Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 29 ~
KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI (SITUATIV TA’LIM
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI)
Xodjayeva Munisa Utkur qizi
Nizomiy nomidagi
Toshkent Davlat
Pedagogika Universiteti
Pedagogika fakulteti 1-kurs magistranti
Annotatsiya:
Maqolada uzluksiz ta’lim jarayonida demokratik tamoyillarning
amal qilishi o‘quvchilarning aql-idrokiga ishonch, ularning mustaqil fikrlashiga
imkon yaratish, sinf va sinfdan tashqari faoliyatidagi ijodkorligi va tashabbuskorligini
rag‘batlantirish tarzida namoyon bo‘lishida bevosita innovatsion texnologiyalarning
o‘rni va uning rivoji haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim, uzluksiz, innovatsion, texnologiya, texnik, real, interfaol
metod, o‘qitish.
Аннотация:
В статье речь идет о роли инновационных технологий и их
развития в реализации демократических принципов в процессе непрерывного
образования в виде уверенности в интеллекте учащихся, создания
возможностей для их самостоятельного мышления, поощрения их творчества и
инициативы на уроках и внеклассная деятельность.
Ключевые
слова:
Образование,
непрерывное,
инновационное,
технологическое, техническое, реальное, интерактивный метод, обучение.
Abstract:
The article deals with the role of innovative technologies and their
development in the implementation of democratic principles in the process of lifelong
education in the form of confidence in the intellect of students, creating opportunities
for their independent thinking, encouraging their creativity and initiative in the
classroom and extracurricular activities.
Key words:
Education, continuous, innovative, technological, technical, real,
interactive method, training.
KIRISH
Ma’lumki, mustaqil davlatimizning har bir o‘quvchi va talabasi jahon
andozalariga mos ravishda tayyorlanishi zarur. Yoshlarning puxta bilim olishi xamda
zamonaviy soxalardan fan asoslarini chuqur egallashlari birinchi navbatda ta’lim
berish samaradorligiga bog‘liq.
Uzluksiz
ta’lim jarayonida demokratik tamoyillarning amal qilishi
o‘quvchilarning aql-idrokiga ishonch, ularning mustakil fikrlashiga imkon yaratish
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 30 ~
sinf va sinfdan tashqari faoliyatidagi ijodkorligi va tashabbuskorligini rag‘batlantirish
tarzida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi fazilatlarning o‘quvchi shaxsida namoyon bo‘lishi uchun ta’lim
tizimimizga insonparvarlik va demokratiya g‘oyalariga asoslangan yangi pedagogik
texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy ta’limni tashkil etishda qo‘yiladigan
muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida
yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni
o‘quvchilarga yetkazib berish, ulardan ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va
malakalarini hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash
o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha
yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni,
har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib
chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar
yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning
egallanishini ta’minlashi;
- o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- o‘quvchilarining o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga
erishishni kafolatlashi zarur.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va
axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an’anaviy talimda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga
o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari
qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham
o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda
boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Talim jarayonida o‘quvchi
asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim,
tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini
ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 31 ~
o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan
to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, yani
pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib talim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchining
birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik
jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish
va izlanishga majbur etishi;
- o‘quvchilarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda
bo‘lishini taminlashi;
- o‘quvchining bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga
ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va o‘quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim
samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning
muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini
o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda
muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog‘i
lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara
keltiradi.
Pedagogikada ya’ni ta’lim berish jarayonida o‘qitish texnologiyalari bilan birga
ta’limiy texnologiyalar xam o‘rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot
aspektni bildirsa, o‘qitish texnologiyasi jarayonga aloqador deb xisoblanadi, ya’ni
ular orasida xali xam aniq farqlar belgilanmagan.
Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar
bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo‘lishi lozim. Pedagogik
texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab
chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni
eksperiment kilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va
umumlashtirishni talab etadi. Shu innovatsion texnologiyalar asosida sekin asta
pedagogikaning ya’ni o‘qitish tizimining ham yangidan yangi turlari vujudga
kelmoqda. Masalan ulardan biri hamkorlik pedagogikasi. Hamkorlik pedagogikasi
XX asrning 20-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko‘pgina innovatsion
jarayonlarni xayotga chorladi. Bu texnologiya negizida tanikli rus va chet el
pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, J.J.
Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Katskiy, V.A.Suxomlinskiy va
boshqalardir. Hamkorlik pedagogikasi 4ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga
oshiriladi:
-shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv;
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 32 ~
-dialektik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua;
-tarbiya kontseptsiyasi;
-atrof-muhitni ta’lim-tarbiyaga moslash Ko‘pgina mamlakatlar o‘qitishda
texnologik yondashuvdan foydalanib, O‘quvchilar o‘zlashtirishini oshirishda sezilarli
muvaffaqqiyatga erishdilar.
