Авторы

  • Oʻrinboyeva Muslima Baxtiyor qizi
    Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Tarix” yoʻnalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104128

Ключевые слова:

Xotin-qizlar ilm-ma’rifat ayollar huquqi ta’lim jadidchilik Mahmudxo‘ja Behbudiy ma’naviy tarbiya islom Qur’on.

Аннотация

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning tutgan o‘rni, ularning ta’lim va tarbiya sohasidagi ishtiroki, tarixiy jarayonlardagi faoliyati hamda bugungi kundagi ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqotda tarixiy, huquqiy, sotsiologik va tahliliy metodlardan foydalanilib, xotin-qizlar masalasining o‘tmishdagi va hozirgi zamondagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, jadidchilik harakati vakillarining ayollar ta’limiga bo‘lgan munosabati, Islom dinida ilmga bo‘lgan da’vat, shuningdek, Prezident Sh. M. Mirziyoyev siyosatida ayollarning jamiyatdagi roli kabi masalalarga ilmiy asoslangan yondashuv beriladi. Maqola xotin-qizlar mavzusining dolzarbligini yoritish hamda tarixiy meros va zamonaviy qarashlar o‘rtasidagi uzviylikni ochib berishga qaratilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Oʻrinboyeva Muslima Baxtiyor qizi

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

“Tarix” yoʻnalishi talabasi

JADIDLAR MEROSIDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMIGA QARATILGAN E’TIBOR

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning tutgan

o‘rni, ularning ta’lim va tarbiya sohasidagi ishtiroki, tarixiy jarayonlardagi faoliyati hamda

bugungi kundagi ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqotda tarixiy, huquqiy, sotsiologik va

tahliliy metodlardan foydalanilib, xotin-qizlar masalasining o‘tmishdagi va hozirgi zamondagi

o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, jadidchilik harakati vakillarining ayollar ta’limiga bo‘lgan

munosabati, Islom dinida ilmga bo‘lgan da’vat, shuningdek, Prezident Sh. M. Mirziyoyev

siyosatida ayollarning jamiyatdagi roli kabi masalalarga ilmiy asoslangan yondashuv beriladi.

Maqola xotin-qizlar mavzusining dolzarbligini yoritish hamda tarixiy meros va zamonaviy

qarashlar o‘rtasidagi uzviylikni ochib berishga qaratilgan.

Kalit soʻzlar:

Xotin-qizlar, ilm-ma’rifat, ayollar huquqi, ta’lim, jadidchilik, Mahmudxo‘ja

Behbudiy, ma’naviy tarbiya, islom, Qur’on.

KIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev oʻz nutqlarida xotin-qizlar

masalasiga toʻxtalar ekan, shunday fikrlarni bildiradilar: “Onalar va bolalar sogʻligʻini

muhofaza qilish, ayollarning turmush sharoitlarini hisobga olgan holda, ish bilan taʼminlash,

opa-singillarimizning ogʻirini yengil qilish uchun har tomonlama imkoniyat yaratish, xotin-

qizlarning ijtimoiy- siyosiy hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha davlat siyosatini

davom ettirishni biz oʻzimizning eng muhim vazifamiz deb bilamiz

1

.

Ilmli ayollar borasida so‘z borar ekan, buyuk ajdodlarimizning yozgan hikmat-u nasihatlari

yodimizga kelaveradi. Ularning har bir so‘zi ilm olishga targ‘ib etadi. Jumladan, Buxorodagi

madrasa kattaligi jihatidan Movarounnahrdagi ikkinchi nufuzli madrasaning peshtoqiga Mirzo

Ulug‘bek tomonidan “Ilm olishga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir”, degan

hadis bitilgan edi. Demak, ilm olishda o‘g‘il farzand kabi qizlarni ham keng jalb etish

kerakligi necha ming asr avval aytilgan ekan. Har bir qizimizning kelajagi oila, jamiyat va

Vatanimiz kelajagidir. Yaqin o‘tmishdagi zamondoshimiz Abdurauf Fitrat ham “ayollarimiz –

millat onalari ilm olishlari lozim, axloq va bilimlarini kamolga yetkazishlari zarur

2

”, deya o‘z

asarida yozib, qizlarni ilm olishga da’vat etganini tarix sahifalarida ko‘rishimiz mumkin. Har

bir davrda buyuk ajdodlarimiz oiladagi farzandlarning ilmli bo‘lishiga pand-u nasihat qilgan.

