Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 59 ~
11.
Бегмуллаев, О., & Суяров, Ш. (2025). Sanoat korxonalari samaradorligini
baholashning zamonaviy usullarining xususiyatlari. Interpretation and researches, (1
(47)).
12.
Begmullayev, O. (2024). O‘zbekistonda elektr energiya tizimini ta’minlash
muammolari. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика), (8), 712-726.
13.
Begmullayev, O. I., Soatov, F. Y., & Irisaliyev, A. O. (2024). O‘zbekistonda
issiqlik energetikasi korxonalari rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlari.
Educational Research in Universal Sciences, 3(1), 84-92.
14.
Бегмуллаев, O., Мирсаидова, Ш., Ибрагимова, К., & Ирисалиев, А.
(2024). Анализ эффективности деятельности предприятий энергетической
отрасли Узбекистана. Interpretation and researches, 2(24).
15.
Бегмуллаев, О., & Мирсаитов, Н. (2024). “Ўзбеккўмир” АЖ
корхоналарида инновацион фаолиятни амалга оширишнинг замонавий холати.
Interpretation and researches, 2(5 (27)).
16.
Irisalievich, B. O., & Sunnatullaevich, M. N. (2024). The Current State of
Innovation and Investment Activity at Mining Enterprises of Uzbekistan.
Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(4),
556-560.
17.
Otabek, A., & Otabek, B. (2023, January). Alternative energy and its place
in ensuring the energy balance of the Republic of Uzbekistan. In AIP Conference
Proceedings (Vol. 2552, No. 1). AIP Publishing.
18.
Akhmedov, O., & Begmullaev, O. (2020). The ways ensuring energy
balance in Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 216, p. 01137). EDP
Sciences.
19.
Бегмуллаев, О. И. (2008). Оценка финансово-экономического состояния
промышленного предприятия. Вопросы экономических наук, (5), 25-26.
20.
Хусаинов, Р. Р. (2025). Развитие и эволюция искусственного
интеллекта в мире и Узбекистане. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC
RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 3(31), 38-45.
21.
Хусаинов, Р., & Ибрагимова, К. (2024). Изменение климата и зеленая
экономика: стратегии и меры в Узбекистане. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot,
2(11).
22.
Husainov, R., & Ibragimova, S. (2024). Financial literacy in uzbekistan.
Interpretation and researches, 2(24).
23.
Khusainev, R. R. (2024). Pathways to sustainable economic growth in
uzbekistan: challenges and opportunities. Eurasian Journal of Law, Finance and
Applied Sciences, 5(1), 26-32.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 60 ~
24.
Ибрагимова, С. А., & Хусаинов, Р. Р. (2021). Глобаллашув жараёнида
миллий иқтисодиётни инновацион ривожлантириш йўналишлари ва
истиқболлари. Экономика и финансы (Узбекистан), (3 (139)), 62-67.
25.
Хусаинов, Р. Р., & Ибрагимова, С. А. (2020). Ўзбекистон
Республикасида тўғри солиқлар ислоҳотининг асосий натижалари. Экономика и
финансы (Узбекистан), (2 (134)), 92-97.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 61 ~
УДК 581
O‘SIMLIK TARKIBIDAGI ALKOLOIDLARNI O‘SIMLIKNING O‘SISH
DAVRI BILAN BOG‘LIQLIGI
Soipov Raxmatulax Muxiddin o‘g‘li
Andijon davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti,
Ekologiya va botanika kafedrasi magistri
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Datura stramonium L., Vexibia alopecuroides
(L). va Conium maculatum L. turlarini vegetatsiya davri bilan bog‘liq xoldagi
alkolodlarning o‘zgarish ko‘rsatkichlari aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar
Bangidevona o‘simligi bargida 0,37%, Achchiqmiya o‘simligini urug‘ida 4%,
Konium o‘simligining urug‘ida 1% bo‘lishi aniqlandi. Bundan tashqari Bangidevona
o‘simligining vegetatsion davri bilan bog‘liq xolda ildizi, poyasi va bargidagi
alkoloidlarning miqdori aniqlandi. Ildizi va poyasida eng yuqori ko‘rsatkich
g‘unchalashdan gullashgacha bo‘lgan davriga (0,22-0,27%,) to‘g‘ri keladi, bargida
esa gullash davriga (0,30-0,37%) to‘g‘ri kelishi aniqlandi.
