Том 15 № 05 (2025)
Статьи
AYOLLARDA TURLI SHAKLLARDAGI SIYDIK O’TKAZIB YUBORISH (INKONTINENSIYA) VA UNING FUNKSIYALI ASPEKTLARI
Maqolada ayollarda uchraydigan siydik tuta olmaslik muammosi, uning turlari, sabab va xavf omillari tahlil qilinadi. Stressli, imperativ va aralash shakllar bilan bir qatorda kam uchraydigan giggle inkontinans va jinsiy aloqada siydik yo‘qotish holatlari ham yoritiladi. Diagnostika va davolash usullari, jumladan konservativ terapiya, fizioterapiya va jarrohlik muolajalari ko‘rib chiqilib, hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu tadqiqot siydik chiqarish tizimi disfunksiyasiga duch kelgan bemorlar uchun samarali muolaja strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
VARIKOZ KASALLIGINI FITOTERAPIYA VA GIRUDOTERAPIYA BILAN KOMPLEKS DAVOLASH YONDASHUVLARI
Ushbu maqolada varikoz kasalligining etiologiyasi va patofiziologiyasini chuqur tahlil qilish orqali, ushbu kasallikni davolashda fitoterapiya va girudoterapiyaning samaradorligini o‘rganish hamda aholi orasida varikoz kasalligining tarqalishini kamaytirishga qartilgan.
TURK XOQONLIGI DAVRIDA JANGAVOR QUROL-YAROG‘LAR VA HARBIYLARNING KIYIM KECHAKLARI
Xitoy yilnomalaridan biri “Chjou-shu”da turklarning jang qurollari shunday ta’riflanadi: “ularning qurollari shoxsimon yoy va xushtaksimon ovoz chiqaruvchi o‘q, sovut, nayza, qilich va dudama qilich (uzun, og‘ir qilich)lardan iborat... Otda turib kamondan mohirlik bilan o‘q uzadilar” [1:C229] deb ta’kidlaydi.
THE IMPACT OF THE TRADE BALANCE ON ECONOMIC GROWTH
This article analyzes the relationship between foreign trade balance and economic growth. It examines the impact of foreign trade indicators on the country’s economy, as well as the changes in economic growth across different regions. The research proposes strategies and measures necessary to improve the national economy and reduce regional disparities. The article helps to better understand the interconnection between foreign trade and economic growth.
YOSH YUGURUVCHILARNI TANLAB OLISH VA SARALASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada yosh sportchilarning, xususan, yuguruvchilarning jismoniy salohiyati, psixologik holati va sportga layoqatini aniqlash orqali ularni tanlab olish va saralash tizimini takomillashtirishning zaruriyati yoritilgan. Bugungi kunda sportchilarni aniqlash faqatgina jismoniy sinovlarga asoslangan bo‘lib, bu esa iqtidorli bolalarni erta bosqichda yo‘qotish xavfini tug‘diradi. Mazkur maqolada kompleks yondashuv — jismoniy, psixologik, fiziologik va motivatsion mezonlar asosida tanlash tizimini shakllantirish bo‘yicha takliflar beriladi.
NEYRON TARMOQLAR YORDAMIDA VEB-INTERFEYSGA QARATILGAN DASTURIY TAMINOT ISHLAB CHIQISH
Ushbu tadqiqot ishida foydalanuvchi interfeysi dizaynini avtomatlashtirish va tarmoq hujumlarini aniqlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar — xususan, chuqur o‘rganish (Deep Learning) va RandomForest algoritmlaridan foydalanishga asoslangan metodologiya ishlab chiqildi. Shuningdek, CICIDS2017 va CSE-CIC-IDS2018 ma’lumotlar to‘plamlariga asoslangan holda kiberhujumlarni (DDoS, SQL Injection, Brute Force va boshqalar) aniqlovchi veb-interfeysli dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Django, HTML, CSS va JavaScript texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan tizim RandomForest modeli yordamida 95.3% aniqlikka erishdi.
АМИР ТЕМУР ВОРИСЛАРИ ДАВРИДА ОИЛАВИЙ ТАНТАНА ВА МАРОСИМЛАР ТАРИХИ
Юқорида таъкидланганидек, Амир Темур даврида тўй-тантаналар, сайиллар ва байрамлар, асосан, Самарқанд, Шаҳрисабз ва Ҳирот шаҳарларида ўтказилган.
Муаррих Шарафуддин Али Яздийнинг "Зафарнома"сида Амир Темур давридаги кўплаб тўй-томоша, маросимлар ва сайиллар уюштирилганлигини ишончли лавҳаларда баён қилинган. Асарда Соҳибқирон ҳаёти билан боғлиқ тўйлардан бири унинг Дилшод Ока билан заффоф (никоҳ тўйи) қилгани ҳақида лавҳа келтирилган: Ҳазрат Аллоҳ файзи мундоқ воқиъ бўлуб турурким, тўрт хотун олинглар, Соҳибқирони жувонбахтқа ул саҳройи дилкушода майл бўлдиким, Дилшод Окани олғай, тўй асбобига ҳукм қилди.
ILK O’RTA ASRLARDA JANGAVOR QUROL-YAROG‘LAR HAMDA HARBIY KIYIM KECHAKLAR TARIXI
Maqolada ilk o’rta asrlarda Turk xoqonligi davrida harbiy kiyim kechaklar, qurol aslahalar: qurol-yarog‘lari uzun plastinkasimon yoki zirxli sovut, yopichiq (barma)li dubulg‘a va uncha katta bo‘lmagan qalqon uzun qalqonsimon ilgaklardan foydalanish taktikasi kabi ma’lumotlar berilgan.
