SUNʼIY INTELLEKT ASARLARI UCHUN HUQUQIY HIMOYA INNOVATSIYALARI VA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Annotasiya

Sunʼiy intellekt (SI) tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmi va murakkabligi ortib borayotgani anʼanaviy mualliflik huquqi modelining yetishmovchiligini yuzaga chiqarmoqda. Mazkur maqola SI mahsulotlari uchun innovatsion huquqiy himoya yondashuvlarini tahlil qiladi hamda Integratsiyalashgan shartli huquqiy himoya (IShHH) modelini taklif etadi. Yangi model inson ijodi va SI mahsulotlari oʻrtasida muvozanatni taʼminlash, Oʻzbekiston va xalqaro tajribalarni uygʻunlashtirish imkonini beradi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shomurodov , S. . (2025). SUNʼIY INTELLEKT ASARLARI UCHUN HUQUQIY HIMOYA INNOVATSIYALARI VA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI. Talqin Va Tadqiqotlar, (9(67). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/interpretation-research/article/view/124451
Sanjar Shomurodov
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Sunʼiy intellekt (SI) tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmi va murakkabligi ortib borayotgani anʼanaviy mualliflik huquqi modelining yetishmovchiligini yuzaga chiqarmoqda. Mazkur maqola SI mahsulotlari uchun innovatsion huquqiy himoya yondashuvlarini tahlil qiladi hamda Integratsiyalashgan shartli huquqiy himoya (IShHH) modelini taklif etadi. Yangi model inson ijodi va SI mahsulotlari oʻrtasida muvozanatni taʼminlash, Oʻzbekiston va xalqaro tajribalarni uygʻunlashtirish imkonini beradi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 59 ~

SUNʼIY INTELLEKT ASARLARI UCHUN HUQUQIY HIMOYA

INNOVATSIYALARI VA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI

TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Shomurodov Sanjar Ilhomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

greatsanjar@gmail.com


Annotatsiya:

Sunʼiy intellekt (SI) tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmi

va murakkabligi ortib borayotgani anʼanaviy mualliflik huquqi modelining

yetishmovchiligini yuzaga chiqarmoqda. Mazkur maqola SI mahsulotlari uchun
innovatsion huquqiy himoya yondashuvlarini tahlil qiladi hamda Integratsiyalashgan
shartli huquqiy himoya (IShHH) modelini taklif etadi. Yangi model inson ijodi va SI

mahsulotlari oʻrtasida muvozanatni taʼminlash, Oʻzbekiston va xalqaro tajribalarni
uygʻunlashtirish imkonini beradi.

Kalit soʻzlar:

Sunʼiy intellekt, mualliflik huquqi, SI mahsulotlari, huquqiy

himoya, vakil-

inson modeli, “datasets”, yaratuvchilik boshqaruvi, IShHH modeli,

shartli huquqiy maqom, Oʻzbekiston qonunchiligi, xalqaro standartlar, intellektual

mulk huquqi.

Kirish.

So

ʻ

nggi yillarda sun

ʼ

iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi

natijasida inson ishtirokisiz yoki minimal inson aralashuvida yaratilayotgan
mahsulotlar va asarlar hajmi misli ko

ʻ

rilmagan darajada ortib bormoqda. San

ʼ

at,

adabiyot, dizayn va boshqa kreativ sohalarda SI tizimlari tomonidan yaratilgan
kontentlarning xilma-xilligi hamda texnik murakkabligi ko

ʻ

plab yangi huquqiy

savollarni yuzaga chiqaryapti.

J.C. Ginsburg “Bu holat mavjud mualliflik huquqi

tizimining imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazmoqda, chunki anʼanaviy yondashuvlarda
asosan insonning ongli ijodiy ishtiroki asosiy mezon sifatida koʻriladi”, deydi [1; B.

8]. Bugungi huquqiy tizimlar inson yaratuvchiligiga tayanadi va inson ijodi natijasida
vujudga kelgan mahsulotlargina mualliflik huquqi doirasida huquqiy himoya ostiga
olinadi. Biroq SI tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar

rasm, matn, musiqiy asarlar,

grafikalar va boshqa kontentlar

inson aralashuvi minimal yoki umuman boʻlmagan

holatlarda ham yaratilyapti. Natijada, bu mahsulotlarning huquqiy maqomi, mualliflik
huquqi doirasidagi himoyasi va undan kelib chiqadigan mulkiy hamda nomulkiy
huquqlarning taqsimlanishi murakkab muammoga aylangan [3; B. 511].

