Авторы

  • Eshmuratova Dildor Normuratovna,Norova Maftuna Karimovna
    Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104063

Ключевые слова:

Statsionar maxsus ta’lim shifoxona mehrli maktab gemotologiya onkologiya sil kasalligi.

Аннотация

Mazkur maqolada shifoxonalarda uzoq muddat davolanayotgan bolalar va ularga taqdim etilayotgan taʼlim jarayoni yoritilgan. Unda bunday bolalarning ta'lim olish huquqini ta'minlash masalalari, shuningdek, shifoxona sharoitida ta'lim olishning oʻziga xos jihatlari va amaldagi uslublar tahlil qilingan. Maqolada davolanayotgan bolalarning psixologik holati, taʼlimga bo‘lgan motivatsiyasi va o‘qituvchilarning bu yo‘nalishdagi tajribasi o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada bu toifadagi bolalarga taʼlim berish tizimini takomillashtirish va ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Eshmuratova Dildor Normuratovna

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti oʻqituvchisi

Norova Maftuna Karimovna

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti pedagogika fakulteti 2 bosqich 2.23 guruh talabasi

SHIFOXONADA UZOQ MUDDATLI DAVOLANAYOTGAN BOLALAR UCHUN

TAʼLIM MUHITINI YARATISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqolada shifoxonalarda uzoq muddat davolanayotgan bolalar va

ularga taqdim etilayotgan taʼlim jarayoni yoritilgan. Unda bunday bolalarning ta'lim olish

huquqini ta'minlash masalalari, shuningdek, shifoxona sharoitida ta'lim olishning oʻziga xos

jihatlari va amaldagi uslublar tahlil qilingan. Maqolada davolanayotgan bolalarning psixologik

holati, taʼlimga bo‘lgan motivatsiyasi va o‘qituvchilarning bu yo‘nalishdagi tajribasi o‘rganilgan.

Shuningdek, maqolada bu toifadagi bolalarga taʼlim berish tizimini takomillashtirish va ularning

jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan.

KALIT SOʻZLAR:

Statsionar, maxsus ta’lim, shifoxona, mehrli maktab , gemotologiya,

onkologiya, sil kasalligi.

KIRISH

Bugungi kun taʼlim tizimi islohotlari haqida gapirganda, eng avvalo oddiy bolalar qatori

uzoq muddatli davolanayotgan bolalarning ham taʼlimiga berilayotgan eʼtibor chetda qolmasligi

lozim. Toʻliq sogʻlom bolalar qatori davolanishga muhtoj bolalarning taʼlim sifatini

yaxshilash ,ularni kelajakda jamiyatga toʻliq muammosiz integratsiya qilish dolzarb masala.

Nogironligi boʻlgan bolalarga ham teng taʼlim imkoniyatlarini yaratish , butun dunyo taʼlim

tizimining asosiy yoʻnalishiga aylanib ulgurgan. Bu maqolada uzoq muddatli davolanayotgan

bolalar taʼlimiga berilayotgan eʼtibor, olib borilayotgan ishlar va taʼlimdagi qaror va hujjatlar

haqida malumot beriladi

ASOSIY QISM

Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga

muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta'lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, davolash-

profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari davlat ta'lim standartlari

hamda ular asosida ishlab chiqilgan maxsus ta'lim (aqli zaif va ruhiy rivojlanishda orqada qolgan

bolalar uchun) talablariga muvofiq har bir shaxsning ta'lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy

huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning umumiy o‘rta ta'lim olishini va bilish imkoniyatlariga

muvofiq tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.Davolash profilaktika muassasalari qoshida tashkil

etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim olish bepul amalga oshiriladi. Davolash-

profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablar tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra,

davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda 30 kun va undan ortiq davr mobaynida

davolanayotgan maktab yoshidagi bolalar uchun tashkil etiladi.

2022-yilning 5 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Bolalar gematologiyasi,

onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha

ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan shuningdek, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi

va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha va umumiy


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

o‘rta ta’lim berishni tashkil etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. U quyidagi normalarni o‘z ichiga

oladi:

• maktabning maqsadlari, vazifalari, huquq va majburiyatlari;

maktabda maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonini hamda umumiy o‘rta ta’lim jarayonini

tashkil etish;

• maktabning moliyalashtirish manbalari va boshqalar.

Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining asosiy

vazifalari quyidagilardan iborat:

o‘quvchilar tomonidan muntazam bilim olinishini ta'minlash, ularning bilim olish ehtiyojini

qondirish;

o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak

ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, ularning ta'lim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit

yaratib berish;

o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlari hamda ular asosida ishlab

chiqilgan (aqli zaif va ruxiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun) maxsus ta'lim talablariga

muvofiq bilim olishlarini ta'minlash;

ta'lim berish jarayonida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalovchi dars jadvaliga rioya etilishini

ta'minlash.

Qarorga ko‘ra, gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va

uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot

muassasalarida “Mehrli maktab”ning filiallari 2023—2028-yillarda bosqichma-bosqich, biroq

har yili kamida 3 ta hududda tashkil etiladi.Filiallarning asosiy maqsadi davolanishda bo‘lgan

bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha taʼlim hamda umumiy o‘rta

taʼlim tashkilotlarida taʼlimni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash hisoblanadi.

“Mehrli maktab”da quyidagi maktabgacha guruhlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin:

maktabgacha ta’lim gospital guruhlari — statsionar davolanayotgan, sog‘lig‘i sababli

maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bora olmaydigan 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar

uchun davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etilgan guruhlar; ilk rivojlanish yoshidagi

bolalarga mo‘ljallangan o‘yin guruhlari — 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun

statsionar davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etiladigan guruhlar. Ularda parvarish

qilish va nazorat qilish ishlari ota-onalarning faol ishtirokida tashkil etiladi; maktabgacha ta’lim

gospital guruhlari, ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yin guruhlari.

Davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim

maktablari

ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi:

I - sil kasalligi va uning shakllariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari

qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari;

II - tayanch tizimi kasalliklari va ularning asoratlariga chalingan bolalar uchun davolash-

profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

III - ruhiy asab kasalliklariga chalingan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari

qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari.O‘quvchini davolash-profilaktika muassasasiga

davolash uchun qabul qilinganligi, uni davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta

ta'lim maktabiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.

O‘quvchilarni davolash-profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim

maktablariga qabul qilish hamda ularga ta'lim berish belgilangan tartibda vaqtinchalik tashkil

etiladi. 30 kun va undan ortiq davr mobaynida davolanadigan o‘quvchi yoshidagi bemorlar

davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabiga qabul qilinayotganda

o‘zi ta'lim olayotgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining rahbariyati tomonidan imzolangan va

muhr bilan tasdiqlangan yozma ma'lumotnoma taqdim qiladi. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni

bo‘lgan o‘quvchilarga ta'lim berish umumiy o‘rta ta'lim maktablarining o‘quv dasturlari, psixik

rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga ta'lim berish esa aqli zaif bolalar uchun

ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi. Davolash-

profilaktika muassasalari qoshidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida olib borilgan darslar

o‘qituvchi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladigan sinf jurnalida qayd etib boriladi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Shifoxonada uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun taʼlim jarayonini tashkil etish

— ularning psixologik holatini barqarorlashtirish, bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish

va kelajakda jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday

bolalar nafaqat davo jarayonida, balki taʼlim olish huquqini ham to‘liq amalga oshirishga

haqlidirlar. Taʼlim jarayonining tibbiy xizmat bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi, o‘quvchilarning

sog‘lig‘iga moslashtirilgan taʼlim metodlarini qo‘llash va o‘qituvchilarning maxsus

tayyorgarligini taʼminlash zarur. Mavjud qonunchilik bazasi va islohotlar, xususan, “Mehrli

maktab” tashabbusi orqali bu sohada muhim ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Biroq, ularni

yanada takomillashtirish uchun quyidagi tavsiyalarni taklif etish mumkin:

1. Davolanish davrida taʼlim sifati va uzluksizligini taʼminlash uchun zamonaviy masofaviy

taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish lozim. Bu bolalarning o‘z maktabi bilan aloqasini

uzmaslikka xizmat qiladi.

2. O‘qituvchilar va psixologlar malakasini oshirish maqsadida maxsus kurslar va treninglar

tashkil etish, ularni shifoxona sharoitida ishlashga tayyorlash muhimdir.

3. Taʼlim dasturlarini moslashtirish: o‘quv dasturlari bolalarning sog‘lig‘i va individual

imkoniyatlariga mos holda yengillashtirilgan va modullashtirilgan shaklda bo‘lishi zarur.

