Авторы

  • M. Musurmonova,D. M. Baynishova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104056

Ключевые слова:

son tushunchasi sanoq raqamlar matematik fikrlash innovatsion pedagogika ta’lim usullari o‘yin asosida o‘rgatish interaktiv metodlar individual yondashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada son va sanoq tushunchasining tarixiy shakllanishi, uning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, ta’lim jarayonida bolalarda bu tushunchalarni rivojlantirish bosqichlari keng yoritilgan. Maqolada son tushunchasini bolalarda shakllantirishda qo‘llaniladigan innovatsion pedagogik usullar, o‘yin asosida o‘rgatish, muammoli ta’lim yondashuvlari va texnologiyalarni qo‘llash orqali matematik fikrlashni rivojlantirishning samarali yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘quv muhitining ahamiyati, individual yondashuv va ota-onalarning o‘rni ham tahlil qilinadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

M. Musurmonova,

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Boshlang’ich ta’lim fakulteti katta o‘qituvchishi

D. M. Baynishova

,

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Boshlang’ich ta’lim fakulteti 2-bosqich ta’labasi

SON,SANOQ TUSHUNCHASINI SHAKILLANTIRISH BOSQICHLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada son va sanoq tushunchasining tarixiy shakllanishi, uning

insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, ta’lim jarayonida bolalarda bu tushunchalarni

rivojlantirish bosqichlari keng yoritilgan. Maqolada son tushunchasini bolalarda

shakllantirishda qo‘llaniladigan innovatsion pedagogik usullar, o‘yin asosida o‘rgatish,

muammoli ta’lim yondashuvlari va texnologiyalarni qo‘llash orqali matematik fikrlashni

rivojlantirishning samarali yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘quv muhitining ahamiyati,

individual yondashuv va ota-onalarning o‘rni ham tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar va iboralar:

son tushunchasi, sanoq, raqamlar, matematik fikrlash,

innovatsion, pedagogika, ta’lim usullari, o‘yin asosida o‘rgatish, interaktiv metodlar,

individual yondashuv.

Аннотация:

В статье подробно рассматривается историческое становление понятия

числа и счета, его роль в развитии человека, а также этапы формирования этих понятий

у детей в процессе обучения. В статье рассматриваются инновационные педагогические

методы формирования у детей представлений о числе, эффективные способы развития

математического мышления с использованием игрового обучения, проблемных

подходов и технологий обучения. Также анализируется значение среды обучения,

индивидуального подхода и роли родителей.

Ключевые слова и фразы:

числовое представление, счет, числа, математическое

мышление, инновационный, педагогика, методы обучения, игровое обучение,

интерактивные методы, индивидуальный подход.

Abstract:

This article extensively covers the historical formation of the concept of number

and counting, its role in human development, as well as the stages of development of these

concepts in children in the educational process. The article considers innovative pedagogical

methods used in the formation of the concept of number in children, effective ways to develop

mathematical thinking through the use of game-based teaching, problem-based learning

approaches and technologies. The importance of the learning environment, individual

approach and the role of parents are also analyzed.

Keywords and phrases:

number concept, counting, numbers, mathematical thinking,

innovative, pedagogy, educational methods, game-based learning, interactive methods,

individual approach.

Son, sanoq tushunchasi insoniyat tarixida muhim o‘rin tutuvchi va matematik bilimlarning

asosiy elementsidir. Bu tushuncha raqamlar va ulardan foydalanish orqali odamlarning

hisoblash qobiliyatini anglatadi. Sonlar va sanoq jarayonlari, insoniyat madaniyatining


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

rivojlanishi bilan birga, o‘zgarib kelgan va turli sohalarda o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Eng

dastlabki matematik amallar toshlar yoki boshqa tabiiy ob'ektlarni hisoblashda ishlatilgan.

