JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Sultonov Farhod Otabekovich,
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
O’zbekiston. Buxoro shahar. G’ijduvoniy ko’chasi 10
Email:
‘’ TOPOGRAFIK ANATOMIYA’’ FAN TARIXI VA ASOSIY TUSHUNCHA
Operativ jarrohlik va topografik anatomiya fanini o‘qitish avvalo kishi tanasidagi to‘qima va
a'zolarning o‘zaro topografik – anatomik munosabatlarini va tuzilishini murdada o‘rganib
chiqishni taqazo qiladi. Bu borada nazariy bilimlar beradigan darslik talabalarning bilim
saviyasini boyitishga imkon bersa, amaliy qo‘llanmalar ishlay bilish saviyasini oshirishga
yordam beradi. Topografik anatomiyaning vazifasi talabalarga to‘qima va anatomik tuzilmalar
to‘g‘risidagi tushunchalarni ularning o‘zaro bog‘liqliklari nuqtai nazaridan o‘rgatishdir. Bu esa
keyinchalik talabalarga jarrohlikka oid bo‘lgan har xil ish – amallarni bajarishlarida, o‘z mahorat
va malakalarini oshirib borishlarida kerak bo‘ladi. A'zo va to‘qimalar topografik anatomiyasini
talabalar murdada mustaqil ravishda, o‘qituvchilar rahbarligida o‘rganib boradilar. Ammo
o’tiladigan mavzu bo‘yicha talaba mustaqil ish olib borishdan oldin, to‘la nazariy bilimga ega
bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham ushbu amaliy qo‘llanma talabaga o’tiladigan mavzular
bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar paytida mustahkamlab borishlari maqsadida
yozilgan. Kishi tanasidagi sohalar topografik anatomiyasini o‘rganish ko‘pincha bir xil bo‘lsa -
da, lekin u ikkita asosiy guruxga bo‘linadi: 1) sohalarning topografik anatomiyasi va 2) a'zolar
hamda boshqa anatomik tuzilmalarning topografik (jarrohlik) anatomiyasi. Bunda sohalarning
topografik anatomiyasini talabalarga quyidagicha o‘rgatiladi.
1. O‘rganilishi lozim bo‘lgan sohalarning chegaralari aniqlanadi. Ular chegaralarining to‘g‘ri
aniqlanishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, ichki a'zolarda o’tkaziladigan har xil jarrohlik
operatsiyalari va ularga borish yo‘llari a'zolar joylashgan chegaradan chiqib ketmasligi lozim. Bu
chegaralarni aniqlashda talaba avvalo tashqi belgilardan (suyaklarning do‘mboqlari,
mushaklarning do‘ngliklari, egatlar, chuqurchalar, balandliklar va h.k.) foydalanadi.
2. Sohaning topografik anatomiyasi va uning qavatlarini o‘rganish quyidagicha olib boriladi:
Teri – uning qalinligi, harakatchanligi, cho‘ziluvchanligi, undagi ter hamda yog‘ bezlarining
miqdori, rangi, teri burmalarining yo‘nalishi, tuklar bilan qoplanishi, qon bilan ta'minlanishi va
uning innervatsiyasi aniqlanadi.
Teri osti yog‘ to‘qimasi – miqdori, qavatlarga bo‘linishi, qalinligi va unda o’tgan qon tomirlar
hamda nervlar o‘rganib chiqiladi.
Yuzaki fastsiya – zichligi, tuzilish xususiyatlari, teriga yoki ostidagi to‘qimalarga munosabati,
ikkinchi varag‘ining bor yoki yo‘qligi ham aniqlanadi.
Xususiy fastsiya – qalinligi, tuzilishi, mushaklararo to‘siqlar hosil bo‘lishidagi o‘rni, ularning
g‘ilofli og‘riqsizlantirishdagi ahamiyati va boshqalar aniqlanadi.
Mushaklar – guruhlarga bo‘linishi, joylashish tartibi, boshlanish va birikish nuqtalari, o‘zaro
topografik munosabatlari, mushaklararo bo‘shliqlarining hosil bo‘lishi, egatlar, kanallar va
uchburchaklarning hosil bo‘lishida mushaklarning ahamiyatiga ham e'tibor beriladi.
Султанов, [03.05.2025 22:25]
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Qon tomirlar (arteriya va venalar) – katta qon tomirlarning topografiyasi, ularning tarmoqlari,
anastomozlari, kollateral va yonlanma qon aylanishlarining hosil bo‘lishi va ularning o‘zaro
munosabatlari ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, “kava - kaval” va “porto - kaval”
anastomozlar, ularning amaliy ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi.
