JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Toʻxtayeva Robiya Ravshanbek qizi
Andijon davlat universiteti talabasi
WEB DASTURLASHNING FRONT-END QISMINI O‘RGATISHDA MODULLI
YONDASHUVNING SAMARADORLIGI
Annotatsiya
: Mazkur maqolada web dasturlashning front-end qismini o‘rgatishda modulli
yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Modullashtirilgan ta’lim tizimi yordamida talabalar
HTML, CSS, JavaScript va React.js kabi texnologiyalarni bosqichma-bosqich va tizimli tarzda
o‘zlashtirishlari ta’minlanadi. Tadqiqot davomida modulli va an’anaviy o‘qitish uslublari
solishtirilib, eksperimental tajribalar, so‘rovnomalar va testlar asosida natijalar baholandi.
Olingan ma’lumotlar modulli yondashuv talabalarning bilim darajasini, mustaqil ishlash
salohiyatini va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Shuningdek,
maqolada kelgusida web dasturlashni o‘rgatishda yangi modullarni joriy etish bo‘yicha takliflar
ham ilgari surilgan.
Kalit soʻzlar:
Modulli yondashuv, front-end dasturlash, web dasturlash ta’limi, HTML, CSS,
JavaScript, React.js, ta’lim metodikasi, amaliy topshiriqlar, o‘quv samaradorligi, texnologik
ta’lim.
XXI asrda raqamli savodxonlik va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlar har bir sohada
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, web dasturlash — bu nafaqat zamonaviy veb-
ilovalarni ishlab chiqishning asosi, balki yosh avlodni mehnat bozoriga tayyorlashda asosiy
vositalardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida, texnikumlarda va kasb-hunar
maktablarida web dasturlash kurslari tobora kengayib, unga talab oshib bormoqda. Ushbu
yo‘nalishda, ayniqsa, foydalanuvchi interfeyslarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi front-end
dasturlash alohida o‘rinni egallaydi. HTML, CSS, JavaScript va ularga asoslangan kutubxonalar
(masalan, Bootstrap, jQuery, React.js) orqali talabalar nafaqat kod yozish, balki foydalanuvchi
uchun qulay, estetik va interaktiv web sahifalarni yaratishni o‘rganadilar.
Tadqiqotning maqsadi:
Zamonaviy ta’lim jarayoni yondashuvlarining samaradorligi
talabalarning chuqur bilim olishi va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga bog‘liq. Shu nuqtai
nazardan qaralganda, modulli yondashuv – bu o‘quv jarayonini maqsadli, strukturaviy va
bosqichma-bosqich tashkil etish imkonini beruvchi innovatsion uslubdir. Modulli o‘qitish
yondashuvi yordamida murakkab kurslar mazmunan kichik, o‘zaro bog‘langan bo‘limlarga
ajratiladi, har bir modul yakunida esa aniq natijalar kutib olinadi. Bu esa o‘quvchining individual
yondashuv asosida harakat qilishiga, o‘zlashtirish darajasiga mos tezlikda harakatlanishiga va
o‘z bilimi ustida mustaqil ishlashiga sharoit yaratadi.
Ushbu maqolada web dasturlashning front-end qismini o‘qitishda modulli yondashuvdan
foydalanishning ilmiy asoslari, afzalliklari va ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritiladi. [1]
Mavzuning dolzarbligi shundaki, an’anaviy yondashuvlar bilan taqqoslaganda modulli o‘qitish
uslubi talabalarning bilim darajasi, mustaqil ishlash salohiyati va amaliyotga tayyorgarligini
oshirishda yuqori samara berishi kuzatilmoqda. Shuningdek, maqola davomida eksperimental
tajriba, amaliy modullar va ularning natijalari asosida modulli yondashuvning o‘qitishdagi real
ta’siri tahlil qilinadi.
Modulli yondashuv ta’lim tizimida an’anaviy yondashuvlarga qarama-qarshi tarzda rivojlangan
bo‘lib, ta’lim mazmunini kichik, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘liq birliklarga ajratish orqali o‘quv
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
jarayonini tizimli, samarali va individuallashtirilgan shaklda tashkil etishga qaratilgan.
Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda, modullashtirish bu — bilim, ko‘nikma va malakalarni
bosqichma-bosqich, aniq maqsadlar asosida egallash imkonini beruvchi o‘quv strategiyasi
hisoblanadi. Har bir modul o‘z ichiga ma’lumotlarni tushuntirish, amaliy mashg‘ulotlar, nazorat
topshiriqlari va mustaqil faoliyatni qamrab oladi. Texnologik jihatdan esa, modullashtirish
dasturlash jarayonidagi komponentlarga o‘xshash bo‘lib, murakkab tizimni soddalashtirish va
funksional bo‘laklarga ajratish tamoyillariga asoslanadi. Bu holat web dasturlashni o‘rgatishda
ayniqsa dolzarb bo‘lib, har bir modulda alohida texnologiyani chuqur o‘zlashtirish imkonini
beradi.
Zamonaviy pedagogik modellar, xususan Bloomning taksonomiyasi va ADDIE modeli (Tahlil –
Dizayn – Ishlab chiqish – Amalga oshirish – Baholash) modulli yondashuvning nazariy
asoslarini yanada kuchaytiradi. Bloom taksonomiyasi asosida har bir modul bilim, tushunish,
qo‘llash, tahlil, sintetik faoliyat va baholash bosqichlarini o‘z ichiga oladi, bu esa o‘quvchining
intellektual rivojlanishini ko‘p qirrali tarzda ta’minlaydi. ADDIE modeli esa modullarni
loyihalash va amalga oshirishda aniq metodologiyani beradi. Jumladan, talabalarni o‘rganish
darajasini tahlil qilish, har bir modul uchun ta’limiy dizayn yaratish, dars materiallarini ishlab
chiqish, amaliyotda qo‘llash va natijalarni baholash orqali modulli o‘qitishning samaradorligi
oshiriladi.
Modulli yondashuvning bir qator afzalliklari mavjud: u o‘quv jarayonini aniq tuzilishga ega
qiladi, talabalarni mustaqil ishlashga undaydi, o‘zlashtirishda shaxsiy tezlikni tanlash imkonini
beradi, har bir modul yakunida aniq natijalar orqali baholash imkonini beradi. Shu bilan birga,
o‘qituvchiga didaktik jarayonni puxta rejalashtirish va differensial yondashuv asosida ta’lim
berish imkonini beradi. Biroq, bu yondashuvning ayrim kamchiliklari ham mavjud: modul
tuzilmasini ishlab chiqish vaqt va metodik tayyorgarlikni talab qiladi, o‘quvchilarning o‘zini o‘zi
boshqarish ko‘nikmalari past bo‘lsa, natijalar sust bo‘lishi mumkin. Shuningdek, modullararo
integratsiyani ta’minlashda muammolar yuzaga kelishi ehtimoli ham mavjud. [2] Shunday
bo‘lsa-da, texnologik ta’lim sohasida, xususan front-end dasturlashni o‘rgatishda, modulli
yondashuv natijadorlik va sifat jihatidan an’anaviy yondashuvlardan ustun turadi.
Front-end dasturlashni o‘qitishda modulli yondashuvni joriy etish, o‘quv jarayonini bosqichma-
bosqich, tizimli va mantiqiy asosda tashkil etishga xizmat qiladi. Bu yondashuv talabalarni avval
asosiy tushunchalar bilan tanishtirib, keyinroq murakkab texnologiyalarni egallashga tayyorlaydi.
Shu sababli, kurs tarkibi oddiydan murakkabga qarab modullarga ajratiladi va har bir modul aniq
maqsadlarga, didaktik birliklarga va amaliy topshiriqlarga asoslanadi. Dastlabki bosqichda,
talabalarga web sahifaning skeleti — ya’ni HTML tili orqali tarkibiy tuzilma yaratish o‘rgatiladi.