Miloddan avvalgi 3000-yillarda Misr va Mesopotamiya madaniyatlarida raqamlar tizimlari

shakllandi. Ularning paydo bo‘lishi savdo-sotiq, astronomiya va boshqa sohalarda hisoblash

jarayonlarini osonlashtirishda muhim rol o‘ynadi. Keyinchalik, Hindiston va Xitoyda sonlar

va matematik amallarni tushunish va ulardan foydalanishda yangi yondashuvlar paydo bo‘ldi.

Bu tarixiy kontekst, son va sanoq tushunchasining shakllanishi va rivojlanishidagi

o‘zgarishlarni yanada chuqurroq tushunishimizga yordam beradi.

Son tushunchasi matematikada o‘lchov, hisob va tartibni ifodalash uchun ishlatiladigan belgi

yoki belgilar to‘plamidir. Sanoq esa bu sonlarni tartiblash va hisoblash jarayonidir. Masalan, 1,

2, 3, 4 kabi raqamlar bizning kundalik hayotimizda keng qo‘llaniladi. Sanoq tushunchasi

tabiiy sonlar (1, 2, 3, ...) va butun sonlar (…, -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, …) kabi ikki turga bo‘linadi.

Ushbu asosiy tushunchalar bolalarga son va sanoqni o‘rganishda poydevor vazifasini o‘taydi.

Son va sanoq tushunchasini shakillantirish bosqichlari bir necha muhim jarayonlarni o‘z

ichiga oladi. Boshlang‘ich bosqichda bolalar raqamlar va ularning qiymatlari bilan

tanishadilar. Odatda, bu 1 dan 10 gacha bo'lgan tabiiy sonlar bilan boshlanadi. Keyingi yuqori

darajada bolalar sonlarni to‘plash, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish kabi arifmetik amallarni

o‘rganadilar, bu esa ularning matematik fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Oxirgi

murakkab sanoq bosqichida esa bolalar sonlarni murakkab kontekstlarda ishlatishni, masalan,

foizlar va grafiklar yordamida ifodalashni o‘rganadilar. Hozirgi kunda, raqamli texnologiyalar

va innovatsion pedagogikalar yordamida ta'lim jarayonini yaxshilash, bolalar uchun

raqamlarni o‘rganishni qiziqarli va samarali qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, ba'zi bolalarning matematik tushunchalarni tushunishda qiyinchiliklarga duch

kelishi, ta'lim jarayonida individual yondashuvning yetishmasligi kabi muammolar mavjud.

Ushbu tadqiqot son va sanoq tushunchasini o‘rganishdagi yangi yondashuvlarni taklif etishni,

bolalar matematik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion uslublarni qo‘llashni o‘z

ichiga oladi. Shuningdek, ta'lim jarayonida yangi texnologiyalarni qo‘llash va o'yin asosida

ta'lim usullarini rivojlantirish kelajakda muhim ahamiyatga ega.

Son va sanoq tushunchasini shakillantirish jarayoni, nafaqat matematikada, balki ko‘plab

boshqa sohalarda ham zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu sababli,

bu sohada olib borilayotgan tadqiqotlar va yangi yondashuvlar bolalar uchun matematik

bilimlarni yanada kengaytirishga va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlarini ta'minlashga

katta yordam beradi.Bolalar uchun raqamlarni o'qitish usullari muhim pedagogik jarayon

bo'lib, bu jarayonda bolalar sonlarni, ularning qiymatlarini hisoblash jarayonlarini o'rganadilar.

Son va sanoq tushunchalarini o‘rgatishni samarali amalga oshirish uchun bir nechta

yondashuvlar va metodlar mavjud. Ushbu usullar bolalarning matematik fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu yondashuvlar bolalarning turli xil o'rganish

uslublariga mos kelishi va ularning matematik tushunchalarni o'zlashtirishini yaxshilashi

mumkin. Masalan, o'yinlar va interaktiv faoliyatlar juda samarali bo'ladi. Ular sonlarni

to'plash, ayirish va boshqa arifmetik amallarni o'rganishda o'yinlardan foydalanishlari

mumkin. Bu jarayon bolalar uchun matematikani yanada qiziqarli qiladi.