Limfa oqimi – limfa yo‘llarining asosiy yo‘nalishlari, borib quyiladigan limfa tugunlari, ularning
joylashishi, regionar holati, yiringli infeksiyani tarqatishdagi roli va boshqalar e'tiborga olinadi.
Nerv – nervlarning topografiyasi, tolalari, bog‘lanishlari, segmentar holati, atroflaridan o’tadigan
qon tomirlar bilan o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi.
Suyak va suyak usti pardasi – suyaklarning odam tanasi uchun tayanch va harakat xizmatini
o’tashdagi ahamiyati, ichki a'zolarning tashqi tasvirini aniqlashda ulardagi belgilardan (do‘mboq,
o‘siq va h.k.) foydalanish, yumshoq to‘qimalar bilan o‘zaro munosabati va boshqalarga e'tibor
beriladi.
Bo‘g‘imlar – ularning hosil bo‘lishi, tuzilish xususiyatlari, ularni o‘rab turgan to‘qimalar bilan
o‘zaro munosabati, bo‘g‘im bo‘shliqlari, ulardagi burmalar, bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi potologik
(kasallik) suyuqliklar (qon, yiring, zardob va h.k.) ning yig‘ilishi, ularning punksiyasi va boshqa
holatlari o‘rganiladi. Sohalarning topografik anatomiyasini shu taxlitda ketma - ket o‘rganish
natijasida talaba to‘qimalarning topografik anatomiyasi va ularning o‘zaro munosabatlari
to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Binobarin, bu usul talabada kishi tanasida o’tkaziladigan
har xil operatsiya yoki kesmalarda shu soha qavatlarining aniq topografiyasini oldindan ko‘ra
bilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Bularni bilmaslik o’tkazilayotgan
operatsiyaning muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlay olmaydi. Chunki jarroh operatsiya qilinadigan
joyga yoki a'zolarga уetguncha, ko‘pgina qavatlardan o’tadi. Qilinadigan operatsiyalar ko‘pincha
bitta a'zoda o’tkazilishini e'tiborga olib, kishi tanasidagi a'zolar topografik anatomiyasini
o‘qitishda biz ham ana’naviy usullarga amal qilib, a'zolar topografiyasini quyidagicha yoritishni
ma'qul ko‘rdik:
1. Golotopiya – o‘rganilayotgan a'zoni odam tanasiga nisbatan qaуerda va qanday joylashishi.
2. Skletotopiya – shu a'zoni odam skletiga nisbatan (qovurg‘alar, umurtqalar va h.k.) joylashishi,
ularga munosabati.
3. Sintopiya – o‘rganilayotgan a'zoni o‘rab turgan to‘qima va a'zolar bilan o‘zaro munosabati.
4. A'zolarning anatomik ta'rifi – shakli, hajmi, holati, qismlari, qirralari va boshqa ma'lumotlari
(rangi, zichligi va h.k.).
5. Tasviriy anatomiya – ichki a'zolar tasvirini terida yoki tana yuzasida aniqlash uchun shu
a'zolar tasviriga mos keladigan har xil chiziqlar o’tkazib aniqlanadi.
6. A'zolarning joyida tutib turilishi – ularni har xil bog‘lamlar yordamida yaqin to‘qimalarga,
a'zolarga birikib turishi, o‘z o‘rnida mustahkam joylashishi, bu bog‘lamlarning katta – kichikligi,
uzun-kaltaligi, bog‘lamlar ichidan o’tadigan qon - tomir va nervlarning topografiyasi va h.k.
7. A'zolarning innervatsiyasi – a'zolarga keladigan nerv tolalarning yo‘nalishi, qaysi nervlardan
yoki chigillardan chiqib kelishi, parasimpatik va simpatik nerv tolalarning qatnashishi, ularning
o‘zaro munosabati.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
8. Limfa oqimi – a'zolarning asosiy limfa yo‘llari, ularning borib ochiladigan regionar limfa
tugunlari, xavfli shish metastazlari va yiringli infeksiyaning bular orqali tarqalish yo‘llari.
Ichki a'zolar topografik anatomiyasining bu tartibda o’tilishi keyinchalik talabalarda operativ
jarrohlikdan o’tiladigan mavzu bo‘yicha уetarlicha bilim va malaka hosil qilishda qo‘l keladi.
Darslik Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan operativ
jarrohlik va topgrafik
anatomiya fani bo‘yicha tibbiyot institutlari davolash fakultetining 3 - 4 kurs talabalari uchun
tasdiqlangan dasturi asosida o‘zbek tilida yozilgan birinchi ishdir.
