JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Olimov Temir Xasanovich
Osiyo xalqaro universiteti professori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
OʻQITUVCHINING KASBIY VA SHAXSIY FAZILATLARINI SHAKLLANISHIDA
PEDAGOGIK QOBILIYATLARNING O‘RNI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Oʻqituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlarini shakllanishida
pedagogik qobiliyatlarning o‘rni va nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada
yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zehni», ruhiyatga qiziquvchanlik, pedagogik,
musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar haqida fikr boradi.
Kalit so‘zlar:
pedagogik takt, talabchanlik, ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallash, o’z
mehnati samaradorligini muntazam oshirib borish.
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha,
o’qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.
Qobiliyat – odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo’lib, bu xususiyatlarni
xaddan tashqari keng to’ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi,
hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko’ra bir-biri bilan chambarchas bog’liq
faoliyatning muvafaqqiyatli bajarish imkoni aslo yo’q emas.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning
psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun
zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir.
Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida
qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakalardir.
Ko’nikmalar – o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar
asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar – o’qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy
intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig’indisi.
Qobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida
namoyon bo’ladi. Faoliyat uchun zarur
bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish
jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to’g’risida mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim
ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon
bo’ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniqlash
uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofik; a) shaxsning muayyan sifatlari
yig’indisi belgilangan vaqt oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa-unda mazkur
faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob
bera olmasa-psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin
xususiyatli shaxs ko’nikma va malakalarni egallay olmaydi, degan ma’no anglatmaydi, biroq
ularni egallash vaqti cho’zilib ketadi, xolos.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shunday qilib, qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan birga: a) ularni
shaxslarning mavjud boshqa xusu-iyatlariga, aqliy sifatlarga, xotira xislatlarga xarakter
fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas; b)
shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan qatorga qo’yish, ularni
ayniylashtirnsh ham
nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza
bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki
ularning ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini
qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug’iladi.
Biz qobiliyatni shaxsni tabiiy imkoniyatlari deb tushunishimiz mumkin emas, chunki,
qobiliyatni biz “har bir insonning o’ziga xos psixologik hususiyatlari” deb aniqlashtirdik,
shuning uchun bu har qanday shaxsda mavjud bo’lgan tabiiy xususiyat deb xulosa chiqarish
aslo mumkin emas. Tabiiy bo’lib faqat anatomo-fiziologik hususiyatlar, ya’ni qobiliyatning
rivoji asosida yotgan iste’dod bo’lishi mumkin, qobiliyatning o’zi ham doimiy rivojlanish
natijasida paydo bo’ladi.
Ta’kidlash lozimki, qobiliyat o’zining mavjudligi bilan dinamik tushunchadir. Qobiliyat faqat
harakatda, faqat rivojlanishda paydo bo’ladi. Psixologik jihatdan qobiliyat haqida, o’zining
rivojlanishdan oldin mavjud bo’lganligidek hamda qobiliyat o’zining to’la rivojiga etib,
o’zining rivojlanishi to’xtashi haqida so’zlash aslo mumkin emas. Chunki qobiliyat doimiy
rivojlanishda bo’lishi kerak.
Qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud deb, biz bu rivojlanishni u yoki boshqa amaliy yoki
nazariy faoliyat jarayonida amalga oshishini nazardan chetda qoldirishimiz mumkin emas,
albatta. Bundan xulosa qilinadiki, qobiliyat aniq faoliyatdan tashqarida paydo bo’lmaydi. Faqat
uni psixologik tahlil yo’li bilan biz ularni bir-biridan ajrata olamiz. Qobiliyatni aniq faoliyat
boshlanishidan oldin mavjud va faqat uning yakunida qo’llaniladi, degan xulosaga kelish aslo
mumkin emas. Go’dakda absolyut eshitish qobiliyati, tovush balandligini bilish dunyoga
kelishidan
oldin mavjud bo’lmaydi. Ungacha faqatgina anatomo-fiziologik haqiqatdek
iste’dod nishonasi mavjud bo’lgan. Gap qobiliyat faoliyatda namoyon bo’lishida emas, balki
ularning shu faoliyatda yaratilishidadir.
