O’ZBEK TILIDA HURMAT KATEGORIYASI VA UNING O’RGANILISH TARIXI

Abstract

Ushbu maqolada O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy-ijobiy subyektiv ma’no ekanligini tadqiq etilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdurakhmonova , I. . (2025). O’ZBEK TILIDA HURMAT KATEGORIYASI VA UNING O’RGANILISH TARIXI. Talqin Va Tadqiqotlar, (9(67). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/interpretation-research/article/view/124448
Irodakhon Abdurakhmonova
Qo‘qon davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O’zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va qo’llanish jihatlarining tahlili hurmat ma’nosi lisoniy va nutqiy vositalarga ega bo’lgan ijtimoiy-ijobiy subyektiv ma’no ekanligini tadqiq etilgan.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 55 ~

O’ZBEK

TILIDA HURMAT KATEGORIYASI VA UNING

O’RGANILISH

TARIXI

Abduraxmonova Irodaxon Shuhratjon qizi

Qo‘qon davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi

2-bosqich talabasi

irodaxonabdurahmonova9@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada

O’zbek

tilida hurmat

ma’nosini

ifodalovchi

vositalarning tuzilishi, vazifasi, semantik xususiyatlari va

qo’llanish

jihatlarining

tahlili hurmat

ma’nosi

lisoniy va nutqiy vositalarga ega

bo’lgan

ijtimoiy-ijobiy

subyektiv

ma’no

ekanligini tadqiq etilgan.

Kalit

so‘zlar:

Kategoriya, grammatik kategoriya, leksik

semantik hodisa,

component, kontekstual, adressativ, gonorativ.

Ma’lumki,

grammatikada

so’z

shakli va ularning birikish qonuniyatlari

o’rganiladi.

Demak, grammatika

o’zaro

uzviy

bog’langan

morfologiya va sintaksisdan

tashkil topadi va

so’z

uning tayanch unsuri sanaladi.

Shuningdek,

an’anaviy

tilshunoslikda grammatikaning tayanch unsuri sifatida

kategoriya ham tushuniladi: egalik kategoriyasi,

ko’plik

kategoriyasi, shaxs-son

kategoriyasi, kesimlilik kategoriyasi, modallik kategoriyasi kabi.

Kategoriya muayyan

ma’no

va shakllar tizimidan iborat

bo’lib,

grammatika

tarkibiga kiradi va kengroq tushunchani bildiradi. Chunki, kategoriya keng

ma’noda

fonetik, leksik yoki semantik hodisalar tizimidan ham tashkil topishi mumkin.
Kategoriya tushunchasi murakkab

bo’lib,

boshqa fan sohalarida ham uchraydi.

Shunindek, kategoriyalar mohiyati jihatidan

o’zaro

farqlanadi, ifodalanish usuli, tasvir

vositalariga

ko’ra

bir-biriga

o’xshamaydi.

Masalan, kelishiklar tizimi sof Grammatik

kategoriya sanaladi, unlilar tizimi

fonetik,

so’z

yasovchi affikslar tizimi

leksik-

grammatik, hurmatlash, sizsirash hodisalari ijtimoiy-lisoniy kategoriya hisoblanadi.

Kishilik jamiyati mavjud ekan, insonlar

o’rtasida

turli xil ijtimoiy munosabatlar

bo’ladi.

Tabiiyki, bu munosabat, shubhasiz, ular tilida

o’z

ifodasini topadi.

O’zbek

tili

ham bundan holi emas. Kishilar

o’rtasidagi

ijobiy munosabatlar turli

ko’rinishlarda

tilning barcha sathlarida

o’z

ifoda shakllariga ega

bo’ladi.

Ishda hurmat kategoriyasining lisoniy-nutqiy xususiyati,

ya’ni

uni ifodalovchi

vositalarning tuzilishi, mazmuni, vazifasi va

qo’llanishi

jihatlari bir tizimda

birlashtirilib, uzvli (komponent), matniy (kontekstual) tahlil usullaridan foydalanilgan
holda tahlil etildi.

Hurmat

ma’nosini

ifodalovchi nolisoniy vositalar deb

tabassum bilan qarshi

olish, yugurib kelib, tikka turib egilib

ta’zim

qilish,

qo’lni

ko’ksiga

qo’yib

salom berish


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 56 ~

kabi hurmat xulqi (odobi)

ko’rinishlari

tushuniladi. Hurmat

ma’nosini

ifodalovchi

lisoniy va nolisoniy vositalar orqali hurmat

ma’nosining

ifodalanish darajasi

qo’llanish

doirasi bir xil

bo’lmaydi

[2;39]. Vositalarning tuzilishi, vazifasi,

ma’no

xususiyatlariga

qarab, ularning hurmat kategoriyasidagi mavqei, hurmatni ifodalash darajasi
aniqlanadi.

