INVESTITSIYAVIY NIZOLAR: MILLIY SUD YURISDIKSIYASIDA HAL ETISH MUAMMOLARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Abstract

Ushbu maqolada investitsiya nizolari bilan bog‘liq huquqiy tartibga solishdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilik takliflari, xorijiy investorlar bilan bog‘liq nizolarni hal etishda xalqaro huquq normalarini tatbiq etish zarurati tahlil qilinadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shodmonov , S. . (2025). INVESTITSIYAVIY NIZOLAR: MILLIY SUD YURISDIKSIYASIDA HAL ETISH MUAMMOLARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI. Talqin Va Tadqiqotlar, (9(67). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/interpretation-research/article/view/124455
Sanjar Shodmonov
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti Biznes huquqi mutaxassisligi magistranti
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada investitsiya nizolari bilan bog‘liq huquqiy tartibga solishdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilik takliflari, xorijiy investorlar bilan bog‘liq nizolarni hal etishda xalqaro huquq normalarini tatbiq etish zarurati tahlil qilinadi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 73 ~

INVESTITSIYAVIY NIZOLAR: MILLIY SUD YURISDIKSIYASIDA HAL

ETISH MUAMMOLARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Shodmonov Sanjar Qurbonmurod o‘g‘

li

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Biznes huquqi mutaxassisligi magistranti

sanjarshodmonov44@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada investitsiya nizolari bilan bog‘liq huquqiy tartibga

solishdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilik takliflari,
xorijiy investorlar bilan bog‘liq nizolarni hal etishda xalqaro huquq normalarini tatbiq

etish zarurati tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

investitsiya nizolari, muzokaralar, vositachilik, arbitraj, yirik

investor, nizolarni hal etish.

Аннотация:

В данной статье анализируются существующие недостатки

правового регулирования, связанные с инвестиционными спорами, и
законодательные предложения по их устранению, необходимость применения
норм международного права при разрешении споров с иностранными
инвесторами.

Ключевые слова:

инвестиционные споры, переговоры, посредничество,

арбитраж, крупный инвестор, разрешение споров.

Annotation:

This article analyzes the existing shortcomings in legal regulation

related to investment disputes and legislative proposals for their elimination, the need
to apply the norms of international law in resolving disputes related to foreign
investors.

Keywords:

investment disputes, negotiations, mediation, arbitration, large

investor, dispute resolution.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab, iqtisodiyotni

erkinlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsiyaviy xavfsizlikni

ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etib kelinmoqda. So‘nggi yillarda davlat

rahbari tomonidan qabul qilingan muhim qaror va farmonlar

jumladan, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining PF-6034-

sonli Farmoni investitsiyaviy nizolarni ko‘rib

chiqish tizimining institutsional islohotlari uchun asos bo‘ldi. Ushbu farmon asosida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasida yirik investorlar bilan bog‘liq
investitsiyaviy nizolarni ko‘ruvchi maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi.

Xorijiy investitsiyalar sohasida maxsus qonunlar qabul qilinishi, qulay iqlimni

yaratish va xorijiy investitsiyalar uchun imtiyozli yo‘nalish yaratish orqali mamlakat
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istagi bilan bog’langan. Iqtisodiy


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 74 ~

rivojlanish davom etar ekan, xorijiy investitsiyalar uchun maxsus shart-sharoitlarni
yaratish va ushbu sohadagi maxsus qonunlarni tartibga solish kerak.