Султанов, [03.05.2025 22:25]
Ushbu darslik muallifining shu fan bo‘yicha ko‘p yillar davomida shug‘ullangan va o‘qigan
leksiyalari hamda u ishlab turgan Samarqand tibbiyot instituti operativ jarrohlik va topografik
anatomiya kafedrasi ish tajribasining mahsuli sifatida yuzaga keldi. Darslikni yozishda rus tilida
yozilgan o‘quv qo‘llanmalaridan hamda tibbiyot institutlari uchun o‘zbek tilida yozilgan mavjud
anatomiya darsliklaridan foydalanildi. Darslikdagi rasmlar, asosan, operativ jarrohlik va
topografik anatomiya faniga oid o‘quv qo‘llanmalari va darsliklaridan olindi. Bunda hamma
topografik – anatomik ma'lumotlar mashg‘ulotlarni o‘zbek tilida olib borish talablari e'tiborga
olingan holda qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy qo‘llanmaning ayrim boblarini yozishda o‘zlarining
qimmatli maslahatlarini bergan Toshkent tibbiyot pediatriya oliy bilimgohi operativ jarrohlik va
topografik anatomiya kafedrasining professori marhum S.A.Dolimovga, shu kafedra mudiri, prof.
Sh.M.Ahmedovga, Toshkent I tibbiyot oliy bilimgohi operativ jarrohlik va topografik anatomiya
kafedrasining mudiri, professor N.H.Shomirzaуevga hamda Toshkent vrachlar malakasini
oshirish ilmgohi operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasining mudiri, professor A.
G’. Mirzamuhamedovga muallif o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
TOPOGRAFIK ANATOMIYA FANINING QISQACHA TARIXI
Topografik anatomiya fani amaliy fanlardan hisoblanib, u normal anatomiyadan olingan
ma'lumotlarni umumlashtirib, sohalar topografiyasini, qavatma – qavat tuzilishini, a'zolar
topografiyasini esa joylashish o‘rni, ularning bir – biriga va qo‘shni sohalarga nisbatan o‘zaro
munosabatlarini hamda tuzilishini o‘rgatadi. Jarrohlikning boshlang‘ich davrlarida amaliy
jarrohlar odam organizmi to‘g‘risida bunday umumlashtirilgan ma'lumotlarga ega
bo‘lmaganliklari sababli, jarrohlik operatsiyalarini o’tkazishda qiynalishlar va bunga javob izlar
edilar. Bunga javob XYI asr oxirlarida va XYII asr boshlarida fanda jarrohlik operatsiyalarini
tasvirlashda anatomik ma'lumotlar ham chop etila boshlandi. Bunday ma'lumotlarni
birinchilardan bo‘lib 1672 yilda italiyalik jarroh va anatom Djenga, 1718 yilda belgiyalik jarroh
va anatom Palfenlar e'lon qilishdi. Shunday qilib, fanda jarrohlik anatomiyasiga asos solindi.
XIX asr boshlariga kelib jarrohlik anatomiyasini rivojlantirishga fransuz jarrohlari Velpo,
Blanden, Malten va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ularning ilmiy asarlarida to‘qima va
a'zolarning anatomiyasi boshqalarnikidan farqli o‘laroq, batartib va sohalar bo‘yicha berilgan
bo‘lib, shu tariqa topografik anatomiya faniga asos solina boshlandi. Rus olimlaridan X.X.
Solomon 1840 yilda operativ jarrohlikdan qo‘llanma chop ettirib, unda topografik anatomiyaga
asos soldi. I.V.Buyalskiy (1789 -1866) “Odam tanasining qisqacha anatomiyasi” va “Anatomik –
patologik suratlar” degan ikkita mashhur atlaslarni yaratib, operativ jarrohlik va topografik
anatomiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Lekin, topografik anatomiyani asosiy fan
sifatida birinchi marta rus olimi N.I.Pirogov (1810-1881) ro‘yobga chiqardi. U topografik
anatomiyaning jarrohlikdagi mislsiz rolini inobatga olib, uni operativ jarrohlik bilan birga “bir
butun fan” sifatida maydonga olib chiqdi. N.I.Pirogovning ilmiy asarlari topografik anatomiya
fanining mustaqil fan bo‘lib qolishiga zamin yaratdi. U 1837 yilda “Arteriyalar tanasi va
fastsiyalarining jarrohlik anatomiyasi” degan ilmiy asarida arteriyalar topografik anatomiyasi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
to‘g‘risida to‘liq ma'lumot berib, ularning fastsiyalar bilan o‘zaro munosabati to‘g‘risidagi
qonunlarni ishlab chiqdi.
