JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Maxmudov Mirali Jabbarovich
Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi katta o‘qituvchisi
mahmudov.mirali@cspu.uz tel: +998917779043
NATYURMORTDA KOMPOZITSIYA QONUNIYATLARI VA ULARNI
O‘QUVCHILARGA O‘RGATISH YO‘LLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada natyurmortda kompozitsiya yaratishning asosiy qonuniyatlari,
ularning tasviriy san’atdagi ahamiyati va bu bilimlarni o‘quvchilarga o‘rgatishning samarali
usullari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, dars jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan amaliy
mashqlar va didaktik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
natyurmort, kompozitsiya, san’at ta’limi, shakl, rang, ritm, o‘qitish metodikasi,
dars jarayoni.
Bugungi kunda san’at nafaqat estetik zavq beruvchi vosita, balki inson tafakkuri, dunyoqarashi
va ichki hissiyotlarini ifoda etishning kuchli usuliga aylangan. Tasviriy san’atning eng muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan natyurmort — bu oddiygina jonsiz predmetlar orqali jonli kayfiyat,
g‘oya yoki hikoya yaratish imkonini beradi. Ayniqsa, bu janrda kompozitsiya — ya’ni
predmetlarni sahnaga to‘g‘ri joylashtirish, ularning o‘zaro bog‘liqligini his qilish — asarning
asosiy g‘oyasini ochishda katta rol o‘ynaydi.
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, tasvir orqali obrazli
mushohada yuritishga o‘rgatish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan
qaralganda, natyurmort kompozitsiyasi orqali nafaqat chiroyli rasm chizish, balki tasvir orqali
fikr bildirish, g‘oya yetkazish ko‘nikmalari ham shakllanadi.
Naturadan realistik tasvirlash atrofimizdagi voqea-hodisalar yoki narsalarning shakl va
bo‘yoqlarini haqqoniy tasvirlash malakasini o‘z ichiga oladi. Naturani haqqoniy tasvirlash - bu
narsalarni konstruktiv va perspektiva qonunlari asosida qurish, ularning fazoviy joylashuvi,
materialligi, hajm va nisbatlarni ifodalas qalamtasvir yoki etyudni yaxlit bir butunlikka keltirish,
tasvirlanayotgan obyektlar va narsalarni xarakterli xususiyatlari va nafis go‘zalligini aniqlashdir.
Realistik tasvirlash savodini dastlabki ta’lim bosqichlarida o‘quv natyurmortlari bajarish orqali
o‘zlashtirish mumkin. Darxaqiqat savodli tasvirlash asoslarini o‘rganishda natyurmort qimmatli
tasviriy obyekt bo‘lib hisoblanadi.
Natyurmortni rangtasvirning kamerli musiqasi deb atashadi. Unda mahoratli bo‘yoq surtmasi
kolorit monandligi va shakl plastikasini kuzatish mumkin. Ular orqali rangtasvirning asosiy
qonuniyatlarini tez va qulay o‘zlashtirish mumkin. Ya’ni, perspektiv va konstruktiv qurilish
shaklning soya-yorug‘ligi va rangda tasvirlanishi tasvirlanayotgan narsalarning fazoviy
uzoqlashishdagi holati va materialligi, tus va rang munosabatlari, manzara va interer, inson
kallasi va qomatini tasvirlashdagi birlik va uyg‘unlik hisoblanadi. Pedagog rassomlar o‘quv
jarayonida natyurmortni muhim ekanligini ta’kidlab: «Natyurmort – shunday zaminki unda
badiiy maktab mustahkam joylashgan bo‘lishi kerak» - deydi.
