Авторы

  • Qoraboyeva Malika Abdumajid qizi 1, Abdumannonova Muborakxon Abdupolat qizi 2, Boltayeva Nodira3
    Alfraganus Universiteti, Tibbiyot fakulteti 2-krus talabasi1 Alfraganus Universiteti, Tibbiyot fakulteti 2-krus talabasi2 Ajfraganus Universiteti, Tibbiyot fakulteti, Tibbiyot kafedrasi o’qituvchisi3 Alfraganus University, Toshkent, Uzbekistan.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104069

Ключевые слова:

temir moddasi anemiya gemoglobin temir tanqisligi ovqatlanish profilaktika sog‘lom turmush tarzi.

Аннотация

Mazkur tezisda temir moddasining inson organizmidagi biologik vazifalari, temir tanqisligi natijasida yuzaga keladigan anemiya holatlari, ushbu kasallikning asosiy sabablari va oldini olish choralariga e’tibor qaratilgan. Temir tanqisligi organizmda kislorod tashish funksiyasining buzilishiga olib kelib, umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi, tez charchash kabi belgilar bilan kechadi. Tezisda ushbu holatlarning oldini olish maqsadida ratsional ovqatlanish, profilaktika va davolash usullari yoritilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Qoraboyeva Malika Abdumajid qizi1

Abdumannonova Muborakxon Abdupolat qizi2

Boltayeva Nodira3

Alfraganus Universiteti, Tibbiyot fakulteti 2-krus talabasi1

Alfraganus Universiteti, Tibbiyot fakulteti 2-krus talabasi2

Ajfraganus Universiteti, Tibbiyot fakulteti, Tibbiyot kafedrasi o’qituvchisi3

Alfraganus University, Toshkent, Uzbekistan.

TEMIR MODDASINING INSON ORGANIZMDAGI AHAMIYATI VA TEMIR

TANQISLIGI ANEMIYASINING OLDINI OLISH

Annotatsiya:

Mazkur tezisda temir moddasining inson organizmidagi biologik vazifalari, temir

tanqisligi natijasida yuzaga keladigan anemiya holatlari, ushbu kasallikning asosiy sabablari va

oldini olish choralariga e’tibor qaratilgan. Temir tanqisligi organizmda kislorod tashish

funksiyasining buzilishiga olib kelib, umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi, tez charchash

kabi belgilar bilan kechadi. Tezisda ushbu holatlarning oldini olish maqsadida ratsional

ovqatlanish, profilaktika va davolash usullari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

temir moddasi, anemiya, gemoglobin, temir tanqisligi, ovqatlanish, profilaktika,

sog‘lom turmush tarzi.

Abstract:

This thesis focuses on the biological functions of iron in the human div, anemia

caused by iron deficiency, the main causes of this disease and preventive measures. Iron

deficiency leads to a violation of the oxygen transport function in the div, and is accompanied

by symptoms such as general weakness, decreased appetite, and rapid fatigue. In order to prevent

these conditions, rational nutrition, prevention and treatment methods are explained in the thesis.

Key words:

iron, anemia, hemoglobin, iron deficiency, nutrition, prevention, healthy lifestyle.

Аннотация:

Данная диссертация посвящена биологическим функциям железа в

организме человека, анемии, вызванной дефицитом железа, основным причинам этого

заболевания и мерам профилактики. Дефицит железа приводит к нарушению функции

транспорта кислорода в организме и сопровождается такими симптомами, как общая

слабость, снижение аппетита, быстрая утомляемость. Для предотвращения этих состояний

в диссертации объяснены методы рационального питания, профилактики и лечения.

Ключевые слова:

железо, анемия, гемоглобин, дефицит железа, питание, профилактика,

здоровый образ жизни.

Temirning

biologik

ahamiyati.

Temir

gem

saqlovchi

oqsillar,

shuningdek

metalloflavopro'einlar, temir oltingugurt oqsillari, transferrinlar va ferritin tarkibiga kiradi.Jigar

va taloq hujayralarida eritro'sitlarning doimiy parchalanishi natijasida erkin holatdagi temir

elementi temir saqlovchi oqsillar sintezi uchun takroran qo’llanilishi mumkin. Inson organizmida

3-4 gr temir moddasi mavjud. U ikki xil ko’rinishda bo'ladi: hujayradagi temir moddasi va

hujayradan tashqari bo'lgan temir moddasi. Hujayradagi temir moddasi gemopro'eid fermentlar

(gemoglobin, mioglobin) tarkibiga kiradi. Hujayradan tashqari bo'lgan temir moddasi bu temirni

o'ziga bog’lovchi va tashuvchi oqsillardir, ularga tiansfenin, laktoferrinlar kiradi. Temir

organizmda quyidagilar tarkibida bo’lad. Eritsitsitlardagi gemoglobin temir 70 %ni tashkil etadi,

mushaklardagi mioglobin temiri 20 %ni tashkil etadi, taloq, suyak ko'migi va jigardagi territin

oqsili bilan bog’langan holda 15 %; 1%ga yaqin temir hujayra ichi gemopro'einlari (katalaza,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

sitoxrom va boshqalar), shuningdek gemin bo'lmagan temir saqlovchi oqsillar tarkibida mavjud

bo'ladi.

1

Temir tanqisligi anemiyasi.

