Авторы

  • Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104016

Аннотация

Zamonaviy ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan, o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuviga asoslangan innovatsion yondashuvlar alohida e’tiborni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning o‘zaro ta’limiy munosabatlaridagi mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “talaba talabaga ustoz — talaba talabaga shogird” tamoyiliga asoslangan faoliyatning pedagogik qiymati beqiyosdir.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi,

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

TALABA TALABAGA USTOZ- TALABA TALABAGA SHOGIRD TAMOYILI

ASOSIDAGI FAOLIYAT

Zamonaviy ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan, o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuviga

asoslangan innovatsion yondashuvlar alohida e’tiborni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan

qaralganda, o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning o‘zaro ta’limiy munosabatlaridagi

mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “talaba talabaga

ustoz — talaba talabaga shogird” tamoyiliga asoslangan faoliyatning pedagogik qiymati

beqiyosdir.

Mazkur tamoyil o‘zaro bilim, ko‘nikma va tajriba almashinuvi orqali o‘quvchilar o‘rtasida

barqaror hamkorlik muhitini shakllantirish, o‘quv faoliyatining subyektlari sifatida ularni teng

ishtirokchi maqomiga ko‘tarish imkonini beradi. Bu yondashuv nafaqat o‘qituvchi va talaba

o‘rtasidagi an’anaviy munosabatni yangicha talqinda boyitadi, balki talabalar orasida mas’uliyat

hissi, o‘zini namoyon qilish ehtiyoji va o‘zaro o‘rganish madaniyatini ham rivojlantiradi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini faol, kreativ va natijador tashkil etish

borasida talabalarning mustaqil tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb masalaga aylangan.

Xususan, Chirchiq davlat pedagogika universitetining Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning “talaba talabaga ustoz — talaba talabaga shogird”

tamoyili asosidagi faoliyati samarali natijalar bermoqda. Ushbu tamoyil tarbiya klasteri asosida

ustoz shogird an’analarini rivojlantirishning innovasion tamoyili bo‘lib, u talabani

faollashtirishga xizmat qiladi, talabani o‘z fikrini erkin ifoda etish, muammoni qo‘yish va

birgalikda yechish uchun muloqot makonini yaratadi.

1

Ular o‘rtasida o‘tkazilayotgan interaktiv mahorat darslari, ustoz-shogird shaklidagi ijodiy

mashg‘ulotlar, “peer-to-peer” (ya’ni tengdoshdan tengdoshlarga) tarzidagi o‘qitish metodlari

talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy malakasi va ijodiy yondashuvini chuqurlashtirishda

muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universitetining Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

yo‘nalishida ushbu tamoyil asosida amalga oshirilayotgan “O‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi

talabalar o‘rtasida bilim almashinuvi va ijodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Loyiha doirasida yuqori kurs talabalari o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, quyi kurs talabalariga

amaliy mashg‘ulotlarda yordam beradilar. Bu esa, talabalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mas’uliyat

va hamkorlik muhitini shakllantiradi.​ O‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalar iqtidorli talabalarga

biriktirilib darsdan tashqari mini to‘garaklarga jalb qilinadi. Bunda iqtidorli talabalar ijodiy

imkoniyatlaridan foydalanib, o‘zida mavjud bilimlarini boshqalarga o‘rgatish orqali o‘zlarida

ham pedagogik kasbiy ko‘nikmalari shakllanishiga sabab bo‘ladi.

2

Bunga misol tariqasida,

1

Baxodir Xusanov (2024). Ijtimoiy davlatning estetik mohiyati. Academic research in educational sciences, 5NUU

Conference (2), 788-792.

2

Abduvoitovich, B. D. (2024). Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida badiiy studiyalarni tashkil etishning

ahamiyati.

Iqro indexing

,

10

(1), 177-181.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Fayzullayeva Dilnavoz

tomonidan tashkil etilgan “Akvarel maktabi” mini to‘garagida birinchi bosqichda o‘qiydigan

rangtasvir fanidan qiynalayotgan tajribasi kam talabalarga akvarel texnikasini muntazam

ravishda o‘rgatib kelmoqda. Fayzullayeva Dilnavoz o‘z ustida tinimsiz ishlash va izlanish qilib

ustozlarining maslahati va yo‘nalishlaridan o‘rganganini tengdoshlariga o‘rgatib kelmoqda.

“Akvarel maktabi” nafaqat ta’limiy va estetik maqsadga xizmat qilmoqda, balki amaliy-iqtisodiy

jihatdan ham talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Talabalar tomonidan yaratilgan

ijodiy asarlarning fakultetga tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sifatida taqdim etilishi,

shuningdek, ularni ko‘paytirish va ishlab chiqarish orqali iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirish —

ta’lim bilan ishlab chiqarish integratsiyasining real namunasi hisoblanadi.