Qobiliyatning rivojlanishi, umuman har qanday rivojlanish ham bir tekisda kechmaydi: uning
harakat kuchi ziddiyatlikning kurashidir, shuning uchun rivojlanishning turli bosqichida
qobiliyat va qiziqishlar o’rtasida ziddiyatlar bo’lishi mumkin. Lekin bo’lishi mumkin bo’lgan
bunday ziddiyatlarni tan olish, qiziqishlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi qobiliyatdan
mustaqil yoki aksincha, qobiliyat – qiziqishlardan paydo bo’lib qolmaydi.
Qobiliyatlar sifatida ro’yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va
alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o’ziga
hos tarzda qo’yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o’tamiz:
1) matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini
qisqartirish, matematik ish - amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o’rtasida
aloqa o’rnatish, to’g’ri va teskari fikr yuritishdan o’tishlik, masala echishda fikr yuritishning
epchilligi kabilar;
2) adabiy qobiliyat; nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko’rgazmali
obrazlarning jonliligi, «til zehni», behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o’zi ifodalashga
intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko’rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko’rinib turibdiki,
matematik va adabiy qobiliyatlar o’zaro bir-biriga o’xshamagan talablari bilan tafovutga egadir.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tibbiy qobiliyatlar va shunga o’xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib,
kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Rus olimi I.P.Pavlov o’z ta’limotida “badiiy”, “fikrlovchi”, “o’rta” tiplarga ajratilgan
shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu
tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal sistemasidan iboratligi
to’g’risidagi ta’limotiga asoslanadi. Birinchi signallar sistemasi obrazlar emotsiyalardan va
ikkinchi sigiallar sistemasi esa obrazlar haqida so’zlar orqali signal berishdan iboratdir.
Ikkinchi signallar sistemasi I. P. Pavlov tomonidan “signallarning signali” deb nomlangan edi.
Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sistemasining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu
inson “badiiy” tipga taal-luqlidir;
2) mabodo “signallarning signali” nisbatan ustuvor bo’lsa-bu shaxs “fikrlovchi tipga”
munosibdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) - bu
inson “o’rta tipga” mansub odamdir.
4) Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida
quyidagilar namoyon bo’ladi:
1. “Badiiy tip” uchun bevosita u taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg’ular
(emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinliga xosdir.
2. “Fikrlovchi tip” uchun mavhumlarning, mantiqiy tizilma-larning, nazariy mulohazalarning,
metodologik muammolarning us-tunligi muvofiqdir.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to’plami deb atadi va uning ettita jihatini ajratib
ko’rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini o’qituvchi pedagogik mahoratini
takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveeva
ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va o’qituvchining
kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko’rsatib
o’tadi:
1. Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O’qituvchi o’quvchilar bilan dars va darsdan
tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2. Voqealarni oldindan ko’ra olish qobiliyati: Ushbu qobiliyat turi har bir o’qituvchining
sergakligida, o’quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini ko’ra olishida namoyon bo’ladi.
Shunda o’qituvchi kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3. Eshitish va his qilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan insonlar musiqani sevishadi,
ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida proza va poeziyani yaxshi o’qishadi,
eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, she’r va qo’shiqlarni sevib tinglaydi.
4. Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat. O’qituvchining o’z hatti harakatlarini muvofiqlashtirish
qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yo’naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi,
o’zi uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5. Mantiqiy qobiliyat. Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni, matematikani, murakkab
masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega,
voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
6. Shaxsning ichki qobiliyati. O’z-o’zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish qobiliyati,
erkin shaxsda ichki qobiliyat mukammal rivojlanadi, irodasi mustahkam, qat’iyatli, har qanday
vaziyatda o’z fikr-mulohazasini erkin bayon eta oladi.
Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari, fazilatlari orasida ma’lum
turkumi yetakchilik, ustuvorlik qilsa, ayrimlari yordamchilik vazifasini bajaradi. Ma’lumki,
pedagogik qobiliyatlar tuzilishida yetakchi xislatlar sifatida pedagogik odob (takt), bolalarni
sevish, o’quvchilar jamoasini tashkil qilish va uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik,
bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni uzatishga o’quvchanlik va shunga o’xshashlar tan olinadi.