O'qituvchilar son va sanoq tushunchalarini o‘rgatishda ko'rgazmali materiallardan ham

foydalanishlari muhimdir. Masalan, sonlar yordamida biror narsa hisoblash jarayonini

ko'rsatish, ularni o'zaro bog'lash va munosabatlarni tushuntirish uchun ko'rish va his qilish

imkoniyatini beradi. Bu esa bolalarning matematik tushunchalarni tezroq o'zlashtirishlariga

yordam beradi.

Shuningdek, bolalar uchun o'quv muhitini yaratish juda muhim ahamiyatga ega. O'quv

muhitida bolalar o’zlarini erkin va qulay his qilishlari kerak. O'qituvchilar bolalarning faol

ishtirokini rag'batlantiradigan va o'z bilimlarini oshirishga yordam beradigan muhitni


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

yaratishlari kerak.Bundan tashqari, individual yondashuv ham muhim ahamiyatga ega. Har bir

bola o'z sur'ati bilan o'rganadi va har kimning o'ziga xos qobiliyatlari bor. O'qituvchilar

individual ehtiyojlarni inobatga olib, har bir bolaga mos keladigan usullarni tanlashi kerak.

Ba'zi bolalar matematik tushunchalarni tez o'rganishadi, boshqalari esa ko'proq vaqt talab

qiladi. Shuning uchun, o'qitish jarayonida individual yondashuvni qo'llash, bolalarning

matematik ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita bo'ladi.

Dars jarayonida texnologiyalardan foydalanish ham muhim. Zamonaviy raqamli

texnologiyalar, masalan, ta'lim dasturlari va interaktiv platformalar bolalarning o‘zlashtirish

jarayonini yanada soddalashtiradi. Ushbu dasturlar bolalarga qiziqarli o'yinlar yordamida

sonlarni o'zlashtirish imkoniyatini beradi. Internet orqali mavjud bo'lgan resurslar va ilovalar

bolalarga o'z bilimlarini kengaytirish va mustahkamlashda yordam bera oladi. Natijada,

bolalar uchun o'qitish usullari ko'p qirrali va innovatsion yondashuvlarni talab qiladi.

O'qituvchilar dars jarayonida o'yinlar, ko'rgazmali materiallar, individual yondashuvlar va

texnologiyalarni birlashtirgan holda samarali usullarni qo'llashlari kerak. Bu bolalarning

matematik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Son tushunchasini

tarbiyalashda innovatsion pedagogik texnologiyalar, ta'lim jarayonini zamonaviylashtirish va

bolalarning matematik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu

innovatsion yondashuvlar, an'anaviy ta'lim usullaridan farqli o'laroq, bolalarning qiziqishlarini,

motivatsiyalarini va o'rganish jarayoniga faol ishtirok etishlarini oshirishga qaratilgan. O'yin

asosidagi o'qitish, muammoli ta'lim va interaktiv metodlar, bolalarga matematik

tushunchalarni o'zlashtirishda yordam beradi. O'yin asosidagi ta'lim, bolalarga sonlar va

hisoblash jarayonlarini o'rganishni qiziqarli hamda qiyinlashtiruvchi shaklda taklif etadi. Bu

usul orqali bolalar o'yinlar orqali hissiy tajribalar orttira oladilar va shuningdek, sonlar bilan

ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Muammoli ta'lim esa, bolalarga real hayotdagi

muammolarni hal qilish jarayonida matematik tushunchalarni qo'llash imkoniyatini beradi.

Misol uchun, muammoli vaziyatlar orqali bolalar sonlarni va sanoq jarayonlarini o'rganadilar.

