JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ernazarova Laylo Abdusaitovna
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Uralova Zinora G‘iyos qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE’RLARINING SINTAKTIK USLUBIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Halima Xudoyberdiyeva she’riyatining sintaktik xususiyatlari
tahlil qilinadi. Shoira she’rlaridagi bosh bo‘laklarning tuzilishi, ularning mazmunni ifodalashdagi
o‘rni va inversiya hodisasi orqali erishilgan badiiy ta’sirchanlik yoritiladi. Shuningdek,
she’rlarda uchraydigan gap turlari, ularning qurilishi va sintaktik vositalarning qo‘llanilishi
haqida so‘z boradi. Tahlil davomida shoiraning uslubiy mahorati yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
she’r, shoira mahorati, sintaktik uslubiyat, gap bo‘laklari, inversiya hodisasi,
badiiy ta’sir, emotsionallik, teng va tobe bog‘lanish, uyushiq bo‘laklar.
Аннотация:
В статье анализируются синтаксические особенности поэзии Халимы
Худойбердиевой. Освещены структура основных частей стихотворений поэта, их роль в
выражении содержания, а также художественное воздействие, достигаемое посредством
явления инверсии. В статье также рассматриваются типы предложений, встречающиеся в
стихотворениях, их построение и использование синтаксических приемов. Анализ
подчеркивает стилистическое мастерство поэта.
Ключевые слова:
поэзия, поэтическое мастерство, синтаксический прием, части речи,
явление инверсии, художественный эффект, эмоциональность, равноправная и
подчинительная связь, связные части.
Abstract:
This article analyzes the syntactic features of Halima Khudoyberdiyeva's poetry. The
structure of the main parts of the poet's poems, their role in expressing the content, and the
artistic expressiveness achieved through the phenomenon of inversion are highlighted. The types
of sentences found in the poems, their construction, and the use of syntactic means are also
discussed. The analysis highlights the poet's stylistic skills.
Keywords:
poetry, poetic skill, syntactic method, parts of speech, inversion phenomenon,
artistic effect, emotionality, equal and subordinate connection, connected parts.
O‘zbek she’riyati taraqqiyotida o‘ziga xos uslubi, badiiy obrazlar tizimi va mazmuniy teran
ijodi bilan ajralib turadigan shoiralarimizda biri – Halima Xudoyberdiyevadir. Uning she’rlari
nafaqat mazmunan, balki shaklan, ya’ni til vositalari va sintaktik qurilishi jihatidan ham alohida
e’tiborga loyiq. Ayniqsa, she’rlarida qo‘llanilgangan gap tuzilmalari, bosh bo’laklarning ifoda
imkoniyalari, inversiya hodisasi va boshqa sintaktik vositalar shoiraning badiiy mahoratini
ko‘rsatib beradi.
Sintaksis
(qadimgi yunoncha:syntaxis — tuzilma, tartib, birikma):
1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmuyi;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2) grammatikaning soʻz birikmalari va gaplar, sodda gaplarni qoʻshma gaplarga birikish
usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi
hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi.
Tilshunoslikning mazkur bo‘limi, so‘zlarning gapda qanday joylashishi, gap bo‘laklari, gap
tuzilishi va turlarini o‘rganadi. Sintaksis tilning fikr ifodalovchi tuzilmasi – gap va matnni
shakllantirish uchun juda muhimdir. O‘zbek tilida gap bo‘laklarining joylashish tartibi, asosan,
erkin.
Gap bo‘laklarining tartibi:
1.Odatdagi.
2.O‘zgargan.
Begim, sizni tabiat raso qilib yaratgan,
Kimlarnidir o‘ychan-u, sizni kulib yaratgan.
Ushbu misrada to‘ldiruvchi egadan oldinda qo‘llanilgan, inversiya orqali she’rning ta’sir doirasi
kengaygan va nido san’atini qo‘llanilishi she’rning badiiyatini yuksaltirgan.
Nogahon berib qo‘yib bu husnni, kamolni, (o‘zgargan)
O‘zi ham rashk, hasadda to‘lib-to‘lib yaratgan.(odatdagi)
Uyushiq to‘ldiruvchilarning qo‘llanilishi, misralarga ta’kid ma’nosini yuklagan.
Odatda, gapda
ega va unga bo‘langan bo‘laklar oldin, kesim va unga bog‘langan bo‘laklar esa keyin joylashadi,
ba’zan aksincha ham bo‘ladi. Muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadida gapdagi
so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishiga inversiya hodisasi deyiladi. Ilmiy va rasmiy uslubda
gapda so‘zlarning odatdagi tartibi asosan qat’iy saqlanadi. Lekin so‘zlashuv, badiiy va
publitsistik uslubda bu tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanilishi mumkin.
So‘zlar bir-biri bilan ikki xil usulda birikadi: teng va tobe bog‘lanish. Teng bog‘lanish –
so‘zlar bir-biri bilan sanash ohangi, teng bog‘lovchilar yoki teng bog‘lovchi vazifasidagi
vositalar orqali birikadi:
Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Qayga boqsang,
shaylanishar va sozlashar
tor.
Olcha gulin
ko‘zlaringga surtasan behol.
"Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
Teng bog‘lanish natijasida so‘z qo‘shilmasi (uyushiq bo‘laklar) hosil bo‘ladi.
Tobe bog‘lanish – bir mustaqil so‘z boshqa mustaqil so‘zni izohlashi va hokim-tobelik
munosabatiga egaligi. Tobe bog‘lanishda so‘zlar bir-biri bilan kelishik qo‘shimchalari yoki
ko‘makchilar orqali birikadi: Tobe bog‘lanish natijasida so‘z birikmasi hosil bo‘ladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Sodda gap bo‘yicha to‘liq sintaktik tahlil uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi (so‘z birikmasi) bo‘yicha;
2. Gap bo‘laklarini aniqlash bo‘yicha;
3. Gap qurilishi bo ‘yicha (yig‘iq yoki yoyiq sodda gapligi, to‘liq yoki to‘liqsiz gapligi, egali
yoki egasiz gap ekanligi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi.