Ushbu bosqichda sahifa elementlari, teglar, atributlar va tuzilmaning semantik qismi asosiy
o‘rinni egallaydi. Keyingi modul CSS orqali web sahifani dizaynlashga bag‘ishlanadi. Bu
bosqichda talabalar ranglar, shriftlar, joylashuv (positioning), media queries va responsiv dizayn
asoslarini egallaydilar. Uchinchi modulda esa JavaScript orqali sahifaga interaktivlik qo‘shish
o‘rgatiladi: DOM bilan ishlash, funksiyalar, hodisalar, shartli operatorlar va sikllar orqali
dinamik holatlar yaratiladi. So‘nggi bosqichda esa talabalar React.js kutubxonasi bilan
tanishadilar, bu esa ularga komponentlar asosida murakkab web ilovalarni yaratish imkonini
beradi.
Har bir modul mazmuni aniq didaktik birliklarga asoslangan bo‘lib, “bilim – tushunish – qo‘llash
– mustaqil ishlash” tamoyili asosida tuziladi. Bu esa nazariy tushunchalarning amaliyotga
yo‘naltirilgan holda o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Masalan, HTML modulida talabalar matn
strukturasini, sahifa markirovkasini, shakllar va havolalarni yaratishni o‘rganadi; CSS modulida
sahifa dizaynini vizual jozibador qilish usullari, Bootstrap kabi kutubxonalar yordamida tezkor
formatlash usullari o‘rgatiladi; JavaScript modulida esa real vaqtda elementlarni boshqarish,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
foydalanuvchi bilan muloqot qilish, shakllar orqali ma’lumot olish va ularni qayta ishlash kabi
faoliyatlar o‘rgatiladi. React.js modulida esa komponentlar, props, state, va hook’lar asosida
murakkab interaktiv tizimlar yaratiladi.
Mazkur modullar nafaqat nazariy material bilan, balki amaliy topshiriqlar va loyihaviy
yondashuv bilan boyitiladi. Har bir modulda talabalar mustaqil mini-loyihalar tayyorlaydi:
masalan, HTML va CSS asosida shaxsiy portfolio sahifasi, JavaScript bo‘yicha oddiy
kalkulyator yoki interaktiv forma, React.js bo‘yicha esa to‘liq bir sahifalik SPA ilova (masalan:
vazifalar ro‘yxati, blog yoki mahsulot katalogi). Bunday loyihalar orqali talabalar nafaqat texnik
bilimlarni mustahkamlaydi, balki kreativ fikrlash, muammo yechish va real loyihalar ustida
ishlash ko‘nikmalarini ham shakllantiradilar. [3] Shuningdek, modullar yakunida o‘tkaziladigan
kichik imtihonlar va refleksiya mashg‘ulotlari orqali o‘zlashtirish darajasi baholanadi va zarur
bo‘lsa, individual yondashuv asosida qo‘shimcha yordam ko‘rsatiladi. Shu tarzda modulli
yondashuv orqali front-end dasturlashni o‘qitish talabaning mustaqil, amaliyotga yo‘naltirilgan,
tizimli va chuqur bilim olishini ta’minlaydi.
Mazkur tadqiqotning metodologiyasi front-end dasturlashni o‘rgatishda modulli yondashuvning
samaradorligini ilmiy asosda baholashga qaratilgan. Tadqiqot ob’ekti sifatida axborot
texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rganilgan bo‘lsa, predmeti sifatida esa
ularga web dasturlash, xususan front-end komponentlarini o‘rgatishda modulli yondashuvdan
foydalanish samarasi tahlil qilindi. Tadqiqotda asosan eksperimental-pedagogik uslub qo‘llanildi.
Unda bir-biriga yaqin bilim darajasiga ega bo‘lgan ikki guruh shakllantirildi: tajriba guruhi
modulli yondashuv asosida, nazorat guruhi esa an’anaviy o‘quv dasturi asosida ta’lim oldi.
Darslar o‘zaro mos sharoitlarda o‘tkazilib, har ikki guruhga bir xil mavzular, hajm va muddatlar
asosida bilim berildi. Modullar asosida dars o‘tgan guruhda har bir mavzu alohida struktura,
amaliy mashg‘ulotlar va kichik loyihalar asosida olib borildi, talabalar faol ishtirok etishga,
mustaqil yechimlar topishga undaldi. Nazorat guruhida esa odatiy uslubda ma’ruzalar, amaliy
darslar va yakuniy testlar orqali ta’lim berildi.
