JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Bo‘riyev Ozod Shoymardonovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi stajyor o‘qituvchisi
SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA SPORT MAHORATLARINI
SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlik bilan yuqori
sport natijasiga erishish qiyin, sportchilarda albatta texnik-tayyorgarlik ham talab qilinadi. Biroq
sport mashg’ulotlar jarayonlarida yuklamalarni rejallashtirish va nazorat qilish muammolari,
yuqori sport natijalariga erishish shu soha mutaxassislari va murabbiylarining diqqat e’tiborida
turadi.
Kalit so‘zlar:
Sport, ko‘nikma, malaka, bilim, shijoat, sport mahorati, shakllanish, texnik-
tayyorgarlik.
Аннотация
: В данной статье при физической подготовке спортсменов сложно добиться
высокого спортивного результата, от спортсменов требуется также техническая
подготовка. Однако проблемы планирования и контроля нагрузок в процессе спортивной
тренировки, достижения высоких спортивных результатов находятся в центре внимания
специалистов и тренеров данной области.
Ключевые слова
: Спорт, мастерство, компетентность, знания, смелость, спортивное
мастерство, формирование,техническая подготовка.
Annotation
:In this article, it is difficult to achieve a high sports result with physical training in
the training of athletes, technical training is also required in athletes. However, the problems of
planning and controlling loads in the process of sports training, achieving high sports results are
the focus of the specialists and coaches of this field.
Key words
: Sport, skill, competence, knowledge, courage, sports skill, formation,technical
preparation.
Kirish
Ma’lumki sportchilarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish albatta, jismoniy ish qobiliyatini
umumiy jismoniy tayyorgarligi va maxsus jismoniy tayyorgarligi vositasida amalga oshirining
maqbul yo’llarini izlash bilan bog’liq bo’ladi. Bu asosan sportchilarning alohida individul
qobiliyatlari va zahiradagi harakat imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beruvchi jismoniy
sifatlarni rivojlantirish, sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi va maxsus tayyorgarligini
tarbiyalash va
texnik-taktik mahoratlarini shakllantirish, shuningdek, sportchilarning
musobaqalardagi samaradorligini oshirish uchun poydevor hisoblanadi. Respublikamizning
yetuk olimlari Salamov R.S, Kerimov F.A, Usmonxodjaev T.S, Xolmuxamedov R.D,
Matkarimov R.M, Qodirov E.Ilar sporchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarlik darajasini tarbiyalash hamda texnik-taktik mahoratlarini shakllantirish muhim o’rini
tutishini ta’kidlaganlar.
1
Axatov M.S. Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish ishlarini boshqarish. – Toshkent, 2005.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Asosiy qism
Sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlik bilan yuqori sport natijasiga erishish qiyin,
sportchilarda albatta texnik-tayyorgarlik ham talab qilinadi. Biroq sport mashg’ulotlar
jarayonlarida yuklamalarni rejallashtirish va nazorat qilish muammolari, yuqori sport natijalariga
erishish shu soha mutaxassislari va murabbiylarining diqqat e’tiborida turadi. Shuning uchun
sportchilarni tayyorlash natijalari uning o’sishiga, o’quv mashg’uloti (trenirovka) jarayonida
mashqlarni muntazam bajarishga jalb etish hamda mashg’ulot jarayonida jismoniy vosita va
uslublardan turli varinatlarda qo’llash orqali ijobiy natijaga erisha oladi. Sportchilarni hozirgi
zamon sharoitlarida tayyorlash jarayonining samarasi ko’p jihatdan kompleks nazorat usullarini
boshqaruv vositasi sifatida qo’llanishga bog’liqdir.