Bu usul, bolalar uchun muammolarni yechish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi va

ularning matematik fikrlashini kuchaytiradi. Shuningdek, interaktiv metodlar, masalan,

raqamli texnologiyalar va interaktiv dasturlar orqali bolalar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotda

bo'lish imkonini beradi. Ushbu metodlar, bolalarning o'z-o'zini anglash va raqamlarni

tushunish darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Ta'lim jarayonida individual yondashuvni qo'llash, bolalarning ehtiyojlari va qobiliyatlariga

mos ravishda ta'lim berish imkonini yaratadi. Bu, bolalarga o'z qiziqishlari va qobiliyatlariga

mos ravishda matematik tushunchalarni o'zlashtirishlarida yordam beradi. O'qituvchilar yangi

pedagogik usullarni o'zlashtirishlari va ularni amaliyotda qo'llashlari zarur. O'qituvchilarning

innovatsion yondashuvlarni o'zlashtirishi, bolalar bilan samarali muloqot qilish va matematik

tushunchalarni qiziqarli tarzda o'rgatish imkonini beradi.

Shuningdek, innovatsion pedagogic texnologiyalar orqali son tushunchasini tarbiyalashda,

ota-onalarning rolini ham e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ota-onalar bolalarining ta'lim

jarayonida faol ishtirok etishlari, ularning raqamlar va hisoblashga bo'lgan qiziqishlarini

oshirishga yordam beradi. Ota-onalar, o'z farzandlari bilan o'yinlar o'ynash, muammolarni

birgalikda hal qilish va matematik tushunchalarni hayotda qo'llash orqali, bolalarining

matematik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda katta hissa qo'shishlari mumkin.

Umuman olganda, son tushunchasini tarbiyalashda innovatsion pedagogikalar, bolalarning

matematik tushunchalarni o'zlashtirish jarayonini samarali va qiziqarli qilishga yordam beradi.

Bu yondashuvlar, bolalarning qiziqishlarini, motivatsiyalarini oshiradi va ularning matematik

fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Shunday qilib, ta'lim jarayonida

innovatsion metodlarni qo'llash, bolalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va ularni kelajakda

matematika fanini yaxshi o‘zlashtirishlari uchun zamin tayyorlaydi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mamatqulov, A. R. Raqamlarni o'qitish metodlari. O'zbekiston Respublikasi Ta'lim

vazirligi, 2022

2. Toshpulatov, E. Innovatsion pedagogikalar orqali raqamlarni o'qitish. O'zbekiston Fanlar

Akademiyasi, 2023

3. Khamidov, M. Bolalar uchun matematik fikrlashni rivojlantirishda raqamli texnologiyalar.

Ta'lim va Fan, 2021

4. Saidov, U. Son tushunchasini shakillantirishda o'yin asosida ta'lim usullari. Ta'lim

tadqiqotlari jurnali, 2023

5. Islomov, I. Matematik ta'limda innovatsiyalar: metodologik yondashuvlar. Toshkent Davlat

Pedagogika Universiteti, 2022

6. Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Ўқитувчиларнинг касбий компетентлигини

ривожлантиришда инновациялар.

Academic research in educational sciences

, (3), 789-795.

7.Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Таълимда инновацион фаолият давр

талаби.

Science and Education

,

1

(Special Issue 4), 223-231.

Библиографические ссылки

Mamatqulov, A. R. Raqamlarni o'qitish metodlari. O'zbekiston Respublikasi Ta'lim vazirligi, 2022

Toshpulatov, E. Innovatsion pedagogikalar orqali raqamlarni o'qitish. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, 2023

Khamidov, M. Bolalar uchun matematik fikrlashni rivojlantirishda raqamli texnologiyalar. Ta'lim va Fan, 2021

Saidov, U. Son tushunchasini shakillantirishda o'yin asosida ta'lim usullari. Ta'lim tadqiqotlari jurnali, 2023

Islomov, I. Matematik ta'limda innovatsiyalar: metodologik yondashuvlar. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, 2022

Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Ўқитувчиларнинг касбий компетентлигини ривожлантиришда инновациялар. Academic research in educational sciences, (3), 789-795.

Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Таълимда инновацион фаолият давр талаби. Science and Education, 1(Special Issue 4), 223-231.