Shoiraning barcha she‘rlarida chuqur insoniy va ijtimoiy iztiroblar, dardlar, sevinchlar,
oliyjanob xayollar, mardona o‘ylar juda ta’sirli, yorqin aks ettirilgan va shu bilan birga
she’rxonni chin va samimiy tuyg‘ular tasviri yordamida o‘ziga tuyg‘udosh qiladi.
Mening shunchaki yig‘lagim kelmas,
Xayol sharob misol qilsin sarxush, mast.
Mening shunchaki kuylagim kelmas,
Ovoz pardalarim chidab bersa bas.
Mazkur parchadagi har bir misra to‘liq gapni tashkil qiladi. Gaplar oddiy, undov va istak
ohangiga ega. Ikkinchi misradagi kesim uyushib kelgan (sarxush, mast qilsin). Xayol – ega va
uning sharobga o‘xshatilishi metafora bo‘lib kelmoqda. Toq misralar parallel tuzilgan.
Shunchaki yozmoqqa ko‘ngil to‘lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo‘lim.
Shunchaki yozganga chidab bo‘lmaydi,
Shunchaki yozmoq bu – shoirga o‘lim.
Parchada gap bo‘laklarining barchasi qo‘llanilgan. Satrlarda inversiya hodisasi ham uchraydi.
Masalan,
Qo‘lim shunchaki yozmoqqa bormaydi- Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo‘lim
(inversiya). 4-misrada kesim bog ‘lamasiz qo‘llanganligi uchun ega va kesim orasida tire
qo‘llanilgan.
O‘zing tortma davralardan el chorlaganda,
“Tiriklikning bayrami”, – deb sozlanganda tor.
O‘zing so‘lg
‘in lablar bilan pichirlaganday:
“Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
“Dorilomon kunlar keldi” she’ridagi bu satrlarda murakkab qo‘shma gaplar qo‘llangan
bo‘lib, har bir satr oldingisiga ma’no jihatda uzviy bog‘liq. “Bu kunlarga yetganlar bor,
yetmaganlar bor” misrasi she’rning asosiy g‘oyasini ta’kidlab, hissiy ta’sirni kuchaytirgan.
Mixning, tig
‘ning zahrini sezmay yonib boraman,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ishq zardobli sharobdir, qonib-qonib boraman.
Hech kim bilan sirlashmay, hech kimsaga tutmay may,
O‘z qonim bilan o‘zim alvonlanib boraman
`Parchaning birinchi satrida aniqlovchi, uchinchi satrda ravish holi uyushib kelgan. Shaxsi
(egasi) ma’lum gapda ega kesimning shaxs-son shakllaridan ma’lum bo‘lib turadi. Yuqoridagi
barcha satrlarning egasi gapda ishtirok etmagan va ularni kesim orqali aniqlashimiz mumkin:
nima qilaman?- boraman, kim?-
men.
Bilmam Alloh gul berganmi, xas bergan,
Ne bo‘lsa ham dilin sarxush, mast bergan.
Nodiraga kaniz bo‘lib sas bergan,
Halimasi, biyronidir O‘zbekning.
(H. Xudoyberdiyeva. “O‘zbekning” she’ri)
Bu misralar – hayotning turfa ranglari, hayotga shukronalik va ma’naviyatga hurmat haqida
ichki kechinmalarning yuksak poetik ifodasidir. Parchada ham inversiya hodisasi, teng
bog‘lanish (uyushiq bo‘laklar)ni kuzatishimiz mumkin: sarxush, mast bergan.
Halima Xudoyberdiyeva ijodi o‘zbek adabiyotining nozik va ma’naviy teran qatlamlarini
yorituvchi, she’riyatda ayol nigohining betakror ohangini ifoda etgan noyob hodisasidir. Mazkur
tahlillar Halima Xudoyberdiyeva she’riyati faqat mazmun emas, balki shakl jihatidan ham o‘ziga
xos uslubiy izlanishlarga boy ekanini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. K. Qosimova . Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent.: “NOSHIR”,2009. 352 b.
2. R. O‘rinov. “Ona tili”. Toshkent.: “Yangi asr avlodi”, 2021. 288 b.
3. N. Erkaboyeva, – T.: “Yosh kuch”, 2019. 496 b.
4. Адабий тур ва жанрлар. Уч жилдлик, 2-жилд. Лирика. – Тошкент.: “Фан”, 1992.
5. Болтабоев Ҳ. Шарқ мумтоз поэтикаси. – Тошкент.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2006.
6. Ўзбек классик шеърияти жанрлари. О.Носиров ва бошқалар. – Тошкент: ”Ўқитувчи”
нашриёти, 1979.
7. Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Тошкент: “Шарқ” нашриёт матбаа
концерни бош таҳририяти, 1999.
8.
X.Xudoyberdiyeva
Saylanma.
1-jild
–
Toshkent.:
G‘afur G‘ulom,
2018.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
9. Boboyev T. Аdabiyotshunoslik asoslari. Oliy o‘quv yurtlarining
filologiya fakultetlari talabalari (bakalavr bosqichi) uchun darslik. Masʼul
muharrir S.Mamajonov. 2-nashr, qayta ishlangan va to‘ldirilgan. – T.:
“O‘zbekiston”, 2001. (www.ziyouz.com kutubxonasi).
10. Nosirova.U. Poetik matnlarning pragmatik xususiyatlari. Monografiya. – Farg‘ona.:
“Classic”, 2020.