N.I.Pirogov o‘zining “Odam tanasi amaliy anatomiyasining to‘liq kursi. Fiziologiya va jarrohlik
bo‘yicha tasviriy anatomiya” (1843-1848) degan 3 jildli qo‘llanmasida kishi tanasining hamma
soha va a'zolarining topografik anatomiyasini keltiradi.
Султанов, [03.05.2025 22:25]
Bundan tashqari uni butun dunyoga mashhur qilgan asarlaridan biri “Muzlatilgan kishi
tanasidagi uch xil yo‘nalishdagi kesmalari rangli suratlarining tasviriy topografik anatomiyasi”
(1851 -1859) degan asar bo‘lib, bunda u muzlatilgan a'zolarning har xil kesmalarida ularning
topografik anatomiyasini batafsil yoritgan. N.I.Pirogov ishlarining davomchisi va topografik
anatomiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri A.A.Bobrovdir (1850 -
1904). U birinchi bo‘lib topografik anatomiya va operativ jarrohlik fani bo‘yicha darslik yozgan
olimlardan hisoblanib, jarrohlar uchun topografik anatomiyani mukammal bilish juda ham
zarurligi to‘g‘risida shunday deydi: “Jarrohlik klinikasiga olib boradigan yo‘l anatomiya
teatridan o’tishi kerak va bu yo‘ldan o’tmagan jarroh o‘z istedodining yuqori cho‘qqisida tura
olmaydi”. A.P.Gubarev bu so‘zlarni go‘yo tasdiqlab “Topografik anatomiyani bilmasa jarroh
ham yo‘q, terapevt ham yo‘q, uning o‘rnida faqat belgi va bid'at qoladi” – deb bo‘lajak
jarrohlarni ogohlantiradi. Topografik anatomiyaning rivojlanishida V.N. Shevkunenkoning (1972
-1952) xizmatlari kattadir. U topograf – anatomlar maktabiga asos solgan olimlardan biri. Uning
ilmiy ishlari qon tomirlar va nerv sistemasi hamda yoshga qarab o‘zgaradigan topografik
anatomiya bilan bog‘liqdir. Topografik anatomiyaning уechilmagan ko‘p masalalarini yoritishga
N.N.Burdenko, A.V.Vishnevskiy, A.N.Maksimenkov, V.F.Voyno –Yasenetskiy, B.V.Ognev,
V.V.Kovanov, A.A.Travin, G.E.Ostroverxov, YU.M.Lopuxin va boshqa olimlar o‘z hissalarini
qo‘shdilar. Topogafik anatomiya va operativ jarrohlik fanini munosib o‘ringa ko’tarishda
jumhuriyatimiz olimlarining xizmatlari ham juda katta. 20 - yillarda Toshken davlat
dorilfununining tibbiyot kulliyotida ishlagan atoqli olim Voyno-Yasenetskiy, professorlar
G.A.Ilin, F.I.Valker, N.S.Pereshivkin, S.T.Novitskiy, B.A.Stekolnikov, professor F.F.Amirov va
1970 yildan beri professor N.H Shomirzaуev, Toshkent vrachlar malakasini oshirish ilmgohidan
topografik
anatomiya
va
operativ
jarrohlik
kafedrasining
mudiri,
professor
A.G‘.Mirzamuhamedov, Toshkent tibbiyot pediatriya oliy bilimgohi kafedra mudiri, professor
Sh.M.Ahmedov, Samarqand tibbiyot oliy bilimgohi topografik anatomiya va operativ jarrohlik
kafedrasining mudirlari, professor V.A.Sushevskiy, G.N.Aleksandrov, M.T.Nasekin va
V.YA.Barakov, Andijon tibbiyot oliy bilimgohining kafedra mudirlari, professor B.G‘.G‘aniуev
hamda professor I.Q.Qosimxo‘jaуevlar bunga yaqqol misol bo‘la oladilar. Bu olimlarning ishlari
jumhuriyatimizda va MDH dagina emas, balki xorijiy davlatlarda ham yuksak baholanmoqda.
Jarrohlik fani bilan bir qatorda topografik anatomiya fani ham muvafaqqiyat bilan rivojlanib
bormoqda. Bu esa yangi – yangi jarrohlik operatsiyalarini ishlab chiqishni ilmiy asoslab berishga
imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham topografik anatomiya talabalar uchun asosiy fanlardan
biri bo‘lib qolmoqda.
