Авторы

  • Xumora Mamirova Rahimberdiyevna
    Toshkent davlat yuridik universiteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104159

Аннотация

Yurtimizda huquq sohasiga munosib hissa qo`shgan shunday olimlar borki, ularni nafaqat xalqimiz, balki butun Markaziy Osiyo taniydi. Xuddi shunday huquqshunos olimlardan biri Abdumajidov Gʻafur Abdumajidovichdir. O’zbekiston Respublikasining taniqli huquqshunos olimi, yuridik fanlar doktori, professor Abdumajidov G’afur Abdumajidovichning huquq sohasining rivojlanishida qo’shgan hissasi naqadar katta bo’lganini uning asarlari, pedagogik faoliyat va yuridik sohadagi amaliy ishlari orqali ko’rish mumkin. Gʼafur Abdumajidovning xalqimiz farovonligi, ilm-maʼrifatni yuksaltirish yoʻlida, ayniqsa, huquq sohasida qilgan ishlari tahsinga sazovor hisoblanadi. Jumladan, uning bakalavr, aspirantura va doktorlik yillaridagi ilmiy ish, desertatsiyalari mavzulariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, oʻz davrining murakkab va muammoli mavzulari ilmiy asoslanganidan xabardor boʻlamiz.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xumora Mamirova Rahimberdiyevna

Toshkent davlat yuridik universiteti 3-bosqich talabasi

YUKSAK MA’NAVIYAT VA HUQUQIY TAFAKKUR SOHIBI – ABDUMAJIDOV

G’AFUR ABDUMAJIDOVICH!

Yurtimizda huquq sohasiga munosib hissa qo`shgan shunday olimlar borki, ularni nafaqat

xalqimiz, balki butun Markaziy Osiyo taniydi. Xuddi shunday huquqshunos olimlardan biri

Abdumajidov Gʻafur Abdumajidovichdir.

O’zbekiston Respublikasining taniqli huquqshunos

olimi, yuridik fanlar doktori, professor Abdumajidov G’afur Abdumajidovichning huquq

sohasining rivojlanishida qo’shgan hissasi naqadar katta bo’lganini uning asarlari, pedagogik

faoliyat va yuridik sohadagi amaliy ishlari orqali ko’rish mumkin. Gʼafur Abdumajidovning

xalqimiz farovonligi, ilm-maʼrifatni yuksaltirish yoʻlida, ayniqsa, huquq sohasida qilgan ishlari

tahsinga sazovor hisoblanadi. Jumladan, uning bakalavr, aspirantura va doktorlik yillaridagi

ilmiy ish, desertatsiyalari mavzulariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, oʻz davrining murakkab va

muammoli mavzulari ilmiy asoslanganidan xabardor boʻlamiz.

G`.Abdumajidov 1928-yil 28-iyunda Samarqand viloyatida tavallud topgan

.

Gʼafur

Abdumajidovning xalqimiz farovonligi, ilm-maʼrifatni yuksaltirish yoʻlida, ayniqsa, huquq

sohasida qilgan ishlari tahsinga sazovor hisoblanadi. U 1983-yilda

yuridik fanlar doktori

,

1985-yilda

professor

, 1987-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan

fan arbobi

bo`lgan. 1943-1945-yillarda Oʻzbekiston SSR Adliya Xalq Komissarligi qoshidagi Respublika

yuridik bilim yurtida oʻqigan.

1948-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Aynan shu voqea uning hayotiga tub

burilish yasab, huquq sohasida faoliyat yuritishiga sabab bo`lgan. 1948-yildan -

Oʻzbekiston

SSR Prokuraturasida

o’z faoliyatini olib borgan. Dastab

prokuror yordamchisi

, keyinchalik

Oʻzbekiston SSR Prokurori huzuridagi oʻta muhim ishlar boʻyicha

tergovchi

(1951-1957-yillarda)

bo`lib ishlagan.

Bu vaqt oralig`ida G’.Abdumajidov ilm bilan ham aloqani uzmagan. U 1957-1960-yillarda -

Leningrad davlat universitetining

yuridik fakultetida

kunduzgi aspiranturada ham o`qigani

bunga yorqin misol bo`la oladi. Uning ilmga chanqoqligini 1961-1966 yillarda O‘zbekiston SSR

Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida

katta ilmiy xodim

,

sektor mudiri

lavozimlarida

ishlaganligidan ham bilishimiz mumkin.

