Авторы

  • Narzullayeva Gulsanam, Saloxiddinova Feruzabonu
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104073

Аннотация

Ushbu maqolada Amir Temurning ilm-fan, ta'lim va madaniyatga qo‘shgan hissasi, shuningdek, uning hukmronligi davrida yaratilgan madaniy va ilmiy meros haqida so‘z yuritiladi. Maqola Temuriylar davridagi madrasalar, ilmiy markazlar va san’at sohasidagi yutuqlarni ko‘rsatib o‘tadi. Bibi Xonim madrasasi va Dorut-Tilovatm majmuasi kabi yirik inshootlarning ilmiy va me’moriy ahamiyati, shuningdek, Temurning olimlar va san’atkorlarga bo‘lgan e’tibori va qo‘llab quvvatlashi tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, Temuriylar davrining madaniy va ilmiy rivojlanishini, shuningdek, Amir Temurning bu sohalarga bo‘lgan alohida e’tiborini yoritib beradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Narzullayeva Gulsanam, Saloxiddinova Feruzabonu

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Filologiya fakulteti

SOHIBQIRON AMIR TEMUR: ILM-FAN VA SAN’AT HOMIYSI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Amir Temurning ilm-fan, ta'lim va madaniyatga qo‘shgan hissasi,

shuningdek, uning hukmronligi davrida yaratilgan madaniy va ilmiy meros haqida so‘z yuritiladi.

Maqola Temuriylar davridagi madrasalar, ilmiy markazlar va san’at sohasidagi yutuqlarni

ko‘rsatib o‘tadi. Bibi Xonim madrasasi va Dorut-Tilovatm majmuasi kabi yirik inshootlarning

ilmiy va me’moriy ahamiyati, shuningdek, Temurning olimlar va san’atkorlarga bo‘lgan e’tibori

va qo‘llab quvvatlashi tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, Temuriylar davrining madaniy va

ilmiy rivojlanishini, shuningdek, Amir Temurning bu sohalarga bo‘lgan alohida e’tiborini yoritib

beradi.

Amir Temur koʻplab davlatlar tarixida faqatgina oʻzining jangovar yutuqlari bilan mashhur

boʻlgan mohir sarkarda emas, balki ilm-fan va madaniyatni yuksaltirgan, olim-u fuzalolarning

ilmini hurmat qilgan holda ularga izzat-ikrom koʻrsatgan hukmdor sifatida e'tirof etiladi.Uning

hukmronligi davrida ilm-fan madaniyat va ma'rifat sohalarida amlaga oshirgan ishlari oʻsha

xalqning aqlan va ma'nan oʻsishiga katta hissa qoʻshgan.

Amir Temur mamlakatning har tomonlama taraqqiyotida ilm-fanning

ahamiyatiga alohida urgʻu bergan. U olimlarni qo‘llab-quvvatlab, ilmiy ishlarga yuqori ahamiyat

bergan. Temur o‘z asarlarida ilm-fan va ma’naviyatni yuksaltirish zarurligini ko‘rsatgan va ilmiy

ishlar va izlanishlarni rag‘batlantirgan. Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida

Movarounnahr hamda Xuroson hududlarida taʼlim va ilm-fanga katta ahamiyat berildi. Ilm-

maʼrifatga homiylik qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu davrda

barcha yirik shaharlarda madrasalar qurilib, ularda o‘z zamonasining mashhur olimlari va

ulamolari tolibi ilmlarga saboq berish uchun jalb etildi. Bundan tashqari, u taraqqiyotning

poydevori sifatli taʼlim ekani haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lgan va shu bois, u avvalo

taʼlim-tarbiyani yo‘lga qo‘yishga, ilmli insonlar mavqeini oshirishga intilgan. Uning

boshchiligidagi keng hududda, barcha shaharlarda hamda yirik qishloqlarda ko‘plab

boshlang‘ich maktablar tashkil etildi."Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, bu davrda oʻgʻil

bola 4 yil, 4 oy va 4

kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning

barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi". [1]

