Авторы

  • Ulug’bekova Shaydo Ulug’bek qizi
    Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104070

Ключевые слова:

xarakter tasviri klassik va an’anaviy frazeologizmlar zamonaviy til avlodlar o’rtasidagi farqlar.

Аннотация

Til – bu avlodlar o‘rtasidagi madaniy ko‘prik. Har bir jamiyatda yoshlar va kattalar o‘ziga xos uslubda so‘zlashadi, bu esa frazeologik birliklarga ham ta’sir qiladi. Fransuz tilida inson xarakterini tasvirlovchi iboralar yoshlar va katta avlod orasida turlicha qo‘llaniladi. Ushbu maqolada biz avlodlar o‘rtasidagi farqlarni frazeologik birliklar misolida tahlil qilamiz.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ulug’bekova Shaydo Ulug’bek qizi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti

Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi

bosqich magistranti

ZAMONAVIY YOSHLAR VA KATTA AVLOD TILIDA INSON XARAKTERINI

IZOHLOVCHI FRANSUZCHA FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR

ANNOTATSIYA:

Til – bu avlodlar o‘rtasidagi madaniy ko‘prik. Har bir jamiyatda yoshlar va

kattalar o‘ziga xos uslubda so‘zlashadi, bu esa frazeologik birliklarga ham ta’sir qiladi. Fransuz

tilida inson xarakterini tasvirlovchi iboralar yoshlar va katta avlod orasida turlicha qo‘llaniladi.

Ushbu maqolada biz avlodlar o‘rtasidagi farqlarni frazeologik birliklar misolida tahlil qilamiz.

Kalit so’zlar:

xarakter tasviri, klassik va an’anaviy frazeologizmlar, zamonaviy til, avlodlar

o’rtasidagi farqlar.

АННОТАЦИЯ:

Язык – это культурный мост между поколениями. В каждом обществе

молодежь и взрослые говорят в уникальном стиле, что также сказывается на фразовых

единицах. Во французском языке выражения, описывающие человеческий характер, по-

разному используются среди молодого и старшего поколения. В этой статье мы разберем

различия между поколениями на примере фразеологизмов.

Ключевые слова:

образ персонажа , классические и традиционные фразеологизмы,

современный язык, различия поколений.

ANNOTATION:

Language is a cultural bridge between generations. In each society, young

people and adults speak in a unique style, which also affects phrasing units. In French,

expressions describing the human character are variously used among the younger and older

generation. In this article, we analyze the differences between generations by the example of

phraseological units.

Keywords:

character image, classical and traditional phraseologisms, modern language,

generational differences.

Katta avlod va yosh avlod o'rtasidagi qadriyatlar, so’zlashuv uslubi qanday farqlanishi va

o'zgarishi haqida fikr yuritish, til va madaniyatning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan omillarni

aniqlash imkonini beradi.

Katta avlod, odatda, o'zining til va madaniyatiga nisbatan an'anaviy yondashuvni saqlab qoladi.

Ular frazeologik birliklarni, ya'ni iboralarni va ularning ma'nolarini yaxshi bilishadi. Katta avlod

vakillari ko'pincha o'zlarining tilida an'anaviy iboralarni ishlatadilar va bu iboralar ularning

madaniyati, tarixi va hayotiy tajribasi bilan bog'liqdir. Masalan, "ko'zga ilg’amas" yoki

"yurakdan chiqqan" kabi iboralar katta avlod uchun tanish va ma'lum bir hissiyot yoki holatni

ifodalashda muhim ahamiyatga ega.

Yosh avlod esa, aksincha, zamonaviy til va madaniyatga ko'proq moslashishga intiladi. Ular

ko'pincha yangi frazeologik birliklar va iboralarni yaratadilar, shuningdek, internet va ijtimoiy

tarmoqlar orqali tarqalgan yangi so'zlar va iboralardan foydalanadilar. Yosh avlod vakillari

ko'pincha an'anaviy iboralarni yangilash yoki ularni o'z kontekstlariga moslashtirishga harakat

qiladilar. Masalan, "like" yoki "share", "Давай!", "На связи!", S'il vous plaît","C'est la vie",


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

"Bon appétit" kabi so’z va iboralar o'zbek tilida yangi frazeologik birliklar sifatida kirib

kelmoqda. Quyida katta va yosh avlod o’rtasidagi inson xarakteri tasvirining o’zaro farqlarni

ko’rib chiqamiz.

Katta avlod tilida xarakter tasviri.

Katta avlod fransuz tilida an’anaviy frazeologizmlardan keng foydalanadi. Ularning nutqi odatda

rasmiyroq va chuqur ma’noga ega bo‘lib, uzoq yillik tajribadan kelib chiqadi. Quyida kattalar

orasida keng tarqalgan frazeologik birliklar tahlil qilinadi:

"Avoir le cœur sur la main" (Qo‘li ochiq bo‘lmoq)

Saxovatli, mehribon insonni tasvirlaydi. Bu ibora odatda an’anaviy qadriyatlarni hurmat qiluvchi

avlod tomonidan qo‘llanadi.