O’zbek

tilida hurmat

ma’nosini

ifodalovchi vositalarning tuzilishi, vazifasi,

semantik xususiyatlari va

qo’llanish

jihatlarining tahlili hurmat

ma’nosi

lisoniy va

nutqiy vositalarga ega

bo’lgan

ijtimoiy-ijobiy subyektiv

ma’no

ekanligini

ko’rsatadi.

Til hodisalarining ijtimoiy omil bilan

bog’liqligi

ayrim tilshunos olimlar

tomonidan asoslangan[5;176]. Keyinchalik bu hodisaga rus va o

zbek tilshunosligida

ham

e’tibor

berilgan. Ijtimoiy omil deganda eng avvalo suhbatdoshlar

o’rtasidagi

turli

ijtimoiy munosabatlar

ko’zda

tutiladi.

O’zbek

tilida hurmat kategoriyasi ijtimoiy-lisoniy hodisa sifatida mavjud

bo’lib,

o’z

leksik-grammatik vositalariga va ifodalanish usullariga egadir.

Shu

o’rinda

hurmat kategoriyasining

o’rganilish

tarixiga nazar tashlasak,

kategoriyani turlicha tushunish oqibatida

bo’lsa

kerak hurmat

ma’nosi,

sizsirash

hodisasi

ko’pchilik

tillarda alohida kategoriya sifatida

o’rganilmagan;

hurmat

ma’nosini

ifodalovchi vositalari esa boshqa unsurlar (masalan: modallikni ifodalovchi

unsurlar) qatoriga

qo’shib

yuborilgan.

Yapon tilida hurmat kategoriyasi ikki xil ifodalanishi

ta’kidlangan.

Bu haqda

V.M.Alpatovning quyidagi fikrlari ahamiyatlidir:

“Birinchisi

“adressativ”

kategoriya, bunda

so’zlovchining

suhbatdoshga,

ikkinchisi

“gonorativ”

kategoriya

so’zlovchining

suhbatida

so’z

borayotgan

o’zga

shaxsga nisbatan ijobiy munosabatini ifodalaydi. Har qaysi kategoriya

o’z

ifodalanish

shakli va tizimiga ega: adressativ kategoriya shakllari

fe’l,

predikativ sifat va

bog’lama

ko’rinishida;

gonorativ kategoriya esa barcha mustaqil

so’z

turkumlari

ko’rinishida

namoyon

bo’ladi.

Adressativ kategoriyada adressativ va noadressativ, gonorativ

kategoriyada betaraflik va kamtarlik bildiruvchi shakllar

o’zaro

ziddiyat hosil qiladi.

Betaraf shakllar ham hurmat, ham kamtarlik ifodalay oladi. Bu shakllarning maxsus

qo’shimchasi

yo’q”

[1;13].

1944 yil

A.G’ulomov

o’zbek

tilida hurmat

ma’nosi

ifodalanishi haqida

birinchilardan

bo’lib

fikr yuritib, hurmat

ma’nosi

otning

ko’plik

qo’shimchasi

bilan

ifodalanishi haqida batafsil

to’xtalib

o’tgan.

O’tgan

asrning 50-60-yillarida hurmat

ma’nosining

ayrim morfologik vositalar, jumladan egalik affikslari vositasida

ifodalanishi mumkinligi haqida N.K.Dmitriyev, E.V.Sevortyan, A.N.Kononov,
F.Abdullayev, K.Nazarov kabi olimlar ham

o’z

asarlarida

yo’l

-

yo’lakay

to’xtalib

o’tganlar.

A.Hojiyev, S.Usmonov,

R.Qo’g’urov,

Y.Tojiyev, R.Ikromova kabi olimlar

esa hurmat

ma’nosini

ifodalovchi ayrim sintetik vositalarni modal

ma’no

ifodalovchi

vositalar qatorida sanab,

“modal

forma”,

“subyektiv

baho formasi,

“kichraytirish

-


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 57 ~

erkalash

vositalari”

kabi atamalar bilan atashgan.

to’g’rirog’i,

hurmatni ifodalovchi

morfologik vositalarni boshqa kategoriya vositalari bilan qorishiq holda

o’rganishgan.

1973-yilda Sh.Rahmatullayev

o’zbek

tilshunosligiga

“hurmat

formasi”

tushunchasini kiritdi: hurmat ifodalovchi

lar affiksining

ko’plik

bildiruvchi

lar

affiksidan farqlanishini

ta’kidlab

ko’rsatdi[3;28

-30]. Sh.Rahmatullayev fikricha, -lar

omonim

qo’shimcha

sanaladi, lekin omonim

qo’shimchalarning

umumiyligi (modal

ma’no

ekanligi)ga emas, balki ular

o’rtasidagi

grammatik farqqa asoslanadi. Buni

quyidagicha oddiy tasvirlash mumkin:

-lar I. Kitoblarim

bunda aynan

ko’plik,

hurmatga betaraflik mavjud.