Tadqiqot natijalarini aniqlashtirish va baholashda turli diagnostik vositalar – so‘rovnomalar,
yarimstrukturali intervyular, test savollari, amaliy topshiriqlar va loyiha natijalari tahlili
qo‘llanildi. So‘rovnomalar orqali talabalar dars jarayonidan olgan taassurotlari, modulli
yondashuvga munosabati, o‘zlashtirish darajasi va mustaqil ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini
baholadilar. Intervyular yordamida chuqur tahliliy fikrlar yig‘ildi: bu orqali nafaqat o‘quv
jarayoni, balki o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ham o‘rganildi. Testlar orqali esa
har ikki guruhda mavzularni o‘zlashtirish darajasi, bilimlarning sifati va amaliy qo‘llash
ko‘nikmalari solishtirildi. Amaliy topshiriqlarda loyiha shaklidagi vazifalar natijalari baholandi:
ularning to‘liq bajarilishi, kreativlik, kod sifati, dizayn talablari va funksional ishlashi asosiy
mezon bo‘ldi. Olingan ma’lumotlar statistik jihatdan tahlil qilinib, modulli yondashuv
qo‘llanilgan guruhda bilimlarning puxtaligi, mustaqil ishlashga tayyorlik darajasi va qiziqish
sezilarli darajada yuqori bo‘lgani aniqlandi. Ushbu natijalar modulli yondashuvning nafaqat
o‘quv samaradorligini, balki pedagogik jarayon sifatiga ijobiy ta’sirini ham yaqqol tasdiqladi.
O‘tkazilgan eksperimental tadqiqot natijalari modulli yondashuv asosida tashkil etilgan o‘quv
jarayonining talabalarning bilim darajasiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Tajriba
va nazorat guruhlari o‘rtasida o‘quv dasturini o‘zlashtirish, amaliy topshiriqlarni bajarish va
yakuniy baholash natijalarida aniq farqlar kuzatildi. Dastlabki bosqichda ikki guruhning bilim
ko‘rsatkichlari o‘rtacha bir xil bo‘lgan bo‘lsa, tajriba guruhi modulli o‘qituv tizimi asosida ta’lim
olganidan so‘ng, o‘zlashtirish darajasida sezilarli o‘sish qayd etildi. An’anaviy uslubda o‘qigan
nazorat guruhi talabalarining o‘zlashtirish darajasi deyarli o‘zgarmagan yoki past sur’atda o‘sgan
bo‘lsa, modulli o‘qitish orqali ta’lim olganlar nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga, mustaqil
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
vazifalarni bajarishga, shuningdek, veb-ilovalar ishlab chiqish bo‘yicha real ko‘nikmalar hosil
qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Tadqiqot davomida talabalar bilan olib borilgan so‘rovnoma va intervyu natijalari ham modulli
yondashuvning samaradorligini tasdiqladi. Jumladan, tajriba guruhi talabalarining 84 foizi
modulli o‘qitish jarayonida mustaqil ishlashga bo‘lgan ishtiyoqi oshgani, mavzularni tushunish
osonlashgani va amaliy topshiriqlar orqali bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyati yaratilganini
ta’kidladilar. Shuningdek, talabalarning 76 foizi modulli yondashuvda topshiriqlar aniq,
bosqichma-bosqich va mantiqiy izchillikda taqdim etilganini, bu esa o‘rganish samaradorligini
oshirganini bildirgan. Nazorat guruhi talabalarida esa o‘quv materialining murakkabligi,
mustaqil ishlashda yetarli yo‘l-yo‘riq bo‘lmagani va qiziqishning pastligi qayd etilgan. Ushbu
holatlar ta’lim jarayonining faollik, ishtirok va natijaviylik ko‘rsatkichlari bilan chambarchas
bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Tahlil natijalari grafik va jadval ko‘rinishida ham tasdiqlandi. Masalan, tajriba guruhining
darsdan oldingi test baholari o‘rtacha 58% bo‘lgan bo‘lsa, kurs yakunida bu ko‘rsatkich 89% ga
yetdi. Nazorat guruhida esa bu raqam atigi 61% ni tashkil etdi. Shuningdek, amaliy topshiriqlarni
to‘liq va sifatli bajarganlar soni tajriba guruhida 92% bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich
64% atrofida bo‘ldi. Loyihaviy ishlar sifati, kod yozish madaniyati va foydalanuvchi
interfeyslarini ishlab chiqishdagi yondashuvlar bo‘yicha ham tajriba guruhi ancha yuqori