TURK XOQONLIGIDA HARBIY OMILLAR
Mutaxassislar tomonidan VI–VIII asrlar davri koʻpincha qadimgi turklarning siyosiy va madaniy yuksalish davri sifatida baholanadi. Turk xoqonligi bu davrda nafaqat Evroosiyodagi eng yirik va eng kuchli siyosiy tuzilma sifatida, balki demografik jihatdan zich joylashgan, yuqori sivilizasiya salohiyatiga ega boʻlgan qudratli imperiya sifatida namoyon boʻlgan. Turk xoqonligining xalqaro savdo, madaniy almashinuv va siyosiy ta'sirga doir faoliyati uni butun Evroosiyo miqyosidagi geosiyosiy jarayonlarning asosiy ishtirokchisiga aylantirgan.
TА’LIM MUАSSАSА RАHBАRINING АXBOROT BILАN ISHLАSH KOMPETENSIYАSINI OSHIRISH MUАMMOSINING YECHISH YOʼLLАRI
Maqolada ta’lim muassasasi rahbarlarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini oshirish zaruriyati va ushbu yo‘nalishda mavjud muammolar tahlil etiladi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi rahbarlardan yangicha yondashuv va yuqori darajadagi axborot savodxonligini talab qilmoqda.
HOW LINGVOCULTUROLOGY IS IMPROVING TODAY
This article explores how lingvoculturology is improving today, highlighting new methodologies, technological advancements, and the impact of globalization on the study. The introduction sets the stage by explaining what lingvoculturology is and why it has become more important in today’s globalized world. The growing need to understand culture through language is linked to societal changes and increased global interaction.
‘’ TOPOGRAFIK ANATOMIYA’’ FAN TARIXI VA ASOSIY TUSHUNCHA
Operativ jarrohlik va topografik anatomiya fanini o‘qitish avvalo kishi tanasidagi to‘qima va a'zolarning o‘zaro topografik – anatomik munosabatlarini va tuzilishini murdada o‘rganib chiqishni taqazo qiladi. Bu borada nazariy bilimlar beradigan darslik talabalarning bilim saviyasini boyitishga imkon bersa, amaliy qo‘llanmalar ishlay bilish saviyasini oshirishga yordam beradi. Topografik anatomiyaning vazifasi talabalarga to‘qima va anatomik tuzilmalar to‘g‘risidagi tushunchalarni ularning o‘zaro bog‘liqliklari nuqtai nazaridan o‘rgatishdir. Bu esa keyinchalik talabalarga jarrohlikka oid bo‘lgan har xil ish – amallarni bajarishlarida, o‘z mahorat va malakalarini oshirib borishlarida kerak bo‘ladi.
BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANIDAN KARRA JADVALINI O'RGATISH JARAYONI
Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan karra jadvalini o‘rgatish jarayoniga bag‘ishlangan. Maqolada karra jadvalining matematik ta’limdagi ahamiyati, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos pedagogik yondashuvlar va samarali o‘qitish usullari tahlil qilinadi. Vizual materiallar, o‘yin asosidagi metodlar, real hayot bilan bog‘lash va guruh ishi kabi strategiyalar o‘rgatish jarayonini qiziqarli va samarali qilishda muhim hisoblanadi. Shuningdek, o‘quvchilarning xotirada saqlashda duch keladigan muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola o‘qituvchilarga karra jadvalini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va matematik asoslarni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.
YUZ-JAG‘ TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Mazkur maqolada inson tanasining murakkab va ahamiyatli sohasi bo‘lgan yuz-jag‘ sohasining topografik anatomiyasi yoritilgan. Ushbu sohaning chegaralari, asosiy anatomik bo‘limlari, qon ta’minoti, innervatsiyasi va klinik ahamiyati haqida tushuncha berilgan. Yuz-jag‘ sohasi stomatologiya, jarrohlik va boshqa tibbiy yo‘nalishlarda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u yerda joylashgan tuzilmalarni chuqur bilish turli kasalliklar diagnostikasi va davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.
КРАЕВЫЕ ЗАДАЧИ КАК МАТЕМАТИЧЕСКИЕ МОДЕЛИ ПРИРОДНЫХ ПРОЦЕССОВ
Природные процессы, в силу своей уникальности и сложности, являются основой для многих научных исследований. Математическое моделирование этих процессов необходимо для их понимания и прогнозирования. Краевые задачи являются одним из важных разделов математики, которые широко используются при моделировании природных процессов. Краевые задачи являются эффективным инструментом при изучении, особенно, динамических систем и внешних факторов, влияющих на них. В данной статье рассматриваются основные понятия краевых задач и их связь с природными процессами, а также получаемые с их помощью математические модели. В статье изучаются природные процессы, их описание и значение математического моделирования, а также различные области применения краевых задач.
PROCESSING VARIOUS TYPES OF DIAGRAMS THROUGH ARTIFICIAL INTELLIGENCE USING PYTHON
This in the article artificial Python programming of intelligence language through graphic and diagram shaped information again at work place is highlighted . Diagrams in the form of visual information automatic in a way analysis to do and them semantic in terms of comment current technological development during important importance profession Python is doing libraries using figurative information again work , they based on concept harvest to do , statistical and semantic solutions working exit opportunities seeing In this regard mechanical learning (Machine Learning), deep learning (Deep Learning) and the image again such as image processing technologies analysis will be done .
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM OLISH KONSTITUTSIYAVIY HUQUQDIR
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida ta’lim olish huquqining asosiy qonun darajasida mustahkamlanishi va jamiyatning ta’lim darajasini oshirish mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy maqsadlardan biri ekanligi yoritib beriladi.