Zero kompleks nazorat usullari murabbiy va sportchilar orasidagi qaytuvchi aloqalarni amalga
oshirib, ana shu asosda mashg’ulot ishtirokchilarini tayyorlashda ularning boshqaruv qarorlari
darajasini oshirish imkoniyatini yaratadi. Kompleks nazorat ya’niy - sportchilarning
tayyorgarligi, o’quv mashg’ulotlari jarayonining mazmuni va musobaqalashuv faoliyatini har
tomonlama baholash maqsadida, nazorat turlari ya’niy, bosqichli, joriy va tezkor (operativ)
nazorat
turlaridan
shuningdek,
pedagogik,
ijtimoiy-psixologik
va
tibbiy-biologik
ko’rsatkichlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ularning har biri
sportchilarning holatini muayyan tipiga muvofiq bo’ladi:
-bosqichli nazorat - sportchilarning bosqichli holatini, ya’niy uzoq muddatli mashg’ulotlar
samaradorligining oqibatida kelib chiquvchi holatini baholash imkonini beradi. Sportchining
bunda holatlari uning bir necha yillar davomidagi uzoq tayyorgarligining (yil, makrosikl, davr
yoki bosqichdagi) natijasidir;
-joriy nazorat – sportchilarning joriy ahvolini o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, u
mashg’ulotlardagi yuklamalar, tayyorgarliklardagi yoki musobaqalardagi mikrosikllar natijasidir;
-tezkor (operativ) nazorat - sportchilarning operativ holatlarini, ya’ni ular organizmining
muayyan mashg’ulotlar va musobaqalar asnosidagi yuklamalarga bo’lgan tezkor reaksiyalarini
baholashni ko’zda tutadi. Qo’llaniladigan vosita va usullarga ko’ra nazorat pedagogik,
ijtimoiypsixologik va tibbiy biologik xarakterga ega bo’lishi mumkin:
-pedagogik nazorat jarayonida texnik-taktik va jismoniy tayyorgarlik darajasi, musobaqalarda
ishtirok etishning o’ziga xosliklari, sport natijalarining dinamikasi, mashg’ulotlar jarayonining
tuzilishi, mazmuni va hokazolar baholanadi;
-ijtimoiy –psixologik nazorat sportchi shaxsiyatini, uning ruhiy holatini va tayyorgarligini,
mashg’ulotlar va musobaqalaushv faoliyatiga xos bo’lgan umumiy mikriqlimni, sharoitlarni va
hokazolarni o’rganish bilan bog’liqdir;
-tibbiy-biologik nazorat sportchining sog’ligi ahvolini, turli funksional tizimlarning
imkoniyatlarini, mashg’ulotlarda va musobaqalashuv jarayonlarida asosiy yuklamani o’ziga
oluvchi, alohida organlar va mexanizmlarni baholashni ko’zda tutadi. Hozirgi kunda sport
mashg’ulotlari nazariyasi va uslubiyatida sport amaliyotida kompleks nazoratning barcha
turlarini, jismoniy vosita va uslublarini qo’shgan holda, murabbiylar sportchilarga sport
mashg’ulotlarida va sport musobaqalarida qo’llab kelsa, ijobiy natijaga erisha oladi. Ilmiy-
uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, musobaqa bellashuvlarida texnik-taktik
tayyorgarlik darajasi yuqori bo’lgan sportchi ko’proq jismoniy sifatga ega bo’lgan sportchidan
ko’ra yaxshi natija ko’rsatadi. Avvalambor, o’quv mashg’ulotlari bellashuvlarida berilgan
yuklamlarni nazorat qilish orqali mahoratga ega sportchining usullarini chiroyli va ko’proq
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
bajarish har doim bellashuv natijalarini yaxshilanishiga olib keladi. Ikkinchidan texnik-taktik
mahoratga yo’naltirilgan o’quv-mashg’ulot jarayonida sportchilarga berilayotgan yuklamalar
hajmini nazorat qilish orqali taqsimlash, sportchiga musobaqa faoliyatida yaxshi ishtirok etish
imkonini beradi. Sportchilarning o’quv mashg’ulot jarayonini rejalashtirish nazariy jihatdan, eng
avvalo, o’zaro bog’liq maqsadlar majmuali amalga oshirilishini nazarda tutuvchi mashq qilish
ya‟niy mashg’ulot dasturlari tizimini ishlab chiqish ( yaqin, o’rta va uzoq maqsadlarga muvofiq
holda shoshilinch (operativ), joriy va ko’p yillik yoki istiqbolli dasturini shakllantirish maqsadga
muvofiq bo’ladi. Tayyorgarlikning asosiy tashkiliy va uslubiy tamoyillariga rioya qilgan holda
sportchilarning individual xususiyatlarini maksimal tarzda hisobga olish – malakali sportchilar
takomillashuvining muhim omili hisoblanadi. Texnik faoliyatni o’zlashtirish va harakat
malakalarini shakllantirishda ixtiyorsiz harakatlarni boshqaruvchi shartli reflektor, mexanizmlar
shartsiz reflekslar asosida sodir bo’ladi.