Xalqaro va milliy darajada SI mahsulotlarining huquqiy maqomini belgilash va

ularni tartibga solishga oid muammolar tobora dolzarb tus olgan. Ayrim
mamlakatlarda, masalan AQShda, SI mahsulotlariga nisbatan faqat inson tomonidan

qoʻshilgan ijodiy hissa himoya qilinishi belgilangan boʻlsa, boshqa yurisdiksiyalarda


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 60 ~

bu masala hali toʻliq yechimini topmagan [4; B. 5]. Yevropa Ittifoqining amaldagi

normativ-

huquqiy bazasi, xususan “Database Directive” kabi hujjatlar zamonaviy SI

mahsulotlarining oʻziga xos xususiyatlarini toʻliq qamrab olmaydi [6; B. 4].

Mazkur maqolaning asosiy maqsadi

SI mahsulotlari uchun samarali va adolatli

huquqiy himoya mexanizmlarini tahlil qilish hamda innovatsion yechim sifatida
Integratsiyalashgan shartli huquqiy himoya (IShHH) modelini ishlab chiqishdan iborat.
Taklif etilayotgan model orqali SI mahsulotlari inson aralashuvi darajasiga qarab
farqlangan shartli huquqiy maqom ostiga olinishi mumkin.

Uslubiyat.

Mazkur tadqiqot zamonaviy huquqiy muammolarni chuqur tahlil

qilishga qaratilgan boʻlib, asosan kompleks yondashuv asosida amalga oshirildi.

Dastlab, normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi,

Yaponiya va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, hamda soʻnggi
yillarda eʼlon qilingan rasmiy tavsiyalar oʻrganildi. Jumladan, AQSh Mualliflik huquqi
idorasi tomonidan ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt mahsulotlariga oid rasmiy
koʻrsatmalar [4; B. 5], Yaponiyaning 2022

-yi

ldagi “Intellectual Property Strategic

Program” hujjati [5], shuningdek, Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan yangi qonun

loyihalari tahlil qilindi.

Tadqiqotning yana bir muhim metodologik jihati huquqiy-nazariy yondashuv

hisoblanadi. Bunda SI mahsulotlarining huquqiy maqomini belgilashga oid uchta
asosiy model

“Yordamchi ijodkorlik” (Assisted Creativity), “Avtonom ijodkorlik”

(Autonomous Creativity)

va “Tartibga solinmagan ijodkorlik” (Unregulated

Creativity) konseptlari asosida huquqiy mezonlar va himoya mexanizmlarining
samaradorligi tahlil qilindi [1; B. 8; 2; B. 7].

Shuningdek, tadqiqotda SI faoliyatining asosi hisoblangan maʼlumotlar bazalari

“datasets” tushunchasi va ularning huquqiy maqomi alohida oʻrganildi. Bu borada

Yevropa Ittifoqining “Database Directive” normalari [6; B. 4], shuningdek, T.
Skassaning “datasets” ustidan nazorat va boshqaruvni kuchaytirishga doir ilmiy
takliflari asos qilib olindi [7; B. 137]. Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir
maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunining 27

-1-moddasi va milliy maxfiylik talablariga

alohida eʼtibor qaratildi.

Amaliy tajriba sifatida esa sunʼiy intellekt mahsulotlariga oid global voqealar,

milliy qonunchilikdagi tendensiyalar va xalqaro huquqiy hamjamiyatda

shakllanayotgan innovatsion yondashuvlar oʻrganildi. Jumladan, “Leonardo AI”,
“DALL

-

E 3”, “Midjourney” kabi ilgʻor SI tizimlari asosida yaratilgan asarlarning

huquqiy maqomi va ularni tartibga solishga oid xalqaro bahs-munozaralar misol

tariqasida tahlil qilindi. Shu orqali tadqiqot anʼanaviy yondashuvlarning cheklangan

imkoniyatlarini aniqlash hamda yangicha

Integratsiyalashgan shartli huquqiy

himoya (IShHH) modelining zaruratini asoslash imkonini berdi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 61 ~

Natijalar.