17

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 30

1

-moddasida

investitsiyaviy nizolarning asosiy turlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa

-

da, ularning ko‘rib

chiqilishiga oid protsessual jihatlar, xususan sudda ko‘rib chiqish tartibi,
soddalashtirilgan yurituv qo‘llanishi mumkin bo‘lgan holatlar, investitsiya niz

olarini

xalqaro arbitrajga yoki muqobil nizolarni hal etish mexanizmlariga topshirish tartibi va

shunga o‘xshash muhim protsessual masalalar qonunchilikda yetarli darajada

aniqlashtirilmagan. Ayniqsa, investitsiya shartnomalarining tuzilishi, bajarilishi, bekor
qilinishi yoki buzilishi natijasida yuzaga keladigan nizolar yuzasidan qaysi sud

vakolatli ekani, ya’ni yurisdiksiya masalasi amaliyotda turlicha talqin qilinmoqda va

bu holat investorlar

huquqlarining kafolatlangan himoyasiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmoqda.

Investitsiyaviy nizolar toifalaridan biri investor va investitsiyalarni olgan davlat

o‘rtasidagi nizolardir. Ushbu toifadagi investitsion nizolarni uch guruhga bo‘lish

mumkinligi odatda qabul qilinadi.

Birinchi guruhga millatchilik va boshqa majburlash choralari ko‘rilganda

kompensatsiya to‘lash shartlari va tartibi, qurolli mojaro yuzaga kelganida etkazilgan
zararni koplash, shunga o‘xshash holatlarda davlat organlari va mansabdor

shaxslarning xatti-har

akatlari bilan investorga etkazilgan zararni qoplash bo‘yicha

investitsion nizolar kiradi.

Ikkinchi guruh turli xil mulkiy va iktisodiy nizolarni o‘z ichiga oladi: qo‘shma

korxonalar ishtirokchilari o‘rtasida, qo‘shma korxonaning o‘zi bilan bitta ishtirokchi
o‘rtasida; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va firma o‘rtasida yoki boshqa

mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari bilan.

Uchinchi guruhga investor va mamlakatning davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni

o‘z ichiga oladi.

Investitsiyaviy nizolarni ko‘rish boyicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy

protsessual kodeksida 30

1

-

moddasi bor bo‘lib, ushbu norma asosida butun bir

investitsiyaviy nizolarni qamrab olish mushkul hisoblanadi, chunki birgina iqtisodiy
sudlarda 2017-yilda investitsiya faoliyati bilan bog'liq 576 ta, 2018-yilda 609, 2019-
yilda 647 ta nizolar hal etilgan.

18

O‘tgan yilda iqtisodiy sudlarda chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari

ishtirokidagi korxonalar bilan bog'liq 3 mingdan ortiq nizo hal etilgan. Ushbu iqtisodiy

ishlarning deyarli yarmi Toshkent shahar iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilgan.

17

Лисица В.Н. Правовое регулирование иностранных инвестиций: проблемы теории и практики / В.Н. Лисица.

Рос. Акад. наук. Инт философии и права. Новосибирск, 2007. С. 193

-194

18

Uzreport.news axborot agentligi.

“Investitsiyaviy nizolarni sudlarda hal qilishning yangi tartiblari joriy etildi”. //

https://uzreport.news/society/investitsiyaviy-nizolarni-sudlarda-hal-qilishning-yangi-tartiblari-joriy-etildi

(04.02.2021

holatiga ko’ra)


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 75 ~

Investor o‘z hu

quqlari buzilgan taqdirda himoya qilishning turli usullariga ega.

Masalan, diplomatik himoya, sud himoyasi yoki investitsion nizolarni hal qilishning
alternativ usullari (muzokaralar, vositachilik, arbitraj). Milliy qonun hujjatlariga va

xalkaro shartnomalarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida, investitsiya
bo‘yicha nizolar, avvalambor, nizoli tomonlardan birining milliy sudlarida, odatda,
O‘zbekiston davlat sudida ko‘rib chikilishi kerak. Agar investor

davlat sudining

qarorlaridan kutilgan natijani olmasa va uning huquqlari buzilgan deb xisoblasa, u
xalkaro arbitrajga murojaat kilishga haqlidir, agar bunday rozilik yoki hakamlik

moddasi odatda investitsiyalarni ilgari surish va o‘zaro himoya kilish to‘g‘risidagi ikki

tomonlama shartnom

alarda nazarda tutilgan bo‘lsa.