Tayyor “energiyalar” shartsiz reflekslarning mavjudligi ko’nikma va malakalarning ixtiyorsiz
shakllanishida harakat apparatini boshqarishni yengillashtiradi. Biroq, shakllanadigan texnik
harakatlar va tug’ma reflekslar orasida o’zaro salbiy munosabatlarni ham hisobga olish lozim,
ular texnik jihatdan samarali harakatlarni o’zlashtirishga qarshilik ko’rsatishlari va harakatdagi
xatoliklarni yuzaga keltirishlari mumkin. Turmush sharoitida shakllangan malakalar shunday
tormozlovchi xususiyatga egadir. Hayotiy malakalarning salbiy ta‟siri har bir sport turida
“oddiy” siklli yugurishdan atsiklik harakatiga ega bo’lgan mashqlargacha uchraydi.
Masalan,yugurib kelib balandlikka sakrashning oddiy hayotiy shakli oyoqning aktiv turtkisiga
asoslangan. Hozir sakrashda depsinish texnikasi aktiv, reaktiv va inersiya kuchlarining o’zaro
ratsional munosabatida sodir bo’ladi. Harakatlarni bajarish va boshqarish mexanizmlardagi bu
farq o’rgatish jarayonini murakkablashtiribgina qolmasdan, kuchlarni maksimal talab etadigan
sharoitda ratsional texnik malakalarning mustahkamlanishiga chinakam to’siq bo’lib xizmat
qiladi. Bo’lajak davr sportchi modelini tuzishga yuqori natijaga erishish imkonini yaratadigan
jismoniy sifatlar, texnik va taktik rivojlanish darajasini sarfashni ifodalashi zarur. Bunda vaqt
omili, yani sportchining halqaro klass darajasiga etilishi uchun ketadigan vaqtni hisobga olish
katta ahamiyatga ega bo’ladi. Texnik mahorat-sport kurashi sharoitida maksimal natijaga
erishishga qaratilgan sport mashqlarining eng ratsional harakat strukturasini puxta
o’zlashtirishdan iborat.
Harakatlarni o’zlashtirish, mustahkamlash va takomillashtirishda ong juda katta ahamiyatga ega,
unga hattoki ovtomatlashtirilgan harakatlar ham tobe bo’ladi. Undan tashqari har qanday
maqsadga muvofiq harakat markaziy nerv sistemasiga afferent nervlardan qayta aloqa shaklida
keladigan malumotlar asosida to’xtovsiz korreksiya qilish jarayonida shakllanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytgandan bu esa eng avvalo sportchilarni tayyorlashda o’quv mashg’ulot jarayonini
rejalashtirishga katta ahamiyat qaratish, olimpiya sport turlari bo’yicha milliy terma
jamoalarning asosiy va zahira tarkibidagi iqtidorli sportchilarni tanlash, sportchi va
murabbiylarni moddiy ta‟minotini yaxshilash, respublika va xalqaro musobaqalarda samarali
ishtirok etish hamda mamlaktimiz terma jamoalarini tayyorlashda pedagogik-psxilogik, tibbiy va
texnik-taktik jihatdan tayyorlashning barcha muammolarani hal etishga alohida ahamiyat berish
kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Axmedov, B. (2020). Sport mahorati va uning rivojlanish metodlari. Toshkent: OʻzPFITI
nashriyoti.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2.Gʻulomov, S. (2019). Zamonaviy sportchi tayyorlash nazariyasi. Toshkent: Sport nashriyoti.
3.Matveev, L.P. (2008). Osnovy sportivnoy trenirovki. Moskva: Fizicheskaya kultura i sport.
4. Platonov, V.N. (2015). Sistema podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. Kiev:
Olimpiyskaya literatura.
5. Nazarov, T. (2021). Sport mashgʻulotlarida texnik mahoratni takomillashtirish. Samarqand:
SamDU nashriyoti.
6. Weineck, J. (2010). Optimal Training: Principles and Practice of Performance Sports. Berlin:
Spitta Verlag.
7. Xolboyev, A. (2018). *Jismoniy tarbiya va sport metodikasi. Toshkent: Oʻqituvchi.
8. Bompa, T.O. (2015). Periodization: Theory and Methodology of Training. Champaign, IL:
Human Kinetics.
9.
Karimov, N. (2017). Sportchi psixologiyasi va uning mahoratga taʼsiri. Toshkent:
Akademnashr.
10. Zatsiorsky, V.M. (1995). Science and Practice of Strength Training. Champaign, IL: Human
Kinetics.