Temir tanqisligi anemiyasi — eng ko‘p uchraydigan kamqonlik

turlaridan biri bo‘lib, gemoglobin miqdorining kamayishi bilan ifodalanadi. Bu holatda qondagi

eritrotsitlar kislorodni to‘laqonli tashiy olmaydi, natijada to‘qimalarda kislorod yetishmovchiligi

yuzaga keladi. Anemiya , asosan, bolalar va ayolarda uchraydi. Oʻn ikki barmoq ichak yarasi

kasalligida ham koʻpincha anemiya kuzatiladi. Hayz qoni uzoq va koʻp ketadigan ayollarda ham

temir yetishmasligidan kelib chiqadigan anemiya tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga

aloqador Anemiyaga bot-bot homilador boʻlish, uzoq vaqt bola emizish sabab boʻladi, chunki

homiladorlik va emizuklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi bolaga oʻtadi.

Kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladigan kamqonlik ularni notoʻgʻri ovqatlantirish, shuningdek

ovqatning kam-koʻst boʻlishi oqibatida roʻy beradi. Eritrotsitlar soni sal kamaygani yoki raso

boʻlgani holda, qonda gemoglobin miqdorining ozayishi temir yetishmasligiga aloqador

anemiyaning asosiy belgilaridandir. Bemorning rangi siniqqan boʻlib, aksariyat tez charchash,

bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, koʻz oldi jivirlashishidan shikoyat qiladi, soch toʻkiladi, tirnoq

moʻrtlashib sinishga moyil boʻlib qoladi. Baʼzan yutinish qiyinlashadi, bemorning odatda

isteʼmol qilinmaydigan narsalar (boʻr, ohak, gilvata va hokazo)ni yegisi keladi, achchiq, shoʻr

taomlarni xush koʻradi.

2

Temir tanqisligining asosiy sabablari.

Beqaror ovqatlanish, temirni yetarlicha qabul qilmaslik,

ochlik, parhezlar, dori-darmonlar, ochlik hissini so’ndiradigan narkotik va boshqa moddalar

qabul qilish, jismoniy yoki ruhiy kasalliklar tufayli ishtahaning pasayishi. Oziq-ovqat

yetishmasligining ijtimoiy-iqtisodiy sabablari. So’rilish jarayonida temirni o’zlashtirishdagi

buzilishlar: Oshqozon-ichak trakti kasalliklari (gastrit, kolit, peptik yara, bu organning

rezektsiyasi). Tananing yuqori ehtiyojiga ko’ra temirni iste’mol qilish va sarflashda muvozanat

yo’qligi: Homiladorlik, emizish; Jismoniy o’sishda jinsiy balog’at yoshi; Gipoksiyaga olib

keladigan surunkali kasalliklar (bronxit, obstruktiv o’pka kasalligi, yurak xastaligi, yurak-qon

tomir tizimi va nafas olish tizimining boshqa kasalliklari); Nekrotik jarayonlar bilan kechadigan

kasalliklar: sepsis, to’qimalarning abstsesslari, bronxoektatik kasallik va boshqalar.

3

Oldini olish choralar.

Voyaga yetgan odamda temir tanqisligini profilaktika qilish, ba'zi oziq-

ovqatlarni iste'mol qilish yoki tabletkalarni ichishga ishontirish oson. Ammo bolalarni davolash

odatda biroz murakkabroq. Tanadagi temir tanqisligini oldini olishning asosiy usuli bu to'liq va

xilma-xil ovqatlanishdir. Choy, guruch, tvorog va sut kabi ba'zi bir ovqatlar temir tanqisligini

oldini oladi. Biologik faol oziq-ovqat qo'shimchalarini ham qabul qilish mumkin. Ular

1

prof. R.A. Sobirova, N.M. Yuldasheva tahriri ostida. -- Toshkent. LUKSPRINT>

2

Anemiya – Vikipediya

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Anemiya

3

https://mymedic.uz/kasalliklar/qon-kasalliklari/temir-tanqisligi-anemiyasi/


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

dietamizni bizga yetishmaydigan mikroelementlar va vitaminlar bilan boyitishga yordam beradi.

4

SHuningdek,

Temirga boy oziq-ovqatlar iste’moli: qizil go‘sht, jigar, tuxum sarig‘i, ismaloq, sabzi, quritilgan

mevalar (mayiz, o‘rik), dukkaklilar.

Temir preparatlari – temir tanqisligi xavfi yuqori bo‘lganlar (homilador ayollar, emizikli onalar)

shifokor tavsiyasiga ko‘ra temir tabletkalarini qabul qilishlari mumkin;

Sanitariya-maishiy sharoitlarni yaxshilash – parazitlar (ayniqsa, gelmintlar) temir tanqisligining

yashirin sababi bo‘lishi mumkin.

Tibbiy maslahat va davolash

Agar yuqorida keltirilgan belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur. Anemiya

darajasi qon tahlillari orqali aniqlanadi. Davolash jarayoni individual bo‘lib, temir preparatlari,

parhez va asosiy sababni yo‘qotishga qaratilgan davo choralarini o‘z ichiga oladi

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.prof. R.A. Sobirova, N.M. Yuldasheva tahriri ostida. -- Toshkent. LUKSPRINT>

2.Anemiya – Vikipediya

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Anemiya

3.

https://mymedic.uz/kasalliklar/qon-kasalliklari/temir-tanqisligi-anemiyasi/

4.

https://shifo.uz/article/temir-tanqisligi-anemiyasi

4

https://shifo.uz/article/temir-tanqisligi-anemiyasi

Библиографические ссылки