O’qituvchilik qobiliyatining yordamchi (ko’shimcha) fazilatlariga quyidagilar kiradi: artistlik,
nutqiy qobiliyat, diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar va hokazo. Pedagogik
qobiliyatlarning yetakchi (asosiy) va yordamchi (qo’shimcha) tarkiblari, jabhalari ta’lim
jarayoni muvaffaqiyatini ta’minlaydigan birlikni (birikuvni) yuzaga keltiradi hamda o’qituvchi
shaxsi bilan bog’liq bo’lgan hamkorlik, individual faoliyatini tashkillashtiradi. Qobiliyatlardan
muayyan darajada umumiy va torroq ma’noda maxsus sifatlarni ajratish orqali ma’lum turkum
tizimini yuzaga keltirish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda qobiliyatlarni umumiy va
maxsus qobiliyatlar guruhiga ajratish maqsadga muvofiq. Umumiy qobiliyatlar (sifatlar)
maxsus qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda talqin qilish mumkin emas. Shaxsning umumiy
qobiliyatlari hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus
qobiliyatlar ko’lam jihatdan torrok bo’lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o’zlarida
mujassamlashtiradi.
FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR:
1. Olimov, T. H. (2019). SPIRITUAL AND MORAL ASPECTS OF THE FORMATION OF
CIVIL CULTURE IN FUTURE SPECIALISTS OF HIGHER EDUCATION.
Theoretical &
Applied Science
, (12), 662-665.
2. Olimov, T. H. (2020). The image of a modern teacher in the formation of civic culture
among future highly educated specialists.
Pedagogical skill-Bukhara
,
5
.
3. Olimov, T. H. (2019). Development issues of civil society and culture in the work of
Eastern thinkers.
Pedagogical skill-Bukhara
,
2
.
4. Olimov, T. H. (2016). Formation of self-awareness in youth.
Social and humanitarian
sciences in the educational system.-Tashkent
,
4
.
5. Olimov, T. (2020). BO’LAJAK OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASISLARDA
FUQAROLIK
MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING
AYRIM
YO’NALISHLARI.
FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI
,
1
(1), 20-27.
6. Olimov, Т. THE ROLE OF NATIONAL SPIRITUALITY AND VALUES IN THE
DEVELOPMENT OF CIVIL CULTURE IN FUTURE SPECIALISTS WITH HIGHER
EDUCATION.
7. Ziyodullo, E. L. O. V. (2023). O ‘Z JONIGА QАDS QILISH MАSАLАSI JАMIYAT
OLDIDА TURGАN MUHIM IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUАMMO SIFАTIDА.
Journal of
Pedagogical and Psychological Studies
,
1
(12), 50-54.
8. Ziyodullo, E. L. O. V. (2023). SHAXSDA FOBIYA HOLATI VA UNING
DIAGNOSTIKASI.
Journal of Pedagogical and Psychological Studies
,
1
(11), 66-74.
9. Elov, Z. (2023). DЕVIАNT ХULQ-АTVОRLI O ‘SMIRLАRDА SUITSIDIАL
HОLАTLАRNI KЕLTIRIB СHIQАRUVСHI ОMILLАR:(Ilmiy tadqiqotlar natijalari
asosida).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
42
(42).
10. Elov, Z. (2023). O'SMIRLAR ORASIDA SUITSIDGA MOYILLIKNI ANIQLASH VA
KORREKSIYALSHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
41
(41).
11. Ziyodullo, E. L. O. V. (2023). SUITSIDIАL ХULQ-АTVОR HAQIDA TAHLILLAR VA
NAZARIYALAR.
Journal of Pedagogical and Psychological Studies
,
1
(10), 11-22.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
12. Ravshanovich, A. O. HISSIY ZO ‘RIQISHLAR VA OBSESSIYALARDAN XALOS BO
‘LISH USULLARI VA TAVSIYALAR.
ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР:
ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР: 10-ҚИСМ
, 87.
13. Ravshanovich, A. O. (2024). O ‘RTA OSIYO MUTAFAKKIRLARINING TIBBIYOT
VA PSIXOLOGIYA SOHASIDAGI NAZARIYALARI.
SCIENTIFIC ASPECTS AND
TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH
,
3
(28), 85-91.
14. Avezov,
O.
R.
(2024).
SHAXSNING
EKSTREMAL
VAZIYATLARDA
STRESSBARDOSHLIGINI NAMOYON BO ‘LISHI.
SCIENTIFIC APPROACH TO THE
MODERN EDUCATION SYSTEM
,
3
(31), 285-288.
15. Avezov, O. R. (2024). BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA GIPERAKTIV BOLALAR
BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK YONDASHUVLARI.
Elita. uz-Elektron Ilmiy
Jurnal
,
3
(1), 251-258.