-lar II. Otamlar

bunda III shaxs birlikka aynan hurmat,

ko’plikka

betaraflik

mavjud.

Hurmatning

ma’no

xususiyati esa boshqa kesimlilik

ma’nolari

shaxs, son,

zamon, mayllardan farq qilishi

ko’rsatiladi:

hurmat II va III shaxs shakllari uchun

mushtarak hisoblanadi. Otangiz (otanglar)

otaga hurmat, akangiz (akanglar)

akaga

hurmat; onalari 90 bahorni

ko’ribdilar

onaga hurmat; buvimlar keldilar

buviga

hurmat (III shaxs birlikka hurmat) buvilarim kelishdi

III shaxs

ko’plik

“2

ta buvi

kelgan”.

Hurmat kategoriyasi vositalarining

qo’llanishida

ijtimoiy omil muhim rol

o’ynaydi.

Ijtimoiy omilning asosiy belgisi nutq jarayoni, imkoniyati, sharoiti, vaziyati

va vaqti kabilardir.

Keyingi yillarda

o’zbek

tilshunosligida hurmat

ma’nosi

kategoriya,

ya’ni

kategoriya hosil qiluvchi

ma’no

deb qaralmoqda. 1990-yilda

G’.Zikrillayev

tomonidan

hurmat dastlab

fe’lga

xos kategoriya sifatida

o’rganilib,

uning semantik-funksional

xususiyati,

ya’ni

mazmuni,

qo’llanishi

va yasalishi tahlil qilinadi.

G’.Zikrillayev

“II

va

III shaxsda subyektning kommunikativ roli hamda miqdorini

ko’rsatuvchi

qo’shimcha

ayni paytda hurmat

ma’nosini

ifodalash uchun ham xizmat qiladi. SHu paytgacha

hurmat kategoriyasi ajratilmaganidan ular shaxs-son

qo’shimchasi

leb kelinar

edi”

deb

ta’kidlaydi

[4;111]. Ammo

G’.Zikrillayev

hurmat

ma’nosini

faqatgina

fe’llarga

xos

shaxs, son kategoriyalari doirasida

o’rganish

bilan cheklangan.

1991-yilda hurmat

ma’nosining

olmoshlar doirasida ifodalanish xususiyatlari

haqida B.Yusupov

o’zining

“Местоимение

в

староузбекском

литературном

языке”

(XV-XVI

вв.

) monografiyasida qimmatli fikrlarni bayon etadi. Bundan

tashqari, hurmat semasining olmoshlar bilan

bog’liq

jihatlari haqida 1969-yilda

K.YE.Maytinskaya turli tizimdagi tillarda olmoshning

qo’llanishi

haqida fikr

bildirgan. 1980-yilda M.S.Uzina esa fors tilida ayrim olmoshlarning hurmat ifodalashi
haqida

to’xtalgan.

2003-yilda yozilgan D.Hakimovning

“Siz

vas en olmoshlarining

leksik-semantik

xususiyatlari”

maqolasi

o’zbek

tilida hurmat

ma’nosining

olmoshlar

vositasida ifodalanishi haqidagi mavjud fikrlarni

to’ldiradi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 58 ~

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Алпатов

В.М.

Категория

вежливости

в

современном

японском

языке.

–М.:

Наукаб

1973.

–С.13.

2.

Hojiyeva H. O

zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-nutqiy

xususiyati: Filol.fanl.nomz

diss.

Samarqand, 2001.

B.39.

3.

Rahmatullayev SH. Hurmat formasi //

O’zbek

tili va adabiyoti.

T., 1973.

-1.-B.28-30.

4.

Zikrillayev

G’.

Fe’lning

shaxs, son va hurmat kategoriyasi sistemasi.

T.:

Fan, 1990.

B.111

5.

Швейцер

А.Д.

Современная

социолингвистика.

Теория,

проблемы,

методы.

М.:

Наука,

1976.

–С.176.


References

Алпатов В.М. Категория вежливости в современном японском языке. –М.: Наукаб 1973. –С.13.

Hojiyeva H. O’zbek tilida hurmat maydoni va uning lisoniy-nutqiy xususiyati: Filol.fanl.nomz…diss. –Samarqand, 2001. –B.39.

Rahmatullayev SH. Hurmat formasi // O’zbek tili va adabiyoti. –T., 1973. № -1.-B.28-30.

Zikrillayev G’. Fe’lning shaxs, son va hurmat kategoriyasi sistemasi. –T.: Fan, 1990. –B.111

Швейцер А.Д. Современная социолингвистика. Теория, проблемы, методы. – М.: Наука, 1976. –С.176.