Natyurmortni xona ichida, ochiq havoda soyada va quyoshda tabiiy va sun’iy yorug‘likda
tasvirlash lozim. Bu esa o‘z navbatida o‘quv va ijodiy vazifalarni samarali amalga oshirishga
puxta zamin yaratadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Natyurmortni amaliy tasvirlashning dastlabki bosqichida biroz soddaroq so‘ngra esa narsa va
buyumlarning bir guruhini tasvirlash kerak. Narsalarning bir guruh yig‘ilganini tasvirlash uchun
natyurmort kompozitsiyasini to‘g‘ri tashkil etish muhimdir. U ikki jihat asosida tuziladi: natura
qo‘yilmasini tashkiliy qismi (narsalarni tanlay bilish va ularni kompozitsion chiroyli joylashtirish)
naturaga nisbatan ko‘rish nuqtasini aniqlash va qog‘oz yuzasida qo‘yilmani tasvirlash.
O‘quv natyurmort qo‘yilmasini tuzishda quyidagi qonun-qoidalarga rioya qilish kerak;
Har bir o‘quv natyurmortning mazmuni rangtasvir dasturida ko‘rsatilganidek aniq maqsad va
vazifaga ega bo‘lishi kerak. Talabalar natura qo‘yilmasini tasvirlash jarayonida aynan qanday
nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarini tasavvur eta olishimiz kerak. O‘quv
vazifalardan tashqari, natyurmort estetik talablarga ham javob berishi kerak: buyum va narsalar
aynan mavzuga oid bo‘lishi, mazmun jihatdan ma’noli va ta’sirchan bo‘lishi va ma’lum g‘oyani
ilgari surishi kerak.
O‘quv natyurmorti ijodiy natyurmortdan vazifasi bilan farqlanadi: o‘quv vazifa muvaffaqiyatli
yechim topishi uchun narsalar saralanadi, guruhlashtiriladi va shunday yoritiladiki, qo‘yilma
natijali yakunlanadi. O‘quv natyurmortida bir oz bo‘lsada shartli olinishiga imkon yaratiladi.
Natyurmort kompozitsiyasi ustida odatda narsalardan natura qo‘yilmasini tuzmasdan ilgari
fikrlar yurgiziladi. O‘quv yoki ijodiy vazifalar asosida rassom ongida bo‘lajak natura qo‘yil-
masining xomaki obrazi haqida tasavvur hosil bo‘ladi. Masalan, N. Mashkov, «Nonlar»
natyurmortini tasvirlash uchun navvoyga non mahsulotlarini tayyorlab berishga buyurtma bergan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2-rasm.N. Mashkov, «Nonlar»
Natyurmortni tuzish mobaynida shakli mayda naqshlar bilan bezatilgan konstruksiyasi murakkab
narsalardan yiroqda bo‘lgan ma’qul. Murakkab buyumlarga burmali gazlamani kiritish mumkin.
natyurmort qo‘yilmasi haddan tashqari murakkab shaklli va rang jihatdan rang-barang bo‘lishi
qo‘yilmadagi rang munosabatlar mohiyatini tushunishga qiyinchilik tug‘diradi.
Natyurmort qo‘yilmasini ufq chizig‘iga nisbatan pastda joylashgani ma’qul chunki buyum va
narsalarning ostki qismi (ularning asosi) stol ustida aniq ko‘rinib turishi kerak. Agar narsalarning
asosi bir chiziq bo‘yicha qo‘yilsa, stol yuzining gorizontal tekisligi ko‘rinmay qoladi, bu esa
natyurmortni fazoviy yechimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Natyurmort tuzish vaqtida narsalarni balandligi, ularning surat tekisligida joylashuvi, rang bilan
shaklini ham hisobga olish kerak. Narsalar guruhi bir tomonga yig‘ilib qolishi noto‘g‘ri. Yirik
buyumlar qisman bo‘lsada boshqa buyum bilan biroz to‘silgan bo‘lishi mumkin. Qo‘yilmadagi
narsalar shunday joylashishi kerakki, ularni bir qarashda har-birini yaqqol ko‘rish mumkin
bo‘lsin.
Natura qo‘yilmasidagi narsalarning ranglari ma’lum darajada bir-biriga yaqin va monand bo‘lishi
kerak.