19

Bugungi kunda investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy

hujjatlar o‘zaro muvofiqlashtirilmagan holda, tarqoq ravishda amal qilmoqda.
Jumladan, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston

Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi, Soliq kodeksi, shuningdek, Prezident

farmonlari va qarorlarida investitsiyalarga oid masalalar qamrab olingan bo‘lsa

-da,

ular yagona huquqiy tizim doirasida emas, balki mustaqil va o‘zaro uyg‘unlashmagan

tarzda amal qilmoqda. Shu sababli, xorijiy va mahalliy investorlar uchun huquqiy
muhitda barqarorlik va aniqlik yetishmaydi, bu esa amaliyotda huquqiy noaniqliklar,
talqinlar farqliligi va huquqiy xavf-

xatarlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

20

Investorlarning huquq va erkinliklari kafolatini ta’minlash maqsadida mahalliy

sudlardan ko‘ra, arbitraj sudlariga e’tiborni kuchaytirish lozim. Chunki, investorlar

mahalliy sudlarga ishonch bildirishmaydi. Buning sabablari quyidagicha:

1) chet ellik investor har doim mahalliy sudlarga nisbatan shubha bilan qaragan,

chunki har qanday mahalliy sud o‘z davlati manfaatini himoya qiladi degan qarash

mavjud;

2) mahalliy sudyalar mahalliy qonunchilik bo‘yicha mutaxassis bo‘lsalarda,

xalqaro huquq va xorijiy davlatlar qonunchiligi haqida ma’lumotlarga ega emaslar,
arbitraj sudlari esa tomonlarga ma’lum bir huquq sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan

sudyani tanlash imkoniyatini beradi;

3) mahalliy sudlarda nizolarni ko‘rib chiqish juda uzoq muddat, ba’zida yillar

davomida cho‘zilishi mumkin, arbitraj sudlarida esa bu jarayon tezroq yakunlanadi;

4) arbitraj sudlari mahalliy sudlardan farqli ravishda tomonlarning

konfidensialligini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, mahalliy sudlarda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik yetarlicha

ta’minlanmagan.

21

Shuning uchun ham x

ususiy investor va davlat subyekti o‘rtasida

19

Муаллифлар жамоаси. // Инвестиция ҳуқуқи.

-

Тошкент: Тошкент давлат юридик университети, 2019, 293 6.

20

Ибрагим Таджиев, Бахтиёр Сайфуллаев, Инвестициявий низолар ва рақобатга оид ишларни суд муҳокамасига

тайёрлаш ва уларни кўриш бўйича қўлланма, Тошкент–

2021, 8-11-

б.

21

O

zbekistonda investitsiyaga oid nizolarni hal qilishning huquqiy mexanizmi to

la ta

minlanmagan//

O

zbekistonda

investitsiyaga oid nizolarni hal qilishning huquqiy mexanizmi to

la ta

minlanmagan

(

29.04.2021


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 76 ~

mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchlar nomutanosibligini hisobga olgan holda,
sudlar ikkala tomonga ham teng munosabatda bo‘lishni ta’minlashi shart. Bu qonuniy
vakillik, tinglov huquqi va o‘z vaqtida qaror chiqarish kabi protsessual huquqlardan

foydalanis

hni o‘z ichiga oladi.

Investitsiyaviy nizolar o‘zining murakkab huquqiy tabiatiga ega bo‘lib, ko‘pincha

xorijiy elementlar ishtirokida yuzaga keladi va xalqaro shartnomalar, arbitraj bitimlari

hamda mezbon davlatning milliy qonunchiligini uyg‘unlashtirib qo‘llashni talab qiladi

.