Kalit so‘zlar:
Alkaloid, flavonoid, metabolit, bioximiya, ekosistema,
kontsentratsiya.
PLANT ALKALOIDS RELATIONSHIP TO THE PERIOD OF GROWTH
Abstract:
In this article Datura stramonium L., Vexibia alopecuroides (L). and
Conium maculatum L. species, the indicators of changes in alcohol content related to
the growing season were determined. The highest values were found to be 0.37% in
the leaves of the Bangidevona plant, 4% in the seeds of the Acchiqmiya plant, and
1% in the seeds of the Konium plant. In addition, the amount of alkaloids in roots,
stems and leaves of Bangidevona plant related to the vegetation period was
determined. In the root and stem, the highest rate corresponds to the period from
budding to flowering (0.22-0.27%), and in the leaf it was found to correspond to the
flowering period (0.30-0.37%).
Key words:
Alkaloid, flavonoid, metabolite, biochemistry, ecosystem.
concentration.
СВЯЗЬ РАСТИТЕЛЬНЫХ АЛКАЛОИДОВ С ПЕРИОДОМ РОСТА
РАСТЕНИЙ
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 62 ~
Аннотация:
В статье представлены Datura stramonium L., Vexibia
alopecuroides (L). и Conium maculatum L. определены показатели изменения
содержания спирта в зависимости от вегетационного периода. Самые высокие
значения оказались равными 0,37% в листьях растения Бангидевона, 4% в
семенах растения Акчикмия и 1% в семенах растения Кониум. Кроме того,
определяли количество алкалоидов в корнях, стеблях и листьях растения
Бангидевона в зависимости от периода вегетации. В корне и стебле наибольший
показатель приходится на период от бутонизации до цветения (0,22-0,27%) а в
листе установлено, что оно соответствует периоду цветения (0,30-0,37%).
Ключевые слова:
Алкалоид, флавоноид, метаболит, биохимия,
экосистема, концентрация.
Kirish
Alkaloidlar - o‘simliklardagi organik birikmalardir, ular ko‘pincha biologik faol
bo‘lib, tibbiyotda, farmatsevtikada va bioximiyada muhim ahamiyatga ega. Ularning
darajasi va tarqalishi o‘simlikning o‘sish davriga bog‘liq. Alkaloidlar o‘simlikning
turli davrlarida ishlab chiqarilishi va ularning kontsentratsiyasi vaqti va muhitga
bog‘liq o‘zgarishi mumkin.
Alkaloidlar o‘simliklarda uzluksiz ishlab chiqiladi va ularning kontsentratsiyasi
o‘simlikning turi, o‘sish davri va atrof muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi. Alkaloidlar
o‘simlikda ko‘pincha metabolitlar sifatida ishlaydi, shuningdek, ularning
kontsentratsiyasi turli faza va sharoitlarda o‘zgaradi. Alkaloidlar bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlar kimyo, bioximiya, farmatsevtika va ekologiya sohalarida muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ularni tibbiyotda qo‘llanilishi va ekosistema tuzilmasidagi roli
va alkoloidlardan olingan moddalarning yanada yangi foydalanish yo‘llarini topishga
yordam beradi.