Olib borilgan tahlillar natijasida amaldagi huquqiy tizimlar sunʼiy

intellekt (SI) mahsulotlarini toʻliq qamrab olmayotgani aniqlandi. Anʼanaviy mualliflik

huquqi modeli insonning shaxsiy ijodiy ishtirokini asosiy shart sifatida belgilaydi [1;
B. 8]. Biro

q SI tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar koʻpincha inson aralashuvining

minimal yoki butunlay yoʻqligi sharoitida yuzaga kelmoqda, bu esa mavjud huquqiy
mexanizmlarning yetarli emasligini koʻrsatmoqda. AQSh va Yevropa Ittifoqidagi

amaliyotlar buning yaqqol isbotidir. Jumladan, AQSh Mualliflik huquqi idorasi SI
mahsulotlari inson ijodi bilan birgalikda yaratilgan taqdirdagina huquqiy himoya ostiga

olinishi mumkinligini belgilagan [4; B. 5]. “Zarya of the Dawn” ishida SI yordamida

yaratilgan qismlar huquqiy himoyadan mosuvo qilingan, faqat inson tomonidan qayta
ishlangan qismlar muhofaza ostiga olingan [4; B. 5]. E.Rosatining aytganidek,

Yevropa Ittifoqida esa “authorʼs own intellectual creation” talabi asosida SI

mahsulotlari aksariyat hollarda mualliflik huquqi bilan himoyalanmaydi [6; B. 4].

Shu sharoitda vakil-inson (agent-muallif) modeli dolzarblik kasb etmoqda. Daria

Kim tomonidan ishlab chiqilgan ushbu yondashuv SI mahsulotlarini inson vakili

nomidan roʻyxatdan oʻtkazish va huquqiy himoya ostiga olish imkonini beradi [3; B.

511]. Bu model SI mahsulotlarining huquqiy maqomini mustahkamlash uchun muhim
hisoblanadi.

Oʻzbekistonda ham SI sohasidagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish yoʻlida

muhim qadamlar tashlanmoqda. 2024-yil 15-

aprel kuni birinchi oʻqishda qabul

qilingan “Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga
solishga doir” qonun loyihasi milliy huquqiy tizimni takomillashtirish yoʻlidagi ilk
tashabbusdir. Bundan tashqari, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunining

27-1-

moddasi “datasets” tarkibidagi shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish uchun

muhim normativ asos yaratmoqda [9].

Shunga qaramay, “datasets”larga oid huquqiy boʻshliqlar mavjudligi saqlanib

qolmoqda. Yevropa Ittifoqining “Database Directive” hujjati [6; B. 4] va T. Skassaning
“data stewardship” modeli [7; B. 137] bu sohada qisman yechim taklif qilgan boʻlsa

-

da, ular S

I mahsulotlarining zamonaviy xususiyatlarini toʻliq hisobga olmaydi.

Oʻzbekiston qonunchiligida esa “datasets”larning huquqiy maqomi, boshqaruv va

egalik masalalari hali ham yetarlicha tartibga solinmagan. Ushbu natijalar SI

mahsulotlari va “datasets”lar u

stidan zamonaviy, moslashuvchan va differensial

yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini koʻrsatmoqda.

Muhokama.

Olib borilgan tahlillar shuni koʻrsatdiki, sunʼiy intellekt

mahsulotlari uchun mavjud huquqiy yondashuvlar amaliyotda yetarlicha samarali

emas. Xususan, anʼanaviy mualliflik huquqi modeli insonning shaxsiy ijodiy

ishtirokini asosiy talab sifatida belgilaydi [1; B. 8]. Shunga qaramasdan, SI tomonidan

yaratilayotgan koʻplab mahsulotlar inson aralashuvining minimal darajasida yuzaga

kelayotgani uchun, ular mualliflik huquqi doirasidan tashqarida qolmoqda. Bu esa,


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 62 ~

zamonaviy texnologik taraqqiyot sharoitida mavjud huquqiy mexanizmlarning
cheklanganligini yaqqol namoyon etadi.

Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun innovatsion yondashuvlar zarur.

Avvalo, vakil-

inson modeli SI mahsulotlari uchun huquqiy himoya taʼminlash borasida

muhim konsepsiya hisoblanadi [3; B. 512]. Mazkur model doirasida SI mahsulotlari
inson vakili

nomidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va muhofaza qilinadi. Shu bilan birga,

“datasets”larga oid boshqaruv va egalik masalalarini hal qilish uchun “data
stewardship” modeli taklif etiladi [7; B. 141]. Bu yondashuv maʼlumotlar ustidan

maxsus nazoratni kuchaytiris

h va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish imkonini

beradi. Bundan tashqari, SI mahsulotlari uchun shartli huquqiy maqom belgilash SI

faoliyatini ragʻbatlantirgan holda, inson huquqlarini ham ishonchli himoya qilish

imkonini yaratadi.