Shu bois, investitsiya nizolarini hal qilishda milliy va xalqaro huquq normalarining

o‘zaro integratsiyasiga asoslangan aniq va samarali mexanizmni ishlab chiqish muhim
ahamiyat kasb etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual

kodeksiga investitsiyaviy nizolarni yurisdiksiyaviy shartlarini, arbitraj bitimlarining

amal qilishini va ularning milliy sudlar bilan o‘zaro munosabatini belgilovchi alohida

bob kiritish maqsadga muvofiqdir.

Iqtisodiyotda investisiyalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramay,

investitsiyaviy nizolarni hal qilishda mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti

shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan har xil yondashuv va sansalorliklarga yo‘l
qo‘yish holat

lari kuzatilgani ham hech kimga sir emas.

Bunday yondashuv investitsiya nizolarini hal etishda huquqiy aniqlik, sud

amaliyotida barqarorlik va investorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi;

2. “Investitsiyalar va investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.

Darslik, o‘quv qo‘llanma va maqolalar:

1. Муаллифлар жамоаси. // Инвестиция ҳуқуқи.

-

Тошкент: Тошкент давлат

юридик университети, 2019, 323 б

2. Ибрагим Таджиев, Бахтиёр Сайфуллаев, Инвестициявий низолар ва

рақобатга оид ишларни суд муҳокамасига тайёрлаш ва уларни кўриш бўйича
қўлланма, Тошкент–

2021, 8-11-

б.

3. Мороз С.П. Инвестиционный контракт // Бизнес, менеджмент и право. —

2016.

—№2. —С. 21

-25.

4.

Вознесенская, Н. Н. Правовое регулирование и защита иностранных

инвестиций в России: монография /науч. изд.

-

М.: Волтерс Клувер,2011, С. 91

5. Крупко, Светлана Игоревна. Инвестиционные споры между государством

и иностранным инвестором: дис. кандидат юридических наук: 12.00.03

-

Гражданское

право;

предпринимательское

право;

семейное

право;

международное частное право. Mосква. 2002. 215 c.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

9(67)

~ 77 ~

6. «Признание и приведение в исполнение решений иностранных судов и

международных арбитражей в республике узбекистан: текущее состояние и
проблемы», Аналитическая справка, Ташкент –

2019, c-9.

Foydalanilgan saytlar:

1.

https://lex.uz/ru/docs/-3523891#-5231724

2.

https://www.dissercat.com/content/investitsionnye-spory-mezhdu-

gosudarstvom-i-inostrannym-investorom

References

Normativ-huquqiy hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi;

“Investitsiyalar va investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.

Darslik, o‘quv qo‘llanma va maqolalar:

Муаллифлар жамоаси. // Инвестиция ҳуқуқи. - Тошкент: Тошкент давлат юридик университети, 2019, 323 б

Ибрагим Таджиев, Бахтиёр Сайфуллаев, Инвестициявий низолар ва рақобатга оид ишларни суд муҳокамасига тайёрлаш ва уларни кўриш бўйича қўлланма, Тошкент–2021, 8-11-б.

Мороз С.П. Инвестиционный контракт // Бизнес, менеджмент и право. — 2016. —№2. —С. 21-25.

Вознесенская, Н. Н. Правовое регулирование и защита иностранных инвестиций в России: монография /науч. изд. -М.: Волтерс Клувер,2011, С. 91

Крупко, Светлана Игоревна. Инвестиционные споры между государством и иностранным инвестором: дис. кандидат юридических наук: 12.00.03 - Гражданское право; предпринимательское право; семейное право; международное частное право. Mосква. 2002. 215 c.

«Признание и приведение в исполнение решений иностранных судов и международных арбитражей в республике узбекистан: текущее состояние и проблемы», Аналитическая справка, Ташкент – 2019, c-9.

Foydalanilgan saytlar:

https://lex.uz/ru/docs/-3523891#-5231724

https://www.dissercat.com/content/investitsionnye-spory-mezhdu-gosudarstvom-i-inostrannym-investorom