"Être droit comme un i" (Shakli “i” harfidek to‘g‘ri bo‘lmoq)

Halol, rostgo‘y va printsipial odamni tavsiflaydi. Keksa avlod bunday xususiyatlarni qadrlaydi

va bunday iboralarni suhbatda, odatda, ko‘p ishlatishadi.

"Être sage comme une image"

1

(Rasmdek dono bo‘lmoq)

Juda tartibli va odobli odamni ifodalaydi. Odatda, bolalarni maqtash uchun ishlatiladi.

"Avoir la tête sur les épaules" (Boshini yelkasida saqlamoq)

Aqlli, oqilona fikr yurituvchi inson haqida aytiladi. Bu ibora kattalar tomonidan jiddiy va

mas’uliyatli odamlarni ta’riflash uchun ishlatiladi.

Ko’rgan bo’lsangiz yuqoridagi iboralarda katta avlodning insoh xarakteridagi halollik,

vijdonlilik, sahiylik, mulohazalilik kabi hislatlarga yuqori baho berishganini sezish qiyin emas.

Yoshlar tilida xarakter tasviri.

Zamonaviy yoshlar klassik frazeologizmlardan kamroq foydalanadi, shu bilan birga, ular nutqiga

zamonaviy va norasmiy iboralarni kiritadi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida yangi iboralar

paydo bo‘ldi. An’anaviy frazeologizmlar esa, ko’pincha yozma adabiyotlarda ishlatiladigan va

haqiqiy hissiyot va tasvirdan ko’ra stilistik bo’yoqdorlikka ega bo’lgan iboralar qatoriga

kirmoqda. Quyida yoshlar o‘rtasida ommalashgan bir nechta frazeologizmlar tahlil qilinadi:

"Être chill"

Hech narsaga shoshilmaydigan, hotirjam odamni tasvirlaydi. Yoshlar “chill” so‘zini ingliz tilidan

o‘zlashtirib, uni xarakter tavsiflovchi ibora sifatida qo‘llashadi. Bu ibora, shuningdek, do'stona

muomalada, ijtimoiy tarmoqlarda yoki zamonaviy madaniyatda "tinchlanish" va "hayotdan zavq

olish" g'oyasini ifodalashda ham muhim rol o'ynaydi

2

.

1

sage comme une image - dictionnaire des expressions françaises - définition, origine, étymologie -

Expressio par Reverso

2

Que veut dire être "Chill" ? – Chilled


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

"Être une drama queen"

Har bir narsani bo‘rttirib ko‘rsatadigan odam haqida aytiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng

tarqalgan ibora. Masalan, agar kimdir kichik bir muammoni juda katta muammo sifatida

ko'rsatsa, bu ibora ishlatilishi mumkin

3

.

"Avoir le seum"

G‘azablangan, asabiy odamni ifodalaydi. Bu so‘z yoshlar orasida juda mashhur bo‘lib, o‘zining

bevosita hissiy ma’nosi bilan ajralib turadi. Ba'zi manbalarga ko'ra, "seum" so'zi aslida arabcha

"مس" (sum)

so'zidan kelib chiqqan, va

"zaharlanish"

yoki

"moddiy zarar"

degan ma'noni

anglatadi

4

. Ko'plab lingvistlar va madaniyatshunoslar bu so'zni arabcha ildizlar bilan bog'lashadi,

chunki fransuzcha so'zlar ko'pincha Afrika va arab madaniyatlaridan ta'sirlangan.

"Être en PLS" (Position Latérale de Sécurité – xavfsizlik pozitsiyasi)

Juda charchagan yoki tushkun kayfiyatda bo‘lgan odamga nisbatan ishlatiladi. Yoshlar bu

iborani hazil yoki istehzo bilan ishlatishadi. Aslida, bu tibbiy atama bo'lib, odamni hushidan

ketgan yoki yordamga muhtoj bo'lgan holatda, uning xavfsizligini ta'minlash uchun

qo'llaniladigan pozitsiyaga ishora qiladi. Bu holatda odam yon tomoni bilan yotadi, shuningdek,

nafas olish yo'llari to'silib qolmasligi uchun bosh va bo'yin tabiiy holatda bo'ladi.

Biroq, zamonaviy fransuz tilida

"être en PLS"

ifodasi

haddan tashqari charchoq, zo'riqish,

stress yoki hissiy iztirab

5

holatida bo'lishni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, agar biror kishi

juda charchagan yoki juda asabiy holatda bo'lsa, ular "je suis en PLS" (Men PLS holatidayman)

deb aytishlari mumkin. Bugunki kunda, tibbiy ma'nosini yo’qotib, holatga nisbatab haddan

tashqari bosiqlik, zaiflik yoki qiyinchilik sifatida tasvirlashga aylanib ketgan.

Yoshlar va katta avlod tilidagi farqlar

Katta avlod klassik frazeologizmlarni ishlatib, inson xarakterini an’anaviy qadriyatlar orqali

tasvirlaydi. Ular saxiylik, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni yuqori baholaydi. Yoshlar esa

hissiyotlarga asoslangan va ko‘pincha kinoya yoki hazil aralashgan iboralarni afzal ko‘rishadi.