Mazkur maqolada taklif etilayotgan Integratsiyalashgan shartli huquqiy himoya

(IShHH) modeli aynan ushbu ehtiyojlardan kelib chiqadi. Ushbu model asosida SI
mahsulotlari yordamchi, yarim-

avtonom va toʻliq avtonom shakllarga ajratiladi.

Yordamchi mahsulotla

r uchun inson toʻliq mualliflik huquqiga ega boʻladi, chunki bu

holatda inson ijodi yetakchi rol oʻynaydi. Yarim

-avtonom mahsulotlar uchun esa

cheklangan mulkiy huquqlar nazarda tutiladi. Toʻliq avtonom mahsulotlar maxsus
“sunʼiy yaratuvchilik huquqi” osti

da himoya qilinadi, bunda inson ishtiroki minimal

boʻlsa

-da, mahsulotning huquqiy maqomi aniqlanadi.

IShHH modelining yana bir muhim elementi

har bir SI mahsuloti uchun ijodiy

kurator tayinlanishi hisoblanadi. Kurator SI mahsulotlari ustidan nazoratni amalga

oshiradi, ularni roʻyxatdan oʻtkazadi, huquqiy muhofaza choralari koʻradi va SI

mahsulotidan foydalanish shartnomalarini tuzadi. Bu orqali SI mahsulotlari ustidan
inson nazorati saqlanadi va huquqiy, iqtisodiy hamda moliyaviy oqibatlar boshqariladi.

Mazkur yondashuv milliy va xalqaro tajribani uygʻunlashtiradi. Xususan, AQSh va

Yevropa Ittifoqida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, vakil-inson modeli

hamda “datasets”ga oid boshqaruv mexanizmlari IShHH modeli bilan mushtaraklik
kasb etadi [4; B. 5; 6; B. 4; 7; B. 137]. Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir
maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi q

onunining 27-1-

moddasi esa “datasets” tarkibidagi shaxsiy

maʼlumotlarni himoya qilishda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi.

Shu bilan birga, SI mahsulotlariga oid huquqiy mexanizmlarni

takomillashtirishda muayyan xatarlar ham mavjud. Avvalo, SI mahsulotlari mustaqil
ravishda huquqiy himoya ostiga olinishi natijasida intellektual mulk bozorida haddan

tashqari koʻpayish, huquqiy

monopoliyalar kuchayishi va inson ijodining axloqiy

qadriyatlari soya ostida qolish ehtimoli mavjud. Bu haqida S.S.Bazarov “Sunʼiy
intellekt sohasidagi mahsulotlar va ularga bogʻliq zamonaviy texnologiyalar (aqlli

shahar, smart-kontrakt, raqamli iqtisod, blokcheyn va h.k.) ishlab chiqarilishi

barobarida yuzaga kelayotgan chaqiriqlar, munosabatlar anʼanaviy huquq normalari va


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 63 ~

institutlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish zaruratini vujudga keltirmoqda”, deb yozadi [2;
B. 7]. Bundan tashqari, “datasets” ustidan nazorat yetarlicha kuchli boʻlmaganda,
shaxsiy maʼlumotlar va tijorat sirlari tarqalishi mumkin. Shu sababli, IShHH modeli

ni

joriy etishda aniq ehtiyot choralar koʻrish, inson nazoratini kuchaytirish va axloqiy

-

ijtimoiy muvozanatni saqlash talab etiladi. Umuman olganda, IShHH modeli sunʼiy
intellekt faoliyati va inson huquqlari oʻrtasida huquqiy muvozanatni taʼminlashga

xizmat qilishi mumkin. Bu esa, milliy va xalqaro miqyosda zamonaviy
texnologiyalarni huquqiy tartibga solishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xulosa.

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, anʼanaviy huquqiy tizimlar sunʼiy

intellekt mahsulotlari uchun yetarli huquqiy himoya taʼminlash imkoniyatiga ega

emas. Amaldagi mualliflik huquqi modeli insonning shaxsiy ijodiy ishtirokini asosiy
shart sifatida talqin qiladi, holbuki, zamonaviy SI mahsulotlari inson aralashuvining

minimal yoki butunlay yoʻqligi sharoitida ham yaratilmoqda. Bu esa mavjud huquqiy
mexanizmlarning

yetishmasligini

ochiq

koʻrsatmoqda.