4. Davolanish va taʼlim integratsiyasini kuchaytirish: shifokorlar va o‘qituvchilar o‘rtasida

doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va taʼlim jarayonini bolalarning tibbiy ko‘rsatkichlari bilan

muvofiqlashtirish lozim.

5. Oilalarning faol ishtirokini taʼminlash: ota-onalarni bolalarining taʼlim jarayoniga keng jalb

qilish, ularni psixologik va pedagogik masalalarda maʼlumot bilan taʼminlash kerak.

6. “Mehrli maktab” filiallarini barcha hududlarda tezroq tashkil etish va ularning moddiy-texnik

bazasini kuchaytirish, ayniqsa qishloq va chekka hududlarda.

7. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish: bunday bolalar uchun stipendiyalar,

bepul o‘quv qo‘llanmalari, transport va boshqa imtiyozlarni taqdim etish.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. "Supporting the educational needs of children with cancer: A review of the literature"

(Barrera, M., et al., 2009). Saraton kasalligiga chalingan bolalarning ta'lim ehtiyojlarini qo'llab-

quvvatlash bo'yicha adabiyotlar tahlili.

2."School Re-Entry for Children with Chronic Illnesses: A Practical Guide for Educators and

Healthcare Professionals" (Patel, D. R., & Burns, J., 2017). Surunkali kasalliklardan so'ng

maktabga qaytish jarayoni haqida.

3. Booth, T., & Ainscow, M. (2002). The Index for Inclusion: Developing Learning and

Participation in Schools. Centre for Studies on Inclusive Education.

4. Florian, L., & Rouse, M. (2009). The Inclusive Classroom: A Resource Book for Teachers.

Routledge.

5.Ibadullayeva, S. N., Jurayeva, Z. (2021). Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni inklyuziv

ta’limga tayyorlashda korreksion mashg’ulotlarning ahamiyati. Inklyuziv ta’limning dolzarb

masalalari, 1(1), 35-70.

6. Ibadullayeva, S. N., Masaliyeva, S. (2022). Inkluyziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi

bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirish omillari. Inklyuziv ta’lim, 1(2), 111-113.

7.Kauffman, J. M., & Hallahan, D. P. (2005). Special Education: What It Is and Why We Need It.

Pearson.

8.Lindsay, G. (2007). Inclusive Education: A Critical Perspective. Oxford Review of Education,

33(3), 271-288.

9.Mittler, P. (2000). Inclusive Education: A Framework for Change. Routledge.. OECD (2008).

Inclusion of Students with Disabilities in Regular Schools. OECD Publishing.

10.Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Nogironligi bo‘lgan ota-ona qaramog‘ida bo‘lgan

yetim bolalarni ijtimoiylashtirishning metodik klasteri. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 6(1),

280-286.

Библиографические ссылки

"Supporting the educational needs of children with cancer: A review of the literature" (Barrera, M., et al., 2009). Saraton kasalligiga chalingan bolalarning ta'lim ehtiyojlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha adabiyotlar tahlili.

"School Re-Entry for Children with Chronic Illnesses: A Practical Guide for Educators and Healthcare Professionals" (Patel, D. R., & Burns, J., 2017). Surunkali kasalliklardan so'ng maktabga qaytish jarayoni haqida.

Booth, T., & Ainscow, M. (2002). The Index for Inclusion: Developing Learning and Participation in Schools. Centre for Studies on Inclusive Education.

Florian, L., & Rouse, M. (2009). The Inclusive Classroom: A Resource Book for Teachers. Routledge.

Ibadullayeva, S. N., Jurayeva, Z. (2021). Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda korreksion mashg’ulotlarning ahamiyati. Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari, 1(1), 35-70.

Ibadullayeva, S. N., Masaliyeva, S. (2022). Inkluyziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirish omillari. Inklyuziv ta’lim, 1(2), 111-113.

Kauffman, J. M., & Hallahan, D. P. (2005). Special Education: What It Is and Why We Need It. Pearson.

Lindsay, G. (2007). Inclusive Education: A Critical Perspective. Oxford Review of Education, 33(3), 271-288.

Mittler, P. (2000). Inclusive Education: A Framework for Change. Routledge.. OECD (2008). Inclusion of Students with Disabilities in Regular Schools. OECD Publishing.

Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Nogironligi bo‘lgan ota-ona qaramog‘ida bo‘lgan yetim bolalarni ijtimoiylashtirishning metodik klasteri. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 6(1), 280-286.