Katta avlod an'anaviy frazeologik birliklarga ko'proq e'tibor beradi, yosh avlod esa yangilikka

ochiq va zamonaviy iboralarni qabul qiladi. Yosh avlod tilni tez o'zgartiradi va yangi frazeologik

birliklarni yaratadi, bu esa tilning rivojlanishiga olib keladi. Katta avlod esa ko'proq an'anaviy va

o'zgarishlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashadi.

Yoshlar turli tillardagi va internet madaniyati ta’sirida iboralarni nutqiga kiritmoqda. Masalan,

"Être chill" yoki "Être une drama queen" kabilar o‘zbek tilidagi “beparvo bo‘lish” yoki “haddan

tashqari dramatik bo‘lish” iboralariga o‘xshash.

Katta avlod nutqi odatda rasmiyroq, yoshlar esa ko‘proq keskin va bevosita ifodalardan

foydalanadi. Masalan, kattalar "Avoir la tête sur les épaules" (aqlini ishlatadigan odam) iborasini

ishlatsa, yoshlar "Être en PLS" (charchoq yoki tushkunlik holati) iborasini tanlaydi.

3

drama queen - Définition du mot - Dictionnaire Orthodidacte

4

Avoir le seum : origine & signification

5

PLS - Définition du mot - Dictionnaire Orthodidacte


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xulosa

Frazeologik birliklar nafaqat tilning, balki jamiyatning ham o‘zgarishini aks ettiradi. Katta avlod

va yoshlar inson xarakterini tasvirlashda turli xil iboralardan foydalanadi. Agar klassik iboralar

hayotiy tajriba va qadriyatlarni ifodalasa, yoshlar nutqida esa hazil, hissiyot va zamonaviy

madaniyat ko‘proq aks etadi. Bu esa frazeologik birliklarning vaqt o'tgan sari yangi ma'no

qatlamlarini qo'shishi, ularning ishlatilish shakli yoki tuzilishi o'zgarishi mumkin va har doim

rivojlanayotgan til hodisasi ham ekanligini ko‘rsatadi.

Shunday qilib, frazeologik birliklarni tahlil qilish nafaqat lingvistik, balki madaniy jihatdan ham

qiziqarli bo‘lib, avlodlar orasidagi tafovutlarni anglashga yordam beradi.

ADABIYOTLAR

1. Ilhomovna, Djafarova Dildora. "Phraseological Units Expressing" Memory"/" Mémoire" in

Linguistics and their Analysis through Texts."

Best Journal of Innovation in Science, Research

and Development

2.11 (2023): 490-492.

2. Sh.Rahmatullaev. O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari, Toshkent, 1966.

3. Маматов А. Ўзбек тили фразеологизмларининг шаклланиш масалалари. –Тошкент,

1999.

4. Ilhomovna, Djafarova Dildora. "Phraseological Units Expressing" Memory"/" Mémoire" in

Linguistics and their Analysis through Texts."

Best Journal of Innovation in Science, Research

and Development

2.11 (2023): 490-492.

5. Яхшибоева,

Нодира.

"Таржима

жараёнида

маданиятлараро

мулоқотнинг

социолингвистик хусусиятлари."

Академические исследования в современной науке

2.17

(2023): 165-169.

6. Larousse.fr (www.larousse.fr)

7. Français Authentique (www.francaisauthentique.com)

8. Cairn.info (www.cairn.info)

9. Persée.fr (

www.persee.fr

)

10. Définition du mot - Dictionnaire Orthodidacte

11. Le Petit Robert (Fransuz tilining rasmiy lug'ati)

12. Dictionnaire des expressions et locutions (Fransuzcha frazeologik ifodalar lug'ati)

Библиографические ссылки

Ilhomovna, Djafarova Dildora. "Phraseological Units Expressing" Memory"/" Mémoire" in Linguistics and their Analysis through Texts." Best Journal of Innovation in Science, Research and Development 2.11 (2023): 490-492.

Sh.Rahmatullaev. O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari, Toshkent, 1966.

Маматов А. Ўзбек тили фразеологизмларининг шаклланиш масалалари. –Тошкент, 1999.

Ilhomovna, Djafarova Dildora. "Phraseological Units Expressing" Memory"/" Mémoire" in Linguistics and their Analysis through Texts." Best Journal of Innovation in Science, Research and Development 2.11 (2023): 490-492.

Яхшибоева, Нодира. "Таржима жараёнида маданиятлараро мулоқотнинг социолингвистик хусусиятлари." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023): 165-169.

Larousse.fr (www.larousse.fr)

Français Authentique (www.francaisauthentique.com)

Cairn.info (www.cairn.info)

Persée.fr (www.persee.fr)

Définition du mot - Dictionnaire Orthodidacte

Le Petit Robert (Fransuz tilining rasmiy lug'ati)

Dictionnaire des expressions et locutions (Fransuzcha frazeologik ifodalar lug'ati)