Taklif

etilgan

Integratsiyalashgan shartli huquqiy himoya (IShHH) modeli mazkur muammolarni

bartaraf etish va zamonaviy texnologik taraqqiyot hamda inson huquqlari oʻrtasida
huquqiy muvozanatni taʼminlash imkonini beradi. Mazkur model yordamida SI

mahsulotlari inson ishtiroki darajasiga qarab farqlanadi va har bir toifa mahsulot uchun
mos huquqiy maqom belgilanadi. Shuningdek, vakillik va kuratorlik instituti orqali SI
mahsulotlari ustidan inson nazorati va huquqiy javobgarlik mexanizmlari

kuchaytiriladi. Oʻzbekiston uchun ushbu modelni joriy qilish mil

liy huquqiy bazani

takomillashtirish yoʻlida muhim qadam boʻlishi mumkin. Xususan, quyidagi normativ

-

huquqiy takliflarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

Fuqarolik kodeksiga “Sunʼiy intellekt mahsulotlarining shartli huquqiy

maqomi” haqidagi yangi modda kiritish;

Maxsus “Sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan asarlar reyestri”ni tashkil etish;

SI mahsulotlari uchun vakillik va ijodiy kuratorlik institutini joriy etish;

“Datasets” tarkibidagi shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish mexanizmlarini

kuchaytirish.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston xalqaro huquqiy tendensiyalarni inobatga olgan

holda, WIPO va Yevropa Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy

hujjatlar asosida oʻz qonunchiligini moslashtirishi zarur. Ayniqsa, “data stewardship”

modeli va vakil-

inson instituti orqali huquqiy innovatsiyalarni ragʻbatlantirish SI

mahsulotlari bozorini huquqiy jihatdan barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Shunday
qilib, IShHH modeli zamonaviy SI mahsulotlariga huquqiy maqom berish, texnologik
taraqqiyot va inson h

uquqlari oʻrtasida muvozanat yaratish, hamda milliy va xalqaro

tajribalarni uygʻunlashtirish uchun kompleks yondashuv sifatida tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 64 ~

1. Ginsburg J.C. People Not Machines: Authorship and the Work Made by AI //

Columbia Journal of Law & the Arts.

2023.

Vol. 46.

8 b.

2. Bozarov S.S. Sunʼiy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik: yuridik fanlar

doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati.

Toshkent, 2023.

7 b.

3. Kim D. Human Agents and AI-Generated Works: A New Model for Copyright

Protection // Journal of Intellectual Property Law and Practice.

2022.

Vol. 17.

No. 7.

511 b.

4. U.S. Copyright Office. Registration Guidance for Works Containing AI-

Generated Material.

Washington, 2023.

5 b.

5. Japan Intellectual Property Association. Intellectual Property Strategic Program

2022.

Tokyo: JIPA, 2022.

6. Rosati E. The Database Directive: Past, Present and Future // European

Intellectual Property Review.

2019.

Vol. 41.

No. 1.

4 b.

7. Scassa T. Data Stewardship: New Roles for Data Governance // International

Data Privacy Law.

2022.

Vol. 12.

No. 2.

137 b.

8. Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi

qonuni.

https://lex.uz/docs/-4396419

9.

15.04.2025.

Oliy

Majlis

Qonunchilik

palatasi

majlisi:

https://t.me/qonunchilikpalatasi/27402

Bibliografik manbalar

Ginsburg J.C. People Not Machines: Authorship and the Work Made by AI // Columbia Journal of Law & the Arts. – 2023. – Vol. 46. – 8 b.

Bozarov S.S. Sunʼiy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik: yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2023. – 7 b.

Kim D. Human Agents and AI-Generated Works: A New Model for Copyright Protection // Journal of Intellectual Property Law and Practice. – 2022. – Vol. 17. – No. 7. – 511 b.

U.S. Copyright Office. Registration Guidance for Works Containing AI-Generated Material. – Washington, 2023. – 5 b.

Japan Intellectual Property Association. Intellectual Property Strategic Program 2022. – Tokyo: JIPA, 2022.

Rosati E. The Database Directive: Past, Present and Future // European Intellectual Property Review. – 2019. – Vol. 41. – No. 1. – 4 b.

Scassa T. Data Stewardship: New Roles for Data Governance // International Data Privacy Law. – 2022. – Vol. 12. – No. 2. – 137 b.

Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/-4396419

15.04.2025. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisi: https://t.me/qonunchilikpalatasi/27402