natijalar ko‘rsatdi. Grafik tahlillarda talabalar faolligi, topshiriq bajarish tezligi va baholash
mezonlari bo‘yicha doimiy ijobiy dinamikani kuzatish mumkin bo‘ldi. Ushbu raqamlar modulli
yondashuv asosida tashkil etilgan darslar talabalarning bilim darajasi va amaliy ko‘nikmalarini
oshirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilayotganini aniq ko‘rsatmoqda.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, modulli yondashuv front-end dasturlashni
o‘rgatishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ta’lim usuli hisoblanadi. Bu yondashuv
talabalarni mustaqil fikrlashga, bosqichma-bosqich murakkablik darajasini oshirib borishga,
nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga va yakuniy natijaga yo‘naltirilgan o‘qitish modelini
yaratishga xizmat qiladi. An’anaviy o‘qitish shakllari bilan solishtirilganda, modulli o‘qitish
o‘quvchilarda qiziqish, faol ishtirok, kreativ yondashuv va chuqur o‘zlashtirish darajasini
oshirish bilan birga, ta’lim mazmunini tizimli va qulay shaklda egallash imkonini ham yaratadi.
Har bir modul yakunida talabalar nafaqat bilimga ega bo‘ladilar, balki aniq amaliy natijalarni
ishlab chiqarish orqali o‘z ustida ishlashga rag‘batlanadilar.
O‘quv rejasiga modulli yondashuv asosida o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. Jumladan, web
dasturlash kurslarini modullashtirish orqali ularga tushunarlilik, soddalik va funksionallikni olib
kirish mumkin. HTML, CSS, JavaScript va React.js kabi asosiy texnologiyalar alohida modullar
shaklida taqdim etilib, har biri nazariy ma’lumot, amaliy topshiriqlar va yakuniy mini-loyihalar
orqali mustahkamlanishi lozim. Shuningdek, modullar orasidagi integratsiyani ta’minlash
maqsadida murakkab modullarni tayyorlashdan oldin asosiy modullarda talabalar tomonidan
o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil qilish mexanizmlari (diagnostika testlari, baholovchi savollar)
joriy etilishi kerak. O‘quv rejalari zamonaviy ishlab chiqish standartlariga muvofiq
shakllantirilib, talabalar uchun loyiha asosida o‘rganish muhitini yaratishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi lozim.
Kelajakda front-end dasturlash kurslarini boyitish maqsadida yangi modullarni ishlab chiqish
zarur. Jumladan, “Mobil responsiv dizayn”, “SASS/SCSS asoslari”, “Versiya boshqaruvi (Git)”,
“REST API bilan ishlash”, “Front-end testlash asoslari” kabi modullar kiritilishi lozim. Bu kabi
modullar yordamida talabalar real ish muhiti va zamonaviy kompaniyalarda talab qilinadigan
ko‘nikmalarni egallab boradilar. Modullarni ishlab chiqishda esa interaktiv o‘quv kontentlari,
video-darslar, platformalararo amaliy mashqlar va kod yozish bo‘yicha interaktiv
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
laboratoriyalarni joriy etish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘quv jarayoniga sun’iy intellekt
yordamida individual yondashuvlarni qo‘llash, masalan, har bir talabaning o‘zlashtirish
darajasiga qarab modul mazmunini moslashtirish kabi innovatsion imkoniyatlardan foydalanish
mumkin. Umuman olganda, modulli yondashuv web dasturlash ta’limi sifatini oshirishda va
zamonaviy mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishda muhim o‘rin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Zhang, Y., & Chen, L. (2023). Research on the teaching reform of the course web front-end
design based on the emerging engineering education model. ResearchGate.
2. Wang, Y., & Zahadat, N. (2009). Teaching web development in the web 2.0 era. In
Proceedings of the 10th Conference on Information Technology Education (pp. 183–187). ACM.
3. Cloudinary. (n.d.). Front-End Development: The Complete Guide.
4. Karimov, A. (2020). Axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nashriyoti.
