Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 22 ~
“MEHMONDO‘STLIK” KONTSEPTINING INGLIZ VA O‘ZBEK
LINGVOMADANIYATIDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Davronova Feruzaxon Nodirjon qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universtiteti
Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs magistranti
Mamatova Feruza Maxammadovna
O‘zbekiston Milliy universtiteti
Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
feruzaxondavronova@gmail.com
Annotation
: This article is devoted to the analysis of the features of the concept
of “hospitality” in English and Uzbek linguistic cultures. The article examines how
hospitality is expressed in both cultures, their unique styles and approaches. In Uzbek
culture, hospitality is more sincere, emotional and focused on honoring the guest,
while in English culture it is more pragmatic and formal. The article also analyzes the
views of scientists on hospitality and cultural values and attempts to shed light on the
social significance of each culture.
Keywords:
The concept of hospitality, linguocultural analysis, pragmatics,
intercultural differences, social values and traditions.
Аннотация:
Данная статья посвящена анализу особенностей понятия
«гостеприимство» в английской и узбекской лингвокультурах. В статье
рассматривается, как выражается гостеприимство в обеих культурах, их
уникальные стили и подходы. В узбекской культуре гостеприимство более
искреннее, эмоциональное и ориентированное на чествование гостя, тогда как в
английской культуре оно более прагматичное и формальное. В статье также
проанализированы мнения ученых о гостеприимстве и культурных ценностях и
предпринята попытка пролить свет на социальную значимость каждой
культуры.
Ключевые слова:
Концепция гостеприимства, лингвокультурный анализ,
прагматика, межкультурные различия, социальные ценности и традиции.
Annotatsiya:
Ushbu maqola “mehmondo‘stlik” kontseptining ingliz va o‘zbek
lingvistik madaniyatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Maqolada mehmondo‘stlikning har ikki madaniyatda qanday ifodalanishi, ularning
o‘ziga xos uslublari va yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek madaniyatida
mehmondo‘stlik ko‘proq samimiy, hissiy va mehmonni ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa,
ingliz madaniyatida bu ko‘proq pragmatik va rasmiy tarzda namoyon bo‘ladi.
Maqolada, shuningdek, olimlarning mehmondo‘stlik va madaniy qadriyatlar haqida
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 23 ~
fikrlarini tahlil qilib, har bir madaniyatning ijtimoiy ahamiyatini yoritishga harakat
qilingan.
Kalit so‘zlar:
Mehmondo‘stlik konsepti, lingvomadaniy tahlil, pragmatika,
madaniyatlararo farqlar, ijtimoiy qadriyatlarva an’analar.
Konsept — lingvistika va madaniyatshunoslikda muhim tushuncha bo‘lib,
insonning atrofidagi olamni qanday anglashini va ifodalashini o‘rganadi. Konseptlar
ma‘lum bir madaniyatdagi odamlar tomonidan o‘rganilgan va umumiy qabul qilingan
tasavvurlardan tashkil topadi. Har bir xalq o‘z dunyoqarashi, tarixiy tajribasi va
ijtimoiy qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, ma’lum bir kontseptni o‘zgacha
tushunadi va ifodalaydi.
Y.S.Stepanov tomonidan yozilgan “Концепты. Тонкая пленка цивилизатции”
kitobining ham asosiy atamasi konsept bo‘lib, olim bu tushunchani mantiq,
psixologiya, falsafa fanlariga bog‘laydi [6;42]. Shuningdek, D.S.Lixachev konseptga
ta‘rif berishda ma’no va tushuncha nuqtai nazaridan yondashadi va quyidagicha baho
beradi: “konsept – shaxsning tushunishi, mazmundorlikning oz miqdorda obyektiv
ma’no va tushuncha tarzida namoyon bo‘lishi” [5;281].
Mehmondo‘stlik konsepti
– bu madaniyatlararo aloqalar, ijtimoiy qadriyatlar
va shaxslararo o‘zaro hurmatni ifodalovchi, turli xalqlar tomonidan bir-birlariga
bo‘lgan mehr, ehtirom va ehtiyotkorlikni o‘z ichiga olgan kontseptdir.
Mehmondo‘stlik konsepti faqatgina mehmonni kutib olish, unga xizmat ko‘rsatish
yoki taom taklif qilish bilan cheklanmaydi; bu atama, asosan, ijtimoiy
munosabatlarning, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatning ifodasidir.
Mehmondo‘stlik konseptining lingvomadaniy asoslari.
Mehmondo‘stlik
konsepti har bir xalqning lingvistik madaniyatida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Har bir
millatning mehmondo‘stlikni qanday tushunishi va ifodalashi, uning ijtimoiy
qadriyatlari, tarixiy tajribasi, iqtisodiy holati va boshqa madaniy omillarga bog‘liqdir.
Lingvomadaniyatning bir qismi sifatida, mehmondo‘stlik konsepti ko‘pincha so‘z
boyligi, iboralar, til uslubi va madaniy kontekst orqali ifodalanadi.
