushmoq”

iborasi shoir tomonidan

“qayta

ishlangan”

tarzda

qo‘llangan:

Uzilib

ko‘k

yerga tusharmi/ Xiyonat boshlaring yanchilsa.

6. Individual-uslubiy tasviriy ifodalar. Bu kabilarning yuzaga kelishi ijodkorlar

shoir va yozuvchilar xizmati bilan

bog‘liq

holda kechadi. Masalan, ayolga nisbatan

ojiza,

mo‘jiza

xilqat kabi parafrazalar

qo‘llanishi

mavjud holat. Ammo Farida

Afro‘z

“Ey

ayol”

misralari bilan boshlanuvchi

she’rida

mazkur parafrazalarga

ko‘nmay,

yangi

tasvirni yaratadi: Ey ayol! Mayliga, bir noming mushtipar

bo‘lsin,

Ey mehr mehvari,

mo‘jiza

xilqat! Kaftingda dunyolar

go‘dakday

kulsin, Sen faqat bor

bo‘lgin,

Yor


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 54 ~

bo‘lgin

faqat!

(“Ayol”)

Shoir boshqa

she’rida

“fikr”ga

ko‘ra

mehvar

so‘zini

qo‘llaydi

va ohorli tasviriy ifoda yaratishga erishadi. Kuzatamiz: Farida

Afro‘z,

fikring tuzat/

Fikr dunyoning mehvari.

(“Maqolnoma

she’r”)

Individual-uslubiy neologizmlarning

ba’zi

hollarda birikma shaklidagi

ko‘rinishi

ham (bir qadoq

og‘riq,

bir yutim hayot va

b.

(F.Afro‘z)

uchraydi.

Xulosa

o‘rnida

aytish mumkinki, Farida

Afro‘z

va Nodira Nazar ijodidagi

individual neologizmlar zamonaviy

o‘zbek

adabiy tilining boyishi, stilistik yuksalishi

va individual poetik uslubning shakllanishiga xizmat qiluvchi vositalardir. Ular orqali
muallif

o‘z

ichki olamini poetik tilga

ko‘chiradi,

adabiyot esa yangilanadi. Mazkur

tadqiqot muallif nutqi neologizmlarini tahlil qilishda lingvopoetik yondashuvning
samaradorligini

ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati

:

1.Yuldashev M. Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi. DDA.

T., 2009.

2.

O‘zbek

tili grammatikasi. 1-tom.

G‘.Abduraxmonov

tahriri ostida.

T.: Fan,

1975.

3. Hojiyev A.

O‘zbek

tili

so‘z

yasalishi tizimi.

T.:

O‘qituvchi,

2007.

4. Mirzayev I. Lingvistik poetika va uning filologik tahlildagi

o‘rni.

Ilmiy

to‘plam.

T.: Universitet, 2002

5. Mirzayev I. Lingvopoetik tahlil

ijodiy tafakkur sohibini tayyorlashning

birlamchi omili ekanligi haqida. Ilmiy

to‘plam

3-tom.

T.:

O‘zMUnashri,

2006,

6.

Ne’matov

H.

So‘z

yasash qolipi, yasalgan va yasama

so‘z

xususida//

O‘zbek

tili va adabiyoti, 2007, 1-son,

7.Qosimova M.B. Badiiy nutq individualligining lingvistik xususiyatlari

(Tog‘ay

Murod asarlari asosida). NDA.

T., 2007.

8. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi

o‘zbek

adabiy tili. Darslik.

T.: Fan va

texnologiyalar, 2010.

9. Shodmonova D. Abdulla Oripov

she’riyatining

lingvopoetik xususiyatlari

(metaforik hodisalar misolida): Filol. fan. nomz. ...diss.

Qarshi, 2019.

Bibliografik manbalar

Yuldashev M. Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi. DDA. – T., 2009.

O‘zbek tili grammatikasi. 1-tom. G‘.Abduraxmonov tahriri ostida. –T.: Fan, 1975.

Hojiyev A. O‘zbek tili so‘z yasalishi tizimi. –T.: O‘qituvchi, 2007.

Mirzayev I. Lingvistik poetika va uning filologik tahlildagi o‘rni. Ilmiy to‘plam. –T.: Universitet, 2002

Mirzayev I. Lingvopoetik tahlil–ijodiy tafakkur sohibini tayyorlashning birlamchi omili ekanligi haqida. Ilmiy to‘plam 3-tom.–T.: O‘zMUnashri, 2006,

Ne’matov H. So‘z yasash qolipi, yasalgan va yasama so‘z xususida// O‘zbek tili va adabiyoti, 2007, 1-son,

Qosimova M.B. Badiiy nutq individualligining lingvistik xususiyatlari (Tog‘ay Murod asarlari asosida). NDA. – T., 2007.

Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. –T.: Fan va texnologiyalar, 2010.

Shodmonova D. Abdulla Oripov she’riyatining lingvopoetik xususiyatlari (metaforik hodisalar misolida): Filol. fan. nomz. ...diss. – Qarshi, 2019.