Qisqa qilib aytganda, ilm – bu ma’rifat deymiz. Jaholatni ham yuksak ilm-ma’rifatimiz bilan

yengamiz. Hayotimizga kirishga urinayotgan yot g‘oyalarga ham ilmga intilishlarimiz bilan

o‘rin qoldirmaymiz. Ilm butun hayot yo‘llarimizni yoritadi.

MAVZUNING TADQIQOT METODLARI

1

Мирзиёев. Ш. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо

етамиз. -Т.: Ўзбекистон. 2016. — 12-bet

2

A.Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2020. – 97-98-bet


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Mazkur mavzu doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlar kompleks yondashuv asosida amalga

oshirildi. Tadqiqotda tarixiy, huquqiy, sotsiologik, tahliliy metodlardan foydalanildi. Ularning

har biri mavzuning turli jihatlarini har tomonlama o‘rganish, xotin-qizlar masalasining tarixiy

ildizlari va zamonaviy taraqqiyotdagi o‘rnini aniqlashga xizmat qildi.

Shuningdek, Prezidentning rasmiy chiqishlaridagi xotin-qizlarga oid fikrlar tahlil qilinib, ular

orqali mavjud siyosiy-ijtimoiy vaziyat yoritildi.

Tarixiy metod

– XIX asr oxiri – XX asr boshidagi jadidchilik harakati doirasida xotin-qizlar

mavzusiga bo‘lgan yondashuv, shuningdek, buyuk ajdodlarimizning ilm-ma’rifatga oid

qarashlari tarixiy manbalar asosida o‘rganildi. Jumladan, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy,

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy kabi jadidlarning asarlari va nutqlari tahlil qilindi.

MAVZUNING TARIXSHUNOSLIGI VA MANBAASHUNOSLIGI

Turkiston jadidlari dastlab din va maorif, keyinroq davlat va jamiyatning barcha jabhalarida

islohotlar olib borishi bilan birga davriy matbuot sahifalarida xotin-qizlar masalasida ham

o‘zlarining ilg‘or qarashlarini ilgari surdilar.

Bulardan Turkiston jadidchilik harakati yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning fikrlari,

ayniqsa, alohida e’tiborga molik. ‟Ilmsiz millat, qavm asir va zaif qolur. Ilmsiz davlatni

foydasi yoʻq, ilmsiz dunyodorni hayoti yoʻq

3

. Ushbu satrlar bilan Mahmudxoʻja Behbudiy

ilmning har tomonlama muhim ekanligini yoritib bermoqda.

Millat oydinlari oila masalasida so‘z yuritar ekan, xotin-qizlarni jamiyatning teng va haqiqiy

a’zosiga aylantirishning birdan bir yo‘li ularning ma’naviy va ma’rifiy ravnaq etishidadir, deb

hisoblaganlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy “Sayohat xotiralari”da: “O‘lkamizda bizning

ayollarning ahvoli nihoyatda qattiq muhokamaga muhtoj”, deydi. Behbudiy “Turkiston

viloyatining gazeti”, “Samarqand” gazetalari, “Oyina” jurnali va bir qator matbuot

sahifalarida o‘zining xotin-qizlarga oid qarashlarini yoritib boradi

4

.

Turkistondagi qizlar maktabida asosiy e’tibor turkiy va forsiy shoirlarning asarlariga

qaratilgan. 1911-yilga oid arxiv ma’lumotiga ko‘ra, qizlar 11 yillik maktabni tugatganidan

keyin 10–15 yoshlarida tikishni o‘rgangan.

Turkiy xalqlar orasidagi jadidchilik harakati asoschisi Ismoil Gaspirali 1884-yil “usuli jadid”

maktabini ochgach, maorif tizimini isloh etish borasida gʻoyalarini “Tarjimon” gazetasida

eʼlon qilib, maorif tizimi oldida hal etish kerak boʻlib turgan vazifalardan biri – qizlar

maorifiga ham alohida eʼtibor berish lozimligini taʼkidlagan

5

.

Jadidlar farzandlar tarbiyasi ayollar qoʻlida ekanligi alohida taʼkidlaganlar. Sadriddin Ayniy

bu haqida quyidagi fikrni bildirgan edi: “Agarda xotun kishi tarbiyat topgan, savodli boʻlsa,

3

Jadidlar. Mahmudxo'ja Behbudiy [Matn]: risola./Z.Abdira- shidov. - Toshkent: Yoshlar

nashriyot uyi, 2022. -144-bet

4

https://oyina.uz/uz/article/3511

5

Қосимов Б. Исмоилбек Гаспиринский – Т.: Мерос. 34-бет


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

farzandini ham tarbiyat qilib taraqqiylik odami qiladur”

6

. Bu tarbiyada ayniqsa, bolalar bilan

koʻproq shugʻullanadigan ona hal qiluvchi ahamiyatga ega hamda onaning bola tarbiyasiga

eʼtiborsizlik bilan qarashi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligi jadidlar tomonidan eʼtirof

etilgan.