O‘quv qo‘yilmalardagi fon (zamin) muhim ahamiyatga ega. U turli rang va och to‘qligi bo‘yicha,
barobar kontrast kuchi bilan narsalarni idrok etishga sezilarli tasir ko‘rsatadi. Narsalarning
yarimsoya va soyali tomonlari och fonda sezilarli ko‘rinib turadi. Qoramtir fonda narsalar
o‘zining yorug‘lik sifatlarini ko‘proq namoyish etaoladi. Fonning tusi och va to‘q narsalar
orasida o‘rtacha bo‘lishi, rang jihatdan silliq va ko‘zga yaqqol ko‘rinmasligi naturaning
muvaffaqiyatli tasvirlanishiga yordam beradi. Masalan, to‘q qizil narsalarda fon neytral qizil
tanlanadi, agarda narsalar to‘yingan och yashil bo‘lsa, fon kam to‘yingan to‘q yashil bo‘lgani
ma’qul. Iloji boricha, natyurmortning foni bilan tagligi (stolning gorizontal tekisligi) tabiiy
bo‘lishi kerak. Xonaning devori, interer kengligi, yog‘och uyning tashqi devorlari yoki uzoqdagi
manzara kengligi ham fon o‘rnida qo‘llanilishi mumkin. Nima bo‘lganda ham u natura
qo‘yilmasida hayotiy haqiqatni aks ettira olishi kerak.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O‘quv natyurmortining kompozitsiyasi turlicha yechimga egadir. Biroq badiiy pedagogika va
realistik sanat tabiat bilan bayon etilgan asosiy talablar o‘zgarmay qolmoqda: aniqlik, badiiy
ifodalilik,o‘quv metodik vazifalarning mavjudligi.
Rangtasvir mukammal qalamtasvirga asoslanadi. Shuning uchun rangtasvir jarayoniga o‘tishdan
oldin natyurmortning qalamtasvir kompozitsiyasini surat tekisligida tasvirlash xususiyatlariga
qisqacha to‘htalib o‘tamiz. Tasvirlovchi narsalar to‘plamiga (natyurmort) ma’lum bir ko‘rish
nuqtasidan qaraydi va u ko‘z qarashiga qatiy ravishda kuzatish perspektivasi qonuniyatining
o‘zaro bog‘liqligi bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, naturadagi narsalar o‘zaro
yoritilganligi va bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular oralig‘ida reflekslar, yarimsoyalar, soyalar va
yorug‘liklar taqsimoti ma’lum bir tartibda bo‘ladi.
Tasvirlash jarayonida alohida narsalarni va ularning qismlarini katta-kichikligini har doim
bir-biriga taqqoslab borish zarur.
Moybo‘yoqli rangtasvir uchun matoda ko‘mir yordamida yorug‘ va soyalar bilan
qalamtasvir ishini bajarish mumkin. Narsalarni hajmdor shakli yorug‘ soyalar bilan qurilsa
qalamtasvir aniq ko‘rinadi. Tayyor bo‘lgan tasvirni tashqi ko‘rinishlari tush bilan chizib chiqib,
ko‘mirni esa latta bilan qoqib tashlanadi. Shunday qilinsa bo‘yash uchun zarur bo‘lgan
natyurmortning aniq ko‘rinishi qoladi.
Rang bilan ishlash jarayonida shakllarning xarakteriga aniqlik kiritib borish zarur.
Tasvirlash jarayonida ishni boshidan oxirigacha albatta metodik ketma-ketlikka rioya qilish
muhimdir.
Adabiyotlar ro‘yhati
1. R. A. Xudayberganov “Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari”, O‘quv qo‘llanma. Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijod uyi. T- 2019.
2. Н. Ойдинов. Ўзбекистон тасвирий санъати тарихидан лавҳалар. T-1997.
3. А. Турдалиев. Композиция. Ўқув қўлланма. Т-2003.
4. E.X.Xaitov. Kompozitsiya. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijod uyi. T- 2019.
5. R. A. Xudayberganov. Mahobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi. Darslik. “Fan va
texnologiya” T-2015.