3

Zamonaviy ta’limda

shaxsga yo‘naltirilgan va ijodiy hamkorlikka asoslangan tamoyillarning joriy etilishi, ayniqsa,

“talaba talabaga ustoz — talaba talabaga shogird” kabi faoliyat modellarining qo‘llanilishi,

nafaqat ta’lim jarayonining interfaol va samarali bo‘lishini ta’minlaydi, balki talabalarning

shaxsiy, kasbiy va ijodiy salohiyatini har tomonlama rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb

etadi. Chirchiq davlat pedagogika universiteti misolida ko‘rib chiqilgan holatlar shundan dalolat

beradiki, bu tamoyil asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar va loyihalar talabalar o‘rtasida

mustahkam hamkorlik, mas’uliyat, o‘zaro ishonch va pedagogik salohiyatni shakllantirishda

yuqori samaradorlikka ega. Mazkur yondashuv orqali:

-

Talabalar o‘z tengdoshlariga bilim berish jarayonida o‘zlarining ham bilim va

ko‘nikmalarini mustahkamlashadi;

-

Iqtidorli talabalar o‘z bilim va tajribalarini boshqalarga o‘rgatish orqali liderlik, pedagogik

refleksiya va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantiradi;

-

Tajribasi kamroq talabalar esa yanada erkin va norasmiy muhitda o‘rganish imkoniga ega

bo‘ladilar;

-

Ta’lim jarayonida talaba faolligi ortadi, ularda mustaqil fikrlash, muammoni qo‘yish va hal

qilish, loyihaviy fikrlash va ijodiy yondashuvlar shakllanadi.

Bugungi raqobatbardosh va axborotga boy ijtimoiy-madaniy muhitda ta’lim oluvchilarda nafaqat

bilim, balki tashabbuskorlik, liderlik va ijodiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni shakllantirish zarurati

ortib bormoqda. Ana shunday jarayonda talabalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘rgatish tamoyili – o‘z

mohiyatiga ko‘ra, an’anaviy ustoz-shogird munosabatlarini tengdoshlar darajasida qayta talqin

etishga xizmat qiladi. Bu esa talabaning o‘zini subyekt sifatida anglashiga, o‘ziga bo‘lgan

ishonchini mustahkamlashga va ta’limdagi faol ishtirokchiga aylanishiga zamin yaratadi.

Kelajakda “talaba talabaga ustoz — talaba talabaga shogird” tamoyilIni ilmiy asosda chuqur

tadqiq etish, uning psixologik-pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish va turli yo‘nalishlarda

qo‘llash tajribasini ommalashtirish muhim vazifalardan biridir. Zero, bu model – nafaqat o‘quv

natijalari, balki ijtimoiy ong, madaniyat va hamkorlik tamoyillarini rivojlantiruvchi kuchli vosita

sifatida ham e’tirof etilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sultonov, X. E. (2024).

Klaster yondashuvi orqali tasviriy san’at ta’limida nazariya va

amaliyot uyg‘unligini ta’minlash imkoniyatlari

. San’atshunoslikning dolzarb masalalari:

muammo va yechimlar, Respublika ilmiy-nazariy konferensiya to‘plami, 1(1), 100–110. T.:

O‘zDSMI.

3

Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi “Ustoz–shogird” an’anasi asosida tasviriy san’at yo‘nalishida ijodiy va kasbiy

faoliyatni rivojlantirishning samarali yo‘llari. (2025).

Modern Education and Development

,

24

(2), 78-83.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

2.

Sultonov, X. E. (2023).

Klaster yondashuviga asoslangan ustoz ko‘magi va maslahatining

talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi ahamiyati

. Badiiy ta’limning dolzarb

muammolari, integratsiya va istiqbol tendensiyalari, Respublika ilmiy-amaliy anjumani

materiallari to‘plami, 1(1), 386–391. Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika

universiteti.

3.

Baxodir Xusanov (2024). Ijtimoiy davlatning estetik mohiyati. Academic research in

educational sciences, 5NUU Conference (2), 788-792.

4.

Abduvoitovich, B. D. (2024). Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida badiiy studiyalarni

tashkil etishning ahamiyati.

Iqro indexing

,

10

(1), 177-181.

5.

Baynazarova, N. X. (2023, Dekabr 22).

"Ustoz-shogird" tizimi asosida individual ta'limni

tashkil etishga qaratilgan klaster yondashuvi

. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarini

zamonaviy dasturlar yordamida o‘qitish istiqbollari, Respublika ilmiy-texnik anjumani

materiallari to‘plami, 1, 74–79.

6.

Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi “Ustoz–shogird” an’anasi asosida tasviriy san’at

yo‘nalishida ijodiy va kasbiy faoliyatni rivojlantirishning samarali yo‘llari. (2025).

Modern

Education and Development

,

24

(2), 78-83.

Библиографические ссылки

Sultonov, X. E. (2024). Klaster yondashuvi orqali tasviriy san’at ta’limida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash imkoniyatlari. San’atshunoslikning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar, Respublika ilmiy-nazariy konferensiya to‘plami, 1(1), 100–110. T.: O‘zDSMI.

Sultonov, X. E. (2023). Klaster yondashuviga asoslangan ustoz ko‘magi va maslahatining talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi ahamiyati. Badiiy ta’limning dolzarb muammolari, integratsiya va istiqbol tendensiyalari, Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami, 1(1), 386–391. Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Baxodir Xusanov (2024). Ijtimoiy davlatning estetik mohiyati. Academic research in educational sciences, 5NUU Conference (2), 788-792.

Abduvoitovich, B. D. (2024). Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida badiiy studiyalarni tashkil etishning ahamiyati. Iqro indexing, 10(1), 177-181.

Baynazarova, N. X. (2023, Dekabr 22). "Ustoz-shogird" tizimi asosida individual ta'limni tashkil etishga qaratilgan klaster yondashuvi. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlarini zamonaviy dasturlar yordamida o‘qitish istiqbollari, Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari to‘plami, 1, 74–79.

Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi “Ustoz–shogird” an’anasi asosida tasviriy san’at yo‘nalishida ijodiy va kasbiy faoliyatni rivojlantirishning samarali yo‘llari. (2025). Modern Education and Development, 24(2), 78-83.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)