Amir Temurning buyrug'i bilan madrasalarda nafaqat diniy ilmlar, masalan, tafsir,

hadisshunoslik va fiqh kabi fanlar, balki dunyoviy fanlar, jumladan, matematika, algebra, mantiq,

astronomiya, tarix va xattotlik ham o'qitilgan.Amir Temur va temuriylar davrida, Turon

mamlakatidagi madrasalar nafaqat diniy, balki ilmiy markazlarga aylanishi, shaharlar uchun

ma'rifat o'chog'i bo'lib xizmat qildi. Madrasalarga ajratilgan vaqf mulklar, o'z navbatida,

mudarrislar va xizmatchilarning maoshlarini, kutubxonalarning ta'minotini va binolarni

ta'mirlash kabi ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli daromad manbai bo'ldi. Amir Temur davrida

qurilgan madrasalar, Temuriylar sulolasining buyuk me'moriy merosining muhim qismini tashkil

qiladi. U o‘z davrida ilm-fan, din va madaniyat rivojiga katta e’tibor bergan va ko‘plab

madrasalar, masjidlar, maqbaralar, karvonsaroylar kabi obidalarni bunyod ettirgan.Ushbu

inshootlar nafaqat diniy ta'lim, balki ilmiy faoliyatning rivojlanishiga ham xizmat qilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xususan, Bibi Xonim madrasasi va Dorut-Tilovat majmuasi o‘zining ilmiy va me’moriy

ahamiyati bilan ajralib turadi.

Bibi Xonim madrasasi, Samarqand shahrida 1399–1404-yillarda qurilgan bo‘lib,bu madrasa

Temurning sevimli xotini Bibi Xonim nomiga bag‘ishlanib, ilm-fan markazi sifatida faoliyat

ko‘rsatgan. U Samarqandning eng yirik inshootlaridan biri bo‘lib, ilmiy ta'limni rivojlantirishda

muhim rol o‘ynagan. Madrasada o‘qitilgan fanlar orasida astronomiya, matematika, tibbiyot va

falsafa kabi sohalar mavjud bo‘lib, bu ilmiy sohalar o‘sha davrda ilm-fanning rivojiga katta hissa

qo‘shgan. Shuningdek, Bibi Xonim madrasasining me’moriy bezaklari va gumbazlari, o‘sha

davrning yuksak me’moriy yutuqlarini namoyish etadi.

Dorut-Tilovat majmuasi esa 1370-yillarda Shahrisabzda qurilgan bo‘lib, Amir Temurning otasi

Amir Tarag‘ay xotirasiga bag‘ishlanib bunyod etilgan. Majmua masjid, madrasa va maqbaradan

iborat bo‘lib, ilm-fan va diniy ta'lim markazi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu majmua,

Temuriylar davrining ma'rifat o‘choqlaridan biri bo‘lib, ilmiy faoliyat va diniy ta'limni

rivojlantirishda muhim o‘rin tutgan. Dorut Tilovat majmuasining inshootlari, murakkab bezaklari

va me’moriy innovatsiyalari bilan o‘sha davrning yuksak me’moriy merosini aks

ettiradi.

Temuriylar davrida ko‘plab o‘z davrining taniqli allomalari yashab, ijod qilgan.Sa’diddin

Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy hamda tarixda Ali

Qushchi nomi bilan tanilgan Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi, Abdurahmon Jomiy va

Alisher Navoiy kabi olim-u mutafakkirlar ilmfanga ulkan hissa qo‘shib, tarixda qolgan. Amir

Temur olim-u fuzalolar, mutafakkirlar va ulamolarga bo‘lgan ehtiromi ham yuqori bo‘lgan, va

biz buni uning davlat boshqaruvidagi munosabatida ham ko‘rishimiz mumkin. Manbalarda

keltirilgan bir voqea bunga yaqqol namuna bo‘lishi mumkin:

"Amir Temur o‘ta ahamiyatli va foydali ishlaridan biri bo‘yicha chopar yubordi. Choparga:

'Agar yo‘lda otga hojat tushib qolsa, kimni ko‘rsang ham otini ol, agar o‘g‘lim Shoxruh bo‘lsa

ham', dedi. Chopar amr qilgan tarafga tezlab jo‘nadi.Yo‘lda Alloma Sa’diddin Taftazoniyga

duch keldi. U dam olish uchun bir joyga tushgan, otlari chodirining oldiga bog‘langan ekan.

Chopar o‘sha otlardan birini oldi. Alloma Sa’diddin Taftazoniy chodirdan chiqib, uni ushlab oldi.