Xorijiy davlatlarda alkoidli o‘simliklarni o‘rganishga doir bir qancha ishlar
amalga oshirilgan. Alkaloidlarning ximik tuzilishi, biologiyasi va o‘simliklardagi
o‘rni, shuningdek, ularning atrof muhitga ta’siri va ishlatilishi bo‘yicha bir qancha
ma’lumotlar aniqlangan [1]. O‘simliklardagi metabolitlar, jumladan, alkaloidlar va
ularning biologik faolligi va rivojlanishi haqida so‘z yuritiladi [2]. O‘simliklarning
kimyoviy tarkibi, alkaloidlar va ularning o‘simliklardagi rollari muhokama qilingan
[3]. O‘simliklar va ularning ekologiyasidagi alkaloidlarning roli va atrof muhitga
ta’siri bo‘yicha xam bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan [4].
O‘zbekistonda alkoloidli o‘simliklar bo‘yicha bir qancha manbalar bo‘lib, aynan
tabiiy moddalar, alkaloidlar, ularning farmatsevtikadagi qo‘llanilishi va ahamiyati
bo‘yicha ma’lumotlar berilgan [5]. Bundan tashqari alkaloidlar, flavonoidlar va
ularning o‘simliklar va tibbiyotdagi ahamiyati haqida tadqiqot natijalari yoritilgan
[6].
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 63 ~
MATERIAL VA METOD
Ushbu ilmiy tadqiqot ishi Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika
kafedrasida olib borildi. Datura stramonium L., Vexibia alopecuroides (L). va
Conium maculatum L. turlari o‘rganilib, ularning nomlari powo.science.kew.org va
plantarium.ru saytlar orkali amalga oshirildi [7,8]. O‘simliklar tarkibidagi alkoloidlar
miqdorining o‘zgarishi (vegettsiya jarayoni bilan), o‘simlik organlaridagi foizlari (%)
turli manba va metodlar asoslanib olib borildi [9].
MUXOKAMA VA NATIJALAR
Alkaloidlarning o‘simlikning o‘sish davri bilan bog‘liqligini bir necha
asosiy bosqichda tushuntirish mumkin. O‘simlikning boshlang‘ich davri.
Bu
davrda alkaloidlar odatda past kontsentratsiyada bo‘ladi. O‘simlikning erta o‘sish
davrida alkaloidlar asosan himoya yoki nutritiv vazifa bajarmaydi.
O‘simlikning
o‘sish va gullash davri.
Bu bosqichda alkaloidlarning kontsentratsiyasi ko‘payishi
mumkin. CHunki, o‘simlikning kimyoviy vazifasi muhimroq bo‘ladi, ayniqsa,
gullash yoki urug‘lik o‘simlikning ko‘paytirishga mo‘ljallangan davr xisoblanadi.
Ko‘p hollarda, alkaloidlar o‘simliklarni turli zararkunandalardan himoya qilish uchun
ishlatiladi.
O‘simlikning mevalash davri.
Bu davrda alkaloidlar kontsentratsiyasi
ko‘pincha pasayishi mumkin, chunki o‘simlik urug‘ tarqatishga tayyor bo‘ladi.
Ammo, ba’zi hollarda, u yoki bu alkaloidning kontsentratsiyasi aynan ushbu davrda
yuqori bo‘lishi mumkin, agar u o‘simlikning asosiy himoya mexanizmi bo‘lsa.
Atrof
muhit omillari va genetik xususiyatlar.
O‘simlikning o‘zining genetik kodi va turi
alkaloidlarning ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday atrof muhit omillari
(havo harorati, yog‘ingarchilik, namlik) alkaloidlarning darajasini o‘zgartirishi
mumkin.
O‘simliklarning o‘sish, rivojlanish davrida alkaloid miqdorini ortishi yoki
kamayishi adabiyotda keng yoritilgan. Bu kabi izlanishlar жуда кўп бўлиб,
belladonna kabi o‘simliklarda Sokolov tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga
ko‘ra o‘simliklar tarkibida alkaloidlarni to‘planishi, barglarni hosil bo‘lishidanoq
boshlanishi haqida ma’lumotlar berilgan.