Huquqshunos olim G’afur Abdumajidov huquq sohasida faoliayati hamda mehnat mahsulini bir

qancha lavozimlarda ishlaganidan ham ko`rishimiz mumkin. U 1974-1991-yillarda SSSR IIV

Toshkent oliy maktabi

kriminalistika kafedrasi mudiri

, 1991-1995 yillarda – O’zbekiston

Respublikasi

Ichki ishlar akademiyasi boshlig’ining o’rinbosari

, 1995-2000 yillarda

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi sudyasi

, so‘ngra Toshkent davlat yuridik

instituti yuridik fakulteti

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori

bo’lib faoliyat

yuritgan. 1961-yilda “Paxtachilik bilan bog‘liq jinoyatlar va ularni tekshirish” mavzusida yuridik

fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun, 1983-yilda esa “O‘zbekiston SSSR jinoyatlarini

tergov qilish nazariyasi, qonunchilikni tartibga solish va amaliyoti muammolari (O‘zbekiston

Respublikasi materiallari asosida)” mavzusida yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun

nomzodlik

dissertatsiyasini

himoya qilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

F.Abdumajidov yuristik ta'limga oid 600 dan ziyod ilmiy asarlarning muallifi. “Jinoyatlarni

tergov qilishga oid qonunlarning rivojlanishi”, “Dastlabki tergovni takomillashtirish

muammolari”, “Kriminologik lavhalar”, “Tuhmatomuz yumaloq xat mualliflarini fosh etish

taktikasi”, “O’zbekiston davlat va huquq tarixi”, “O’zbekistonda sud hokimiyati: islohotlar

davri”, “Jinoyat huquqi”, “Jinoyat jarayoni”, “Kriminalistika”, “O’zbekiston Respublikasi

Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar”, “O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksiga

sharhlar” kabi asarlar shular jumlasidandir. Uning ilmiy ishlari

MDH mamlakatlari

nashriyatlarida

(Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Samara, Irkutsk, Olma-ota va boshqalar)

ham nashr qilingan.

G’. Abdumajidov o’zining ilmiy faoliyatida bir nechta nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.

Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

1. 08.04.1970 - “

Shavkatli mehnati uchun

” medali.

2. 31.08.1971 - “

Hurmat belgisi

” ordeni.

3. 04.11.1983 – “

Milisiya a’lochisi

” koʻkrak nishoni.

4. 11.10.1984 – “

Halol xizmatlari uchun

” medali.

5. 08.10.1987 – “

Mehnat faxriysi

” medali.

6. 17.12.1987 - “

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi

” unvoni.

7. 04.07.1991 – “

Faol xizmatlari uchun

” Butunittifoq “

Bilim

” jamiyatining nishoni.

8. 08.08.1992 – “

Mustaqillik”

esdalik nishoni.

9. 20.04.1995 –

“1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 50

yilligi”

medali.

10. 06.05.1995 – “

Shuhrat

” medali.

Isde’dodli olim 2013-yil 28-mart kuni 84-yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. Fidoiy ustoz

umrining oxirgi kunlariga qadar Toshkent davlat yuridik instituti va Adliya vazirligi huzuridagi

Yuridiklar malakasini oshirish markazida yetuk yurist kadrlar tayyorlashda va mamlakatimiz

huquqshunoslarini malakasini oshirishda sidqidildan mehnat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor G‘afur Abdulmajidov

ilmiy merosi yana uzoq yillar mobaynida o‘zbek huquq ilmiga takomillashtirishda asos bo‘lib

xizmat qiladi. Toshkent davlat yuridik universitetida “

Abdumajidov G‘afur Abdumajidovich”

nomidagi stipendiya joriy etilishi talaba yoshlarning olim hayoti va ilmiy boyligini o’rganishga

yana bir yo’l ochdi.

Xulosa qilib aytganda,

Abdumajidov G‘afur Abdumajidovich

biz – bo’lajak huquqshunoslar

uchun haqiqiy bilim, tafakkur va matonat timsoli bo’lib qoladi.