Masalan, Janubiy Koreyada pedogogik texnologiya bo‘yicha sinov-tarjriba
tarzida O‘qiyotgan 50 ming bola 15 foiz an’anaviy o‘qitishda faqat eng yaxshi
erishadigan natijalar qo‘lga kiritilgan. Bir qator barcha mamlakatlarda o‘tkazilgan
tajribalar o‘qitishning bu tizimini qo‘llash o‘rtacha o‘quvchiga an’anaviy o‘qitishda
20-25 foiz o‘quvchilar erishadigan natijadan yuqoriroq natijaga erishish imkonini
berishini ko‘rsatdi. Pedogogik texnologiyani o‘zlashtirib olgan moxir pedogoglar
uchun mazkur usulning an’anaviy usulga ko‘ra samaraliroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Bu esa maktab pedogoglari, kasb-hunar va oliy maktab professor o‘qituvchilari uchun
kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda pedogogik texnologiyani o‘zlashtirish va amalda
qo‘llash zarurligini bildiradi. «Kadrlarni tayyorlash milliy dasturida» Yangi
pedogogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o‘qitishni
jadallashtirish ko‘zda tutilgan.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi
shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga
oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga
bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish,
o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma
va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan
o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta’lim sohasidagi innovatsion texnologiyalar doimiy ravishda rivojlanib,
ularning turlari kengayib bormoqda. Quyidagi asosiy texnologiyalar guruhlarini
ajratish mumkin:
1. Fan ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoki AKT.
Ushbu texnologiyalardan foydalanish axborot jamiyatining rivojlanishi va hayotning
barcha sohalarida axborot vositalarini faol joriy etish bilan bog‘liq. Bunday
texnologiyalar talabalar ongini axborotlashtirishga qaratilgan. Ta’lim dasturlari
informatika, axborot jarayonlari va AKTni o‘rganishga qaratilgan yangi fanlarni o‘z
ichiga oladi. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning axborot madaniyatini oshirishga
yordam berish uchun o‘quv jarayoni ham faol ravishda axborotlashtirilmoqda;
2. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar shaxsni ta’lim va
tarbiyada ustuvor o‘ringa qo‘yishga qaratilgan. Butun ta’lim jarayoni shaxsning
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 33 ~
o‘ziga xosligi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsni
rivojlantirishga qaratilgan.
3. O‘quv jarayonini axborot-tahliliy ta’minlash. Ushbu guruh texnologiyalaridan
foydalanish har bir o‘quvchi, sinf, parallel, ta’lim muassasasining rivojlanishini
o‘rganishga, ularni adekvat baholashga qaratilgan;
4.
Intellektual
rivojlanish
monitoringi.
Texnologiyalar
grafiklardan
foydalanishga, test tizimiga, individual oʻquvchilarning rivojlanish dinamikasini va
umuman taʼlim sifatini kuzatish imkonini beruvchi yangi baholash usullariga
asoslangan;
5. Ta’lim texnologiyalari. O‘quv jarayonini ta’limdan ajratib bo‘lmaydi.
Shuning uchun shaxsni, uning asosiy fazilatlarini rivojlantirishning yangi usullari
joriy etilmoqda;
6. Didaktik texnologiyalar. Ular ta’lim muassasasi rivojlanishining asosiy omili
hisoblanadi. Bunday texnologiyalar an’anaviy va innovatsion texnologiyalardan
foydalanishni o‘z ichiga olgan texnika va vositalar majmuasiga asoslanadi: o‘quv
adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, audiovizual, multimedia vositalaridan
foydalanish, tabaqalashtirilgan o‘qitish usullari.
Ilmiy bilimlarni innovatsiyaga aylantirish jarayoni, uni hodisalarning ketma-ket
zanjiri sifatida ifodalash mumkin, bu jarayon davomida innovatsiya g‘oyadan ma’lum
mahsulot, texnologiya yoki xizmatga qadar etuklanadi va amaliy foydalanishda
tarqaladi.
O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli
texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor, elektron doska va hokazo)
foydalanishi mumkin. O‘qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko‘p
bo‘lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va interfaol
metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham
e’tirof etish kerak. Har bir o‘qituvchi ta’limga individual tarzda yangilik kiritishi
mumkin. Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi o‘z faoliyatidan qoniqmaslikdan kelib
chiqadi.
XULOSA
Ta’lim sifati - davlat ta’limining ijtimoiy tizimi, jarayoni va natijada shaxs,
jamiyat va jamiyatning manfaatlari va manfaatlariga mos keladigan ehtiyojlarini
qondirish imkoniyatini ta’minlaydigan ta’lim xizmatlarining iste’mol xususiyatlari
to‘plamidir.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi
shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga
oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga
bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 34 ~
o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma
va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan
o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, zamon rivojlanishi bilan hayotning barcha sohalarida,
xususan pedagogika ya’ni o‘qitish va ta’lim jarayonida ham ko‘pgina yangiliklar
vujudga keladi. Va har bir qilingan islohot kelajakni yanada muvaffqqiyatli yanada
ishonchli qilib ta’minlashga yordam beradi. Ayniqsa o‘qitish jarayonidagi islohotlar,
innovatsion texnologiyalar yosh avlodni tezkorlik bilan samarali bilim olishlarini
ta’minlab beradi va bu ko‘pgina davlatlar xususan mamlakatimiz O‘zbekiston
tajribasida ham o‘z isbotini topib kelmoqda.
References:
1. Azizxujayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. T.:TDPU,
2003.
2.
Ishmuxamedov
R.J.
Innovasion
texnologiyalar
yordamida
ta’lim
samaradorligini oshirish yullari. T.: TDPU, 2004.
3. Yunusovna, S. Z. The Role of the Conversational Implicative in
Linguopragmatics on the Basis of Formal and Informal Letters. TDO'TAU, 2022
4. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. Pedagogik maxorat. Toshkent. TDIU, 2007
yil
5. www. Inter- pedagogika. ru.