Bundan qariyb bir asr muqaddam, ya’ni XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston

o‘lkasida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy va madaniy uyg‘onish davrida jadidchilik harakati

o‘zining taraqqiyparvarlik g‘oyalari bilan yurt hayotining barcha jabhalariga yangicha ruh,

yangicha qarash olib kirishga harakat qildi. Ushbu harakat nafaqat ta’lim-tarbiya tizimini isloh

qilish, balki jamiyatda muhim o‘rin tutgan ijtimoiy muammolarga, jumladan, xotin-qizlar

masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratdi. Ayniqsa, ayollarning ta’lim olish huquqini ta’minlash,

ularni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy

hayotda faol bo‘lishlariga zamin yaratish kabi masalalar jadidlarning ilg‘or g‘oyaviy

dasturlarida alohida o‘rin egalladi.

Jadid ziyolilari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy,

Is’hoqxon To‘ra Ibrat va boshqalar xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilmga,

ma’rifatga bo‘lgan ehtiyoji va huquqlari borasida ancha ilg‘or fikrlar bildirganlar. Ular o‘z

asarlari, darsliklari va maqolalari orqali ayollarni ilm olishga da’vat etgan, eski qarashlarning

jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotganini tanqid qilganlar. Ayniqsa, Abdulla Avloniy bir

qator asarida ayollar tarbiyasining jamiyat rivojida tutgan o‘rni izohlangan.

Shu davrda ayollar uchun maktablar ochilishi, musulmon qizlarining zamonaviy ta’lim

tizimiga jalb qilinishi jadidlar faoliyatining muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Turkistonning

turli shaharlarida – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqa hududlarda yangi

usulda dars beradigan qizlar maktablari ochilib, ular orqali minglab musulmon qizlari ilk bor

dunyoviy fanlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu maktablarda qizlarga nafaqat diniy

bilimlar, balki matematika, geografiya, tibbiyot, tozalik, axloq, muomala madaniyati kabi

fanlar ham o‘rgatildi.

Jadidlar xotin-qizlar masalasida faqat ta’lim bilan cheklanib qolmasdan, ularning jamiyatdagi

ijtimoiy maqomini oshirish, turmushdagi o‘rnini mustahkamlash, shaxs sifatida erkin fikr

bildirish huquqini tan olish kabi tamoyillarni ilgari surganlar. Bunda ular Yevropa tajribasidan

ham samarali foydalangan, musulmon jamiyatining an’analari va qadriyatlarini inobatga olgan

holda o‘z qarashlarini uyg‘unlashtirishga harakat qilganlar.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasiga

alohida e’tibor qaratilayotganini inobatga olsak, bu jarayonlar tarixiy ildizlarga ega ekani

ayon bo‘ladi. O‘tgan asr boshida jadidlar tomonidan boshlangan ayollar erkinligi, huquqlari

va ta’limi uchun kurash, bugungi kunda zamonaviy huquqiy-huquqiy davlat barpo etish

yo‘lida davom ettirilmoqda. Bu esa tarixiy meros va zamonaviy taraqqiyot orasidagi uzviy

bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida jadidchilik harakati doirasida ilgari

surilgan xotin-qizlar masalasi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ayollarning

jamiyatda tutgan o‘rni, ta’lim-tarbiya sohasidagi faolligi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki

6

Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик.— Т.: Маънавият, 2002. 5-

бет


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

masalalari hozirgi zamon taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun

jadidlarning xotin-qizlarga doir qarashlarini chuqur o‘rganish, ilmiy muomalaga kiritish va

zamonaviy ijtimoiy-siyosiy kontekstda tahlil qilish hozirgi kunda ham dolzarb ilmiy

vazifalardan biridir.

Xotin-qizlarning ta’limi har qaysi tarafdan qaraganda ham muhim hisoblanadi. Avvalo ular

jamiyatning ajralmas qismi, shuning uchun ham ta’lim olishga haqli. Malumki, shariatda

ayollarning ham oldilariga qo‘yiladigan burch va mas’uliyatlari bor. Har bir insonning

o‘rganishga, atrofdagilar bilan muloqotdagi ilmlarga ehtiyoji bor. Shariat – ilm dini

hisoblanadi. Shuning uchun ham ilk nozil bo‘lgan oyati karima «iqro» so‘zidan boshlanadi,

ya’ni «o‘qi» deyilgan.