O‘zbek Madaniyatida- Mehmondo‘stlik. O‘zbek madaniyatida mehmondo‘stlik
kontsepti juda chuqur ildiz otgan va bu so‘zning lingvistik ifodasi o‘ziga xos. O‘zbek
xalqi mehmondo‘stlikni juda qadrlashadi va bu an’ana xalqning tilida, odatlarda va
ijtimoiy hayotida o‘z aksini topgan. O‘zbek tilida mehmondo‘stlikka oid ko‘plab
ifodalar va salomlashuvlar mavjud, masalan: “Xush kelibsiz!”, “Uyimizning to‘ri
sizniki”, “Mezbon borini qo‘ysa, Mehmon ozga sanamas”, “Mehmon kelgan uyning
chirog‘i ravshan” kabi ibora va maqollar mehmondo‘stlikni o‘zida namon ettiradi. Bu
so‘zlar odamlar o‘rtasidagi iliqlik va hurmatni ko‘rsatadi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 24 ~
O‘zbek madaniyati bo‘yicha tadqiqotchisi
Akhmedova N.
o‘z asarlarida o‘zbek
xalqining mehmondo‘stlik an‘analarini keng yoritadi. Uning fikricha, o‘zbek
madaniyatida mehmondo‘stlik faqatgina tashrif buyuruvchini kutib olishni
anglatmaydi, balki bu jarayonning ortida yirik ijtimoiy va ma’naviy ahamiyat yotadi
[1;23].
O‘zbek madaniyatida mehmondo‘stlik nafaqat mehmongaga xizmat ko‘rsatish,
balki uning shaxsiy va ma’naviy ehtiyojlariga e’tibor qaratishni, mehmonning
xohish-istaklarini oldindan tushunishni ham anglatadi. Mezbonlar tomonida
ishlatiladigan so‘zlarning samimiy bo‘lishi esa juda ham muhim sanaladi.
Ingliz Madaniyatida- Mehmondo‘stlik
Ingliz madaniyatida mehmondo‘stlik kontsepti ko‘proq
rasmiylik va
muloyimlik
bilan bog‘liq. Inglizlar mehmondo‘stlikni ko‘pincha pragmatik tarzda,
ya’ni ishni samarali va tartibli qilishda afzal ko‘radilar.[2;267]. Bu esa o‘z navbatida,
ingliz tilida ishlatiladigan “Please”, “Would you like?”, “May I offer you...” “Make
yourself at home” kabi iboralardan ham sezilishi mumkin. Bu so‘zlar ijtimoiy etikaga
asoslangan va mehmondo‘stlikni muloyim tarzda ifodalashga qaratilgan.
Geert Hofstede
, madaniyatlararo farqlarni o‘rganish bo‘yicha olim, o‘zining
“Cultures and Organizations” asarida madaniyatning “individualizm” va
“kollektivizm” o‘lchovlarini muhokama qiladi. Unga ko‘ra, o‘zbek madaniyati
kollektivistik xususiyatga ega bo‘lib, mehmondo‘stlikda ham ijtimoiy aloqalar va
o‘zaro yordamga katta urg‘u beriladi. Ingliz madaniyatida esa individualizm va
mustaqillikka e’tibor ko‘proq bo‘lib, mehmondo‘stlikda rasmiylik va mas’uliyat
asosiy o‘rin tutadi [4;34].
Mehmondo‘stlik konsepti madaniyatlararo farqlarni ham aks ettiradi. O‘zbek va
ingliz tillarida mehmondo‘stlikni ifodalovchi so‘zlar va iboralar o‘ziga xos. O‘zbek
tilida, masalan, “mehmonni boshda ko‘tarib yursh” iborasi juda keng qo‘llaniladi, bu
esa mehmonning hurmat va ulug‘lanishiga bo‘lgan katta e‘tiborni ko‘rsatadi. Ingliz
tilida esa, bunday iboralar mavjud emas; mehmondo‘stlik ko‘proq rasmiy, tartibli va
samimiy bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, bunga ingliz va o‘zbek xalqlarining turli hil
madaniyatlardan kelib chiqganligi, shuningdek tarixiy tomondan ham bir biriga
bog‘liq bo‘lmagan xalqligi misol bo‘ladi.
Lingvomadaniyatdagi bu farqlar, turli xalqlarning ijtimoiy hayotidagi muhim
qadriyatlarni ko‘rsatadi. O‘zbeklarda mehmondo‘stlik, asosan, ijtimoiy aloqalarning
samimiy va shaxsiy jihatiga e‘tibor qaratadi, inglizlarda esa bu, ko‘proq rasmiy va
ijtimoiy etika bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mehmondo‘stlik konsepti har ikki madaniyatda ham ijtimoiy aloqalar va
boshqalar bilan o‘zaro hurmatni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek
madaniyatida u ko‘proq samimiy, hissiy va ichki aloqalarni mustahkamlashga
qaratilgan bo‘lsa, ingliz madaniyatida bu kontsept pragmatik, rasmiy va ko‘proq
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 25 ~
tashkiliy yondashuvni talab qiladi. Bu ikki madaniyatdagi mehmondo‘stlikning
lingvistik ifodalari ularning ijtimoiy qadriyatlari va madaniy xususiyatlarini aks
ettiradi. Konseptlarni va madaniy yondashuvlarni o‘rganish, turli xalqlar o‘rtasidagi
farqlarni va o‘zaro anglashni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Akhmedova, N.
O‘zbek madaniyatining asosiy qadriyatlari
. Tashkent: Fan.
2005. 23-27 bet.
2. Аскольдов С.А. Концепт и слово. Статья. Опубликована в книге:
Русская словесность: От теории словесности к структуре текста: Антология /
Под общ. ред. В.П. Нерознака. – М.: Academia, 1997. – С. 267–279.
3. Cambridge International Dictionary of English. – Cambridge: Cambridge
University Press, 1999
4. Hofstede, G.
Cultures and Organizations: Software of the Mind
. McGraw-Hill
2001. 34-35pages.
5. Лихачев Д.С. Концептосфера русского языка / Серия литературы и
языка. Т. 52. № 1.- М., 1993. С. 281.
6. Степанов Ю.С. Константы. Словарь русской культуры. М.,1997. С.41-42.