Shunga ko‘ra biz, Farg‘ona vodiysi tekislik, adirlik va past tekstlik hududlarida
tarqalgan turli yoshdagi ituzum, uchma, achchiq miya, bangidevona, mingdevona,
konium, isiriq, dastarbosh, ayiqtovon, jiyda, ferula kabi alkaloidli o‘simliklarni latent
(urug‘ning tinim davri), verginil (urug‘ning unishidan gullashgacha bo‘lgan davr),
generativ (o‘simlik gullashi va mevalash davri), va senil davri (qurish, o‘lish
davri)lari bo‘yicha laboratoriya sharoitida tajribalar o‘tkazildik.
D. stramonium L. o‘simligining gullash davrida bargi, poyasi, ildizidan tabiiy
quritilmagan xo‘l holatda 100 gramm miqdorida, mevalash va urug‘larni pishib
yetilgan davrida 1000 dona miqdorida namunalar olinib tajribalar o‘tkazildi. Olingan
natijalarga ko‘ra bangidevona o‘simligining bargida 0,37% gacha, poyasida 0,24%,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 4(62)
~ 64 ~
ildizida 0,27%, gulida 1,9% va urug‘ida 0,22% alkaloidlar borligi aniqlandi (2-
жадвал).
V. alopecuroides (L). o‘simligidan ham tabiiy sharoitda yer osti va yer usti
qismlaridan namunalar olinib, bangidevona o‘simligidagi kabi tajribalar o‘tkazildi,
tajriba natijasiga ko‘ra achiqmiya o‘simlikning yer ustki qismida, ya’ni poya va
barglar tarkibida 1,5-3% gacha, namuna uchun yig‘ilgan 1000 dona urug‘larida 4%
gacha, kavlab olib quritilgan ildizlarida esa 3% gacha alkaloidlar borligi aniqlandi.
C. maculatum L. o‘simligi Farg‘ona vodiysining sug‘oriladigan yerlarida, tog‘
etaklarida, nam joylarda begona o‘t sifatida esa ekinzorlarda uchraydi. Bu
o‘simlikning hamma qismi alkaloidli bo‘lib, olib borilgan tajribalar natijalariga ko‘ra
o‘simlikning ildizida 0,018%-0,042% gacha, poyasida 0,065% gacha, bargida 0,01-
1% gacha, shuningdek o‘simlikning urug‘ida 0,2-1% miqdorda alkaloidlar borligi
aniqlandi va 1-jadvalda ko‘rinib turibdi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, pishib
yetilmagan urug‘dagi alkaloidlar miqdori 2% gacha borishi kuzatildi.
1-jadval.
D.stramonium L., V.alopecuroides (L). va C.maculatum L.
o‘simliklari
tarkibidagi alkoloidlarning o‘zgarish ko‘rsatkichlari
№
O‘simlikning
lotincha nomi
O‘simlikning
o‘zbekcha
nomi
Alkoloidlar miqdori % xisobida
bargi
poya
si
ildizi
gul
i
urug
‘i
1
D.stramonium L. Bangidevona
0,37
0,24
0,27
1,9 0,22
2
V.alopecuroides
(L).
Achchiqmiya
1,5-3
-
3
-
4
3
C.maculatum L.
Konium
0,01-1 0,065
0,018-
0,042
-
0,2-1
Biz tajribalarimizni bangidevona o‘simligida o‘simlikning o‘sish, rivojlanish
davrida alkaloidlarning miqdorini o‘zgarishi aniqlash maqsadida o‘simlikning latent
(urug‘ning tinim davri), verginil (urug‘ning unishidan gullashgacha bo‘lgan davr),
generativ (o‘simlik gullashi va mevalash davri), va senil davri (qurish, o‘lish
davri)lari ya’ni o‘sish davrining turli fazalarida olingan namunalari asosida
o‘rganildi.
2-jаdvаl.
D.stramonium
L.
o‘simligi tаrkibidаgi аlkoloidlаrning o‘zgаrish
ko‘rsаtkichlаri (% xisobidа)
№
Vegetаtsiya dаvri
Nаmunа
olingаn
dаvr
Аlkoloidlаr miqdori % xisobidа
ildizi
poyasi
bаrgi