Otni chopardan qaytarib oldi va uni rosa kaltakladi. Chopar Amir Temurning oldiga qaytib

borganida bo‘lgan gapni unga aytdi. Shunda Amir Temur qattiq g‘azablandi. Ammo birozdan

so‘ng: 'Agar uning o‘rnida o‘g‘lim bo‘lganida, uni qatl qilardim. Lekin qaysi joyga borsam,

kitoblari u yerga mening qilichimdan oldin kirib borgan odamni qanday qilib qatl qilaman',

dedi"[2].

Bu davrda san’at va madaniyat ham yuksak darajada rivojlandi, xususan me’morchilik, tasviriy

san’at, musiqa, xattotlik va adaviyotning mavqeyi ortdi. Uning butun dunyoga mashhur

“Qudratimizni ko‘rmoq istasang – binolarimizga boq!” - degan so’zlari me’morchilik sohasiga

bo’lgan ulkan e’tiborning ramzi bo’la oladi. Buning isbotini Shahrisabz va Samarqand

shaharlarida qurilgan Oqsaroy, Ko’ksaroy, Bo’stonsaroy, Registon maydoni va Shohizinda

majmuasi kabi inshootlarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Ulardagi nafis naqshlar, muhtasham

gumbazlar va peshtoqlar faqatgina ularga ko’rk beribgina qolmay, o’z davrining me’moriy

yuksalishini ham namoyon etadi.”Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” muqaddimasida

Chingizxon bilan Amir Temur o‘rtasidadagi farqqa to‘xtalib shunday yozadi: “Chingizxon qaysi

shahar va viloyatnikim bosib olgan bo‘lsa, na ul joydan asar qoldi-yu, na ulusidan xabar….

Hazrat sohibqironning baxtiyor zamonida fath etilgan joylarda esa, nizochilar va dushmanlarning

ixtiyoridan butunlay chiqdi va …. ahvoli oldingidan ham ancha yaxshiroq va obodroq. Xalqi


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

esa tinch va hursand bo‘ldi…”[3].

Temuriylar davrida san’at va madaniyat yuksak darajada rivoj topdi. Tasviriy san’at, xususan

miniatyura san’ati taraqqiy etdi; saroy va madrasa devorlariga xalq hayoti, jang va ov sahnalari

tasvirlangan suratlar chizildi. Musiqa san’ati ham taraqqiy etib, saroy marosimlari va xalq

bayramlarida keng qo‘llanildi, bastakorlik va ijrochilik rivojlandi. Xattotlik san’ati yuksalib,

qo‘lyozmalar nafis xatt bilan yozilib, miniatyuralar bilan bezatildi. Bu davrda Alisher Navoiy,

Jomiy, Lutfiy

kabi buyuk adiblar ijod qilgan. Bog‘sozlik san’ati ham taraqqiy etib, Samarqand atrofida go‘zal

bog‘lar barpo etildi. Amir Temur ilm-fan va san’atni qo‘llabquvvatlab, olim va san’atkorlar

uchun qulay muhit yaratdi. Bu davr “Ikkinchi Islom uyg‘onish davri” deb atalib, Amir Temur

madaniyat va ma’naviyat homiysi sifatida tarixda muhim o‘rin egalladi.

Amir Temur ilm-fan, ta'lim va madaniyatni rivojlantirishda katta rol o‘ynagan hukmdor

sifatida tarixda qolgan. Uning davrida ilmiy va madaniy markazlar,jumladan, Bibi Xonim

madrasasi va Dorut-Tilovat majmuasi tashkil etilib, ilm-fan va san'at sohalarida katta yutuqlar

erishildi. Temur olimlarni qo‘llab-quvvatlab, dunyoviy va diniy ilm-fanlarni rivojlantirishga

alohida e’tibor qaratgan. Uning hukmronligi davrida shakllangan ilmiy va madaniy muhit,

Temuriylar merosi sifatida bugungi kungacha ahamiyatini saqlab qolgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://xs.uz/uz/post/amir-temur-va-temurijlar-davri-renessansidatalim-tizimining-tutgan-

ahamiyati

2. https://oliymahad.uz/39276

3. https://shosh.uz/amir-temur-va-temuriylar-davrida-san-at-vamadaniyat/

4. Temur tuzuklari. B. Ahmedov tahririda. – T.: G'afur G'ulom, 1996.

Библиографические ссылки