Yanada kengroq tushuntiradiga boʻlsak, Qur’onda ilmning ahamiyatiga bir necha joyda urg‘u

berilgan. Qur’onning eng birinchi nozil bo‘lgan oyati

‟O’qi!”

(Al-Alaq surasi 1-oyat)

buyrug‘i bilan boshlanadi. Bu oyat ilmga, o‘rganishga va o‘qishga chaqiradi. Ushbu oyat

musulmonlar uchun ilm olishning asosiy buyrug‘i sifatida qabul qilingan. Alloh taolo

Qur’onda ilmni ko‘pincha iymon va tavhid bilan birga keltiradi, bu esa ilmning ruhiy va

axloqiy jihatlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Qur’onda ilmga ega bo‘lganlar bilan ilmga ega bo‘lmaganlar orasidagi farq

ta’kidlangan:

‟Ayting: biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo’lurmi?

7

(Zumar surasi

9-oyat). Bu oyat ilmning qadrini ko‘rsatadi va ilm egalarining hurmatli maqomini belgilaydi.

Hadislarda ham ilm olishning ahamiyati alohida e’tirof etilgan. Payg‘ambar Muhammad

(s.a.v) hadisu sharifida shunday deganlar: ‟Ilm talab qilish har bir musulmon erkak va ayol

uchun farzdir.” Bu hadis har bir musulmon uchun ilm olish burch ekanligini aniq belgilaydi,

bu ilm diniy va dunyoviy sohalarni ham qamrab oladi. Ilm odamlarni nafaqat dunyoda

muvaffaqiyatli qilish, balki ularni oxiratga ham tayyorlashga yordam beradi.

Boshqa bir hadisda: ‟Kim ilm izlash uchun yo‘lga chiqsa, Alloh uning uchgun jannat yo‘liga

yo‘l ochadi.” Bu hadis ilmning faqatgina dunyodagi emas, balki oxiratdagi mukofotini ham

ta’kidlaydi

8

.

Islom dini doimo ilm-u ma’rifatga targʻib qiladi. Bunga dalil sifatida Qur’oni Karimdan

quyidagi oyatni keltish mumkin:

‟Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan

zotlarni

(baland)

daraja

(martaba)

larga koʻtarur

9

(Mujodala surasi, 11-oyat). Anas ibn

Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va

sallam:

“Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir”,

deganlar (Imom Ahmad rivoyati)

10

.

7

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur www.ziyouz.com

кутубхонаси 312-bet

8

https://xojabuxoriy.uz/?p=5164

9

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur www.ziyouz.com

кутубхонаси, 383-bet

10

https://muslim.uz/uz/e/post/18056-ilm-olish-hammaga-

farz#:~:text=Anas%20ibn%20Molik%20roziyallohu%20anhudan,Farzni%20bajarmaslik%20esa

%2C%20ulkan%20gunohdir

.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning tutgan o‘rni yildan-

yilga ortib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan davlat

siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ham ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy

mavqeini mustahkamlash, ularning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashdir.

Tarixiy jihatdan olib qaralganda, XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi jadidchilik harakati

vakillarining ilg‘or qarashlari bugungi kun siyosati va islohotlari bilan mushtaraklik kasb

etadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon To‘ra Ibrat kabi millat fidoyilari

xotin-qizlarni ilmga, ma’rifatga da’vat qilgan bo‘lsalar, bugungi kunda ham ayollarning

o‘qishi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.

Islom dini ham xotin-qizlarning ilm olish huquqini doim qo‘llab-quvvatlagan. Qur’oni Karim

oyatlari va Hadisi shariflarda ilm olish har bir musulmon — erkak va ayol uchun farz ekani

aniq-ravshan bayon etilgan. Bu borada tarixiy meros va dini ko‘rsatmalar zamonaviy

islohotlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida ayollarning ta’lim-tarbiya, siyosat, iqtisodiyot, sog‘liqni

saqlash va boshqa sohalarda faol ishtiroki nafaqat mamlakat taraqqiyoti, balki kelajak

avlodning kamoloti uchun ham muhim omildir. Shu bois xotin-qizlar mavzusini chuqur

o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy, tarixiy, diniy va ijtimoiy asoslangan

yondashuvlar dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.